“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali.
2020. № 5.
www.xtjurnali.zn.uz
– o‘rganish va tahlillar natijasida, kompetensiyalar kesimida, malaka oshirish ta’li
-
mining mazmunini shakllantirishga tavsiyalar ishlab chiqiladi.
Malaka oshirishga qo‘yilgan Davlat talablari va malaka oshirish ta’limining maz
-
munini shakllantirishga tavsiyalar asosida tegishli o‘quv yilida tashkil qilinadigan mala
-
ka oshirish ta’limining umumlashgan malaka talablari ishlab chiqiladi
.
Bunda:
yil davomida tashkil etiladigan malaka oshirish tadbirlarida (kurs, seminar, trening
va boshqalar) qatnashgan xodimning yakuniy tayyorgarligiga (bilim, ko‘nikma va kom
-
petensiyalariga) qo‘yiladigan talablar kompetensiyalar kesimida shakllantiriladi.
Malaka talablari asosida joriy yilda amalga oshiriladigan malaka oshirish kurslari
-
ning umumiy o‘quv rejasi kompetensiyalar kesimida shakllantiriladi.
Bunda:
– malaka talablaridan kelib chiqib, kompetensiyalarni takomillashtirishga ajratila
-
digan maksimal va minimal o‘quv yuklamasi va kreditlar miqdori belgilanadi;
– tegishli kompetensiyalarni takomillashtirishga xizmat qiladigan o‘quv modullari
-
ning mazmuni (dasturi) shakllantiriladi;
– har bir o‘quv moduliga ajratiladigan o‘quv yuklamasi va kreditlar belgilanadi;
– o‘quv modulidagi ta’lim natijalarini nazorat qilish shakli va vositalari ishlab chiqi
-
ladi;
– o‘quv moduliga qo‘yilgan talablar (o‘quv yuklamasi, ajratilgan kredit ballari, ta’lim
natijalarini nazorat qilish vositalari) asosida o‘quv modullarini ishlab chiqish.
Bunda:
– har bir kompetensiya bo‘yicha qo‘yilgan malaka talablarining bir yoki bir-nechta
-
sini qanoatlantiradigan o‘quv modullari yaratiladi;
– o‘quv modulining pasportida u qaysi kompetensiyalarni takomillashtirishga qa
-
ratilgani, qaysi malaka talablarining qondirilishini ta’minlashi, o‘quv yuklamasi, kredit
miqdori, modulni o‘zlashtirish shakli, nazorat shakli) ko‘rsatiladi;
– bir kompetensiya va bir xil malaka talablarini qondirishga yo‘naltirilgan, yukla
-
masi va krediti bir xil bo‘lgan bir-nechta modullar ishlab chiqilishi mumkin;
– o‘quv modulini yaratish deganda uning o‘quv-mavzu rejasi va dasturini, ma’ruza
matnlari va amaliy mashg‘ulot ishlanmalarini, taqdimot va nazorat materiallarini, shu
-
ningdek, adabiyotlar ro‘yxatini o‘zida mujassam etgan o‘quv-uslubiy majmuani ishlab
chiqish tushuniladi;
– tayyor o‘quv modullaridan tegishli o‘quv reja bo‘yicha tavsiya etiladigan o‘quv
modullari banki shakllantiriladi.
Yilning malaka talablari, o‘quv rejasi va o‘quv modullari haqida batafsil ma’lumot
-
larni o‘zida jamlagan majmua (katalog) ishlab chiqish.
Bunda:
– o‘quv yilida rahbar xodimlar malakasini oshirishga qo‘yiladigan malaka talablari,
kompetensiyalarga asoslangan o‘quv rejasi tavsiya etiladigan o‘quv modullari haqida
zarur barcha ma’lumotlarni o‘zida jamlagan majmua elektron katalog shaklda ishlab
chiqiladi;
– mazkur elektron katalog o‘quv yili boshlanishidan kamida 2 oy oldin e’lon qili
-
nadi.
Yil davomida malaka oshiradigan xodimlar ro‘yxati shakllantiriladi (mavjud ro‘yxat
-
ga zarur o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritiladi).
Bunda:
9
– hududlar, tuman va shaharlar kesimida ta’lim muassasalarining rahbarlari
ro‘yxati shakllantiriladi;
– agar ro‘yxat avvaldan mavjud bo‘lsa, unga tegishli o‘zgartirishlar kiritiladi;
– mazkur ro‘yxat yil davomida malaka oshiradigan tinglovchilar bazasini shakllan
-
tirish va malaka oshirish monitoringini olib borish uchun asos bo‘ladi.
Har bir rahbar xodim tomonidan o‘z shaxsiy (individual) malaka oshirish o‘quv reja
va dasturini shakllantirish.
Bunda:
– umumiy o‘quv reja asosida har bir rahbar xodim taqdim etilgan elektron katalog
-
dan o‘zi xohlagan o‘quv modullarini tanlaydi;
– o‘quv modullarining kreditlari jami hajmi yil uchun belgilangan me’yordan kam
bo‘lmasligi talabiga rioya qilinadi;
– natijada, har bir xodimning malaka oshirish bo‘yicha o‘z shaxsiy rejasi va dasturi
shakllanadi;
– tanlangan o‘quv modullari haqidagi ma’lumotlar buyurtma shaklida yagona
ma’lumotlar bazasida jamlab boriladi.
Rahbar xodimlarning malakasini oshirish bo‘yicha yillik rejani shakllantirish
.
Bunda:
– malaka oshiruvchi rahbar xodimlarning ro‘yxatini o‘quv modullari kesimida
shakllantirish;
– har bir o‘quv moduli bo‘yicha uni o‘zlashtirish istagini bildirgan xodimlarning (har
birida ko‘pi bilan 25 nafar tinglovchidan iborat) guruhlarini shakllantiriladi;
– har bir o‘quv moduli bo‘yicha ta’lim jarayonining muddatlari va ularga jalb qilina
-
digan rahbar xodimlar ro‘yxati shakllantiriladi;
– natijada, har bir rahbar xodimning o‘zi tanlagan o‘quv modullarini qachon o‘qiti
-
lishi aniq ko‘rsatilgan yillik shaxsiy malaka oshirish grafigi shakllantiriladi;
– har bir rahbar xodim o‘z yillik shaxsiy malaka oshirish grafigi, o‘quv modullari
-
ning o‘qitilish shakli va joyi haqida yagona ma’lumotlar bazasidan axborot olishi mum
-
kin bo‘ladi.
Rahbar xodimlar malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv jarayonlarini tashkil qilish va
boshqarish.
Bunda:
– har bir o‘quv modulining belgilangan muddatlarda o‘qitilishini tashkil qilish;
– o‘quv modulini o‘zlashtirish guruhiga kiritilgan xodimlarni modul bo‘yicha
mashg‘ulotlarning boshlanishi to‘g‘risida ogohlantirish;
– agar o‘quv modulining mashg‘ulotlari ishdan ajralgan shaklda tashkil qilinadigan
bo‘lsa, rahbar xodim faoliyat ko‘rsatadigan hududiy ta’limni boshqarish organini oldin
-
dan xabardor qilish (axborot xatini yuborish);
– o‘quv moduli bo‘yicha dars mashg‘ulotlarida xodimlarning ishtiroki va o‘zlashti
-
rish monitoringini olib borish;
– o‘quv moduli bo‘yicha mashg‘ulotlarga umuman qatnashmagan yoki tartib-in
-
tizomni buzgan xodimlar bo‘yicha tegishli qaror qabul qilish va bu to‘g‘risida tegishli
hududiy xalq ta’limi boshqarmasiga ma’lum qilish;
– o‘quv moduli mashg‘ulotlarida faol ishtirok etib, uning dasturini to‘la o‘zlash
-
tirgan va o‘quv moduli topshiriqlarini muvaffaqiyatli bajargan xodimlarga belgilangan
namunadagi guvohnomani taqdim etish.
10
Do'stlaringiz bilan baham: |