O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM FAN VA
INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
ISLOM KARIMOV NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT
TEXNIKA UNIVERSITETI
«ELEKTRONIKA VA AVTOMATIKA» FAKULTETI
«ISHLAB CHIQARISH JARAYONLARINI
AVTOMATLASHTIRISH» KAFEDRASI
«Sohaning texnologik o‘lchashlari va asboblari» fanidan
«
Oqim sarflarini hisoblagichlarni tanlash usullari
»
mavzusida
KURS ISHI
Bajardi
:11SA21 TJA guruh
Malikov Doston
Qabul qildi:
________________
Toshkent – 2023
2
MUNDARIJA
Kirish …………………………………………………...…………2
NAZARIY QISM ……………………………………....………....3
1.
Sarf haqida umumiy tushuncha…………………………………….3
2.
Bosimlar farqi o`zgarmas sarf o’lchagichlar …………………...…5
3.
Induksion sarf o’lchagichlar ……………………………………...10
4.
Tezlik bosimi bo’yicha sarf o’lchagichlar ………………………..14
Xulosa.………………………………………………………..…..17
Adabiyotlar ro‘yxati..…………………………………………..…18
3
KIRISH
So‘nggi paytda ishlab chiqarish, energetika, kimyo va boshqa sanoat sohalarida
texnologik jarayonlarning jadal sur'atlar bilan rivojlanishini kuzatmoqdamiz. Ishlab
chiqarish va issiqlik energetikasi sohasida birlamchi quvvatlarni oxirgi yillarda 1015
marta oshishi, texnologik jarayonlarni tezligini ham oshirmoqda, ulardagi
o‘lchanayotgan parametrlar soni ham ortib bormoqda.
Hozirgi kunda ishlab chiqarish korxonalarini zamonaviy o‘lchash vositalarisiz
tasavvur qilish qiyin. O‘lchash texnologik jarayonlarni, qurulmalarni ishonchli
ishlashini, ishlab chiqarish xavfsizligini, masalan, issiqlik elektr stansiyalarining
ob'ektiv nazoratini ta'minlaydi. Ishlab chiqarish samaradorligi va energiya
tejamkorligi, ayniqsa katta quvvatli qurilmalarning muammolarini yechishda
texnologik jarayonlar nazorati muhim ahamiyatga ega.
Har qanday o‘lchash natijasi, xatoligi, o‘lchash jarayonining parametrlaridan
qat'iy nazar, o‘lchash vositasiga ham bevosita bog'liqdir. Issiqlik texnikasi
qurilmalarining ishlashini, o‘lchashni bajarish, o‘lchash vositalari va usullarini
bilmasdan turib o‘rganish mumkin emas. Turli o‘lchash vositalari mavjudligi
o‘lchash texnikasini to‘g'ri tanlashni talab qiladi, u berilgan sharoitlarda nazoratni
kerakli aniqligi bilan ta'minlaydi. Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishda
o‘lchash aniqligi va o‘lchash vositalarining ishonchli ishlashi muhim ahamiyatga
ega.
Issiqlik va elektr energiyasini tejash masalalariga bizning davlatimizda katta
ahamiyat berilayotganligi va so‘ngi paytlarda qator davlat ahamiyatiga ega qarorlar
qabul
qilinayotganligini
inobatga
olsak,
ishlab
chiqarish
jarayonlarida
ishlatilayotgan o‘lchov asboblari orasida harorat o‘lchash vositalari muhim
ahamiyatga egaligini ko‘rishimiz mumkin bo‘ladi. “Sohaning texnologik
o‘lchashlari va asboblari” fani sanoatda, jumladan barcha korxonalarimizda keng
qo‘llaniladigan o‘lchov asboblari bo‘lmish harorat, bosim, sarf, sath va gaz tarkibini
tahlillagich qurilmalarini tuzilishi, ishlash prinsipi, ularni o‘lchash xatoliklari
to‘g'risida amaliy va nazariy ko‘nikmalar hosil qilishga yordam beradi.
4
NAZARIY QISM.
1. Sarf haqida umumiy tushuncha
Sarf bu — vaqt birligi ichida oqim yoʻnalishi boʻyicha oʻtgan moddaning vazn
yoki xajm miqdori. Sarfni oʻlchash tushunchasida ikki xil sarf farqini ajratib olish
kerak: Xajmli sarf va vaznli sarf. Xajmli sarf oʻlchash usulida odatda suyuqliklar va
gazlarning vaqti birligi ichida oʻtgan xajmi oʻlchanadi. Vaznli sarf oʻlchashda esa
moddaning vaqt birligi ichida oʻtgan vazn miqdori oʻlchanadi. Oʻlchash usulini oʻzi
xam ikki xil turga ega: birinchisida vaqt birligi ichida oʻtgan moddaning vazn midori
yoki xajmi, yaʼni bu xolda sarf bevosita xajm yoki ogʻirlik birliklari bilan
ifodalanadi; ikkinchi usulda joriy oqim tezligiga koʻra vaqt birligi ichida qancha
miqdorda modda oʻtishi, yaʼni oniy (mgnovenniy) sarf oʻlchanadi.
Sarf o’lchagichlarning eng ko’p tarqalgan quyidagi turlari mavjud:
•
Bosim farqlari o
‘
zgaruvchan sarf o‘lchagichlar.
•
Bosim farqlari o’zgarmas sarf o‘lchagichlar.
•
Tezlik bosimli sarf o‘lchagichlar.
•
O’zgaruvchan satxli sarf o‘lchagichlar.
•
Induksion sarf o‘lchagichlar.
•
Ultratovushli sarf o‘lchagichlar.
•
Kalorimetrik sarf o‘lchagichlar.
•
Ionizatsion sarf o‘lchagichlar
Sarfi oʻlchanayotgan moddaning agregat xolatiga koʻra, ushbu modda uchun
faqat oʻziga xos boʻlgan xususiyatlari yuzasidan korreksiya xisobi yuritib boriladi.
Chunki texnologik jarayon taqozo etadigan bosim va xaroratga bogʻliq xolda
oʻlchangan sarf bilan standart qabul qilingan sharoitda oʻlchanadigan sarf qiymat
koʻrsatikich bir biridan katta farq qiladi. Yaʼni texnologik jarayonlarda odatda
yuqori xarorat va bosim ositdagi reaksiyalar natijasidan keyingi xolat sarfi
oʻlchanishi mumkin, ammo xar bir modda uchun uning solishtirma zichligi,
molekulyar massasi kabi xossalari faqat oʻziga xos va takrorlanmas boʻladi.
Shuningdek xar modda uchun meʼyoriy xarorat va bosim xam aloxida xisoblanishi
5
mumkin. Odatda gazlar xarorat oshgan sari xajmi ortib boradi. Bu xolatda xajmiy
sarf oʻlchash jarayonida chalkashliklar kelib chiqishini oldini olish uchun shu
gazning kimyoviy va fizik noyob xossalaridan kelib chiqib, uning sarf xisobini
meʼyorlanadi. Yaʼni texnologik jarayondagi bosim va xaroratga koʻra oʻlchangan
sarf, meʼyoriy sharoitdagi sarf xisobiga oʻgiriladi. Odatda gazlar uchun meʼyoriy
sharoit deb bir atmosfera bosimi va 20 S xarorat qabul qilinadi.
1-rasm. Ratometrlar
2.
Bosimlar farqi o`zgarmas sarf o‘lchagichlar
Bu sarf o‘lchagichlarning ishlash usuli quvurda moddaning oqim yo‘lida
o‘rnatilgan qandaydir toraytirish qurilmasi yordamida hosil qilinadigan bosimlar
farqini o'lchashga asoslangan bo'lib, suyuqliklar, gazlar (bug‘lar) ning sarfini
o‘lchash vositasi sifatida keng tarqalgan. Toraytirgichlar sifatida asosan standart
diafragmalar, soplolar hamda boshqa soplolari ishlatiladi.
Bosim kamayishi o’zgarmas sarf o‘lchagichlar – rotametrlar tajriba
sharoitlarida va sanoatda keng ishlatilib, toza va oz miqdorda ifloslangan bir jinsli
suyuqlik va gazlarning ravon o‘zgaruvchi hajmli sarfini o‘lchashga mo‘ljallangan
(Davlat standart 13045-67). Bular gaztahlillovchi va boshqa asboblarda sarf
indikatori sifatida ham ishlatiladi.
6
2-rasm. Suyuqlik o’lchaydigan ratometr
Asbobning ishlash prinsipi o‘lchanayotgan muhit oqimining pastdan yuqoriga
o
‘
tishida konik naycha ichiga joylashgan qalqovichning vertikal siljishiga
asoslangan. Qalqovichning holati o’zgarishi bilan qalqovich va konik naychaning
ichki devorlari orasidagi o‘tish kesimi o‘zgaradi, natijada o‘tish kesimidagi
oqimning tezligi o’zgarmaydi. Bosimlar farqi qalqovich ko’ndalang kesimi yuzining
birligidagi massaga tenglashguncha qalqovich harakatda bo’ladi. Berilgan
muhitning har bir sarf kattaligiga qalqovichning muayyan holati mos keladi.
Rotametrlar bosim farqi o‘zgaruvchan sarf o‘lchagichlarga nisbatan bir qator
afzalliklarga ega: rotametrlarning shaklallari teng bo’linmali bo
‘
lib, uncha katta
bo
‘
lmagan sarflarni o‘lchashga imkon beradi; bosimning yo‘qotilishi kichik va u sarf
kattaligiga bog’liq emas, rotametrlarning o’lchash diapazoni katta:
(1)
Asbobning o‘lchash qismi vertikal joylashgan konik naycha va qalqovichdan
iborat.
Konik naychadagi xalqaning kesim yuzi balandlikka proporsional o’zgaradi.
Pastdan yuqoriga o‘tadigan suyuqlik yoki gaz oqimi qalqovichga kursatilgan kuchlar
muvozanatlashguncha uni yuqori ko
‘
taradi. Kuchlar muvozanatlashganda qalqovich
ma’lum balandlikda to‘xtaydi, bu esa sarf miqdorini ko‘rsatadi. Qalqovichning ish
holatidagi, ya’ni o‘lchanayotgan muhitga batamom cho‘kkan paytdagi og‘irligi
7
(2)
bu еrda G
k
-qalqovichning og‘irligi, kg; V
k
– qalqovich hajmi, m
3
; j
k
– qalqovich
tayyorlangan materialning solishtirma og
‘
irligi, kg/m
3
; J- o‘lchanayotgan muhitning
solishtirma og‘irligi, kg/m3.
Bu holda qalqovichning og‘irlik kuchi pastga qaratilgan. Qalqovichning
og‘irligi yuqoriga yo
‘
nalgan kuch bilan muvozanatlashadi:
Muhitning o‘zgarmas oqimiga mos bo‘lgan qalqovichning muvozanat
holatidagi og
‘
irlik va itaruvchi kuchi o
‘
rtasidagi tenglik quyidagicha:
Do'stlaringiz bilan baham: |