Maxsus fanlarni o’qitish metodikasi fanidan yakuniy nazorat savollar
1-Fanning predmeti, vazifalari va ilmiy asoslari. Fanning predmeti, vazifalari har bir mustaqil fan o’zining predmeti va metodologik asoslariga egadir. Jumladan, pedagogika fan sifatida shakllanib, o’zining predmetiga ega. Boshqa fanlar kabi pedagogika ham fan sifatida paydo bo’lar ekan, u avvalo jamiyatning talab va ehtiyojlari asosida vujudga keldi. Shu sababli tarbiya jarayonini ijtimoiy hayotning ajralmas qismi deb qarash lozim. Chunki tarbiyaviy ishlarni olib bormasdan turib, jamiyatni, uning rivojlanishini tasavvur qilish qiyin.Pedagogika atamasi qadimiy bo’lib, "bola yetaklovchi" degan ma’noni bildiruvchi grekcha "paydogogos" so’zidan kelib chiqqan. Tarixiy manbalarda ko’rstilishicha, qadimgi Yunonistonda o’z xo’jayinlarining bolalarini sayr qildirgan, ehtiyot qilgan tarbiyachini "pedagog" ("bola yetaklovchi") deb atashgan. Bilimlar asosida o’quvchilarning kuzatuvchanlik, tafakkur, xotira singari bilish qobiliyatlari rivojlanadi, ularda e’tiqod hosil bo’ladi, ilmiy dunyoqarashni shakllantiruvchi goyalar sistemasi tarkib topadi.Ta’lim jarayonida biror fan sohasida insoniyat tomonidan erishilgan hamma narsalarni o’rganish kerak, deb o’ylash mutlaqo noto’g’ri bo’lar edi.O’quv jarayonida eng asosiy,eng muhim narsalar fanlarning asoslari o’rganiladi.
2-Metodika va metodologiya.
"Metod" va "metodologiya" tushunchalari. Metod (yunon. metods — usul) keng ma'noda yo‘l, ijodiy faoliyatning har qanday shakli kabi ma'nolarni anglatadi. Metodologiya tushunchasi ikki asosiy mazmunga ega — faoliyatda qo‘llaniladigan ma'lum usullar tizimi (fanda, siyosatda, san'atda va h.k.); tizim haqidagi ta'limot yoki metod nazariyasi. Hozirgi davrda metodologiya faqat ilmiy bilish sohasi bilan cheklanishi mumkin emasligi ayon bo‘ldi va y albatta, bilish chegarasidan chiqishi va o‘z sohasida amaliyotda ham qo‘llanishi zarur. Bunda bilish va amaliyotning uzviy aloqadorligiga e'tibor qaratmoq kerak. Metodologiya faqat metodlarni emas, balki tadqiqotni ta'minlovchi boshqa vositalarni ham o‘rganadi. Tamoyil, qoida va ko‘rsatmalar, shuningdek, kategoriya hamda tushunchalar mana shunday vositalar jumlasiga kiradi. Nomuvoziy, beqaror dunyo sharoitlarida voqyelikni metodologik o‘zlashtirishning o‘ziga xos vositalarini ajratish fan rivojlanishining «postnoklassik», deb nomlangan hozirgi bosqichida ancha dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Metod u yoki bu shaklda ma'lum qoida, tartib, usul, harakat va bilim mezonlarining yig‘indisi hamdir. U tamoyillar, talablar tizimi bo‘lib, sub'ektni aniq vazifani bajarishga, faoliyatning shu sohasida ma'lum natijalarga erishish sari yo‘naltiradi. U haqiqatni izlashda vaqt, kuchni tejaydi, maqsadga eng yaqin va oson yo‘l bilan yetishishga yordam beradi. Dars berish metodikasi (usluMetodika va raetodologiya byati)ning predm eti, bu dars berish
(o'qitish) jarayonining o'zidir.Odatda, metodika (uslubiyat) deganda ilmiy bilish faoliyatiningshakllari va metodlari majmui haqidagi fan tushuniladi. Bu —nazariy jihatdan qo‘yilgan maqsadga yetish, haqiqatni, reallikni,faoliyatni nazariy yoki amaliy bilish, o'rganishning usullari yoki operatsiyalari majmuidir.
3-Didaktika va uning tamoyillari
Didaktika (yunoncha “didaktikos” — o‘rgatuvchi, ta’lim beruvchi) — pedagogikaning tarmog‘i hisoblanib, u ta’lim nazariyasi bilan shug‘ullanadi. Didaktika atamasi ilk bor Evropada 17-asrda o‘qitish va ta’lim jarayoni haqida asarlar yaratgan olimlar tomonidan qo‘llanila boshlagan. Chex pedagogi YA.A.Komenskiy o‘zining “Buyuk didaktika” asari (1657 yil)da bolalar va o‘smirlarni ma’lumotli qilish va ularga ta’lim berishning didaktik jihatlarini ishlab chiqdi. Nemis pedagogi A.Disterveg o‘zining “Nemis ta’lim beruvchilarini ma’lumotli qilishga rahbarlik” (1834-1835 yy.) asarida didaktikaning pedagogikada ta’lim nazariyasini bayon etuvchi alohida qism ekanligini ta’kidlagan. Didaktika har qanday alohida predmetni o‘qitish va uning mazmunini tayin etish qonuniyatlarini aniqlaydigan fan sifatida ta’lim va ma’rifat ishlarini samarali tashkil etishning umumiy usullarini belgilab berishi lozim. Ayni vaqtda, alohida predmetlarni o‘qitish metodikasi ta’lim amaliyotining aniq tajribalaridan kelib chiqqanligi uchun didaktikaning tamoyillari ta’lim jarayonida uchraydigan har xil favqulodda hodisalarning o‘ziga xosligini hisobga olgan holda tuziladi.O’qituvchi faqat o’qitishning qonuniyatlarini bilishgina emas, balki ularni amalga oshirish uchun qulay sharoitlarni yaratib bera olishi ham muhim. Bunga ayrim etakchi boshlang’ich qonuniyatlarni chuqur tushunish va ularni o’quv jarayonida qo’llash orqali erishiladi. Bunday qonuniyatlar didaktikada ta`lim tamoyillari yoki didaktik tamoyillar deb nom olgan.Olimlarning ta’lim tamoyillarining soni va nomi to‘g‘risidagi fikrlari bir- biridan farq qilsa ham, ammo ularning mazmuni va o‘qitish qonuniyatlarini tushunish an’anasi asosan bir xildir. Ta’lim tamoyillarining majmuasi mavjud bo'lib, ularga quyidagilar kiradi
4-O’quv jarayonidagi meyoriy hujjatlar
o‘quv jarayoni tasdiqlangan o‘quv rejalari, akademik taqvim, professor-o‘qituvchilar shtatlari jadvali, akademik potok va guruhlar, darslar jadvali va talabalarning o‘qituvchi rahbarligidagi mustaqil ishlari asosida tashkil qilinadi. O‘quv jarayonini tashkil qilish bo‘yicha barcha ma’lumotlar fakultet va kafedralarning oynalariga, hamda oliy o‘quv yurtining saytiga joylanadi. Kredit ta’lim tizimida faoliyat yuritayotgan oliy o‘quv yurti o‘z talabalariga Davlat ta’lim standartlari va malaka talablari doirasida mutaxassislik fanlarini o‘zlashtirishlari hamda o‘qishni muvaffaqiyatli yakunlab akademik daraja olishlari uchun maksimal darajada qulay sharoitlar yaratishi lozim. Bunda oliy o‘quv yurti o‘quv jarayonining uslubiy ta’minoti uchun javobgar hisoblanadi.Shu maqsadda quyidagilar ishlab chiqiladi.
Quyida o‘quv jarayonini rejalashtirish va tashkil qilishda zarur bo‘ladigan bir nechta hujjatlarning shakllarini keltirib o‘tamiz:- namunaviy o‘quv reja shakli;- tanlov fanlari katalogi shakli;-talabaning shaxsiy o‘quv rejasi (curriculum) shakli;- ishchi o‘quv reja shakli;- ishchi o‘quv dasturi (syllabus) shakli;- kafedra o‘quv yuklamasi shakli;- dars jadvali shakli;- o‘qituvchining dars jadvali shakli;- talabaning shaxsiy dars jadvali shakli;- o‘qituvchining shaxsiy ish rejasi shakli.
5- O`quv jarayonini tashkil etish tamoyillari.
O‘quv jarayoni tasdiqlangan o‘quv rejalari, akademik taqvim, professor-o‘qituvchilar shtatlari jadvali, akademik potok va guruhlar, darslar jadvali va talabalarning o‘qituvchi rahbarligidagi mustaqil ishlari asosida tashkil qilinadi. O‘quv jarayonini tashkil qilish bo‘yicha barcha ma’lumotlar fakultet va kafedralarning oynalariga, hamda oliy o‘quv yurtining saytiga joylanadi.Kredit ta’lim tizimida faoliyat yuritayotgan oliy o‘quv yurti o‘z talabalariga Davlat ta’lim standartlari va malaka talablari doirasida mutaxassislik fanlarini o‘zlashtirishlari hamda o‘qishni muvaffaqiyatli yakunlab akademik daraja olishlari uchun maksimal darajada qulay sharoitlar yaratishi lozim. Bunda oliy o‘quv yurti o‘quv jarayonining uslubiy ta’minoti uchun javobgar hisoblanadi. Shu maqsadda quyidagilar ishlab chiqiladi:1) har bir talaba uchun ma’lumotnoma-yo‘riqnoma;2) har bir fan bo‘yicha sillabuslar (ishchi o‘quv dasturlari);3) fanlar bo‘yicha auditoriya mashg‘ulotlari uchun o‘quv materiallari (ma’ruza matnlari, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari bayoni, interfaol tarqatma materiallar, multimedia ilovalari va h.k.);4) talabalarning o‘qituvchi rahbarligidagi mustaqil ta’limi uchun materiallar (uy vazifalari va topshiriqlari, o‘z-o‘zini baholash uchun nazorat materiallari, referat va kurs ishlari (loyihalari) mavzulari va ularni bajarish bo‘yicha uslubiy materiallar, elektron o‘quv materiallari)
6- Namunaviy o`quv rejasi
O’quv reja - oliy ta’limning muayyan yo’nalishi yoki mutaxassisligi bo’yicha o’quv faoliyati turlari, o’quv fanlari, kurslarining tarkibi, ularni o’rganishning izchilligi va soatlardagi hajmini belgilaydigan me’yoriy xujjatdir.
O’quv rejalari ikki turga bo’linadi: namunaviy va ishchi o’quv rejalar. Namunaviy o’quv reja – oliy ta’lim muassasalarining aniq bir ta’lim yo’nalishi yoki magistratura mutaxassisligi uchun o’rnatilgan tartibda Davlat ta’lim standartlariga asosan tayanch oliy ta’lim muassasalarining tegishli kafedrasining yetakchi professor-o’qituvchilari tomonidan turdosh oliy ta’lim muassasalarining shu soha bo’yicha yuqori malakali mutaxassislarini hamda kadrlarni buyurtmachilarini jalb etgan holda ishlab chiqiladigan me’yoriy huquqiy xujjatdir
7- Ishchi o`quv rejasi
Ishchi o’quv reja - oliy ta’lim muassasasining aniq bir ta’lim yo’nalishi yoki magistratura mutaxassisligi uchun namunaviy o’quv reja asosida har o’quv yili uchun ishlab chiqiladigan va o’rnatilgan tartibda OTMning rektori tomonidan tasdiqlanadigan o’quv jarayonining asosiy me’yoriy hujjatidir. O’quv rejada quyidagilar o’z ifodasini topadi: Tayyorlov yo’nalshi (ixtisoslik) 5 kodi va uning nomlanishi, o’qish muddati, o’qishni tugatgandan so’ng olinadigan akademik darajasi. Ta’lim shakli. O’quv davrining taqsimoti (jadvali). O’quv jarayonining rejasi. o’rganiladigan o’quv predmetlari. har bir o’quv predmetini o’rganish uchun ajratilgan umumiy vaqt miqdori. o’rganish uchun ajratilgan vaqtni – nazariy, amaliy va tajriba mashg’ulotlari, seminarlar, kurs ishlari va mustaqil ta’limga qanday miqdorda taqsimlanganligi. o’quv predmetini qaysi kurs, semestrlarda, haftasiga qancha soatdan o’rganish tartibi. Davlat Attestatsiyasi. Tanlov fanlarinig ro’yxati Izohlar
8- Texnologik xarita Texnologik xarita -ma'lum bir mahsulotni ishlab chiqarishda
texnologik operatsiyalar ketma-ketligini yorituvchi texnik hujjat.
Do'stlaringiz bilan baham: |