Barra teri – qo’ylarning asosiy mahsulotlaridan biri hisoblanadi. Barra teri deb barra teri yo’nalishidagi qo’zilarni hayotining birinchi kunlarida so’yib olinadigan, terisida jun tolalari turli o’lcham va shakldagi jingalaklari bor teriga aytiladi. Barra terining sifati va qiymati uning rangi satxi, jingalakligi, jingalaklikning qalinligi va zichligi, ipakligi, yaltiroqligi va terining qalin, hamda zichligi bilan aniqlanadi.Mayda gullar o’lchami 4,5 mm dan kam, 4,5-8 mm o’rta va 8 mm dan ko’p katta hisoblanadi. Gullarning qo’yidagi shakllari bo’ladi: qalamgul, donagul, yelgul, buramagul, parmasimon gul, no’xat gul va shaklsiz gul. Bular ichida eng qimmatlisi qalamgul va donagul hisoblanadi.Barra terining sifati qo’yning zotidan, yoshidan, individual xususiyatidan, sovliqlarning oziqlantirish va saqlash sharoitlaridan farq qiladi.
Kelib chiqishga qarab: barra terilar qo’yidagicha bo’ladi: Qorako’l, reshitilov, soqqol va chushka, hamda malich. Yoshiga qarab esa kuni yetmagan homiladan olingan, o’z vaqtida so’yilgan qo’zilardan olingan va muddati o’tib so’yilgan qo’zilardan olingan barra terilarga bo’linadi. Rangiga qarab barra terilar qora, ko’k va sur bo’ladi.
Po’stinbop teri mahsuldorligi – qo’ylardan – maxsus zotlardan po’stinbop terilar olinadi. Bu terilar yupqa bo’lib, yengil bo’ladi va junlari o’ziga xos jingalaklik va rangga ega. Bularga maxsus po’stinbop teri yo’nalishidagi qo’y zoti – Romanov zoti hisoblanadi.
O’zbekiston sharoitida ham po’stinbop teri olish imkoniyati bor, buning uchun barra teri sifati yomon bo’lgan qorako’l qo’zilari 6-7 oyligigacha o’stirilib so’yish natijasida ajoyib po’stinbop teri va sifatligo’sht olish mumkin. Bozor iqtisodiyoti sharoitida ko’pgina xo’jaliklar bu usuldan keng foydalanmoqdalar. Qo’ylardan yana mo'ynabop teri va oddiy charm terisi ham olinadi.Qo’ylarning go’sht mahsuldorligi – O’zbekiston sharoitida alohida ahamiyatga ega. Chunki xalqimiz bu go’shtni va qo’y yog’ini so’yib iste’mol qiladilar. Ayniqsa mamlakatimizda urchitilayotgan xisor va jaydari qo'ylarining go’shti va dumba yog’i tengsiz hisoblanadi, ular xushxo'r ajoyib ovqatlar tayyorlash xususiyatiga ega va kaloriyalidir. Qo’ylarning go’sht mahsuldorligi ularning zotiga, yoshiga, jinsiga va semizlik darajasiga bog’liq. Eng yuqori go’sht mahsuldorligiga xisor qo’ylari ega bo’lib, maxsus boqilgan qo'ylarning tirik vazni 190-200 kg. yetib, dumbasining sof og’irligi 50 kg. gacha bo’lib, o’lchami 45-55 sm ni tashkil qiladi. Jaydari qo’ylar go’sht mahsuldorligi ham ancha yuqori ularning vazni boqilganda 100-120 kg. gacha yetadi va so’yganda 60-70 kg. go’sht olish mumkin. Qorako’l qo’ylari ham sifatli go’sht – yog’ berish xususiyatiga ega. Qo’ylarning o’rtacha so’yim chiqimi 50-55% bo’ladi. Qo’ylardan sut ham sog’ib olish mumkin, bu asosan O’zbekistonning ixtisoslashgan qorakòlchilik xo'jaliklarida sovliqlarning qo’zilari barra teri uchun so’yilgandan keyin amalga oshiriladi. Har bir sovliqdan 1-2 oy ichida 100 kg. atrofida sut sog’ib olish mumkin. Qo’ylar suti quyuq bo’lib uning tarkibida oqsil va yog’ sigir sutiga nisbatan ancha ko’p. (60; 45%), shuning uchun ulardan ajoyib qo’y qatig’i va pishloq tayyorlash mumkin. Afsuski bozor iqtisodiyoti sharoitida ko’pchilik xo’jaliklar bu foydali tadbirni amalga oshirmayotirlar.
Qo’ychilikda ishni tashkil qilish otarlar asosida amalga oshiriladi. Otarlar qo’ylarning zoti, jinsi, yoshi, nasl ko’rsatgichlari va mahsuldorligiga qarab tuziladi. Bunday ish tashkil qilish qo’ylarni oziqlantirish, saqlash, tanlash va juftlash, hamda emlash ishlarini osonlashtiradi. O’zbekiston sharoitida sovliq, qo’chqor va qo’zi otarlari odat tusiga kirgan. Bu otarlarning katta kichikligi qo'ylarning zoti, yoshi, geografik joylashishi va mahsulot yo’nalishiga qarab muayyan sharoitda har xil bo’ladi.Qorako’lchilik xo’jaliklari asosan keng sahrolarda joylashgan bo’lib otarlarda qo’ylar soni ancha ko’p bo’ladi. Sovliq otarlarida qo’ylar soni 600-700, qo'chqor otarlarida 200-300, qo’zi otarlari esa 800-1000 boshdan iborat bo’ladi. Dumbali qo’ylar asosan tog’ va tog’ yon bag’ri yaylovlarida boqilishini inobatga olib bosh sonlari biroq kam bo’ladi: 300-400; 100-200; 400-500.
Qorako’lchilik xo’jaliklarida qo’zilar bir necha sakmanlarga bo’linib alohida yaylovlarda boqiladi. 1 sakmanda 100-200 sovliq qo’zisi bilan bo’ladi, keyinchalik sakmanlar soni kamaytiriladi. Nasl uchun arzimaydigan erkak qo’zilar albatta 2-3 haftaligida bichib qo’yiladi. Qo’zilar 3-4 oy onalarini emadilar va shu davr ichida yillik o’sishning 3/4 qismiga erishadi. Qo’zilarning hayotining birinchi oyida 100% ona suti bilan oziqlanadi, ikkinchi oyda 60%, uchinchi oyda 20%. 4 oyligida sekin onasidan ajratiladi va urg’ochi qo’zilar 600-800 boshdan, bichmalar esa 400-500 boshdan otar qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |