ZAMONAVIY TA’LIM TEXNOLOGIYALARI
Maqolada davlat va huquq asoslari darslarida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni loyi-
halashtirish, umumta’lim maktablarida innovatsion pedagogik texnologiyalardan davlat va huquq
asoslari fanida qo‘llash, foydalanish jihatlari ochib berilgan.
Kalit so‘zlar.
Huquq asoslari, darslarida zamonaviy pedagogik texnologiyalar, loyihalashtirish,
samarador, texnologik xarita.
В статье раскрыты аспекты проектирования современных педагогических технологий
на уроках основы государства и права, применения и использования инновационных
педагогических технологий в общеобразовательных школах.
Ключевые слова.
Основы права, современные педагогические технологии,
проектирование, эффективность, технологическая карта.
The article describes the design of modern pedagogical technologies, application and use of
innovative pedagogical technologies in secondary schools in the subject of state and law funda-
mentals in the lessons of state and law.
Key words.
Fundamentals of law, modern pedagogical technologies in lessons, design, ef-
ficient, technological map.
Nasiba SOBIROVA,
Mirzo Ulug‘bek tumanidagi
71 А-tarmoq maktabi o‘qituvchisi
UMUMIY O‘RTA TA’LIM MUASSASALARI
DAVLAT VA HUQUQ ASOSLARI DARSLARIDA
ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNI
LOYIHALASHTIRISH
Annotatsiya
T
a’lim tizimida pedagogik texnologiyalar muhim o‘rin tutadi. Chunki yan-
giliklardan xabardor bo‘lgan shaxslar islohotlar jarayonida, bunyodkorlik
ishlarida, davlat va jamiyat boshqaruvida ongli ravishda ishtirok eta oladi.
Umumta’lim maktablarida davlat va huquq asoslari fanida ma’naviy meroslarimizdan,
interfaol usullardan foydalanish – darslarda o‘quvchini ijodiy fikrlashga, olingan ax
-
borotlarni faollikda hal qilish, fikrni erkin bayon etishga, tashabuskorlikka, guruhlarda
masalalar yechimini topishga, hamkorlikda ish yuritishga, fikrni yozma ravishda bayon
etishga chorlaydi. Shu bois, o‘rganilayotgan mavzu doirasida davlat tushunchasini
o‘rgatish barobarida o‘quvchilarda daxldorlik hissini rivojlantirishdir.
Interfaollik o‘zaro faollik, harakat, ta’sirchanlik, o‘quvchi va o‘qituvchi muloqot-
larida sodir bo‘ladi. Interfaol usulning bosh maqsadi: o‘quv jarayoni uchun eng qulay
vaziyat yaratish orqali o‘quvchining faol, erkin fikr yuritishiga muhit yaratishidir. U o‘zini
intellektual salohiyatini namoyon etadi va o‘quv sifati va samaradorligini oshirishni
ta’minlaydi. Shu sababdan quyidagi vazifalar belgilangan:
80
Do'stlaringiz bilan baham: |