Ma’naviy-ma’rifiy sohada oldimizda turgan eng muhim va dolzarb vazifamiz - yuksak ma’naviyatli, mustaqil fikrlaydigan, zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni puxta egallagan yoshlarni tarbiyalash, ularda milliy va umuminso- niy qadriyatlarga hurmat hissini yuksaltirish, farzandla- rimizning qalbi va ongida mafkuraviy immunitetni shakl- lantirishdan iborat.
Bu vazifalarni amalga oshirishda biz asrlar mobayni- da shakllangan milliy an’analarimizga, ajdodlarimizning boy ma’naviy merosiga tayanamiz. Yoshlarimiz qalbida Vatanga muhabbag va sadoqat tuyg‘usini kamol toptirish, uparni sog‘lom turmush tarzi ruhida tarbiyalashga qaratilgan targ‘ibot ishlari- ni kuchaytiramiz. Bu boradagi siyosatimiz yangi qabul qilingan «Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida»gi Qonun talabpari asosida qatiy davom ettiriladi.
Biz 2017-2021 yillarda oliy o‘quv yurtlari tizimini yanada rivojlantirishdagi mavjud muammolarni barta- raf etishga, oliy ta’lim tizimini yangi sifat bosqichiga ko‘tarishga qattiq bel bog‘laganmiz.
«Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati barcha yoshlar intila- digan, ularning qobiliyat va iqtidorini ro‘yobga chiqaradigan va manfaatlarini haqiqiy himoya qiladigan tashkilotga ay- lanishi zarur, deb hisoblaymiz. Bu borada alohida e’tibor- ni uyushmagan yoshlar bilan ishlashga va ularni tashkilot fa- oliyatiga jalb etishga qaratamiz.
Biz ilm-fan namoyandalari, zahmatkash olimlarimiz uchun har tomonlama qulay sharoitlar yaratish maqsadida bor kuch va imkoniyatlarni safarbar etamiz.
Hayotimizning eng muhim jabhalari uchun yuksak texnolo- giyalar, ilmiy ishlanmalar yaratish, malakali mutaxassislar tayyorlash, jahon axborot texnologiyalari bozorida munosib o‘rin egallash masalasiga ustuvor ahamiyatga ega vazifa sifa- tida qaraymiz.
Ayni vaqtda, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi so‘nggi yutuqlarni o‘zlashtirish bilan birga, yoshlarning kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishini oshirish, aholining kitobxonlik ko‘nikmasini yanada yuksaltirish, milliy adabiyotimiz va jahon adabiyotining eng yaxshi namunalarini Internet tarmoqlariga joylashtirish va ularni keng targ‘ib qilish ishlariga alohida e’tibor qa- ratamiz.
O‘zining noyob iste’dodi va mahoratini xalqimiz ma’- naviyatini yuksaltirishga bag‘ishlagan, inson qalbining muhandislari bo‘lgan ijodkor ziyolilarga doimiy e’ti- bor masalasi dasturimizda yetakchi o‘rin egallaydi. Ijo- diy tashkilotlar, badiiy uyushmalar faoliyatini qo‘llab- quvvatlashni, ularning moddiy-texnik bazasi, infratuzil- ma tarmoqlarini mustahkamlash, ijodkor ziyolilarimizning eng yaxshi asarlarini yurtimizda va chet ellarda targ‘ib etish- ni biz ma’naviy-ma’rifiy sohadagi siyosatimizning muhim bir yo‘nalishi deb bilamiz.
Madaniyat, san’at, adabiyot va matbuot olamiga kirib ke- layotgan iqtidorli yoshlarni moddiy va ma’naviy jihatdan rag‘batlantirish, ularning uy-joy sharoitlarini yaxshilash, yurtimizda o‘tkazilayotgan ijodiy tanlov va festivallar- ning sifati va samaradorligini oshirish, badiiy asarlar uchun to‘lanadigan qalam haqi mikdorini qayta ko‘rib chiqish, ijodiy va intellektual mulk egalarining manfaatlarini himoya qilish masalalari diqqatimiz markazida bo‘ladi.
Biz madaniyat va sport muassasalari, teatr va muzeyla- rimizning moddiy-texnik bazasini yanada yaxshilash bo‘yicha maxsus dasturlarni amalga oshiramiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |