Jurnal 1918-yil dekabr oyidan chiqa boshlagan



Download 1,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/121
Sana13.10.2022
Hajmi1,3 Mb.
#852976
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   121
Bog'liq
pdffox.com xalq-talimi

Sayyora IRISOVA,
qashqadaryo viloyati xTxqTMOi o‘qituvchisi
MAkTABGACHA YOSHdAGi BOLALArNiNG 
MA’NAviY-AxLOqiY TArBiYASiNi 
SHAkLLANTiriSHdA erTAkLArNiNG 
AHAMiYATi
e
rtaklar bolalarning ongi va qalbini egallashga qaratilgan ma’naviy tahdidlardan 
asrashda, ularning ma’naviy tarbiyasini shakllantirish jarayonida muhim 
ahamiyat kasb etadi. Chunki “iroda insonning shaxs bo‘lib shakllanishida 
muhim ahamiyatga ega. Har qaysi ota-ona yoki o‘qituvchi o‘z bolasini mustahkam 
irodaviy sifatlarga ega qilib tarbiyalashni xohlaydi”
1
.
“ertaklar – yaxshilikka yetaklar” deb bejiz aytilmagan. ertaklar har bir xalqqa xos 
va mos bo‘lgan hikoyatlar sanaladi. xalq ertaklari tarbiyaviy jarayonni yaxlitligicha 
tashkil etish, ya’ni axloqiy, ma’naviy, ekologik, estetik va aqliy rivojlanish chegaralarini 
kengaytirish imkonini beradi. Ulardagi obrazlar his-hayajonga boy, rangdor va shu 
1
Ziyaviddinova G.Z. Maktabgacha va maktab yoshidagi bolalarda irodani tarbiyalash masalalari. 
“Uzluksiz ta’lim” jurnali. – T., 2014. № 2. – 74-b.


48
“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali.
2016. № 3.
www.xtjurnali.zn.uz
bilan birga, bolalarning tushunishi uchun sodda, haqiqatga yaqinligi bilan o‘quvchini 
o‘ziga rom etadi. ertaklar yordamida bolalarning xotirasi, diqqat, tafakkuri rivojlanadi, 
tasavvuri uyg‘onadi. Ularni tinglash, o‘qish – ona tilida til va nutqning taraqqiy 
etishini belgilab beradigan asosiy omillardan biri hisoblanadi. “Boladagi ayrim nutqiy 
kamchiliklarni bartaraf etish ishlari dastlab maktabgacha ta’lim muassasasida olib 
boriladi. Maktabgacha ta’lim muassasasiga kelgan tarbiyalanuvchilarning nutqiy 
kamchiliklarini bartaraf etishda hikoya va ertaklarni, she’rlarni ko‘plab yodlatish, 
shuningdek, so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz qildirish va turli xil mashqlar bajarish orqali 
maqsadga erishiladi”
2
.
ertak janri obrazlar talqini, g‘oyaviy mazmuni va ziddiyati, syujet va kompozitsiyasi, 
uydirmalarning o‘rni va vazifasi, tili va uslubiga ko‘ra turli xil bo‘ladi: 
– hayvonlar haqidagi ertaklar;
– sehrli ertaklar;
– maishiy ertaklar;
– hajviy ertaklar.
Masalan, hayvonlar haqidagi ertaklardan “Tulkining taqsimoti” ertagi bo‘lib , unda 
ayyorlik va tilyog‘lamalik tulki obrazi orqali ifodalangan.
Sehrli ertaklarda voqealar sehr-jodu, fantastik uydirmalar asosiga qurilgan bo‘ladi. 
Ularda pahlavonlik va qahramonlik madh etiladi (“Yalmog‘iz”, “Semurg‘”, “dev bach-
cha”, “kenja botir” va boshqalar). 
Maishiy ertaklarda ko‘proq zulm va adolatsizlik qoralanadi (“Uch og‘a-ini botirlar”, 
“Oygul bilan Baxtiyor”, “Tohir va Zuhra”, “Zolim podsho” va boshqalar). Masalan, 
“Uch og‘a-ini botirlar” ertagi odatdagidek ota nasihati bilan boshlanadi. Bunda ota 
kambag‘al, lekin hayot tajribalariga boy bo‘lgan shaxs, boshqa variantlarida esa shoh 
bo‘lib, o‘g‘illari shahzodalardir. Botirlar obrazida axloq va odobning yuksak namunasi, 
odamiylik, donishmandlik, jasurlik kabi sifatlar ko‘rinsa, shahzodalar qiyofasida mol-
mulk to‘plash yo‘lida har qanday yomon niyatlardan qaytmaydigan yolg‘onchi, johil 
kishilar obrazi gavdalangan.
ertak o‘qib bo‘lingandan keyin bolalarni umumiy xulosa chiqarishga undash kerak. 
“Agar sen uning o‘rnida bo‘lganingda nima qilgan bo‘lar eding?” kabi savollar berib, 
erkin muloqotga chaqirish ularning faolligini yanada oshirishga yordam beradi.
Har bir ertakning o‘z g‘oyasi bor, albatta. Masalan, “Sehrli sholg‘om” ertagi 
bolalarni fikrlashga, voqealarni ketma-ket aytishga undaydi, “kuch birlikda” degan 
g‘oyani anglab yetishlarini ta’minlaydi. “Zumrad va qimmat” ertagida esa, Zumradning 
mehnatsevarligi, odob-axloqi ulug‘lanadi. qimmat esa erka, dangasa, ishyoqmas 
sifatida gavdalanadi. Buning uchun ertak oxirida u jazolanadi. Shu tariqa bolalarni 
ertakni tinglash orqali qissadan hissa chiqarishga o‘rgatiladi. 
ertaklarni mahorat bilan yetkazish bolada ko‘tarinki, quvnoq kayfiyatni yuzaga 
keltirishga, kichkintoy bilan his-hayajonli muloqotni o‘rnatishga, sezdirmay tarbiyaviy 
ta’sirni tashkil etishga, atrof-muhit haqidagi bilim va ma’lumot zaxiralarini samarali 
to‘ldirishga imkon yaratadi.
ertaklarning ta’limiy hamda tarbiyaviy ahamiyati juda katta. Ularda voqealar
asosan, mo‘’jizali tarzda ifodalanadi. Mo‘’jiza yoki fantaziya voqea va hodisalarni 
hayot bilan bog‘lab, haqiqat, ozodlik, to‘g‘rilik, odamiylik kabi oliyjanob g‘oyalarni 
tashviq etadi, syujet rivojiga kuch bag‘ishlaydi, tinglovchi e’tiborini o‘ziga jalb qilib, 

Inagamova D.R., Qodirova X. Maktabgacha va boshlang‘ich ta’limda bola nutqini o‘stirish. 
“Uzluksiz ta’lim” jurnali. – T., 2014. № 3.- 4-b.


49
ajoyibotlar olamiga olib kiradi, shirin tuyg‘ular dunyosiga g‘arq etadi. Ayni damda xalq 
og‘zaki ijodida xalqning hayot, tabiat, go‘zallik, ta’lim-tarbiya, odob-axloq to‘g‘risidagi 
umumbashariy va milliy qarashlari ham mujassamlashadi. 
Aytish joizki, maktabgacha ta’lim muassasalarida, maktablarning quyi sinflarida, 
maktabdan tashqari bolalar muassasalarida tarbiyachilar, musiqa va boshlang‘ich 
sinf o‘qituvchilari bolalarga o‘quv mashg‘ulotlari, tarbiyaviy soatlar, ertaklar, rivoyatlar, 
maqollar, topishmoqlar, tez aytishlar bilan yoshlarning bilimini, dunyoqarashini 
oshirmoqda. Bolalarning qo‘shiqlar, harakatli, milliy o‘yinlar bilan zavqlanishini, go‘-
zallikdan bahramand bo‘lishini kuchaytirmoqda. Ammo bu ezgu ishlarni har kim 
o‘zicha, o‘zi topgan og‘zaki ijod namunalari orqaligina amalga oshirmoqda. 
ertaklar bola tarbiyasida muhimligini quyidagi mashg‘ulot orqali ko‘rish mumkin:
Tayyorlov guruhida “ertaklar – yaxshilikka yetaklar” mavzusida mashg‘ulot o‘tka zish.

Download 1,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish