Jo‘raev, Narzulla. Jadal taraqqiyot davri (So‘zboshi o‘rnida) «2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivoj- lantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi»



Download 219,48 Kb.
bet57/84
Sana12.07.2022
Hajmi219,48 Kb.
#781113
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   84
Bog'liq
Juraev Narzulla. Tamaddunga Davat

Mavzuga doir material
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mir- ziyoevning salb to‘ridan chiqqan juda qiziqarli nutqini tingladik. Davlat rahbari mamlakatda mavjud bo‘lgan, hal etilishi kerak bo‘lgan masalalar haqida lozim daraja- da ochiq so‘zladi. Bu byurokratiya, mansabdorlarning bugun- gi voqeliklarga to‘gri kelmaydigan eskicha fikrlashi bilan bogliq bo‘ldi.
Biz O‘zbekistonda yaqin kelajakda amalga oshirish reja- lashtirilgan davlat va xalqning maqsad hamda vazifalari haqida batafsil ma’lumot oldik. Xususan, 2018 yil res- publikada «Faol tadbirkorlik, innovatsion goyalar va tex- nologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili» deb e’lon qilindi. O‘ylaymanki, bu o‘rinda faol tadbirkorlik yoshlar o‘rtasida soha vakillari sonini ko‘paytirishni nazarda tutadi. Bu jihat Turkiyaningelchisisifatidamenuchunmuhimdir. Chun- ki mamlakatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlarda turk sar- moyalarini jalb etish hamda savdo yuritish maqsadlarida biznes doiralar vakillari orasida amaliy hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga katta e’tibor qaratilmoqda. Bularning barchasi kelgusi yilda katta ishlarni amalga oshirishimiz kerakligini anglatadi.
Ahmet Bashar Shen, Turkiya Respublikasining Uzbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi
♦ * ♦
Prezident Sh.Mirziyoev tashabbusi bilan jamiyat hayoti- ning barcha sohalarini tubdan yangilashga qaratilgan inno- vatsion rivojlanish konsepsiyasi ishlab chiqildi va butun choralar bilan hayotga joriy etilmoqda.
Ma’lumki, innovatsion faoliyatni har tomonlama rivoj- lantirilgan holda, jamiyatimizni yanada barqarorlashtirish orqali mamlakatimizning jahon hamjamiyatidagi o‘rnini yanada mustahkamlash muhim ahamiyatga ega. Shu boisdan yur- timizda ilmiy tadqiqot faoliyati samaradorligini oshi- rish, ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanish hamda mamlakat- ni demokratik yangilashda fanning rolini kuchaytirishga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotir. Ayni paytda, davlatimiz qudratini oshirishga, xalqimiz faro- vonligini ta’minlashga xizmat qiluvchi innovatsion texno- logiya va ishlanmalarning hayotga samarali tatbiq etilishi- ni yanada rivojlantirishni davrning o‘zi taqozo etmoqsa.
Mazkur yo‘nalishdagi islohotlarning tadrijiyligini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2017 yil 29 noyabrdagi «O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligini tashkil etish to‘g‘risida»gi Farmoni qabul qilindi. Bu esa amalga oshirilayotgan islohotlarni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladigan muhim amaliy-tashkiliy o‘zgarishlardan biri bo‘lib hisoblanadi.
Ushbu hujjatga ko‘ra, bir qator yo‘nalishlar mamlakati- mizni innovatsion rivojlantirishning quyidagi asosiy omillari etib belgilandi:
- mamlakatning intellektual va texnologik salohiyatini oshirishning uzoq muddatli ssenariylari asosida ustuvor soha va tarmoqlarni innovatsion rivojlantirishning kela- jakdagi modellarini shakllantirish imkonini beradigan strategik rejalashtirish tizimini yaratish;

  • davlat xizmatlari ko‘rsatishning tartib-taomillarini optimallashtirish va soddalashtirishni, davlat boshqaruvi organlari faoliyatining samaradorligini oshirishni ta’- minlaydigan davlat boshqaruvining innovatsion shakllari- ni joriy etish;

  • hududlar ijtimoiy-iqgisodiy salohiyatining barqaror o‘sishi, shuningdek, aholining hayot darajasi va farovonli- gi yuksalishi uchun zarur sharoitlarni ta’minlashga qodir bo‘lgan fan va innovatsiya faoliyatini rivojlantirishning zamonaviy infratuzilmasini shakllantirish;

  • innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy etish sohasiga investitsiyalarni keng jalb etish, ularning yanada rivojlanishini ta’minlovchi normativ- huquqiy bazani takomillashtirish;

  • ilmiy tadqiqot va innovatsiya faoliyatini, eng avvalo, yosh avlodning ijodiy g‘oyalari va ishlanmalarini har tomon-

lama qo‘llab-quvvatlash hamda rag‘batlantirish, shuningdek, ushbu faoliyatda iqtidorli yoshlar faol ishtirok etishi uchun qulay sharoitlar yaratish;

  • mamlakatimiz ilmiy tadqiqot va innovatsiya faoliya- tining istiqbolli yutuqlarini targ‘ib qilish va joriy etishning samarali mexanizmlarini yaratish, shu jum- ladan ilmiy-eksperimental ixtisoslashtirilgan laborato- riyalar, yuqori texnologiyalar markazlari, texnoparklar va boshqa innovatsiyaga yo‘naltirilgan tuzilmalarni, xususan, chet el investorlari ishtirokida tashkil etish va moddiy- texnik bazasini mustaxqamlash;

  • tabiatni muhofaza qilish, resurs va energiya tejaydi- gan texnologiyalarni, jumladan muqobil energiya manbala- rini, suvni tozalash va chuchuklashtirish, undan oqilona foy- dalanishning zamonaviy shakllarini keng qo‘llash orqali faol joriy etish;

  • sog‘liqni saqlash sohasida kasalliklarni barvaqt aniqlash va profilaktika qilish, o‘z vaqtida va samarali da- volashga imkon beruvchi ilg‘or texnologiyalarni keng joriy etish, shuningdek, jamiyatda sog‘lom turmush tarzini shakl- lantirish va sog‘lom avlodni tarbiyalashga qaratilgan kom- pleks tizimni yaratish;

  • agrar sohaga innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texno- logiyalarni, shu jumladan, ishlab chiqarish samaradorligini va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarning eksport salohiyatini oshirishga, mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlashga ko‘maklashuvchi qishloq xo‘jaligi ekinlarining yangi seleksiya navlarini targ‘ib kilish;

  • iqtisodiyotning real sektori tarmoqlarini har to- monlama rivojlantirishni ta’minlovchi zamonaviy ax- borot-kommunikatsiya, sanoat va boshqa innovatsion texno- logiyalarni jadal joriy etish;

  • innovatsiya faoliyati sohasida ilg‘or xorijiy (xalqaro) tashkilotlar bilan, shu jumladan ularni nou-xau, nanotex- nologiyalar va yuqori texnologik tovar (ish, xizmat)larni ishlab chiqarishning mahalliy bozoriga jalb qilish orqali hamkorlikni kengaytirish.

Demak, Prezident Sh.M. Mirziyoevning «Uzbekiston Res- publikasining Innovatsion rivojlanish vazirligini tashkil etish to‘g‘risida»gi Farmoni jamiyatning barcha sohalarini zamonaviy tafakkur, eng ilg‘or va samarador ishlanmalar asosida rivojlantirishning yangi davrini ochib beradi. Jahonning eng ilg‘or texnikalarini, milliy qadriyatlarimiz va an’anaviy turmush tarzimizga mos ke- ladigan g‘oyalarini hayotga ko‘proq joriy etishni oldimizga muhim vazifa kilib qo‘ymokda. Har qanday sharoitda aql va tafakkur taraqqiyot asosi ekanligini tushuntirib bermoqda.
Murojaatnomada qonun ustuvorligini ta’minlash, sud-huquq tizimini yanada isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlariga alohida e’tibor beriladi. Jinoyat-ijro qonunchiligini yanada takomillashtirish, uni zamon talab- lariga yanada moslashtirish, ushbu jarayonlarda inson qadru qimmatiga va adolat ustuvorligiga alohida e’tibor berish zarurligi g‘oyasi ilgari suriladi. Zotan, har qanday jino- yatchining, eng avvalo, insonligi e’tiborga olinmog‘i lozim. Ana shunday yondashuvda jamiyatda adolatga ishonch ruhiyati chuqurlashadi.
Huquqshunos kadrlarga bo‘lgan ehtiyoj va ularni tayyor- lash tizimini takomillashtirish dolzarb masala sifatida ilgari surildi. Zotan, qonunni hurmat qilish tuyg‘usi qonun himoyachisi uchun muhim fazilat ekanligi barchaga ayon. Zamo- naviy bilimlarga ega milliy qonunchilik va jahon tajri- basini o‘zlashtirgan, o‘z lavozimi doirasida adolatni aso- siy mezon qilib olgan yangi, ma’naviy sog‘lom huquqshunos kadrlar zarur ekanligini alohida ta’kidlaydi.
Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish yo‘nalishlari prezident Sh.Mirziyoev faoliyatida alohida ko‘zga tashlanadi. Bu Murojaatda yana bir bor jiddiy ravish- da takrorlandi. Jumladan:

  • O‘zbekistonni texnologik rivojlantirish va ichki bo- zorni modernizatsiya qilish bo‘yicha milliy g‘oya va milliy dastur ishlab chiqish;

  • mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini samarali ta’min- lashning ilmiy asoslangan, amaliy jihatdan samarador bo‘lgan va tashkiliy jixatdan zamonaviy chora-tadbirlarini ishlab chiqish;

  • qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish, dav- lat aktivlarini sotish tizimini takomillashtirish, bu bo- radagi to‘rachilik va byurokratik illatlarni yo‘q qilish, ta- magirliklarga chek qo‘yish;

  • soliq yukini kamaytirish, shu orqali tadbirkorlarga moliyaviy imkoniyat berish, ayni paytda, soliqqa tortila- digan bazani kengaytirish, demak kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash orqali soliq hajmini ko‘paytirish;

  • byudjet daromadlari va xarajatlarining ochiqligi, osh- koraligini ta’minlash. Shu orqali fuqarolarning davlat moliya siyosatiga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash;

  • investitsiya dasturini shakllantirishda puxta reja- lashtirilgan, uzoq muddatga mo‘ljallangan konsepsiya ishlab chiqish;

  • qishlok xo‘jaligini tubdan islox qilish, iqgisodiy jihatdan tejamkor, ammo bozorgir mahsulotlarni ko‘proq yetishtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish.

Aytish mumkinki, iqtisodiyotni rivojlantirishga va uni erkinlashtirishga bunday sodda, samimiy va xalqchil yondashuv har bir fuqaroning islohotlarga munosabatlarini ijobiy tomonga o‘zgartiradi va ularni rag‘batlantiradi. Mamlakatda yalpi safarbarlik kayfiyati chuqurlashadi.
Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo‘na- lishlari haqida gap borar ekan, birinchi marta «iste’- mol savatchasi» atamasi tilga olindi. Aytish mumkinki, ushbu tushuncha har bir fuqaro kundalik turmushining va hayot darajasining butun mohiyatini o‘zida mujassam etadi. «Iste’mol savatchasi» tushunchasini, eng avvalo, qonunchilikda mustahkamlash jiddiy ijtimoiy-siyosiy ahamiyatga ega ekanligi alohida uqtirildi.
Sog‘liqni saqlash sohasini yanada rivojlantirish, yago- na tibbiyot axborot markazi konsepsiyasini hayotga joriy etish muhim vazifa qilib ko‘rsatildi. Shuningdek, yosh av- lodni har tomonlama sog‘lom va barkamol etib tarbiyalash ishlarini yangi bosqichga ko‘tarish, uning zamonaviy usul va uslublarini hayotga joriy etish zarurligi ta’kid- landi.
* ★ ★

Download 219,48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish