Jo‘raev, Narzulla. Jadal taraqqiyot davri (So‘zboshi o‘rnida) «2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivoj- lantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi»



Download 219,48 Kb.
bet79/84
Sana12.07.2022
Hajmi219,48 Kb.
#781113
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   84
Bog'liq
Juraev Narzulla. Tamaddunga Davat

Oltinchidan, mamlakatimiz iqgisodiyotining o‘sishida katta ahamiyatga ega bo‘lgan 2017-2021 yillarda turizm sohasini jadal rivojlantirish bo‘yicha alohida dastur qabul qilishni rejalashtirmoqdamiz.
Dastur doirasida soxddagi boshqaruv tizimini takomil- lashtirish, turistlar uchun viza va ro‘yxatga olish tartib-ta- omillarini soddalashtirish, yangi turistik marshrutlarni yaratish, turizm infratuzilmasining jadal rivojlanishini ta’minlash, sohaga xorijiy investitsiyalarni jalb etish, turizmni rivojlantirish bo‘yicha maxsus iqtisodiy zonalar tashkil etish zarur deb hisoblaymiz.
Shu maqsadda tadbirkorlar uchun keng imkoniyatlar yaratish- ni ko‘zda tutadigan yangi tahrirdagi «Turizm to‘g‘risida»gi qonun loyihasini ishlab chiqish tashabbusini ilgari surish- ni, shuningdek, «Uzbekturizm» milliy kompaniyasi faoliyati- ni tanqidiy ko‘rib chiqishni zarur deb bilamiz.
Yettinchidan, hududlarni yanada kompleks rivojlanti- rish eng muhim vazifadir.
Avvalo, Birinchi Prezidentimiz tomonidan tasdiqlan- gan bir qator viloyatlar, Toshkent, Qarshi, Shahrisabz, Ter- miz, Namangan, Urganch va Guliston shaharlari, shuningdek, Bulung‘ur va Nishon tumanlari sanoat salohiyati va infra- tuzilmasini rivojlantirish borasidagi dasturlar ijrosi so‘zsiz ta’minlanadi.
Bundan tashqari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andi- jon, Buxoro, Jizzax, Navoiy, Samarqand, Sirdaryo va Far- g‘ona viloyatlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari ishlab chiqiladi va amalga oshiriladi.
Chuqur tahlillar asosida har bir hududning o‘ziga xos xususiyat va imkoniyatlari, talab va ehtiyojlarini inobatga olgan, har bir mahallani nazarda tutgan holda, 2017-2021 yillarda tuman va shaharlarni kompleks rivojlantirish dasturlari qabul kilinadi. Bu dasturlarni amalga oshi- rish natijasida subvensiya oladigan 81 ta tuman moliyaviy jihatdan o‘zini o‘zi to‘liq ta’minlaydigan hududga aylana- di, shuningdek, 41 ta tuman va shahar bo‘yicha subvensiya dara- jasi sezilarli ravishda kamayadi.
Azim poytaxtimiz Toshkent shahrini nafaqat mintaqamiz, balki dunyodagi eng go‘zal va obod megapolislardan biriga aylantirish birinchi darajali vazifalarimiz qatoriga ki- radi. Shu maqsadda, milliy me’morlik va shaharsozlikning 254
eng ilg‘or yutuq va yechimlaridan foydalangan holda, keng miqyosdagi qurilish va obodonlashtirish ishlarini izchil davom ettirish e’tiborimiz markazida bo‘ladi.
Toshkent shahri uchun o‘ta muhim ahamiyatga ega bo‘lgan yi- rik dastur - Sirg‘ali tumanida yaqin kelgusida 500 ta ko‘p qavatli zamonaviy uy-joy barpo etish loyihasini ishlab chiqish rejalashtirilmokda. Bu esa qariyb 30 ming oilani, birinchi navbatda, kam ta’minlangan oilalarni yangi uy-joy bilan ta’minlash imkonini beradi.
Shaharning barcha tumanlarida yangi madaniyat va is- tirohat bog‘lari barpo etish, yashil maydon va hududlarni yanada ko‘paytirish, kommunal va savdo xizmatlari sifatini yaxshilash, yangi transport-kommunikatsiya tarmoqlari va za- monaviy xizmat turlari, madaniy-maishiy ob’ektlar bunyod etish, yer ustidan o‘tadigan tezyurar metro yo‘nalishlarini qurish masalalariga ustuvor ahamiyat beriladi.
Iqgisodiyot sohasida amalga oshiradigan ishlarimiz, av- valo, xalqimizga, har bir fuqaroga qanday naf yetkazishi, uning dasturxonida, kundalik hayotida aks etishi biz uchun o‘ta muhimdir. Shu munosabat bilan ish haqi, pensiya, stipendiya va nafaqalar miqdorini bosqichma-bosqich oshirib borish bo‘yicha ishlar davom ettiriladi. Shuningdek, oldimizda iste’mol to- varlari, jumladan, arzon narxdagi oziq-ovqat mahsulotlari ro‘yxagini kengaytirish va hajmini ko‘paytirish bo‘yicha komp- leks chora-tadbirlarni amalga oshirish vazifasi turibdi.


  1. Download 219,48 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish