Jo‘raev, Narzulla. Jadal taraqqiyot davri (So‘zboshi o‘rnida) «2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivoj- lantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi»



Download 219,48 Kb.
bet70/84
Sana12.07.2022
Hajmi219,48 Kb.
#781113
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   84
Bog'liq
Juraev Narzulla. Tamaddunga Davat

Birinchidan, jamiyatga bir narsa yetishtirib, foyda ber- maydigan, aksincha, mavjud ne’matlardan foydalanib, ular- ni iste’mol qiladigan aholi qatlami katta.
Ikkinchidan, hali aqliy imkoniyatlari to‘la shakllanma- gan, yetarli hayotiy tajribaga ega bo‘lmagan bolalar va yoshlar qatlamining ma’naviy-axloqiy, g‘oyaviy-ma’rifiy tarbiyasi bilan shug‘ullanish alohida e’tiborni taqozo etadi.
Uchinchidan, dunyoda turli g‘oyaviy xurujlar, mafkuraviy buzg‘unchiliklar avj olayotgan, ommaviy madaniyat taxdid so- layotgan, terrorizm va aqidaparastlik global mohiyat kasb etayotgan bir paytda yosh avlod bilan doimiy shug‘ullanadigan, ularning har birini nazoratga oladigan mexanizmga ehtiyoj oshib bormokda.
To‘rtinchidan, yoshlik romantikasiga berilgan, aqldan ko‘ra hissiyot ustun keladigan yoshda o‘zini o‘zi boshqarish, o‘zini o‘zi asrash, fazilatlar va ezguliklarga intilish in- stinktini shakllantiradigan sog‘lom ma’naviy-ma’rifiy muhit tobora katta ahamiyat kasb etmoqda. Ushbu masalalarni hal qilishda mahalla institutining roli va keng miqyosli imkoniyatlaridan foydalanmoq lozim.
Albatta, «Yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida yuqorida- gi masalalar huquqiy jihatdan kafolatlab qo‘yilgan. Jum- ladan:

  • millati, irqi, tili, dini, ijtimoiy mavqei, jin- si, ma’lumoti va siyosiy e’tiqodidan qat’i nazar yoshlar to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilish;

  • yoshlarni huquqiy va ijtimoiy jihatdan himoya qilish;

  • milliy, madaniy an’analarning avloddan-avlodga o‘ti- shi, avlodlar davomiyligi va an’analar uzviyligini ta’- minlash;

  • yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, umummil- liy manfaatga daxldor bo‘lgan loyihalarni amalga oshirish uchun keng imkoniyatlar yaratish;

  • huquq va burchlarning, erkinlik va fuqarolik mas’uliyati- ning uyg‘unligini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar ti- zimini amalga oshirish. Yuqoridagi huquqiy me’yorlarni hayotda joriy qilishda davlat va nodavlat tashkilotlari, xususan, mahalla va davlat organlari faoliyatlarini uyg‘unlashtirish zarur bo‘lmokda. Bu Prezident Sh.M.Mirziyoevning «Mahalla institutini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmonida o‘z ifodasini topgan.

Masalani yana bir e’tiborli tomoni borki, Uzbekistonda yoshlar qatlamining kattaligi, zamonaviy sivilizatsiya yutuq- laridan xabardor, tezkor va shijoatli, yuksak ilmiy salohiyat va bilimga ega bo‘lgan avlodning ko‘pligi bilan bog‘liq bo‘lgan ijobiy hodisa! Demak, O‘zbekiston demagoglar mamlakati emas, aksincha, o‘z kuch-qudratiga, intellektual imkoniyatiga ega, aniq yo‘naltirilgan maqsad va buyuk kelajakka qaratilgan intilish- lar mamlakati. Prezident Sh.M.Mirziyoev ana shu keng imkoni- yatdan samarali foydalanishni mahalla zimmasiga yuklamoqda.
Bolaning murg‘ak tasavvuri maxdlla muhitida shakllana- di. Uning fuqaro va shaxs bo‘lib yetishishida mahallaning roli katta. Ana shu yerda sharkona turmush tarzining, axloq va odobga asoslangan hayot maktabining roli benihoya katta. Mahalla ayni ana shu maktab tayanchi hisoblanadi.
G‘arb turmush tarzi turli axborot vositalari orqali hayotimizga kirib kelayotgan, bolalar va yoshlar ongiga kuchli ta’- sir o‘tkazayotgan bir paytda sharqona tarbiya maktabiga ehtiyoj tobora oshib bormokda. Amerikalik olim doktor Brazelton G‘arb turmush tarzidan kelib chiqib: «Mehr-muhabbat - birlam- chi, odob - ikkilamchi», deydi39. Uningcha, his-tuyg‘uning chega- rasi yo‘q, unga barcha eshiklar ochiq bo‘lmog‘i va har qanday hissiyot hech tusiqsiz amalga oshmog‘i lozim. Muallif odob, axloq, ma’naviyat haqida o‘ylamaslikni, ko‘ngil tusaganicha yashashni, aql ishlatmaslikni targ‘ib qilmokda. Bu esa, inson- dagi insoniy fazilatlarni o‘ldiradigan holat. Ayni paytda bu Sharq ma’naviy qarashlariga zid hodisa. Odob, axloq, ma’navi- yat har narsadan ustun va inson mohiyatini belgilovchi asosiy omil bo‘lmog‘i lozim. Mahalla ayni ana shu milliy qadriyatning beshigi va sarchashmasidir.
Taniqli madaniyat va jamoat arbobi Xillari Klinton hozirgi zamon Amerika Qo‘shma Shtatlari hayotidan kishi qalbini junbishga keltiradigan va uni chuqur iztirobga so- ladigan misollarni keltiradi. Ya’ni, «Amerikada har besh bolaning biri, ayni paytda, qashshoqlikda kun kechirmokda; 10 million bola xususiy yoki ijtimoiy tibbiyot xizmatidan mahrum; qotillik yoxud o‘zini o‘zi o‘ldirish oqibatida har yili yetti ming bola hayotdan ko‘z yummoqda; har to‘rt bolaning bir nafarini erga tegmagan onalar tuqqan, bunday onalar- ning ko‘pchiligi hali balog‘at yoshiga ham yetmagan qizlardir; va nihoyat 135 ming bola har kuni maktabga o‘zi bilan bir- ga qurol olib keladi. Bolalar har bir ijtimoiy tabaqada zo‘ravonlik, manmanlik va ehtiroslarga erk berish kabi il- latlardan aziyat chekadi»40. Bu dunyoning eng qudratli, eng «de- mokratik», eng «insonparvar» davlatidagi fojiaviy vaziyat!
Bolalar va yoshlar hayotidagi bunday salbiy holat Lotin Amerikasi va Osiyo mamlakatlarida ham tobora chuqurlashib bormokda.
Uzbekiston inson taraqqiyotining butunlay boshqa, sof insonparvar yo‘lidan bormokda. Ayni paytda, O‘zbekiston qo- nunga rioya qilish va turmush madaniyati jihatidan dunyoda ik- kinchi o‘rinda, baxt indeksi bo‘yicha MDHda birinchi, dunyoda 42-o‘rinda turibdi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’- lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda tug‘ilayotgan bolalarning 92 foizi mutlaq sog‘lom. «Sog‘lom ona - sog‘lom bola». Bu hali odam bo‘lib tug‘ilish ehtimoli bor bo‘lgan holatga davlatning g‘amxo‘rligi. Ana shu tarzda millat genofondi shakllanmoqda. Oilada jismonan sog‘lom bola dunyoga kelgach, endi uni har tomonlama barkamol rivojlantirish majburiyati bilan yashaymiz. Bu majburiyat Uzbekistonda faqat ota-onagagina emas, balki mahalla, hududiy tibbiy xizmat, ichki ishlar va ta’lim muassasalari xodimlariga ham tegishli. Demak, bir bola taqdiri va kelajagi uchun hamma javobgar.
Uzbekistonda har bir ona va bola tibbiy nazoratga olin- gan va to‘la ijtimoiy himoya qilingan. Bolalarning ham- masi umumta’lim maktablariga jalb etilgan. Ular o‘qishdan bo‘sh paytlarida ota-onalari va mahalla nazoratiga olin- gan. «Oila - maktab - mahalla» dasturi izchil amalga oshi- rilmoqda.
Dunyoda oziq-ovqat tanqisligi va ocharchilik kuchayib bo- rayotganligi, ekologik vaziyatning og‘irlashishi, eng muhimi, ma’naviy-axloqiy qashshoqlikning global mohiyat kasb eta- yotganligi achinarli hol. Ana shu umumplanetar muammodan farzandlarimizni asraydigan, avaylaydigan, jismoniy va ma’naviy sog‘lom qilib yetishtiradigan asosiy tayanch mahalla ekanligi barchaga ayon.
Prezident Sh.M.Mirziyoev viloyatlarda shahar va qish- loqlarda bo‘lganida honadonlarga kiradi. Odamlarning, ayniqsa, yosh oilalar va qariyalarni suhbatida bo‘ladi. Ular- ning maqsad-intilishlari, orzu-umidlari, sevinch va iz- tiroblari bilan tanishadi. Albatta, mahalla va uning oqsoqollari, faollari bilan fikr almashadi, o‘rtoqlashadi. Ular oldiga yangidan-yangi vazifalar qo‘yadi. Mavjud muam- molarni hal qilib beradi. Bu millat kelajagiga, yangi avlod istiqboliga jiddiy davlat e’tiborining o‘zginasidir.
Prezident Sh.M.Mirziyoev Andijon viloyatidagi ma- hallalarning birida bo‘lganida: «Bu bola meniki emas, qo‘shniniki, Andijonniki emas, Jizzaxniki degan fikrga bormasligimiz, u bola O‘zbekistonniki ekanligini chuqur tu- shunishimiz va uning taqdiri uchun javobgar ekanligimizni unutmasligimiz lozim», - dedi. Bu tom ma’nodagi o‘zbekona gap. Chunki azaldan ota-bobolarimiz bola kimnikiligidan qati nazar unga befarq bo‘lishmagan. Har bir bola alohida e’tiborda bo‘lgan. Bola va uning ota-onasi esa, mahalladagi alohida fazilatlar uchun rahmat eshitgan, illatlari uchun tanbeh olgan. Tarbiyasi og‘ir, yurish-turishi xavfli, e’tiqo- di zaif yoshlar bilan butun mahalla jon-jahdi bilan shu- g‘ullanishgan, bir oiladan nojo‘ya gap chiqsa, mahalla uchun isnod deb bilishgan.
Mahalla kattalar o‘rtasidagi an’anaviy hamkorlik, ma’naviy birlik, bir-biriga daxldorlik maktabini tako- millashtirish, uni tarixiy tajribalar va zamonaviy mu- ammolardan xulosa chiqarib, boyitib borish bilan birga ushbu buyuk milliy merosni farzandlarga yetkazish kabi juda katta ma’naviy-axloqiy jarayonni tartibga soladi, na- zorat qiladi, amalga oshiradi. Mahalla, tom ma’noda, har bir bolaga alohida e’tibor bilan qaraydigan, u bola kim- nikiligidan qat’i nazar, uning takdiri va kelajagiga ja- vobgar deb biladigan tuyg‘ular o‘chog‘i. Ana shundan bo‘lsa ke- rak, xalqimizda «Bir bolaga yetti mahalla ota-ona» degan ajoyib naql paydo bo‘lgan. Darhaqiqat, mahalla ana shunday mo‘tabar maskan. Shunday bo‘lmog‘i ham lozim.
Mahalla - farovonlik va saodat tayanchi
Mustaqillik yillarida mahalla institutining nufuzi tobora oshirildi. U oldingi tarbiyaviy va ma’naviy maskan maqomini saqlagan holda ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy- huquqiy vakolatlarini kengaytirdi. Ayni ana shu jihatlari bilan mahalla fuqarolik jamiyatini rivojlantirish, qonun ustuvorligiga erishish, xalq hokimiyatchiligini vu- judga keltirishning ishonchli tayanchi va eng ta’sirchan, eng samarador yacheykasiga aylantirildi. Xususan, Prezident Sh.M.Mirziyoevning «Mahalla institutini yanada takomil- lashtirish chora-tadbirlari» to‘g‘risidagi Farmoni tufayli mahallaning ijtimoiy mohiyati chuqurlashtirildi. Faoli- yat yo‘nalishlari kengaytirildi. Mahalla aholining turar- joylarida odamlarning kundalik yumushlari, tashvishlari, quvonchlari va muammolaridan xabardor bo‘lgan, ularning yechimini topib, har bir oilaga yetarli darajada ko‘mak bera oladigan eng hozirjavob, eng xalqchil vositaga aylandi.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, milliy davlatchi- ligimiz tarixida birinchi marta shaharcha, qishloq, ovul va mahalla fuqarolar yig‘inlari o‘zini o‘zi boshqarishning hududiy birliklari sifatida O‘zbekiston Respublika- si Konstitutsiyasining 105-moddasida Qonun bilan mus- tahkamlab qo‘yildi. Mahalla shunchaki an’anaviy tarbiya maskanigina emas, u yaxlit jamiyatning bir bo‘lagi, tinch- lik va barqarorlikning tayanchiga, saodatli hayotimizning istiqboliga mustahkam zamin yaratadigan maskanga, jami- yatning faol va samarador mexanizmiga aylandi. Konstitu- siyaga muvofiq mustaqillikning o‘tgan davrida yuzdan ortiq me’yoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilindiki, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining keng miqyosli faoliya- tini himoya qilib, rivojlantirish imkonini berdi.
Keyingi besh yil mobaynida O‘zbekiston Respublika- sining «Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organla- ri to‘g‘risida»gi, «Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi to‘g‘risida»gi Qonunlar qa- bul qilindi. Mahallalar hamda ulardagi jamoatchilik tu- zilmalariga oid yigirmaga yaqin Nizom qabul qilindi va ijtimoiy hayotga tatbiq etildi. Shuningdek, tizimda fao- liyat ko‘rsatayotgan xodimlarning malakasini oshirish va ularga zamonaviy bilimlar berish, tajribalarini naza- riy jihatdan mustahkamlash maqsadida o‘quv kurslari tash- kil etildi. «Mahalla» ma’rifiy teleradiokanali ushbu sohadagi serqirra faoliyatni targ‘ib etmokda. Nuqsonlar tanqid qilinib, ibratli tajribalar keng jamoatchilik diqqatiga havola etilmokda. Ayni paytda, mamlakatimizda o‘n mingga yaqin fuqarolar yig‘inlari tomonidan mahalliy davlat hokimiyati organlariga taalluqli bo‘lgan o‘ttizdan ziyod ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy, huquqiy, siyosiy va ma’rifiy ahamiyatga molik vazifalar muvaffaqiyatli ba- jarib kelinmoqda. Bu mahallada ma’naviy ruhiy vaziyat- ning sog‘lomlashishiga, mahalla yashovchilari kundalik kay- fiyatining ko‘tarinki bo‘lishiga, ertangi kunga ishonchining mustahkamlanishiga olib kelmoqda.
Prezident Sh.M. Mirziyoev tavsiyasi bilan fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlari moddiy-texnik bazasi mus- tahkamlanib bormoqda. Ikki mingdan ortiq mahallalarning xizmat binolari zamonaviy talablar asosida ta’mir- landi va tartibga solindi. Namunaviy loyihalar asosi- da qishloqlarda barpo etilayotgan yangi turarjoylarda mahallalar uchun 216 ta yangi binolar qurilib, foydalanishga topshirildi. Bu mahalla faollari ishini yanada yaxshilashga, uning samaradorligini oshirishga keng imkoniyat yaratmoqda. Mahalla noyob, dunyoda o‘xshashi bo‘lmagan ma’naviy-axloqiy maskanga aylanmoqda. Fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish or- ganlarining ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy va iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish jarayonlarida faol ish- tirok etishi uchun keng imkoniyatlar yaratilmokda.
Hayot davom etmokda. Islohotlar jarayoni tobora chu- qurlashmokda. Hayotimiz mazmuni kengayib, uning saodat- li istiqboli tobora yorqinlashmokda. Shu bilan birga, tabiiy ravishda, inson fe’l-atvoriga mos tarzda hayotiy ehtiyojlar ham ortib bormokda. Ertaga bugungidan ko‘ra farovonroq, bugungidan ko‘ra to‘kinroq va, albatta, bugun- gidan ko‘ra saodatliroq yashash ishtiyoqi mahalla mexaniz- mini isloh qilishni, uning keng miqyosli faoliyatini yana- da takomillashtirishni taqozo etmokda. Ana shu jihatdan Uzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning «Mahalla institutini yanada takomillashtirish chora-tad- birlari to‘g‘risida»gi Farmoni asosida fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining mahalliy ahamiyatga molik masalalarni hozirjavoblik bilan hal qilishdagi roli- ni, odamlarning kundalik muammolari va yumushlarini o‘z vaqgida bartaraf etish borasidagi faoliyati samaradorligini oshirish uchun ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, davlat organlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institut- lari bilan o‘zaro hamkorligini yanada rivojlantirishga doir butunlay yangi tashkiliy-xuquqiy tadbirlar tizimi ishlab chiqildi. Jumladan:

  • fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining jamiyat- dagi o‘rni va rolini kuchaytirish, ularning joylarda xalqning chinakam maslakdoshi va ko‘makdoshiga aylantirish;

  • jamiyatda odamlar o‘rtasida o‘zaro hurmat, mehr-oqibat va hamjihatlik muhitini shakllantirishda, milliy va umum- insoniy qadriyatlarni asrab-avaylash hamda rivojlanti- rishda mahallalarning faoliyatini yanada chuqurlashtirish;

  • yoshlarni ma’naviy jihatdan barkamol, jismonan sog‘lom, g‘oyaviy jihatdan yetuk inson qilib tarbiyalash, ularning bandligini ta’minlash, foydali ishlarga jalb etish, yosh avlodni mafkuraviy taxdidlardan himoya qilish, buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi tura oladigan mafkuraviy immu- nitetini kuchaytirish;

  • kuchli ijtimoiy siyosatni amalga oshirishda mahalla- ning faol, hozirjavob va samarador imkoniyatlaridan keng foydalanish, aholining kam ta’minlangan qatlamlarini, keksa avlod vakillarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bora- sida mahalla institutining davlat va nodavlat tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorligini yanada mustahkamlash;

  • jamoat tartibi va xavfsizligini ta’minlashda, xuquq- buzarliklarning oldini olishda, fuqarolarda qonunga hurmat hissini kuchaytirishda, jinoyatchilikning sodir etilishidan oldin, sodir etilmaslik chora-tadbirlarini ko‘rishda mahal- laning keng imkoniyatlaridan foydalanish;

  • fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari xuquqiy va qonuniy manfaatlarini himoya qilishning hamda ular faoliya- tini muvofiqlashtirishning samarali mexanizmlarini joriy etish, maxdlla tizimida qonun ustuvorligini ta’minlash.

Prezident Sh.M.Mirziyoev farmoniga muvofiq o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika Kengashini ta’sis etish va unga yuridik shaxs maqomini berish nazarda tutilmoqsa. Barcha viloyatlar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va barcha tumanlarda hududiy kengashlar tuzilib, ularni Respublika Kengashining tarkibiy tuzilmasi sifatida yaratish belgi- landi.
Kengashlarning nufuzi va maqomini oshirish, joy- larda aholi tomonidan ko‘tarilayotgan masalalarni ijro hokimiyati organlari e’tiboriga yetkazish va mazkur masala- larni o‘z vaqtida hal etishda ular ishtirokining samarador- ligini rivojlantirish maqsadida O‘zbekiston Respublika- si Bosh Vaziriga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisiga, viloyatlar, Toshkent shahar va tumanlar hokimlari zimmasiga tegishli kengashlarga jamoatchilik asosida raislik qilish vazifasi yuklatildi.
Mahalla fondining raislari, ayni paytda, respublika Mahalla Kengashi va hududiy kengashlar raislarining bi- rinchi o‘rinbosari vazifasini bajaradilar. Ular kengash- lar zimmasiga yuklatilgan vazifalar ijrosini samarali tashkil etish, mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlari fa- oliyati moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ijtimoiy- iqtisodiy dasturlarni amalga oshirishda ularni moliyalash- tirish ishini ta’minlaydilar, unga boshchilik qiladilar va tashkil etadilar. Bu, o‘z navbatida, mahalla fondi fao- liyatini yanada takomillashtirish, moliyaviy asoslarini mustahkamlash, undan samarali va unumli foydalanishni amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan g‘oyatda muhim va mas’- uliyatli vazifadir.
Yangi avlodni tarbiyalash, har jihatdan sog‘lom ma’naviy yetuk, g‘oyaviy chiniqqan yoshlarni voyaga yetkazish asosiy masa- lalardan biridir. Zotan dunyo qalqib turgan, yer yuzining qaysidir hududlarida qon to‘kilayotgan, urush holatlari yuz berayotgan, terrorchiliklar amalga oshirilayotgan bir payt- da fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlari diqqatini yoshlar muammosiga qaratish dolzarb masalaga aylanmoqda.
G‘oyaviy qo‘poruvchiliklar, buzg‘unchi g‘oyalar, ommaviy ma- daniyat niqobidagi milliy va ma’naviy qadriyatlarga zid bo‘lgan turmush tarziga da’vatlar tobora kuchayib bormokda. Aqidaparastlik, odam savdosi, narkobiznes dunyoga taxdid solmokda, insoniyat sivilizatsiyasini barbod etmoqda. Ay- rim mamlakatlarda genofondning keskin buzilishi, ge- notsid holatlarining yuzaga kelayotganligi va chuqurlashib borayotganligi butun insoniyatni tashvishga solmokda. Ana shunday global jarayon fuqarolarni, xususan, yoshlarning o‘z uyini himoya qilish, o‘zini o‘zi asrash fazilatlarini chuqurlashtirib, illatlarni bartaraf etishga qodir bo‘lgan mafkuraviy immunitetni, ma’naviy-ruhiy tayyorgarlik- ni va ichki instinktni kuchaytirishni taqozo etmoqda. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari aholining turarjoylarida, kundalik hayot sharoitida o‘zaro bir-biriga bog‘liqlik va bir-biridan xabardorlik imkoniyatlari nuqtai nazaridan bunga jiddiy qarash har galgidan ham muhimroq ahamiyat kasb etmoqda. Ana shu nuqtai nazardan Prezident Sh.M.Mirziyoevning «Mahalla institutini yanada takomil- lashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» gi Farmoni bu bora- dagi ishlarni tubdan qayta tashkil etishni taqozo etmokda. Jumladan:

Download 219,48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish