Birinchidan, hozirga qadar mamlakattaraqqiyotigavatub islohotlarga tegishli vazifalar respublika faollari ishti- rokida o‘tkaziladigan yig‘ilishlarda ko‘rib chiqilardi va mu- ammolar tahlil qilinardi, rejalar tavsiya etilardi. Bun- da xohlaymizmi-yo‘qmi, qaysidir darajada boshqaruvning ma’muriy-buyruqbozlik shakli ustuvorlik qiladi. Ularda qanchadan-qancha muammolar tahlil qilinib, o‘ta samimiyat va xolisona yondashuv ko‘zga tashlansa-da, baribir siyosiy- rasmiy shakl ustuvorlik qiladi. Sh.M.Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaati esa, vakillik organi orqali butun O‘zbekiston xalqi bilan mahobatli va keng miqyosli mash- varat shaklini kasb etadi. Bunda to‘g‘ridan-to‘g‘ri odamlar bilan muloqot va har bir fuqaro bilan jonli munosabat, samimiy suhbat vaziyati yuzaga keladi.
Ikkinchidan, Oliy Majlis butun mohiyati bilan vakil- lik organi. O‘zbekiston fuqarolari o‘zlari saylagan de- putat yoki Senat a’zosi orqali davlat boshqaruvida ish- tirok etishadi. Boshqacha qilib aytganda, ular sayla- gan shaxslar bevosita, fuqarolar esa, bilvosita dav- lat boshqaruvini amalga oshirishadi. Bu xalq xokimiyat- chiligining o‘zginasi yoki Uzbekiston Respublikasi Kon- stitutsiyasida belgilab qo‘yilganidek: «Davlatning yagona va birdan-bir manbai xalqdir», degan aqidaning amal- dagi ko‘rinishi degan gap.
Uchinchidan, Prezidentning Oliy Majlisga muroja- ati davlat boshqaruvida ochiqlik, oshkoralik tamoyili- ning yorqin isboti. Boshqacha qilib aytganda, xalq xoki- miyatchiligining butunlay yangi shakli vujudga kelayot- ganligini ko‘rsatadi. Ijtimoiy hayotimizdagi jiddiy masalalarni, buyuk kelajakka qaratilgan ulkan vazifalarni xalq vakillari ishtirokida muxokama qilish va ushbu muam- molar yechimini topishda umummilliy safarbarlikni amalga oshirishning o‘ziga xos g‘oyat ta’sirchan shakli deyish mumkin.
To‘rtinchidan, qonunchilik xokimiyati butun jamiyat xayotini va faoliyatini qonun bilan kafolatlab, ijtimoiy adolat tamoyillarini yanada chuqurlashtirish vazifasini bajarar ekan, demak, Prezident buyuk kelajakka daxldor bo‘lgan tarixiy vazifalarni aynan shular zimmasiga yuklayotgani davlat boshqaruvining butunlay yangi, za- monaviy va ta’sirchan shakli yaratilayotganidan dalolat beradi.
Murojaatda davlat boshqaruvini takomillashtirish, fuqarolik jamiyati qurilishi tajribalarini yanada bo- yitish, sud-xuquq tizimini hozirgi talablar asosida yanada takomillashtirish, iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va liberallashtirish, ijtimoiy soxani jadal rivojlanti- rish, jamiyatda tinchlik, barqarorlikni, ko‘p millatli mam- lakatda millatlararo xamjixatlikni yanada mustaxkamlash, tashqi siyosatda jaxon xamjamiyatining teng xuquqli sub’- yekti sifatida Uzbekistonning umumsayyoraviy masalalarni xal qilishda faol ishtirok etishi singari ulkan vazifalar- ni parlament oldiga qo‘ydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |