Jurnal 1918-yil dekabr oyidan chiqa boshlagan



Download 2,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/112
Sana12.04.2022
Hajmi2,05 Mb.
#546342
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   112
Bog'liq
limi 5 Tayyor Шахобиддин

“Mini-leksiya” 1-variant 
Mini-leksiya zamonaviy ta’limning effektiv usullaridan biri hisoblanadi. Amal qilish 
mexanizmi quyidagicha: o‘qituvchi 10-20 minut ichida ma’ruza o‘qiydi. O‘quvchilar 
diqqat bilan quloq solishadi. Ma’ruza o‘qib bo‘lganidan so‘ng, o‘qituvchi o‘quvchilarga 
3-5 minut vaqt berib ma’ruzaning asosiy mazmunini tezis shaklida konspekt qilish-
ga imkon beradi. Konspekt tuzish jarayonida o‘quvchilar noaniqliklarni bartaraf etish 
maqsadida o‘qituvchiga yoki bir-birlariga savollar berishlari mumkin.
“Mini-leksiya”
Bu usul yuqorida ko‘rsatilgan strategiyaning boshqacha usuli hisoblanadi. Maz-
muni quyidagicha:
10-20 minut davomida o‘qituvchi ma’ruzani o‘qiydi. O‘quvchilar diqqat bilan 
quloq solib, qisqa konspekt yozib borishadi. Ma’ruza tugagandan keyin o‘qituvchi 
o‘quvchilarga 3-5 minut vaqt beradi va bu vaqt ichida o‘quvchilar, juftliklarga bo‘linib, bir-
biri bilan konspektlarini almashib, o‘qib chiqishadi va mulohazalari bilan o‘rtoqlashadi. 
Noaniqliklar, xatolar tuzatiladi. O‘qituvchiga ham savol berishlari mumkin.
Jadallashtirilgan ma’ruza
Ma’ruza jarayonida o‘qituvchi ma’ruzaning an’anaviy shaklini o‘quvchilarni faol 
o‘qitish va tanqidiy fikrlashga qiziqtirish uchun o‘zgartiradi. Natijada jadallashtirilgan 
ma’ruzaning shakli vujudga keladi.


82
“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali.
2020. № 5.
www.xtjurnali.zn.uz
Tayyorgarlik bosqichi (chaqiriq). O‘qituvchi mashg‘ulot boshlanishida tinglovchilar 
fikrini jamlab o‘tiladigan materialga to‘playdigan topshiriq beradi. 3-5 daqiqa davomida 
mavzu bo‘yicha o‘quvchilarga oldindan ma’lum bo‘lgan bilimlarni tahlil qilib, ularni ro‘yxat 
ko‘rinishida yozishni taklif qiladi. Muddat o‘tgandan keyin o‘qituvchi o‘quvchilardan o‘z 
g‘oyalari bilan o‘rtoqlashishni so‘raydi va ularni ixcham shaklda doskaga yozib chiqadi. 
O‘quvchilar yordamida to‘plangan g‘oyalarni kategoriyalarga bo‘lish mumkin. Shundan 
so‘ng, o‘qituvchi 10-20 daqiqa davomida ma’ruzaning birinchi qismini o‘qiydi (anglash). 
Ma’ruzaning birinchi qismidan keyin, o‘qituvchi o‘quvchilarga o‘zlarining g‘oyalarini 
ma’ruzadan eshitganlari bilan taqqoslashni so‘raydi (fikrlash).
Keyingi tayyorgarlik faoliyati (chaqiriq). Endi o‘qituvchi o‘quvchilarga juftlikda ish
-
lab, ularning oldingi bilimlarini aniqlash va bu bilan ma’ruzaning keyingi qismini eshi-
tish maqsadini belgilovchi qisqa topshiriqlar beradi. Ma’ruzaning davomi – anglash va 
fikrlashni o‘z ichiga olgan sikl (qaytarish).
Yakuniy topshiriq (fikrlash). Bu topshiriq turli shakllarda berilishi mumkin. Masa
-
lan: 10 daqiqali esse; 5 daqiqali esse; ma’ruzada keltirilgan eng muhim jihatlarga te
-
gishli ochiq savolga javob berishlarini so‘rash.
Xulosa qilib aytganda, ta’lim muassasalaridagi kasbiy ta’lim jarayoni o‘qitishning 
zamonaviy shakl va metodlariga muvofiq tashkil etiladigan ko‘p qirrali yaxlit tizim doira
-
sida amalga oshiriladi. Bunda har bir shakl o‘z oldiga qo‘ygan vazifalarni bajaradi, lekin 
shakl va metodlar to‘plami yagona didaktik majmuani hosil qiladi. Bu didaktik maj-
muaning amalga oshirilishi esa, o‘quv jarayonining psixologik-pedagogik qonuniyatlari 
bilan belgilanadi.
O‘quvchilar hamkorlikda ishlashda mavzu mazmunini bilish, o‘zlashtirishda 
o‘zlarining shaxsiy hissasini qo‘shish imkoniyatiga ega bo‘ladi. O‘zaro bilimlar
g‘oyalar, fikrlarni almashish jarayoni sodir bo‘ladi. Bunday holatlar o‘zaro samimiylikni 
ta’minlaydi, yangi bilimlar olish, o‘zlashtirishga havas ortadi, shu jarayonda bir-birlarini 
qo‘llab-quvvatlash, o‘zaro do‘stona munosabatlar vujudga keladi. Buning tarbiyaviy 
ahamiyati katta. Demak, interfaol darslarni tashkil qilishda o‘quv jarayonida yakka tar-
tibda va juft bo‘lib ishlash, guruhlarda ishlash, izlanishga asoslangan loyihalar, rolli 
o‘yinlar, axborot manbalari bilan ishlash, ijodiy ishlashdan foydalanish mumkin.

Download 2,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish