Axloqiy sohada bu fuqarolarning ma’naviy-axloqiy mezonlari, xatti-harakatlari, hayotga munosabatlarida ko‘zga tashlanadi. Fuqarolarning ma’naviy-axloqiy yetuk- lik darajasi millatlararo munosabatlar orqali, turli millat vakillarining umumiy maqsad, umumiy xonadon, mahalla, tuman, shahar va mamlakat yo‘lidagi birlashuvi bilan bog‘liqdir. Ushbu g‘oya zamirida millati va elatidan qat’i nazar umumiy xonadon - O‘zbekiston taqdiri uchun ja- vobgarlik tuyg‘usi har bir fuqaroning siyosiy mas’ullik va ma’naviy daxldorlik hissi bilan bevosita bog‘liq. Ana shu daxldorlik hissi esa kichik Vatan - mahallada o‘zini namoyon etmog‘i lozim.
Diniy sohada. Turli diniy e’tiqodlar va maslaklardagi fuqarolarning Alloh yagonaligi orqali Vatan yagonali- gi, makon yagonaligi, ilohiy va dunyoviy qarashlarning mushtarakligi katta ahamiyatga ega. Zero, inson va ma’na- viyat, odam va olam, makon va zamon o‘rtasidagi munosabatlarni uyg‘unlashtirish zamirida butun jamiyatni barqarorlashtirish imkoniyatlari mujassamdir. Shu tariqa Allohning yagona- ligiga imon keltirish orqali uning bandalaridagi tur- li e’tiqodlar, xilma-xil qarashlar va munosabatlarni barqarorlashtirish va uyg‘unlashtirish konsepsiyasini asoslashga yo‘l ochiladi. Bunda jamiyatni ma’naviy-ruhiy jihatdan barqarorlashtirish masalasi inson yetukligi va komil- ligi bilan bog‘liq holda tushuniladi. Diniy-ma’rifiy saviya jamiyat taraqqiyotining muhim omili darajasiga ko‘tariladi. Butun dunyo axdi Allohyagonaligiga imon keltiradi. Biroq tur- li xalqlar unga o‘z e’tiqodi bilan yondashadi. Demak, Allohga boradigan yo‘l ko‘p. Taqvo va ibodat shakli har xil. Ammo Alloh bitga! Mahalla ana shu ma’naviy-ruhiy, e’tiqodiy hodisani sog‘lomlashtiradigan mo‘tabar maskan. Prezident Sh.M. Mir- ziyoev maxdllada, aholi turarjoylarida bo‘lganida xalq bilan ochiq muloqot paytlarida yuqoridagi masalaga alohida e’ti- bor beradi. Mahallalar xududidagi aziz-avliyolar va muqaddas qadamjolarni obod qilish orqali har bir inson imonini uyg‘otishga, mehr-shafqat hissini chuqurlashtirishga intiladi.
Hozirgi kunga kelib respublikamizda 1800 dan ortiq diniy tashkilot mavjud. Uzbekiston Musulmonlari idora- si, Rus Pravoslav cherkovi, Toshkent va Urta Osiyo yeparxiya- si, yevangelie, Xristian baptistlari cherkovlari Ittifoqi, Rim-katolik cherkovi, To‘liq Injil xristianlar Markazi, Uzbekiston Bibliya jamiyati shular jumlasidandir. Mam- lakatimizda «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi' Qonunning yangi tahririni hayotga tatbiq etish natijasida:
diniy tashkilotlarning noqonuniy ravishda faoliyat yuri- tishlariga chek qo‘yildi;
diniy tashkilotlar fuqarolarning real ehtiyojlariga bevosita xizmat qila boshladi;
‘O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Axborotnomasi. 1998 yil. 5-6-sonlar.
diniy tashkilotlarga xorijiy fuqarolarning rahbar- lik qilishlariga barham berildi;
mamlakatda aholining ma’naviy hayoti uchun yot va zarar- li bo‘lgan diniy sektalarning yoyilib ketishi oldi olindi;
diniy ta’lim tizimi qonuniy asosda qayta ko‘rib chiqildi;
mamlakatda diniy adabiyotlarni chop etish va tarqatish ishlari tartibga solinib, bu faoliyat mamlakatimizdagi di- niy muassasalar tomonidan amalga oshirilishi belgilab be- rildi;
diniy fundamentalizm va ekstremizmga qarshi kurash olib borish uchun huquqiy poydevor yaratildi1.
Estetik sohada bu madaniyatlar o‘rtasidagi munosabat- larni o‘z ichiga oladi. Bugun mamlakatimizda barqaror ri- vojlanayotgan madaniyatlar hamkorligi, turli millatlar o‘rtasidagi madaniy murosadan ijtimoiy murosaga, jami- yatda muvozanat konsepsiyasining amaliyotiga aylanmoqda. Hind, arab, turk, rus va yevropa kinofilmlarining, turli mamlakatlar san’ati, xususan, qo‘shiqchiligining ilg‘or na- munalari O‘zbekistonga kirib kelayotgani milliy madani- yatimizga soya tashlamayotganligidan, aksincha, milliy ma- daniyatning jahon madaniyati bilan uyg‘unlashib borayot- ganligidan dalolat beradi. Ana shunday jarayonda turmush sharoitida ko‘p millatli mahallada o‘zaro bir-birini tushu- nish va bag‘rikenglik muhim ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |