Jo‘raev, Narzulla. Jadal taraqqiyot davri (So‘zboshi o‘rnida) «2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivoj- lantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi»



Download 219,48 Kb.
bet52/84
Sana12.07.2022
Hajmi219,48 Kb.
#781113
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   84
Bog'liq
Juraev Narzulla. Tamaddunga Davat

«Birinchi - afg‘on muammosini tinch yo‘l bilan hal etish- ning asosiy tamoyillarini ishlab chiqish va ular bo‘yicha keng va qatiy xalqaro konsensus - murosaga erishish.
Ikkinchi - Afg‘oniston xukumati va qurolli muxoli- fat o‘rtasida muzokaralarni boshlash mexanizmini ishlab chiqish.
Uchinchi - Afg‘onistonda milliy kelishuv jarayoniga xalqaro hamjamiyat tomoniDan ko‘mak berish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi»ni ishlab chiqish.
Va nihoyat, barcha manfaatdor tashqi kuchlarning qurolli muxolifatdan Afg‘oniston hukumati bilan muzokaralar stoliga o‘tirishini, qarama-qarshilik va zo‘ravonlikka chek qo‘yishni qatiy va bir ovozdan talab qilishi beqiyos ahamiyat kasb etadi. Bundan boshqa yo‘l yo‘q. Bizning fikrimizcha, bu- gungi uchrashuvimizning bosh g‘oyasi shundan iborat».
...Afg‘on fojiasi bugunninggina mahsuli emas. Buni bot- bot takrorlashga ehtiyoj sezilmokda. Biroq, bunga eskirgan, madda boylab davolash qiyin bo‘lgan kasallikka aylangan holat deb qarash ham noto‘g‘ri. Bugungi muammoni hal qilish uchun uning paydo bo‘lish omillari, manbalari va homiylari qarashlariga jiddiy e’tibor bermoq, uni butun mohiyati bi- lan o‘rganmoq lozim. Ana shu haqda fikr yuritar ekan, taniqli siyosiy sharhlovchi Qobilbek Karimbekov Afg‘on mojarolari ildizlarini 1978 yil aprel (Savr inqilobi) voqealaridan izlaydi va quyidagilarni bayon etadi: «1979 yilning dekab- rida sho‘rolar hukumati Afg‘onistonga 80 mingdan ko‘proq harbiy kuch tashladi. Hatto, 1983 yilga borib, sho‘rolar tuzu- mi afg‘on zaminiga 147 ming qurolli kuch olib kirdi.
2001 yildan to 2014 yilning dekabrigacha bo‘lgan davr mobaynida AQSh boshchiligidagi xalqaro tinchlik kuchlari (koalitsion kuchlar) afg‘on zaminida 120 mingdan 162 mingga- cha qurolli kuch ushlab turdi. 40 yillik xdrbiy-siyosiy mojaro qariyb 2 million afg‘onning nobud bo‘lishiga, 8 million afg‘onistonlikning xorijdan, asosan, Eron va Pokiston- dan panoh topishiga olib keldi. 40 yillik mojaroning ayanchli oqibatida Afg‘oniston zaminida 10-12 million o‘qotar qurol-yarog‘ to‘planib qoldi. Ayrim rasmiy ma’lu- motlarga ko‘ra, xar yili afg‘on zaminida 180 ming gektar- dan to 240 ming gektargacha bo‘lgan hosildor yerlarga qora dori ekilar ekan. Qanchalik ayanchli bo‘lmasin, mana bu raqam xam hech kimni befarq qoldirmaydi: har yili afg‘on za- minida 9 ming tonnadan 15 ming tonnagacha zahri qotil yig‘ib olinar ekan. Shundan taxminan 5-7 tonnasi opiy va geroindir. Rasmiy ma’lumotlar shundan dalolat beradiki, Afg‘onistonda yetishtirilayotgan qora dorining qariyb 90 foizi Yevropa qit’asiga yetib bormoqda. Tabiiyki, bu achi- narli holat nafaqat Osiyo yoki Yevropa qit’asining, balki, butun jahonning global muammosidir».
Toshkent ruhi Afg‘oniston muammosiga keng miqyosli, ayni paytda, adolatli va konstruktiv yondashuv timsoli bo‘lib may- donga chiqdi. Iirik xalqaro tashkilotlar va bir qator nufuz- li davlatlar vakillari ishtirok etgan Toshkent konferensiyasi o‘zining butun mazmun-mohiyati bilan bugungi kunning o‘ziga xos chaqirig‘i bo‘ldi desak adashmaymiz.
O‘zbekiston bugun birgina Afg‘onistonning kelajagi uchun emas, balki, butun Yer shari xavfsizligi - terrorizm, fana- tizm va zo‘ravonligidan xoli bo‘lgan dunyo uchun kurashmokda. Toshkent ruhi jahon hamjamiyatini o‘tmishdagi xagolar- dan saboq chiqarishga, umumiy xonadonimiz bo‘lgan, jahon xdmjamiyatining muqaddas va mo‘tabar maskani hisoblangan Yer sharida tinchlik barqaror bo‘lishiga da’vat etadi. Aytish mumkinki, Toshkent xalqaro konferensiyasining o‘tkazilishi ochiq va oshkora, kjsak aql-idrokka tayangan munozara va muzo- kara, samimiy va do‘stona muloqot tarzida o‘tdi. Konferensiya- da qabul qilingan Deklaratsiya esa, har bir inson hayoti va istiqbolini o‘zida mujassam etgan muhim hujjat sifatida tarixga kirdi.

Download 219,48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish