Jurnaldan ko‘chirib bosilgan maqolalar «Til va ada biyot ta’limi»dan olindi, deb izohlanishi shart



Download 8,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/79
Sana02.07.2022
Hajmi8,35 Mb.
#730310
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   79
Bog'liq
8-son 2018 uz

 
deydi
 
“Roman-gazeta”ning bosh 
muharriri Yuriy Kozlov. – Meningcha, rus va o‘zbek 
adiblari-yu tarjimonlari o‘rtasida yangi rishtalarni bog‘lash 
fursati allaqachon yetgan. O‘zbek qalamkashlarining 
eng sara asarlari rus o‘quvchisiga yetib borishi uchun 
yozuvchi-shoirlar va adabiy jamoatchilik puxta o‘ylab, 
tizimli ravishda ish olib bormog‘i lozim. Bu borada ishni 
ham Rossiya, ham O‘zbekiston muallifl ari teng ishtirok 
etadigan qo‘shma almanax va to‘plamlar nashr etishdan 
boshlash ayni muddao bo‘lardi. 
Anjuman doirasida o‘zbek adabiyoti namunala-
rini chet ellarda nashr qilish masalasida ham bir qa-
ncha muzokaralar o‘tkazildi. Ozarbayjon, Tojikiston, 
Qozog‘iston Yozuvchilar uyushmalari bilan hamkor-
lik memorandumlari imzolandi. Shuningdek, Nizomiy 
nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida 
Ozarbayjon Yozuvchilar birligi raisi, taniqli adib Anor 
muallim va Ozarbayjon Yozuvchilar birligi rais o‘rinbo-
sari, fi lologiya fanlari doktori Firuz Mustafo ishtirokida 
tadbir tashkil etildi.
Konferensiyaning ikkinchi kuni xorijlik mehmonlar 
qadim va navqiron Samarqand shahrida bo‘lishdi. Dun-
yo tamadduniga beqiyos hissa qo‘shgan ulug‘ alloma-
lar kamolga yetgan bu muqaddas zaminning boqiy va 
zamonaviy ko‘rk-u tarovati anjuman qatnashchilarida 
boy taassurot qoldirdi. 
O‘zbek adabiyotining jahondagi o‘rni, ahamiyati va 
mavqeyini yuksaltirish, jahon adabiy jarayonlaridagi 
ishtirokini faollashtirish va, eng muhimi, dunyo adabiyo-
ti maydonida obro‘-e’tiborini mustahkamlashda xalqaro 
miqyosda o‘tkazilgan mazkur adabiy anjuman ham ul-
kan ahamiyat kasb etishi shubhasizdir.
Vazira IBROHIMOVA
Aziz va yagonasan, jonajon O‘zbekistonim!


veb-sayt: www.tilvaadabiyot.uz
5
Adabiy taqvim
Ватанимиз Туронзамин 
кейинги 3 - 4 юзйиллик да-
вомида жаҳон тамаддуни-
дан буткул узилиб қолган 
эди.
Таназзул, диний мутаассиблик, парокандалик, 
айниқса, чор Русияси Туркистон ўлкасини босиб 
олганидан кейин янада авжига чиқди. Мана шун-
дай ўта мураккаб шароитда миллат фидойилари 
таълим-тарбия тизимини тубдан ислоҳ қилиш, янги 
мактаблар очиш, ўқитиш усулларини бутунлай ян-
гилаш, миллий руҳ уфуриб турган дарсликлар, ўқув 
қўлланмалари яратишга киришдилар.
 
Уларнинг бун-
дай ҳаракатлари кескин курашлар, таъқиб ва таз-
йиқлар жараёнида кечди, уларга миллий уйғониш 
ҳаракатининг раҳнамолари Маҳмудхўжа Беҳбудий, 
Мунавварқори Абдурашидхонов бошчилик қилди-
лар. 
Жадид мактаблари тараққиётининг янги даври – 
бундай мактаблар учун замон талабларига тўла жа-
воб бера оладиган педагоглар тарбиялаб етишти-
риш, илғор педагогик технологияларни ўзида му-
жассамлаштирган дарсликлар, ўқув қўлланмалари 
яратиш, янги техник воситалар, кўргазмали қурол-
лар ишлаб чиқиш ХХ асрнинг 10-йилларидан кўзга 
ташлана бошлади. Бунинг учун энди ушбу макта-
бларнинг назарий асосларини яратиш, янги замона-
вий ўқитиш усулларини ишлаб чиқиш ва улардан ёш 
авлод ўқитувчиларини баҳраманд қилиш керак эди. 
Мана шундай буюк вазифани адо этиш Абдулла 
Авлоний, Абдурауф Фитрат сингари зиёлилар зим-
масига тушди.
Абдулла Авлоний – шоир, ёзувчи, драматург, те-
атр арбоби. Шу билан бирга, у фаолиятининг илк 
босқичидан то умрининг сўнгги дамларигача ўқитув-
чилик қилди, педагогика фанининг ҳам назарий, ҳам 
амалий масалалари билан муттасил шуғулланди, 
дарслик ва қўлланмалар яратди, янги замон педа-
гогларини тарбиялаб етиштирди. Айтиш мумкинки, 
у – ХХ аср замонавий ўзбек педагогикасининг асос-
чиси, ўзбек тили ва адабиётини ўқитиш методика-

Download 8,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish