«Xalq davlat idoralariga emas, balki davlat idora- lari xalqqa xizmat qilishi kerak» degan aqida Prezi- dent Sh.Mirziyoev siyosiy va boshqaruvchilik faoliyatining bosh mazmuni hisoblanadi. Ana shu birgina gapning o‘zida boshqaruv tizimini takomillashtirish va erkinlashtirish- ning bir qator mazmunini ko‘rish mumkin:
Birinchidan, yakin o‘tmishimizdan meros bo‘lib qolgan davlat boshqaruvidagi ma’muriy-buyruqbozlik usullari- dan butunlay voz kechish, boshqaruvni erkinlashtirish, dav- lat va jamiyat, Prezident va fuqaro o‘rtasidagi masofani yaqinlashtirish, ular orasida o‘zaro tushunish, bir-birini qo‘llab-quvvatlash va ishonch tuyg‘usini chuqurlashtirishni dolzarb vazifa qilib qo‘yadi.
Ikkinchidan, xalq va davlat hokimiyati tushunchalari- ning eskirgan, o‘ta siyosiylashgan aqidalaridan voz kechish, davlat hokimiyati bu qo‘rqitish, ta’sir o‘tkazish, hukmronlik qilish omili emasligini, aksincha, u yaxlit jamiyat va har bir fuqaro baxtli-saodatli, farovon va to‘kis, o‘z hayotidan rozi bo‘lib yashash sharoitini yaratadigan adolatli va xalqchil boshqaruv mexanizmi ekanligini isbot qilib beradi.
Uchinchidan, Konstitutsiyada belgilangan «Davlatning yagona va birdan-bir manbai xalqdir» degan aqida o‘z maqomiga ega bo‘lishi va jamiyat hayotida aniq reallikka ay- lanishini parlament oldiga muhim vazifa qilib qo‘ymoqda. Zotan, har qanday davlat xalq mavjud bo‘lgan jondagina paydo bo‘ladi. Aksincha, bo‘lishi mumkin emas. Ana shu oliy qadriyat, umuminsoniy mezon Prezident Sh.Mirziyoev muro- jaatining, qolaversa, serqirra faoliyatining, balki qalb kechinmalari va iztiroblarining butun mohiyatini belgilab beradi.
To‘rtinchidan, endi fuqarolarda davlatim kuchli bo‘l- sin, qudratli bo‘lsin degan aqidaga o‘zlarining mavjud- ligi orqali yondashish kayfiyati chuqurlashmoqda. Prezi- dent Sh.Mirziyoevning: «Xalq boy bo‘lsa, davlat kuchli va qudratli bo‘ladi», degan shiori ayni ana shu g‘oyani ilgari suradi. Ya’ni barcha davlat organlari va idoralarining bosh vazifasi qilib Prezident xalqqa xizmat qilish tamoyilini tushuntirmoqda va talab qilmoqda. Ana shunday sharoit yuza- ga kelgan takdirdagina \ar bir fuqaro o‘zining yaratuvchanlik va bunyodkorlik imkoniyatlarini ishga soladi. Ruhan tetik, kelajakka ishonch bilan qaraydigan bo‘ladi, qo‘lga kiritayot- gan moddiy boyliklaridan quvonadi. Yaratayotgan va yetish- tirayotgan mahsulotlaridan jamiyat manfaatdor ekanligini chuqur his qiladi. Natijada, jamiyatda yalpi bunyodkorlik, yalpi yaratuvchilik va yalpi safarbarlik chuqurlashadi. Davlat esa, o‘z-o‘zidan iqtisodiy, ijtimoiy va ma’naviy jihatdan qudratli bo‘ladi. Siyosiy jihatdan to‘la shakllangan barka- mol mexanizmga aylanadi.
Uzbekiston Respublikasi Prezidentining xalq qabul- xonalari va virtual qabulxonasi fuqarolar murojaatlari bilan sifatli va samarali, tezkor va hozirjavob ishlash- ning o‘ziga xos demokratik instituti sifatida dunyoga keldi. Bu, aytish mumkinki, siyosiy, tashkiliy, ijtimoiy, huquqiy va ma’naviy jihatdan jamiyatni sog‘lomlashtirish, davlat va fuqarolar o‘rtasidagi munosabatlarni soddalashtirish va samimiylashtirishga qaratilgan o‘ziga xos yana bir novator- lik qudratining o‘zginasidir.
O‘tgan bir yil mobaynida (2017 yil) O‘zbekiston Res- publikasi Prezidentining xalq qabulxonalari va virtual qabulxonasining me’yoriy-huquqiy asoslari yaratildi, tash- kiliy tizimi vujudga keltirildi hamda vazifalari belgi- lab berildi. Ushbu tizim davlat hokimiyatini va boshkaruvni erkinlashtirishning yangi, hozirjavob va samarador in- stituti sifatida dunyoga keldi. Zotan, xalq qabulxonalari davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining eng dolzarb muammolarni hal etishda samarali faoliyat ko‘rsatadigan, jamiyat hayotini chuqur o‘rganishga imkon beradigan, har bir fuqaroning kundalik ehtiyoji, hayotiy muammolari, kayfiya- ti, maqsad va intilishlarini o‘rganib borishning o‘ziga xos mexanizmi sifatida o‘zini namoyon etmokda.
2017 yilda iqtisodiyot sohasida zamonaviy talablar- ga javob beradigan samarali tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha jiddiy qadamlar qo‘yildi. Iqtisodiyotni yanada li- berallashtirish jarayonlari davom ettirildi. Xususiy tad- birkorlik va kichik biznesni rivojlantirish borasida qator ishlar amalga oshirildi. Har bir oila, har bir xonadon ni- madir yetishtirish kayfiyati bilan yashaydigan vaziyatga asos solindi. Zamonaviy makroiqtisodiy siyosat tamoyillari ishlab chiqildi. U jadallik bilan hayotga joriy etilmokda. Shuningdek, ijtimoiy sohani isloh qilish, jumladan ar- zon uy-joylar qurish ishini davom ettirish, yoshlarning ja- miyat hayotidagi o‘rni va rolini, islohotlarni amalga oshi- rishdagi faol ishtirokini ta’minlashga qaratilgan tash- kiliy-amaliy chora-tadbirlar keng miqyosli chora-tadbirlar hayotga joriy etilmoqda. Ijtimoiy-gumanitar sohani yanada rivojlantirish, jismoniy tarbiya va sport sohasini yangi bosqichga ko‘tarish choralari ko‘rildi va katga natijalarga erishildi.
Tashqi siyosat sohasida, ayniqsa, Markaziy Osiyo minta- qasida o‘zaro ishonch muhiti yaratilmoqda va chuqurlashtiril- mokda.
Xorijiy davlatlar bilan o‘rnatilgan o‘zaro manfaatli munosabatlar va Uzbekistonning xalqaro maydonda imiji- ni yanada oshirish, aslini olganda, tarixiy tajriba shundan dalolat beradiki, davlatning siyosiy qarashlari va jahon hamjamiyatidagi xalqaro munosabatlarda uzviylikning mav- judligi uning jahon hamjamiyatidagi mavqeini belgilash bilan birga ichki siyosatda barqaror taraqqiyotning muhim omili bo‘lib xizmat qiladi. Uzbekistonda mavjud ichki va tashqi siyosatning ana shunday sog‘lom, qat’iyatli va ishonchli rivojlanishining mavjudligi bevosita uning ham dunyoviy, ham ichki mavqeini belgilamoqda. Jumladan, jahonning yetakchi davlatlari va xalqaro tashkilotlar bilan strate- gik hamkorlik qilishning mutanosib, ko‘p qirrali tizimi- ni yangicha shakllantirish yo‘liga jadal o‘tilmokda. Ularni quyidagilarda ko‘rish mumkin:
mintaqada geosiyosiy muvozanatni saqlab turish, Uzbekistonning savdo-iqtisodiy, texnologik, transport va boshqa aloqalarini keng diversifikatsiya kilish;
mavjud yoki yuzaga kelayotgan muammolarni o‘z vaqgida hal etish uchun siyosiy diplomatik hamda xalqaro huquqiy mexanizmlardan, jumladan, preventiv diplomatiya chora-tad- birlaridan foydalanish;
Uzbekistonning siyosiy va savdo-iqtisodiy sohadagi ishonchli, mas’uliyatli sherik sifatidagi xalqaro nufuzini mustahkamlash, mamlakatimizning tashqi dunyo uchun inves- titsion, sayyohlik, madaniy-tarixiy jozibadorligini ku- chaytirish;
milliy iqgisodiyotning ustuvor tarmoqlariga to‘g‘ri- dan-to‘g‘ri chet el investitsiyalari va ilg‘or texnologiyalarini jalb etish jarayonlarini kuchaytirish uchun ikki tomonlama va ko‘p tomonlama hamkorlik mexanizmlaridan foydalanish va ularni rivojlantirish;
O‘zbekistonning dunyoning yirik bozorlariga kafolat- li chiqishini ta’minlaydigan ko‘p muqobilli transport- kommunikatsiya yo‘laklarining tizimini shakllantirish va rivojlantirish;
xorijdagi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va yuridik shaxslarining huquq va manfaatlari har tomonlama himoya qilinishini ta’minlashni nazarda tutmoqda.
Yuqoridagi vazifalar, aytish mumkinki, O‘zbekiston- ning jahon hamjamiyatiga tobora chuqurroq kirib borishi- ni ta’minlaydi. Har tomonlama o‘zaro manfaatli hamkorlik chuqurlashib boraveradi. Shu asnoda O‘zbekistonning jahon hamjamiyatidagi mavqeini, siyosiy va iqtisodiy salohiyatini namoyon qilishiga imkoniyatlar kengayib bora- veradi.
Prezident Sh.Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaati- ning ikkinchi qismida «2018 yil - faol tadbirkorlik, in- novatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili»dagi ustuvor vazifalar belgilab beriladi.
Har qanday jamiyatning jadal taraqqiyoti, ma’lum- ki, faol tadbirkorlik bilan bog‘liq. Jamiyatda yalpi
tadbirkorlik, bunyodkorlik, yaratuvchilik kayfiyati hukmron bo‘lgan taqdirdagina, xar bir fuqaro kunda- lik hayotida nimanidir yaratib, bunyod etib, yetishti- rib bergan sharoitdagina taraqqiyot tezlashadi. Har tomonlama farovonlik ta’minlanadi.
Biroq hozirgi zamon sivilizatsiyasi ishlab chiqarishni eng yangi innovatsion g‘oyalar va samarador texnologiyalar bi- lan ta’minlangandagina kutilgan natija berishi mumkinli- gini qayotning o‘zi kursatmokda. Prezident Sh.M. Mirziyoev innovatsion g‘oyalar tarafdori bo‘lib maydonga chiqdi va uni davlat siyosatining muxim yo‘nalishiga aylantirdi. Zamonaviy texnologiyalarsiz, yangicha tafakkur va g‘oyalarni egallamasdan turib, ishlab chiqarish samaradorligini oshi- rish mumkin emas.
Sh.Mirziyoev qarashlariga ko‘ra, hozir asos solinayot- gan iqtisodiy bazalar mamlakatning uzoq istiqboldagi butun taraqqiyotiga muhim bosqich bo‘lib xizmat qiladi. Jumladan, tadbirkorlik sub’ektlari o‘zaro hamkorlikni zamonaviy elektron tarmoqlar orqali amalga oshirishga o‘tishi mamlakatda Internet tarmog‘i qamrab olishi bi- lan chambarchas bog‘liq. 2020 yilga qadar mamlakatimiz aholisining mobil aloqa xizmatlari bilan qamrab olish darajasini 90 foizga yetkazish ko‘zda tutilgan. Bu fer- merlar, kichik va o‘rta biznes bilan shug‘ullanuvchilar va tadbirkorlarning samarali aloqada bo‘lish imkoniyatla- rini kengaytiradi. Qolaversa, bu ishlab chiqarishni za- monaviy texnologiyalar bilan ta’minlashning o‘ziga xos ko‘rinishidir.
«Davlat-xususiy sherikligi to‘g‘risida»gi Uzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinishi nazarda tutilgan. Unda davlatning xususiy sheriklik, investitsiya, innova- sion infratuzilma va boshqa loyihalar hamda ijtimoiy- iqtisodiy taraqqiyotga qaratilgan ilmiy-texnikaviy das- turlar ko‘zda tutiladi. Shuningdek, davlat boshqaruvi, hududiy hukumat organlari va Vazirlar Mahkamasi tomo- nidan vakolatlangan boshkd davlat tashkilotlari davlag sherigi bo‘la oladi. Xususiy sherik esa, O‘zbekistondagi yuridik xdmda jismoniy shaxs, qolaversa, xorijiy yuridik va jismoniy shaxs- lar, xalqaro tashkilotlar hisoblanadi.
Davlatning xususiy sherikligi Prezident o‘z Murojaatida ta’kidlaganidek, kuyidagi sohalarda amalga oshiriladi.
- telekommunikatsiya;
transport xizmatlari;
yo‘l sektori;
uy-joy va kommunal xizmatlar;
qurilish materiallarini ishlab chiqarish;
yoqilg‘i-energetika va kimyo sanoati;
energiyaning qayta tiklanuvchi manbalari;
mexanik muhandislik;
metallurgiya;
qishloq va suv xo‘jaligi;
tabiatni muhofaza qilish.
Hamkorlik, asosan, loyihalashtirish, moliyalashtirish, kurilish, tiklash, ilmiy tadqiqot, xizmat ko‘rsatish, eksplua- tatsiya va ishonchli boshqaruvni amalga oshirishni o‘z ichiga ola- di. Ma’lum bir loyiha doirasida sheriklarning birga xizmat qilishining asosiy shartlari shartnomada belgilanadi. Uni tuzish uchun esa tender o‘tkaziladi. Xususiy sherikka uning loyihasini amalga oshirish uchun davlat kafolatlari va davlat iqgisodiy ko‘magi takdim etiladi.
* ★ *
Do'stlaringiz bilan baham: |