TAHRIRIYAT
M
ustaqil ta’limni uzluksiz pedagogik ta’limning ajralmas qismi sifatida, mus
-
taqil ta’lim jarayonini pedagogning shaxsiy va kasbiy qadriyati sifatida ko‘rib
chiqish, shu bilan bog‘liq holda o‘quvchilar (talabalar)ning mustaqil ta’lim fao
-
liyatidan farqli o‘laroq malaka oshirish tizimida tinglovchilarning mustaqil ta’limi jarayonini
tashkil qilishning xususiyatlarini ilmiy jihatdan o‘rganish dolzarb bo‘lib bormoqda.
Agar o‘quvchilar uchun mustaqil ta’limni asosiy tashkil qiluvchisi bo‘lib o‘qituvchi sa
-
nalsa, uzluksiz pedagogik ta’lim tizimida pedagogning o‘zi tashkilotchi hisoblanadi, agar
u individual ta’lim strategiyasini loyihalashtirgan va amalga oshirgan bo‘lsa, uning o‘zi
boshqaruv funksiyalarini bajaradi. Pedagog mustaqil ta’limning oraliq natijalarini mustaqil
ravishda baholaydi va individual ta’lim dasturini amalga oshirishni ta’minlovchi zarur o‘z
-
garishlar kiritadi.
Pedagogik kadrlar malakasini oshirish fenomenini tadqiq qilishning metodologik ta
-
moyillari boshqa ta’lim tizimi metodologiyasidan tubdan farq qilib, kattalar ta’limi jarayoni
-
ga klassik didaktikani to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkazishga imkon bermaydigan prinsipial farqlarga
ega.
Pedagog mustaqil ta’limining zarurligi, bir tomondan, pedagogik faoliyatning xususi
-
yatlari, uning ijtimoiy roli bilan, boshqa tomondan, pedagogik mehnatning doimiy o‘zgaruv
-
chan sharoitlari, jamiyatning ehtiyojlari, ilm-fan va amaliyotning evolutsiyasi, pedagogga
bo‘lgan talablarning oshib borishi, uning jamiyatdagi jarayonlar va holatlarning o‘zgarishi
-
ga tezkor moslashishi qobiliyati, o‘z faoliyatini qayta qurishga, yangi, murakkabroq kasbiy
masalalarni samaradorlik bilan yechishga tayyorligi bilan bog‘liq bo‘lgan uzluksiz ta’lim
tendensiyalari orqali asoslanadi.
“Mustaqil ta’lim – o‘qitishning shunday turiki, uning maqsadi, mazmuni, shartlari va
vositalari subyektning o‘ziga bog‘liq. Bu butunlay mustaqil o‘qish jarayonidir”.
Mustaqil ta’lim faoliyat turi sifatida quyidagi belgilarga ega. Birinchidan, pedagog
-
ning tizimli o‘qish faoliyati, ta’lim muassasasidan tashqarida amalga oshiriladigan o‘zining
ta’lim olishi jarayonini minimal tashqi rahbarlik ostida tashkil etishdir. Ikkinchidan, bu keng
ma’noda pedagog tomonidan bilim (tegishli tasdiqlangan umumiy yoki kasbiy ta’lim das
-
turlariga mos kelishi shart bo‘lmagan), malaka va har qanday tizimlashtirilgan axborotni
olishga yo‘naltirilgan faoliyatdir. Uchinchidan, mustaqil ta’lim jarayonida pedagog o‘zining
tanlovini axborot ta’lim muhitining talablari va imkoniyatlari, uzoq muddatli va situativ qi
-
ziqishlar, ichki va tashqi faktorlar bilan muvofiqlashtira olishini qandaydir darajada o‘zi
mustaqil hal qiladi.
“Mustaqil ta’lim” tushunchasini pedagog kadrlar malakasini oshirish sharoitlariga nis
-
batan aniqlashtirish va uning qoidasini pedagogning shaxsiy va kasbiy muhim bo‘lgan
mustaqil faoliyati bilan belgilanadigan jarayon sifatida ifodalash lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |