Birinchidan, yoshlarni ona Vatanga muhabbat, qadimiy- madaniy qadriyatlarimizga, xalqimizning bir necha ming yillik an’analariga hurmat ruhida tarbiyalash.
Ikkinchidan, yoshlarda O‘zbekiston deb atalgan mo‘tabar va muqaddas xonadonimizning tinchligi va barqarorligini ta’minlash bilan bog‘liq bo‘lgan fuqarolik burchi va vatan- parvarlik tuyg‘usini yanada mustahkamlash.
Uchinchidan, yoshlarda sog‘lom turmush tarzini tashkil etish, giyohvandlik va narkotrafik iste’moliga barham be- rish, ularni turli sport va madaniy dam olish ishlariga jalb etish.
To‘rtinchidan, yoshlarning jamoat ishlariga ko‘proq ish- tirok etishi orqali mahalla-ko‘y, bir-biriga yaqinlik, bir- birining quvonch va tashvishlariga sheriklik tuyg‘usini oshirish.
Beshinchidan, yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishi uchun foydali mehnatga jalb etish, ishsizlik- ning oldini olish, banddik muammosini hal etish orqali «Mahalla - kichik Vatan» g‘oyasini singdirish.
Oltinchidan, yoshlar tarbiyasida ibrat, namuna timso- lidan foydalanish maqsadida hamda ma’naviy-tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish uchun keksa avlod vakilla- rining ijtimoiy faolligini qo‘llab-quvvatlash, ularning hayot tajribasini yoshlarga singdirish, yangi avlodning katta avlod bilan ma’naviy-ruhiy yaqinligini ta’minlash orqali avlodlar davomiyligini, shajarasini, turmush tarzidagi an’analar, urf-odatlar, yaxshilik va ezguliklar uzviyligini ta’minlash.
Respublika Kengashi hamda hududiy kengashlarda yuqo- ridagi masalalarni hal etish, tashkil qilish va bu bora- dagi ishlar samaradorligini oshirish maqsadida ular- ning qoshida yoshlar ishlari, diniy-ma’rifiy masala- lar ishlari, keksalar va faxriylar ishlari bo‘yicha rais o‘rinbosarlari lavozimlari ta’sis etiladi. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida jamoatchilik asosida fa- oliyat yuritadigan mahalla fuqarolar yig‘ini raisining o‘rinbosari - yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchi lavozi- mi joriy etiladi.
Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, yoshlarga e’ti- bor tobora oshmokda. Ularning har tomonlama yetuk va bar- kamol inson bo‘lib yetishishlarida mahallaning roli va va- kolati kengaymoqda. Bu bevosita jamiyatda tinchlik va oso- yishtalikni ta’minlash, davlat va nodavlat tashkilotlari o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish, aholi turarjoylari- da ijtimoiy va ma’naviy masalalarni kollegial tartibda hal etish imkonini beradi. Jumladan, davlat hokimiyati vakillik organlari, Moliya, Ichki ishlar, Mehnat, Xalq ta’limi, Sog‘liqni saqlash vazirliklari, «Kamolot» yoshlar ijtimoiy xdrakati, «Nuroniy» jamg‘armasi, Xotin-qizlar qo‘mitasi va boshqa shunga o‘xshagan yoshlar muammosiga daxl- dor turli idora va muassasalar vakillari mahalla ishida faol ishtirok etadilar.
Yuqorida bayon etilgan Prezident Sh.M.Mirziyoev far- monidan kelib chiqadigan vazifalarni hayotga tatbiq etish uchun fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida 37 ta aniq tadbirlarni amalga oshirish, ularni hayotga tatbiq etish maqsadida kompleks cho- ra-tadbirlar dasturi tasdiqlandi. Farmonni amalga oshi- rish uchun «Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida»gi, «Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi» to‘g‘risidagi Uzbekiston Res- publikasining Qonunlari va bir qator boshqa qonun hamda huquqiy-me’yoriy hujjatlarga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish taqozo etilmoqda.
Mahalla fuqarolar yig‘inlarining hududiy ahamiyatga molik masalalarni hal etish bo‘yicha vakolatlari va faoli- yat doiralari kengaymoqda. Ularning jamiyat taraqqiyotidagi vazifalari oshmoqda. Yoshlarga oid ijtimoiy-iqgisodiy va ma’naviy masalalarni hal etishda tashkiliy-texnik ji- hatlar tobora kengaytirilmoqda. Jumladan, bolalar spor- ti maydonchalari, maishiy xizmat ko‘rsatish ob’ektlari, kundalik turmushga daxldor bo‘lgan va uning muammola- rini hal etishga qaratilgan ob’ektlar tashkil etiladi va ularning faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. Mahalla faoliyati sa- maradorligini oshirish va uning jamiyatdagi o‘rnini yana- da mustahkamlash maqsadida 2018 yil oxirigacha barcha shahar va tumanlarda «Mahalla markazi» majmualari zamonaviy talablar asosida barpo etiladi. Natijada, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyati sama- radorligini oshirish uchun yanada keng imkoniyatlar yaratila- di. Bu aholi turarjoylarida, kundalik turmush sharoitida g‘oyaviy-tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish, aholi turmush darajasini yanada farovonlashtirish, tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash, sog‘lom ma’naviy-ruhiy vazi- yatni chuqurlashtirish imkonini beradi.
...
Inson olamdan ajralgan holda o‘zini to‘laqonli inson sifatida namoyon qila olmaydi. Yakka tartibda yashagan odam o‘zining insoniy fazilatlari va imkoniyatlarini yo‘qota bo- radi. Fikr doirasi torayib, aqliy imkoniyatlari, intellek- tual salohiyati cheklanib, hayvoniy instinktlari kuchayib boradi. Tor va biqiq sharoitda fikrlamay yashaydigan, hayot mazmuni va mohiyatini tushunmaydigan odam qiyofasidagi jonzotga aylanadi.
Mahallaning qudrati jamoa bo‘lib, umumiy manfaatlar atrofida birlashib yashash kayfiyatining mavjudligida na- moyon bo‘ladi. U odamning insonga, insonning shaxsga ayla- nishida muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. Demak, kelajagi buyuk davlat qurish yo‘lidan borayotgan ekanmiz, har tomon- lama barkamol insonni yetishtirmay turib, bu ulug‘ maqsadga erisha olmaymiz. Zotan, buyuk kashfiyotlarni, olamshumul ixtirolarni va ulkan tarixiy sakrashlarni faqat aqliy salohiyat va intellektual qudrat, barkamol axloq va yetuk ma’- naviyat mavjud bo‘lgan takdirdagina amalga oshirish mumkin bo‘ladi.
Sh.M. Mirziyoevning «Mahalla institutini yanada ta- komillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoni ana shu tarixiy burilishning «Everest cho‘qqisi»dir. Boshqacha qilib aytganda, mahalla institutini takomillashtirish, uning jamiyatdagi o‘rni va rolini oshirish orqali yangi ta- rixiy sharoitlarda yangi, zamonaviy, jahon sivilizatsiya- sidan xabardor va eng muhimi, har qanday zararli g‘oyalar va qarashlardan o‘zini asray oladigan, buyuk maqsad bilan yashab, buyuk kelajakni qurishga qodir bo‘lgan avlodni yetishtirish imkoniyati vujudga keladi. Demak, mahalla - aqliy salohiyat va ijtimoiy mohiyat beshigi.
Prezident Sh.M.Mirziyoev Farmoni millatning istiq- boli sog‘lom va qudratli, jismoniy jiqatdan chiniqqan, g‘oyaviy jiqatdan yetuk, ma’naviy jiqatdan barkamol av- lodni yetishtirishda yangi imkoniyatlar ochadi. U inson- ning ilk nafasidan oxirgi nafasigacha mo‘tabar go‘shasini, mahallasini, keng ma’noda butun jamiyatni asraydigan, rivojlantiradigan qilib shakllantirishning yangi davri- ni boshlab beradi. Zotan ma’naviy va milliy qadriyatlar nuqtai nazaridan, mahalla bizning, har birimizning ilk va oxirgi nafasimiz, birinchi qadamimiz va so‘nggi sa- farimiz mohiyatining tayanchidir.
Farzandlarimiz shunchaki xayot uchun kurashadigan, jami- yatning barcha ne’matlarining ishtahasi karnay iste’mol- chilarigina emas, balki uning yaratuvchilari, bunyodkorlari, mualliflari bo‘lmog‘i lozim. Har bir fuqaro o‘z bajara- yotgan ishidan, bugun erishgan yutug‘idan quvona olmog‘i lo- zim. Jamiyat dasturxoniga nimadir yetishtirganidan, uning taraqqiyotiga qandaydir hissa qo‘shganidan, umumiy xonado- nimiz O‘zbekiston deb atalgan o‘ttiz ikki millionli oi- lamiz tinchligi va barqarorligini saklashga qandaydir xissa qo‘shganidan baxtiyor bo‘lmogi lozim. Bunday sharaf- li va umummilliy manfaatga daxldor bo‘lgan quvonchga eri- shish uchun insonda katta qalb, ma’naviy qudrat, axloqiy asos kerak bo‘ladi. Mahalla ana shu mahobatli va goyat qadrli tuyg‘uning o‘chog‘idir.
XULOSA
Mustaqillikning o‘tgan davrida huquqiy demokra- tik davlat barpo etildi. Erkin fuqarolik jamiyati vu- judga keltirildi. Iqtisodiyotnsng butunlay yangi shak- li - ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor munosabatlariga o‘tildi. Mulkchilik, mulkka egalik tuyg‘usini shakllan- tirish orqali yalpi jamiyatda insonning bunyodkorlik, yaratuvchilik qobiliyatlarini rivojlantirish tamoyili chuqurlashdi. Ijtimoiy sohada butunlay yangi - inson hayoti, turmush farovonligi, tinchligi va barqarorligiga yo‘naltirilgan yaxlit, demokratik jamiyat vujudga kel- tirildi. Qonun ustuvorligi, qonun oldida barchaning tengligini ta’minlash asnosida haqiqiy erkin demokra- tik rejim shakllantirildi. Darhaqiqat, qonun ustuvor bo‘lgan joydagina va qonun doirasidagi erkin faoliyat- gina kishilik jamiyatining butun mohiyatini belgilaydi va uni qadriyatga aylantiradi. Zotan, haqiqiy demokratiya bu qonunlar diktaturasidir.
Endi ana shu qo‘lga kiritilgan yutuqlarni yanada mus- tahkamlash, ularni zamonaviy sivilizatsiya talablari, XXI asrda inson va insoniyat takdiri bilan bog‘liq bo‘lgan glo- bal muammolardan kelib chiqib rivojlantirishni davr taqozo etmoqda. Bu bevosita jamiyatning barcha sohasi va yo‘nalishlarini qamrab olgan yalpi yangilanishlarni talab qilayotgan hayotiy ehtiyojdir. Prezident Sh.M.Mirziyoev tomonidan ishlab chiqilgan «2017-2021 yillarda O‘zbe- kiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustu- vor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi» ushbu ehtiyojlarni amalga oshiradigan dasturilamal vazifasini bajarmoqda.
Xalqimizning o‘ziga xos jihati shundaki, u adolatga, murosaga, ochiqko‘ngillik va samimiy munosabatga moyil xalkdir. U faol va ongli boshqarish orqali yangidan-yan- gi imkoniyatlarni namoyon qila oladigan, o‘zining yuk- sak ma’naviy-axloqiy, ma’rifiy-ruhiy va intellektual salohiyatini ko‘rsata oladigan bunyodkor xalq. Ayni ana shu kayfiyat, xalq fe’l-atvori, milliy ruhiyat ochiq jamiyat qurilayotganini, xalq bilan davlat o‘rtasidagi munosabat- ning sog‘lom va o‘zaro ishonchli, aniq maqsad va umummilliy manfaat asosida qurilayotganligini katta mamnuniyat bi- lan qabul qilmoqda. Ana shu ma’naviy-ruhiy vaziyat tobora chuqurlashib borayotgani sayin jamiyatda ulkan taraqqiyotga, sifat jihatdan yangilanishlarga va Uzbekistonning buyuk kelajagini yaratishga qodir bo‘lgan butunlay yangi, zamona- viy ruhiyatni mustahkamlamoqda.
Har bir davrning o‘z arboblari, siyosiy yetakchilari bo‘ladi. Ana shu yetakchi va arboblarning xarakteri, bosh- qaruvchilik mahorati, ish uslubi o‘ziga xosdir. Keyingi bir yil O‘zbekiston tarixida, aytish mumkinki, rivoj- lanishning butunlay yangi davrini boshlab berdi. Buni quyidagilarda ko‘rish mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |