Abdulla Oripov
Yillar armoni.
Kimgadir yaxshi gap aytdik, birodar,
Kimdir bir umrga ranjib ham ketdi.
Kun kecha yosh derdik ozni bir qadar,
Bugun-chi balog`at yoshi ham yetdi.
Inson o`z umrini o`ylasa ko`p vaqt
Qiynaydi o`zidan otgan qusurlar.
Kimgadir aytilmay qolgan bir rahmat,
Kimdandir so`rolmay qolgan uzrlar.
Mukammal ko`rmoqchi boldik dunyoni,
Yetuk bo`lolmadik o`zimiz biroq.
O, yillar armoni, yillar armoni,
Armon ko`rmadim men sizdan buyukroq.
Insonga tobemas zamon, inchunun,
Inson yuragida alamlar qat-qat,
Faqat bir taskin bor, barchasi uchun,
Afsus cheka bilsang- shu ham bir davlat.
Do'stlaringiz bilan baham: |