“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali.
2016. № 3.
www.xtjurnali.zn.uz
Bolalar, asosan, bechora ayolning sovg‘asini qabul qiladilar. Shunda tarbiyachi kim
kimdan sovg‘a olganligi va nima uchun olganligi haqida bolalarning munosabatlarini
aniqlaydi.
Tarbiyachi:
Bolalar ertakning davomini eshiting. Birdan bechora ayol
qishloqdan ketishi bilan Yulduz bola maxluqqa aylanib qoldi. Shunda u noto‘g‘ri
ish qilganligini tushundi va uch yil mobaynida o‘z onasini qidirdi. U ayolni uchratdi
va kechirim so‘radi. Shundan keyin bechora ayol ko‘p o‘tmay qirolichaga aylandi.
Yulduz bola esa shahar hukmdori bo‘ldi. Shunda u adolat bilan ish yuritdi. Yetimlarga,
kambag‘allarga, kasallarga mehribonlik ko‘rsatdi. Mana bolajonlar, ertak sizlarga
yoqdimi?
Tarbiyachi bolalarga quyidagi savollarni berib, ularning fikrini bilib olishi mumkin.
a.
Yulduz bola nima uchun maxluqqa aylanib qoldi?
b
.
Bechora ayol nima uchun qirolichaga aylandi?
So‘ngra eshik taqillab, xonaga “Zumrad va qimmat” ertagidagi Zumradoy kirib
keladi va bolalar bilan salomlashadi.
Tarbiyachi:_xush_kelibsan,_Zumradoy!_Zumrad'>Tarbiyachi:
xush kelibsan, Zumradoy!
Zumrad:
Aziz bolajonlar! Men sizlar bilan uchrashish uchun bog‘lardan, tog‘lardan,
cho‘llardan o‘tib kelayapman va sizlarga sovg‘alar olib keldim. Mana bu gullar – lola,
boychechak, chinnigul, chuchmoma sizlarga!
Tarbiyachi:
Zumradoy, sen ham bizning yonimizga kelib qo‘shil, hozir qiziqarli
o‘yin o‘ynaymiz.
Enerjayzer “Bog‘dagi gullar” o‘yini.
O‘yin qoidasi:
Bolalar doira shaklida o‘tiradi. Boshlovchi uchun stul qo‘yilmaydi. Tarbiyachi
(Boshlovchi) bolalarning qulog‘iga yuqoridagi gullarning nomini aytib chiqadi. qaysi
gulning nomi, masalan, lolalar kelsin deganda, lolalar guruhi o‘z joyidan turib, joy
almashishi kerak. Shu payt ularning bittasining o‘rniga boshlovchi, ya’ni tarbiyachi
o‘tirib oladi. qaysi lola o‘tirib ololmasa, u o‘yinni davom ettiradi. O‘yin shu tariqa davom
etadi.
Zumrad:
Menga o‘yinlaringiz juda yoqdi. rahmat sizlarga. Bilasizmi? Mening
sizlarga yana bir ajoyib sovg‘am bor. Bu o‘rmondagi sehrli kampir bergan sehrli
sandiqcha. Mana sandiq, lekin sandiqni ocholmayapman.
Tarbiyachi:
qani men bir ko‘raychi? Zumradoy, sandiqchaning tirqishida nimadir
bor. qani ko‘raylikchi, nima ekan, ha-a, xat bor ekan (tarbiyachi xatni olib o‘qiydi).
xatda to‘rtta shart bo‘lib, shu shartlar bajarilgandan so‘ng sandiqcha o‘z-o‘zidan ochilib
ketar ekan. Shartlarni bajaramizmi, bolalar!
Do'stlaringiz bilan baham: |