Jo‘raev, Narzulla. Jadal taraqqiyot davri (So‘zboshi o‘rnida) «2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivoj- lantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi»



Download 219,48 Kb.
bet72/84
Sana12.07.2022
Hajmi219,48 Kb.
#781113
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   84
Bog'liq
Juraev Narzulla. Tamaddunga Davat

Birinchidan, ilmiy va amaliy jihatdan g‘oyatda mus- tahkam jadal taraqqiyot strategiyasining ishlab chiqil- ganligi.
Ikkinchidan, jamiyatning barcha sohalarini bab-baravar rivojlantirish mexanizmining vujudga kelganligi.
Uchinchidan, davlat rahbarining o‘ta serg‘ayrat, shijoat- li, charchoq bilmas faoliyati.
To‘rtinchidan, barcha sohalardagi rejalarning davlat rahbari tomonidan muntazam nazorat qilinishi, boshlangan ishning to‘liq oxiriga yetkazilishi.
Beshinchidan, kadrlar siyosatida hushyorlik va qat’iyat mavjudligi.
Aytish mumkinki, ana shular O‘zbekistonning keyingi yillardagi jadal taraqqiyotini belgilaydigan muhim omil hisoblanadi. Yana bir narsani aytish kerak. Xalq bilan muloqot, davlat rahbarining to‘g‘ridan-to‘g‘ri odamlar orasi- da yurishi jamiyatda iliq kayfiyatni, yoqimli vaziyatni vujud- ga keltirmokda. Bu odamlarning yalpi safarbarlik tuyg‘usini oshiradi. Jamiyatda sog‘lom ma’naviy-ruhiy vaziyat tobora chuqurlashadi.
Prezident Sh.Mirziyoev tomonidan ishlab chiqilgan Harakatlar strategiyasi butun mohiyati bilan jadal taraqqiyot dasturi hisoblanadi. Unga kiritilgan beshta yunalish jamiyatning hamma sohalarini keng miqyosda qamrab olgan. Ana shu strategik dastur doirasida oldingi bir necha yillar mobaynida qabul qilingan qaror va chiqarilgan far- monlar ko‘lamidan ko‘ra, keyingi bir yil ichida qabul qilingan bunday hujjatlarning soni bir necha barobarga oshib ketdi. Boshqacha qilib aytganda, har kuni yangi bir qaror yoki farmon qabul qilinmokda. Qaysidir muammoni hal qilish, qaysidir sohani rivojlantirish yoki butunlay yangitdan tashkil etish choralari ko‘rilmoqda. Ana shuning o‘zi jadal taraqqiyot ko‘lamini, miqyosini va butun mazmunini belgilab beradi. To‘planib qolgan muammolar yechimining siyosiy-huquqiy va tashkiliy asosini yaratadi.
Yalpi safarbarlikka kelsak, odamlar ana shu qaror va farmonlarda o‘zining takdirini, bolalarining kelajagini ko‘ryapti. Bu jamiyat uchun katta boylik hisoblanadi. Prezi- dent har bir fuqaroning orzu-o‘ylari, maqsadlari, manfaatla- ri va intilishlarini uyg‘otmokda. Odamlarning safarbarlik kayfiyatini kuchaytirmokda. Ana shu holatdan kelib chiqib, aytish mumkinki, Uzbekistonning eng yangi tarixida yangi Re- nessans davri boshlandi. Chunki har qanday renesans xalqning uyg‘onishidan, umummilliy manfaatlar atrofida birlashib, ommaviy safarbarlik sari intilishidan boshlanadi.
Harakatlar strategiyasi garchi besh yilga mo‘ljallangan bo‘lsa-da, u keyingi bir necha o‘n yillik taraqqiyotga asos bo‘lib xizmat qiladi. Tabiiyki, besh yil ichida belgilan- gan keng miqyosli dasturning amalga oshirilishi global taraqqiyotga xizmat qiladi.
Albatta, xalqning ichiga kirib borish, uning kuvdalik tash- vish va sevinchlari, iztiroblari va kuvonchlari bilan yaqivdan tanishish davlat rahbarining g‘oyat samarali ish uslubidan da- lolat beradi. Davlat bilan jamiyat, Prezvdent bilan fuqaro o‘rtasvda to‘siq qolmayapti. Bu umumiy birlikni, umummilliy manfaatlar atrofvda birlashib, katta bunyodkorliklarni amal- ga oshirish imkonini beradi. Natijada, O‘zbekistonning yangi, sog‘lom, samimiy, ma’naviy-ijtimoiy qiyofasini shakllanti- radi. Bu taraqqiyotning muhim omili hisoblanadi.
O‘zbekistonning tashqi siyosatvda katta samimiyat, od- diylik va o‘zaro xurmatni ko‘rish mumkin. Qo‘shni davlatlar, qolaversa, Rossiya bilan muloqotlarni qo‘yavering. Bu davlatlar bilan an’anaviy yaqinlik, o‘zaro bir-birini tushunish, tari- xan bir makonda yashash imkoniyatlarvdan kelib chiqib munosa- batlarning tobora chuqurlashib borayotgani tabiiy hol. Biroq, yirik davlatlar bilan muloqotda O‘zbekistonning butunlay yangi, sog‘lom va samimiy munosabatini alohida ta’kidlash ke- rak. Bu yerda Sharq fenomeni, Sharq omili degan qadriyatlar ham bor. O‘zbekiston rahbari AQSh yo Turkiya, Koreya yoki boshqa davlatlar rahbarlari bilan uchrashuvda o‘zining juda katta siyosiy madaniyatga, siyosiy axloqqa, sharqona tarbiya va bilim- lar saviyasiga qanchalik ega ekanligini ko‘rsata oldi. Sharqona odob tamoyiliga asoslangan suhbatdoshiga hurmat bilan qarash, o‘ta samimiy va ochiqko‘ngillik bilan muloqotga ki- rishish davlat rahbari uchun noyob fazilat hisoblanadi. Buni Birlashgan Millatlar Tashkiloti minbarvda turib ham, Tur- kiya va Koreyada bo‘lib o‘tgan turli doiralardagi uchrashuvlarda ham yaqqol ko‘rish mumkin. Xususan, jadal taraqqiyot davrvda tadbirkorlar bilan o‘tkazilgan biznes forumlardagi ochiq- oshkora munosabat, o‘z so‘ziga qat’iyat bilan javob berish fazi- lati keng jamoatchilik diqqatini tortdi. Ana shulardan kelib chiqib, aytish mumkinki, O‘zbekiston o‘z tarixvda buyuk sakrash hodisasi ostonasvda turibdi va O‘zbekiston qudratli, jahon hamjamiyatining yetakchi davlatiga aylanishi, shubhasiz.


241

Download 219,48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish