Iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish,
makroiqtisodiy barqarorlik va izchil o‘sish
sur’atlarini ta’minlash
«Iqtisodiy mustaqillikka erishmasdan turib, siyosiy mustaqillikni ta’minlab bo‘lmaydi» degan, amalda o‘zi- ni oqlagan qoidadan kelib chiqqan holda, biz kelgusida mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo- rasida asosiy e’tiborni quyidagi strategik yo‘nalishlarga qaratishni zarur deb hisoblaymiz.
Birinchidan, makroiqgisodiy barqarorlikni yanada mus- tahkamlash va erishilgan iqgisodiy o‘sish sur’atlarini saq- lab qolish, milliy valyutamiz, ichki bozordagi narx-navo barqarorligini ta’minlash ulkan ahamiyatga ega.
Moliyaviy sohada tarmoq va mintaqalarning mutanosib ri- vojlanishi hisobidan aholining ijtimoiy muammolarini hal etishni ta’minlaydigan maxdlliy byudjetlarning daromadpar bazasini kengaytirishga e’tibor qaratiladi. Mahalliy byud- jetlar imkoniyatlarining oshirilishi, avvalo, aholining hayot darajasi va sifatini yuksaltirishga xizmat qilishi kerak.
Ikkinchidan, iqtisodiyotimizning jahon bozorida- gi raqobatdoshligini yanada oshirish, uning soha va tar- moqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish, eks- port salohiyatini kengaytirish, investitsiyaviy faollikni kuchaytirish hal qiluvchi omil hisoblanadi.
Asosiy va muhim vazifa - 2030 yilga qadar yalpi ichki mahsulot hajmini ikki barobardan ziyod ko‘paytirish, iqtisodiyotimiz tarkibida sanoatning ulushini 40 foiz- ga yetkazish bo‘yicha aniq maqsadli dasturlarni amalga oshi- rishdan iborat.
Shu maqsadda kimyo sanoatini, rangli va nodir metal- lar, uglevodorod xomashyosi, meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash, to‘qimachilik, charm-poyabzal, farmasevtika, qurilish materiallari sanoatini rivojlantirishga qara- tilgan 8 ta maxsus dastur qabul qilindi va amalga oshiril- mokda. Yaqin besh yilda umumiy qiymati qariyb 40 milli- ard dollar bo‘lgan 657 ta investitsiya loyihasini amalga oshiramiz. Bu choralar sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini 1,5 barobar ko‘paytirish imkonini beradi. Bundan tashqari, mahalliy xomashyoni chuqur qayta ishlash imkoni- yatiga ega bo‘lgan to‘qimachilik sanoatini yanada rivojlan- tirish bo‘yicha dasturni ishlab chiqish yakuniga yetkazildi. Qiymati 2 milliard 300 million dollar bo‘lgan 140 ta in- vestitsiya loyihasini amalga oshirish vazifasi oldimizda turibdi. Natijada, tayyor to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 3 barobar oshadi.
Biz o‘z oldimizga yana bir muhim vazifani qo‘yganmiz, u ham bo‘lsa, farmasevtika sanoatini jadal rivojlantirishdan iborat. 67 ta xududiy loyihalarning amalga oshirilishi 162 ta yangi, hozirgi vaqgda chetdan olib kelinayotgan dori vosita- larini mamlakatimizda ishlab chiqarish va ularning umumiy hajmini 2,5 barobar oshirish imkonini beradi.
Ayni vaqtda, davlat dorixona tarmoqlarida hayotiy mu- him dori vositalarining aniq belgilangan narxlarda soti- lishi ta’minlanadi.
Xorijiy investitsiyalar va zamonaviy ilg‘or texnoloshyalar- ni jalb etish maqsadida Navoiy va Jizzax viloyatlari xdmda Angren shaxrida erkin iqgisodiy zonalar samarali faoliyat ko‘rsatmoqda. Berilgan imtiyozlar korxonalar tomonidan inno- vatsion loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirishga imkon yaratmoqda. Bu ijobiy tajribani kengaytirish maqsadida Urgut va G‘ ijduvon tumanlarida, Qo‘qon shaxrida hdm erkin iqgisodiy zonalar tashkil etish rejalashtirilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |