Go’sht va sutning xalq xo’jaligidagi ahamiyati. Mamlakatimizda oziq-ovqat sanoatining asosiy tarmoqlaridan biri go’sht va sutchilik hisoblanadi. Bunda zootexnik mutaxassislarning roli kattadir. Sut va go’sht mahsulotlari kishi hayoti uchun to'la qiymatli oqsil manbai bo’lib, organizmni plastik va energetik moddalar bilan ta’minlaydi. Go’sht oqsillari o’simlik oqsillaridan yuqori turadi. Shuning uchun ham hayvonlarning oqsil va yog’lari kishilar oziq rasionida katta o’rin egallaydi. Shu sababdan, mamlakatimizda go'sht va sut sanoatining rivojlanishiga katta ahamiyat berilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |