MALAKA OSHIRISH TIZIMIDA
MUSTAQIL TA’LIMNI RIVOJLANTIRISH DOLZARB
ILMIY-PEDAGOGIK MUAMMO
5
Psixologik-pedagogik manbalarda mustaqil ta’lim: maxsus tashkil qilingan mustaqil
tizimli o‘rganish faoliyati sifatida, ijodiy faoliyatning zarur elementi, uzluksiz kasbiy ta’lim
sifatida, mustaqil bilim olishga yo‘naltirilgan jarayon sifatida, kasbiy kompetentlikni saq
-
lash vositasi sifatida ko‘rib chiqiladi.
Yanada muhim yondashuv sifatida ajralib chiqadigan aksiologik yondashuv shuni
ko‘zda tutadiki, mustaqil ta’lim shaxsiy va kasbiy qadriyat bo‘lgani holda pedagogning
kasbiy takomillashishiga tashabbuskorlik qiladi va kasbiy faoliyat sifatining oshishiga olib
keladi.
Ta’lim oluvchi o‘quv jarayonida unga qo‘yiladigan talablarni bajarishda mustaqil ha
-
rakat qiladi, u pedagogik ustozlikka tayanmasdan boshqa odamlar talablarini bajarishga
harakat qiladi va uning uddasidan chiqadi yoki o‘zining maqsadlariga nazariy va amaliy
qoidalarni tushungan holda erishadi va bundan shaxsan o‘zi uchun katta foyda oladi.
Mustaqil ta’lim pedagogik faoliyatning amaliyotda dolzarb bo‘lgan aniq vazifalarini
bajarishga yordam berishi darajasida faoliyat obyektining xususiyatlarini bilish funksiya
-
sini bajaradi. Mustaqil ta’lim faoliyati tuzilmasida yetakchi o‘rinni motivatsion komponent
egallaydi: uzluksiz ta’limning shaxsiy va jamiyatdagi muhimligi, kasbiy takomillashish va
dunyoqarashlarni kengaytirishni tushunish va bilishga bo‘lgan qat’iy qiziqishlarning, inti
-
lish, ko‘rsatmalar, burch va javobgarlik hislari shakllanishining mavjudligini egallaydi.
Mustaqil ta’limning faoliyatli yondashuv tarafidan ko‘rib chiqilishi mustaqil ta’lim faoli
-
yatining faollashuviga ta’sir ko‘rsatuvchi faktorlarni aniqlash imkonini beradi. Bunday fak
-
torlarga quyidagilarni kiritish mumkin: pedagogning mustaqil ta’limga ehtiyojlari va motiv
-
lari, pedagogni muayyan harakatlar va subyektiv faktorlarga yo‘naltiruvchi mustaqil ta’lim
shartlari, me'yorlari va talablari bilan bog‘liq obyektiv faktorlar. Pedagog mustaqil ta’lim
faoliyatining ajratib chiqilgan faktorlari va komponentlariga maqsadga yo‘naltirilgan ta’sir
ko‘rsatish, malaka oshirish tizimida uni faollashtirishga imkon beradi. Bu esa pedagog
kasbiy kompetentligining rivojlanishi, kasbiy faoliyatda uning muvaffaqiyatliligiga imkon
beradi.
Pedagogning mustaqil ta’limi faoliyatini faollashtirish malaka oshirish sohasidagi
dolzarb masalalardan biri bo‘lib, ta’lim amaliyotiga pedagogning ta’limiy faolligini rag‘-
batlantiruvchi yangi texnologiyalarini tatbiq qilishni talab etadi.
Mustaqil ta’lim muammolari bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlarda unga bo‘lgan tayyorlik
“subyektning mustaqil ta’lim faoliyatiga bo‘lgan ijobiy munosabati va bu faoliyat malakasi
-
ga amaliy ega bo‘lishning birligi bilan tavsiflanuvchi holat” sifatida ko‘rib chiqiladi.
Pedagog kadrlar mustaqil ta’limining eng ko‘p tarqalgan shakllari bo‘lib malaka oshi
-
rish kurslari, ta’lim muassasalaridagi metodik praktikumlar, maxsus pedagogik-psixologik
adabiyotlarni muhokama qilish, attestatsiyaga tayyorlanish, ilmiy-amaliy konferensiyalar,
o‘zining ish tajribasini umumlashtirish va uni nashr qilish, axborot-kommunikatsion tex
-
nologiyalarni o‘zlashtirishga xizmat qiladi. Mustaqil ta’lim murakkab tizim sifatida muay
-
yan mazmun, ichki tashkilot va protsessual dinamikaga ega. Ular shaxsni kasbiylashtirish
bosqichlari bilan bog‘liq bo‘lib, kasbiy mustaqil ta’limning yo‘nalganligida, maqsadlarida,
vositalarida, metodlari va vazifalarida o‘z aksini topadi.
Pedagoglarning mustaqil ta’limiga pedagogik ko‘mak berishni amalga oshirish davri
-
da masofaviy ta’lim texnologiyalari samarali bo‘lishi mumkin. Chunki zamonaviy kommu
-
nikatsiya vositalari ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning
ikki tomon uchun qulay bo‘lgan shaklda tashkil etish imkonini beradi.
6
Do'stlaringiz bilan baham: |