Jo‘raev, Narzulla. Jadal taraqqiyot davri (So‘zboshi o‘rnida) «2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivoj- lantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi»


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTLIGIGA NOMZOD ShAVKAT MIROMONOVICh MIRZIYoEVNING



Download 219,48 Kb.
bet75/84
Sana12.07.2022
Hajmi219,48 Kb.
#781113
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   84
Bog'liq
Juraev Narzulla. Tamaddunga Davat

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTLIGIGA
NOMZOD ShAVKAT MIROMONOVICh MIRZIYoEVNING

SAYLOVOLDI DASTURI
Bizning bosh maqsadimiz - O‘zbekiston Respublikasi- ning Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘anievich Karimov tomonidan boshlab berilgan demokratik islohotlarni iz- chil davom ettirish va chuqurlashtirish, tinchlik-osoyishta- lik va barqarorlikni ta’minlash, mamlakatimiz iqtisodiy qudratini mustahkamlash, xalqimiz uchun munosib turmush sharoitini yaratishdan iborat.
Bizning saylovoldi dasturimizda davlatimizning ja- dal rivojlanishi yo‘lida xalaqit berishi mumkin bo‘lgan to‘siqlar xar tomonlama taxlil etilgan xolda, yurtimiz xayotining barcha soxalarini qamrab oladigan va extimol tutilgan xavf-xatarlarning oldini olish, yaqin va olis is- tiqbolga mo‘ljallangan eng muhim ustuvor vazifalarni amalga oshirishga qaratilgan va, shuningdek, mamlakatimiz- ni yanada taraqqiy ettirishni ta’minlaydigan beshta ustu- vor yo‘nalish belgilab olindi.

  1. Davlat va jamiyat boshqaruvi tizimini
    takomillashtirish. «Kuchli davlatdan - kuchli fuqarolik
    jamiyati sari» konsepsiyasini amalga oshirish


Siyosiy tizimni rivojlantirish sohasidagi ustuvor va- zifalarimiz rivojlangan huquqiy demokratik davlat va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish, fuqarolarning orzu-intilishlarini ro‘yobga chiqarish tashabbuslarini amal- ga oshirish, ularning mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayoti- dagi ishtirokini kengaytirishdan iborat.
Biz davlat hokimiyati tizimida O‘zbekiston Respublika- si Oliy Majlisining rolini kuchaytirish, uning mamlakat ichki va tashqi siyosatiga oid eng muhim vazifalarni hal etish hamda ijro hokimiyati faoliyati ustidan parlament nazoratini amalga oshirish bo‘yicha vakolatlarini yanada ken- gaytirishni zarur deb hisoblaymiz.
Ko‘ppartiyaviylik tizimini mustahkamlash, davlat va jamiyat hayotida siyosiy partiyalarning ta’sirini oshirish, ular o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish hokimiyatning vakillik organlari faoliyati samaradorli- gini yanada oshirishda muhim ahamiyatga ega ekanini nazar- da tutib, xalq deputatlari mahalliy kengashlari faoliya- tida siyosiy partiyalar guruhlarining rolini kuchaytirish, ayniqsa, mahalliy ijro hokimiyati organlari faoliyatini nazorat qilish borasidagi vakolatlarini kengaytirish ta- rafdorimiz.
Bu maqsadlarga erishish ko‘p jihatdan davlat boshqaruvi tizimi va uning apparati faoliyati samaradorligini oshi- rish bilan bog‘liq. Shu munosabat bilan biz davlat boshqa- ruvi tizimini takomillashtirish va samaradorligini oshirishga qaratilgan qonun hujjatlarini qabul qilish tashabbusini ilgari suramiz.
Shu bilan birga, biz xo‘jalik boshqaruvi organlari fao- liyatiningtashkiliy-huquqiy asoslarini tubdan qayta ko‘rib chiqish, ushbu sohada tajribadan o‘tgan bozor mexanizmlari va korporativ boshqaruvning zamonaviy prinsiplarini keng joriy etishni ta’minlash zarur deb hisoblaymiz. Biz vako- latlarni markazdan joylarga berish tarafdorimiz. Shuning uchun hududlarni har tomonlama rivojlantirish, ijtimoiy- iqtisodiy dasturlarni amalga oshirish, qonunlar ijrosini ta’minlash, joylardagi davlat boshqaruvi organlari faoli- yatini muvofiqlashtirish borasidagi barcha bo‘g‘inlardagi hokimiyatlarning vazifa va vakolatlar tizimini takomil- lashtirish e’tiborimiz markazida bo‘ladi.
Hokimlik idoralarining moddiy-texnik ta’minoti va xodimlarining mexnatiga xaq to‘lash tizimini tubdan qayta ko‘rib chiqamiz. Ushbu ishlarni amalgaoshirishda«Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida»gi Qonunni yangi tahrirda qabul qilishni maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz.
Biz yangicha va mustaqil fikrlaydigan, mas’uliyatli, ta- shabbuskor, ilg‘or boshqaruv usullarini puxta o‘zlashtirgan, xalol, o‘z Vatani va xalqiga sodiq kadrlarni tayyorlash bo‘- yicha samarali tizim yaratish ustida jiddiy ishlaymiz.
Fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqishda davlat xizmatchilari tomonidan sansalorlik va mas’uliyatsizlik xolatlariga butunlay barxam berish uchun biz qat’iy kurash olib boramiz.
Raxbarlar faoliyatiga, ularga bo‘lgan ishonch va axolini o‘ylantirayotgan muammolarni samarali hal etish darajasi- dan kelib chiqqan holda, xalqning o‘zi baho beradi.
Binobarin, davlat muassasalari xodimlarining mas’uliyatini oshirish va, shuningdek, ularning hu- quqlari kafolatlarini mustahkamlash maqsadida biz «Davlat xizmati to‘g‘risida»gi qonunni qabul qilish tashabbusini ilgari suramiz.

Download 219,48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish