BMTning yoshlar huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro konvensiyasini ishlab chiqish davr ehtiyojidir. U bu- tun insoniyatning XXI asrdagi takdirini belgilaydigan muhim siyosiy, huquqiy, ijtimoiy va ma’naviy ahamiyatga ega bo‘lgan tarixiy hujjat bo‘lib qoladi. Zotan, xalqaro terrorizm va diniy ekstremizm tobora kuchayib, insoniyat hayotiga jiddiy xavf solayotgan hozirgi sharoitda bunday hujjatning qabul qilinishi muhim ahamiyatga ega. Chun- ki, hozirgacha BMTning bolalar, onalar, keksalar, nogi- ronlarga doir qator konvensiyalari mavjud. Biroq, yoshlar huquqlari to‘g‘risida xalqaro konvensiya yo‘q. Vaholanki, dunyoni qalqitib turgan, insoniyat qalbiga tahdid sola- yotgan, odamzod asrlar mobaynida qo‘lga kiritgan buyuk kashfiyotlaru benazir va hayratomuz yutuqlarni barbod qilayotgan terrorchilarning asosiy qismini 20 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar tashkil etadi. Hali katta hayot tajribasiga ega bo‘lmagan, aniq hayotiy pozitsiyasi noma’lum bo‘lgan, aqldan ko‘ra hissiyotga ko‘proq beriladigan yoshlar- ning xatti-harakatlarini, kirdikorlarini, munosabatla- rini tartibga soladigan, ularni yo‘naltiradigan xalqaro huquqiy hujjatga ehtiyoj tobora oshmoqda. O‘zbekiston rahbari ushbu masalani bugunning olis istiqbolga va inso- niyat taqdiriga daxldor bo‘lgan dolzarb ehtiyoji deb qaraydi. Darhaqiqat, dunyoda hozirgi paytda 2 milliarddan ortiq yosh- lar mavjud ekan, ularning huquqlarini kafolatlaydigan xalqaro qonuniy me’yor bo‘lishi kerak. Ushbu qarashlar BMT
Bosh Assambleyasining 72-sessiyasi ishtirokchilari tomoni- dan qizg‘in ma’qullandi.
Diniy bag‘rikenglik, jaholatga qarshi ma’ri- fat insoniyat taraqqiyotining muxim omili. Darhaqiqat, o‘nlab dunyoviy dinlar mavjud, taqvo va ibodat shakli xilma- xil bo‘lgan zaminda odamlarning bir-birini tushunishi, bir-birini asrash, bir-birini avaylash orqali o‘zini o‘zi asrab-avaylash instinktini kuchaytirishda din omili muhim ahamiyatga ega. Insoniyat Allox yagonaligiga imon keltiradi. Biroq, turli e’tiqoddagi kishilar uchun Alloxga yaqinlashish yo‘li xar xil. U o‘z e’tiqodi doirasida Alloxga intiladi. Bu borada bir-birini kamsitish, bir-birini inkor qilish xam diniy ta’limotda, xam dunyoviy qarashlarda inkor etiladi. Buni anglash uchun insonda katta ma’rifat, diniy bilim va keng tafakkur bo‘lmog‘i lozim.
Uzbekiston raxbari 130 dan ortiq millat va elat yashayot- gan, 20 ga yaqin diniy konfessiyalar faoliyat ko‘rsatayotgan, xalqi turli aqidalar, e’tiqodlar va turmush tarzi doirasi- da yashayotgan Uzbekistondek mamlakatda diniy bag‘rikenglik, o‘zaro bir-birini tushunish vaziyati jamiyat taraqqiyotining asosi ekanligini ta’kidlaydi. Prezident Sh.M.Mirziyoev tashabbusi bilan Samarqandda Imom Buxoriy nomidagi xalqaro ilmiy tadqiqot markazi va Toshkentda Islom si- vilizatsiyasi markazi tashkil etilganligi bu boradagi juda katta ijobiy xodisa xisoblanadi. Chunki, jaholatga, za- lolatga, aqliy va hissiy biqiqlikka karshi faqat bi- lim va tafakkur bilan, yuksak ma’rifat bilan qarshi chiqish mumkin.
Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an O‘zbekiston raxbarining nutqini tinglab: «Hali xech bir davlat raxbari BMT minbaridan turib islom dini qadriyat- larini bu kadar jasorat bilan himoya qilmagan, hech qachon Imom Buxoriy nomini tilga olmagan», - dedi.
Insoniyat taraqqiyotining hozirgi bosqichida Afg‘o- nistondagi vaziyatni barqarorlashtirish global xavf- sizlikni ta’minlashning muhim shartidir. O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev Harakatlar stra- tegiyasida Uzbekistonning izchil tashqi siyosatiga alohida e’tibor beradi. Jumladan, mintaqaviy mojarolar yechimini topish, davlatlararo munosabatlarda o‘zaro xurmat va qat’iy ishonch, olis istiqbolni ko‘zlagan umuminsoniy manfaatlar atrofida birlashish g‘oyasini ilgari suradi.
Har bir davlatning tashqi siyosati muqarrar ravish- da uning milliy va umuminsoniy manfaatlari asosida quriladi. Ana shu jihatdan Uzbekiston o‘zining qadimiy davlatchilik an’analariga asoslanib, qar qanday muammo- ning muzokaralar yo‘li bilan, hissiyotlardan xoli bo‘lgan va aql-idrokka yo‘g‘rilgan muloqotlar orqali yechimini topish tarafdori bo‘lib maydonga chiqdi. U siyosatda adolat asosiy mezon bo‘lmog‘i, umummilliy manfaat ustuvor bo‘lishi singa- ri an’anaviy qadriyatga tayanadi. Bu o‘zbek milliy davlatchi- ligi bir necha ming yillik maktabining qadriyatga aylangan sabog‘idir. Zotan, Sohibqiron Amir Temur ham «Kuch - ado- latda» tamoyilini o‘zining ichki va tashqi siyosatida asos qilib olgan edi.
Prezident Sh.M. Mirziyoevning BMT Bosh Assambleya- sining 72-sessiyasidagi chiqishi Uzbekiston davlatining zamonaviy sharoitdagi siyosiy irodasini, aniq pozitsiyasi- ni, uning jahon hamjamiyatidagi g‘oyatda katta mavqeini, kuch-qudratini namoyon etdi. Davlat rahbari sifatida esa, o‘zining chuqur siyosiy bilim va yuksak madaniyatini, sharqona odob va oliy darajadagi siyosiy diplomatiya namunasini ko‘rsatdi.
Dunyoning eng oliy minbarida Prezident Sh.M.Mirziyoev tomonidan ko‘tarilgan masalalar ko‘lami ajratilgan vaqtga nisbatan ancha katta va keng miqyosli bo‘ldi. XXI asrda in- soniyat taqdiriga daxldor bo‘lgan muammolar butun mohiyati bilan tahlil qilib berildi. Ma’ruzada Prezidentimiz, xu- susan, Afg‘oniston masalasiga g‘oyat dolzarb muammo sifatida yondashdi. Uning o‘ta real va hayotiyligini aniq ifoda etdi. Ularni hal etishning siyosiy, nazariy va amaliy asoslarini ochib berdi va: «Bu jafokash yurtda tinchlik o‘rnatishga ko‘maklashish yo‘lidagi bizning umumiy qat’iy hara- katlarimiz aslo susaymasligi lozim», - dedi.
Afg‘onistondagi qurolli mojarolar, qonli to‘qnashuvlar qali-hamon davom etmokda. Qariyb 40 yildan buyon tobora chigallashib borayotgan to‘qnashuvlarning nima bilan yakun- lanishi mavxumligicha qolmokda va u umumsayyoraviy mu- ammoga aylandi. Rasmiy Qobul bilan toliblar o‘rtasidagi kelishmovchilik, tobora chuqurlashib borayotgan manfaatlar to‘qnashuvi afg‘on xalqi hayotini izdan chiqardi. Aholi tobo- ra qashshoqlashib, turmush darajasi misli ko‘rilmagan dara- jada pasayib qoldi.
Bundan 40 yil burun 10 yashar bo‘lgan bola bugun ellik- ka kirdi. Ulkada urush boshlangan o‘tgan asrning 70-yil- lari oxirlarida tug‘ilgan bola 40 yoshga to‘ldi. Ularning ko‘rgani o‘q-olov, qon va o‘lim bo‘ldi. Dahshatu vahshatlar ja- rayonida murg‘akkina bolaning qalbi toshga aylandi, diydasi qotdi. Shafqatsizlik, zalolat, jaholat uni komiga tortdi. Uqish, fikrlash, aqlni ishlatib istiqbolga intilish, mehr- muruvvat tuyg‘usini so‘ndirdi. Hayotga befarq qaraydigan, turmush mazmunini anglamaydigan jonzotga aylandi. Bunday ma’naviy-ruhiy va aqliy muvozanatsizlik insonning inson sifatida o‘zini o‘zi anglashiga, kamolot va yetuklik sari in- tilishiga, o‘zini o‘zi qadriyatga aylantirish fazilatlari- ga monelik qildi. Natijada, yalpi jamiyatda ertangi kunga ishonchsizlik kayfiyati kuchaydi, aniq maqsadga ega bo‘lmagan olomon mo‘rt va mazmunsiz hayot oqimiga g‘arq bo‘ldi.
Afg‘oniston - bugungi sivilizatsiyaviy o‘lchovlar, inson hayoti va turmush darajasi nuqtai nazaridan qaraganda dunyoda eng qashshoq mamlakatlardan biri hisoblanadi. Ayni paytda, aholi jon boshiga nisbatan yalpi ichki mahsulot ish- lab chiqarish hajmi 900 dollarni tashkil etmoqda. Boshqacha qilib aytganda, afg‘on xalqi turmush darajasi jihatidan dunyoda 218-o‘rinni egallaydi. Albatta, bunday qashshoqlik o‘ziga xos tabiiy-geografik sharoit bilan bog‘liq bo‘lgan ob’- yektiv haqiqatga ham tayanadi. Chunki, Afg‘oniston hududining asosiy qismini baland tog‘liklar tashkil etadi. Bu yerlarda ob-havo sovuq, tuproq sharoiti esa dehqonchilikka yaroqsiz. Sug‘oriladigan maydonlar turli relefda bo‘lgani sababli, suvdan foydalanish darajasi nihoyatda past.
Afg‘onistonning tog‘li hududlarida, xususan, Badaxshon- da qorli-qirovli kunlar yilda 9 oyni, sharqiy va janubiy tog‘li hududlarida esa 10 oyni tashkil etadi. Ayni ana shu noqulay tabiiy iqlimga ega bo‘lgan hududlar Afg‘onistonning yirik sanoat va ma’muriy markazi hisoblanadi. Masalan, Kobul dengiz sathidan 1790 metr balandlikda joylash- gan. 1X-XP asrlarda buyuk G‘aznaviylar davlatining poy- taxti bo‘lgan G‘azna shahri dengiz sathidan 2225 metr balandlikda. Tabiiyki, asosiy aholi punktlari shunday baland tog‘lar bag‘rida, sivilizatsiya markazlari bo‘lgan yirik shaharlar va ularning atrofida joylashgan. Bu, albat- ta, davlat boshqaruvida, xususan, iqgisodiyotni rivojlan- tirish va ijtimoiy taraqqiyotni yangi bosqichga ko‘tarishda qator qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Biroq bular ul- kan tarixga, buyuk madaniyatga ega bo‘lgan afg‘on xalqining hozirgi sivilizatsiya yutuqlaridan bahramand bo‘lishiga, o‘z ijtimoiy, madaniy va ma’naviy hayotini rivojlangan dav- latlar darajasiga olib chiqishga monelik qilmaydi. Chun- ki, Kobul, G‘azna singari bir necha ming yillik tarixga ega bo‘lgan qadimiy shaharlar o‘z davrida insoniyat tarixining qaysidir bosqichlarida buyuk sivilizatsiyaviy jarayonni boshdan kechirgan va Renessans davriga guvoh bo‘lgan.
Afg‘oniston juda katga tarixiy va madaniy taraqqiyotga guvoh bo‘lgan makon. U yerda Sharq bilan G‘arbni tutash- tirib turgan qadimiy bozorlar mavjud bo‘lgan. Buyuk ipak yo‘lining eng samarador, eng gavjum va qut-barakali qismi hisoblangan. Tarixiy takdir va global manfaatlar to‘qnashuvi afg‘on xalqining keyingi sal kam yarim asrlik taraqqiyotiga kuchli zarba berdi. Butun mamlakatni inqirozga uchratib, jar yoqasiga olib keldi. Mamlakatda mavjud ijti- moiy omillar tanqisligi ichki mojarolarning kuchayib ke- tishiga olib keldi va, hatto, borgan sari chigallashib, yechi- mini topish qiyin bo‘lgan muammoga aylanib qoldi. Bunda, albatta, tashqi kuchlarning ham ta’siri bor.
Geosiyosiy nuqtai nazardan o‘ta muhim nuqgada joylash- gan Afg‘oniston azaliy raqobatdagi Sharqu G‘arb manfaat- lari to‘qnashuvining asosiy nuqtasiga aylandi. Buyuk dav- latchilik shovinizmi, suveren davlatlarning ichki ishlari- ga surbetlarcha aralashish singari turli siyosiy nayranglar va o‘yinlarning qurboni bo‘ldi. Ikkinchidan, mamlakat fuqarolarining mahalliychilik, millatchilik, irqchilik va boshqa zalolat qurboniga aylanishdek illatlarining ayanchli natijasi deyish mumkin. Zotan, Afg‘on etnosining asosi hisoblangan pushtular mamlakat aholisining 40 foi- zini, hazariylar 9 foizini, o‘zbeklar 9 foizini, tojiklar 27 foizini tashkil etadi. Yana bir qancha millatlar va elat- lar ular bilan birga umrguzaronlik qilmokda. Biroq ular- da yagona Vatan, yagona Xonadon takdiri uchun javobgarlik tuyg‘usi yetishmaydi. Umumiy manfaatlar atrofida birla- shib, aqliy salohiyatni taraqqiyotga xizmat qildirish, tor mahalliychilik illatlariga barham berib, hissiyotlarni jilovlab, aqlga suyanib yashash fazilati ko‘zga tashlanmaydi. Millatlararo totuvlik va bag‘rikenglik singari umuminso- niy qadriyat o‘z mohiyatini yo‘qotgan. Natijada, ana shunday qiyin, o‘zaro nizolar avj olgan o‘ta murakkab ijtimoiy va- ziyat mamlakat taraqqiyotini izdan chiqardi.
Bugungi kunda ham Afg‘oniston jahon hamjamiyatida geo- siyosiy, iqtisodiy va madaniy nuqtai nazardan keng imko- niyatlarini sakdab qolmokda. Jumladan, u sobiq sovetlar makonini Xitoy va Hind okeaniga qadar bo‘lgan ulkan hudud bilan tutashtirib turuvchi xalqaro tranzit va iqtisodiy hamkorlik rolini bajarishda muhim tayanch vazifasini ba- jaradi. Bir qator xorijiy davlatlar Afg‘onistonda yirik loyihalarni amalga oshirishdan manfaatdor ekanliklarini bildirishmokda. Jumladan, Turkmaniston - Armaniston - Pokiston - Hindiston gaz quvurini o‘tkazish hozirgi za- monning eng katta loyihalaridan biri hisoblanadi. Ushbu loyiha amalga oshirilsa, tabiiy gaz eksportida eng sama- rali trassa hisoblanadi. Turkmaniston gazini o‘tkazuvchi hozirgacha mavjud bo‘lgan Rossiya va Xitoy hududidan o‘tgan trassaga nisbatan ancha kam chiqimli va samarador loyiha bo‘lib qoladi. Ana shu imkoniyatlarni nazarda tutib davlati- miz rahbari: «Uzbekiston Afg‘onistonning iqtisodiy tik- lanishiga, uning transport va energetika infratuzilmasi- ni rivojlantirishga, milliy kadrlarni tayyorlashga katta hissa qo‘shmoqda va bundan keyin ham hissa qo‘shadi», - dedi.
Bundan tashqari Afg‘onistonda Markaziy Osiyo mamla- katlari va Pokistonni bog‘lab turadigan temir yo‘l, ulkan quvvatga ega bo‘lgan elektr energiya tarmog‘i qurilishi ushbu ulkan hududning istiqboldagi taraqqiyotini belgilab be- radigan loyihadir. Ayni paytda, Uzbekiston tomonidan qurilayotgan temir yo‘l Eron loyihasi asosida amalga oshi- rilayotgan inshoot bilan ulanib, Hirotgacha bo‘lgan mahobatli zamonaviy Ipak yo‘li tiklanadi. Ushbu tashabbuslarning hammasi aniq hisob-kitoblarga va natijaga ega.
Afg‘oniston tabiiy resurslarni tashish bilangina ki- foyalanmaydi, u ulkan ishlab chiqarish imkoniyatlariga ham ega. Ulkada juda katta neft va gaz zaxiralari mavjud. Ma’- lumotlarga ko‘ra, bu yerda 40 million tonna neft, 137 mil- liard kubmetr gaz zaxiralari borligi aniqlangan. Bundan tashqari, Afg‘onistonda mis, qimmatbaho toshlar, uran va boshqa konlar ham topilgan. Boshqacha qilib aytganda, ushbu mamlakatda Mendeleev jadvalidagi barcha elementlarni topish mumkin. Ana shu ulkan tabiiy boyliklarni, yer osti va yer usti manbalarini foydalanishga topshirishda baxtga qarshi bu yerdagi xavfsizlikning kafolatlanmaganligi, tur- li qurolli to‘qnashuvlar va jangu jadallarning mavjudli- gi monelik qilmokda. Ayni paytda, mamlakatda ishsizlik darajasi juda yuqori. Aholining 35 foizi foydali mehnat bilan shug‘ullanmaydi. Toza ichimlik suvining yetishmasligi.
yoqilg‘i-energetika tanqisligi, ta’lim va tibbiy xizmat da- rajasining qoniqarsizligi, xavfsizlikning kafolatlanma- ganligi jamiyatda iqgisodiy, ijtimoiy va ma’naviy-ruhiy inqirozni tobora chuqurlashtirmokda.
1979 yili SSSRning Afg‘on krizisiga aralashuvi muam- molarni chigallashtirib yubordi. Sovet qurolli kuchlari o‘n yillik samarasiz urushdan so‘ng Afg‘onistondan sharmanda- larcha chiqib ketdi. Ulardan vayronaga aylangan mamlakat me- ros bo‘lib qoldi. Millionlab begunox odamlar qurbon bo‘ldi. Sovet qurolli kuchlari o‘n yil mobaynida afg‘on o‘lkasini abgor qildi. Xalq turmush darajasi keskin pasayib, qashshoqlik, savodsizlik, ijtimoiy tanglik chuqurlashdi. Zo‘ravonlik, kuch ishlatish, o‘zining harbiy qudratini dunyoga ko‘z-ko‘z qilish kabi shovinizm butun Afg‘onistonni xonavay- ron qildi.
Ayanchli vaziyat sovet askarlari Afg‘onistonni tark etish- gandan keyin ham o‘zgarmadi. Milliy mentalitet va mavjud sharoit taqozosi bilan bir qator muammolar chiqib keldi. Jumladan, sovetlarga qarshi kuchlarning birlashishi, ular- ning mantiqsiz va natijasiz kurashlari ommani chalg‘itdi, mamlakatda beqaror vaziyatni yuzaga keltirdi. Shuningdek, aholi o‘rtasida jinoyatchilikning keskin oshishi bilan bog‘liq bo‘lgan jiddiy masalalar tobora chuqurlashdi. Ayni paytda, Xitoy va Eronning Afg‘oniston bilan bog‘liq manfa- atlari qizg‘in tus olmoqda. Afg‘on Badaxshoni Uyg‘ur separa- tistlari terrorchi guruhlarini himoya qiladigan qulay ma- konga aylandi. Hirot esa Eron jangchilarining plasdarmi bo‘lib qoldi. Ushbu salbiy holatlarda boshqa tashqi kuchlar- ning ham ta’siri borligi haqida fikrlar bildirilmoqda.
Afg‘oniston va Pokiston o‘rtasidagi munosabatlar ham o‘ziga xos muammoga aylanmoqda. Har ikki mamlakat chega- ralarining ikki tomonida pushtu aholisi bo‘lingan holda yashamoqda. Mamlakatlar o‘rtasidagi hududiy mojarolar, tashki kuchlar ta’sirida bir xalqning ikkiga bo‘lib yubori- lib, mustahkam chegaraning o‘rnatilganligi hali-hamon mu- ammo tug‘dirmokda. XXI asrga kelib chegaradosh bo‘lgan pushtu hududlari islom radikalistlari guruxlarining qulay ma- koniga aylandi. Ular xohlagan paytlarida emin-erkin dav- lat chegaralaridan go‘yoki qarindosh-urug‘larini ko‘rmoqchi bo‘lib, u mamlakatdan bu mamlakatga o‘tishlari vaziyatni ancha murakkablashtirmoqda. Aytish mumkinki, bu Afg‘oniston uchun ham, Pokiston uchun ham ancha xavfli.
Hozirgi Afg‘onistonda vaziyat qoniqarli emas. Bu bu- tun dunyoni tashvishga solmokda. Jumladan, Uzbekiston ham yaqin qo‘shni sifatida ushbu makonda tinchlik, barqarorlik mustahkam bo‘lishidan manfaatdor. Shuningdek, bu yerda ter- roristik harakatlar, urush, qurolli to‘qnashuvlar va port- lashlar sodir etilmokda. Rasmiy hukumat butun mamlakat hududida uning hududiy yaxlitligini ta’minlash va kuch- li nazorat o‘rnatishga intilmoqda. Oppozitsion kuchlar esa vaziyatni beqarorlashtirish, jamiyat taraqqiyotini izdan chiqarish yo‘lidan borishmokda.
Afg‘oniston milliy armiyasi va unga qarshi kuchlar yuqori darajada qurollangan, zamonaviy harbiy aviatsiya va bro- netexnikalar bilan ta’minlangan. Ular o‘z maqsadlarini amalga oshirish uchun yetarli darajada texnikaviy va moliya- viy imkoniyatlarga ega. Ana shu ikki qarama-qarshi kuchning mavjudligi aholi tinch hayotiga, osuda turmush tarziga kuchli zarba bermoqsa.
2001 yili toliblarga qarshi harakatlar tufayli op- pozitsiyadagi kuchlar bir muncha zaiflanib qolishgan edi. Biroq, ko‘p o‘tmay, xususan, 2009-2010 yillarga kelib yana bosh ko‘tarishdi va faollashib qolishdi. Natijada, vaziyat og‘irligicha qolmoqda. Afg‘oniston hududining qariyb yarmi- ni toliblar o‘z ta’siriga oldi. Mamlakat uezdlarining 30 foiziga yaqini, ayni paytda, ularning nazoratida turibdi.
AQSh toliblarga karshi kurash operatsiyasini nihoyasiga yetkazganidan so‘ng Afg‘onistonda giyohvand moddalar ishlab chiqarish hajmi keskin oshdi. Bugun aytish mumkinki, Yev- ropa mamlakatlari Afg‘onistonda yetishtirilgan giyohvand moddalarning jahon bozoriga, aholisi esa uning qurboniga aylanmoqda. 2006 yili mamlakatda 6100 tonna opium yetish- tirilgan bo‘lsa, 2007 yilda bu rekord ko‘rsatkichga yetdi - 8000 tonnalik «marra»ni egallashdi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining ma’lumotiga ko‘ra, Yevropada tarqatilayotgan giyohvand moddalarning 90 foizi Afg‘onistonda yetishti- rilgan. Aytish mumkinki, Afg‘oniston dunyoda opium ish- lab chiqariladigan yirik makon hisoblanadi. 2008 yilning o‘zida 157 ming gektar opium maydonlari buzib tashlandi. Bu umumiy maydonning 22 foizini tashkil etadi. Natijada, ushbu zahri qotil 2007 yilga nisbatan 31 foizga kamaydi va yuqorida keltirilgan rekord ko‘rsatkich 5500 tonnagacha tush- di.
Biroq, bu quvonchli voqea emas. Chunki, zahri qotilning minglab tonnasi emas, bir grammining mavjudligi ham o‘zini oqlamaydi. Afg‘onistonni insoniyatga qiron kelti- ruvchi moddalarni yetishtirishdan butkul xalos etish umum- dunyoviy muammoligicha qolmoqda. Rasmiy hukumat va xalqaro tashkilotlar giyohvand moddalar ishlab chiqarishga qarshi qator chora-tadbirlar ko‘rishmoqda. Biroq, toliblar va boshqa rasmiy hukumatga qarshi guruxlarning faol kuch-g‘ayrati tu- fayli ushbu zaharli mahsulot hamon ishlab chiqarilmoqda. Afg‘onistonda toliblarning asosiy daromad manbai ayni giyohvand moddalar hisoblanadi. Ular birgina 2008 yilda giyohvand moddalar sotishning o‘zidan 470 million dollar daromad qilishdi. Mamlakatda beqarorlikning mavjudligi, umume’tirof etilgan xalqaro huquqiy me’yorlarga qo‘pol ra- vishda rioya qilinmayotganligi, kuchli boshqaruv mexanizmi- ning yo‘qligi, korrupsiyaning kuchayib ketganligi giyoxvand moddalar ishlab chiqarishga qarshi kurash samarasini tobora kamaytirmoqda.
Afg‘onistonda ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatning nochor- ligidan, qurolli to‘qnashuvlar va qon to‘kishlarning davom etayotganligidan qat’i nazar aholi o‘sish darajasi juda yuqoriligicha saklanmoqda. Bu borada Afg‘oniston dunyoda
5-o‘rinni egallaydi. Boshqacha qilib aytganda, har bir onaga qariyb yetgi bola to‘g‘ri kelmoqda. Ko‘p bolalilik borasida jaqonda 4-o‘rinni egallaydi. Afg‘onistonda tug‘ilayotgan har 1000 ta chaqaloqdan 247 tasi vafot etmoqda. BMT ma’lumot- lariga ko‘ra, bu borada Afg‘oniston dunyoda birinchi o‘rinda turadi. O‘rtacha umr ko‘rish darajasi 44,6 yoshni tashkil etadi va dunyoda 214-o‘rinni egallaydi. Aholining ma’lumotlilik darajasi erkaklar o‘rtasida 43 foizni, ayollar o‘rtasida esa 12 foizni tashkil etadi.
Afg‘onistondagi murakkab ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat faqat Afg‘onistonning o‘zinynggina muammosi emas. U yerda terrorchilik harakatlarining izchil davom etayotganligi, mamlakatda xunrezliklarning to‘xtatilmayotganligi, islom radikallarining g‘ayriislomiy va g‘ayriinsoniy xatti- harakatlarining fojiali davom etayotganligi butun dunyoni tashvishga solmokda. O‘zbekiston esa, yaqin qo‘shni sifatida Afg‘on fojiasini butun mohiyati bilan chuqur tushunmokda va o‘z vaqtida baholamokda.
O‘zbekiston - Afg‘oniston hamkorligi uzoq tarixga ega. Bizning qadimiy madaniyatimiz, yaqin qo‘shnichilik muno- sabatlarimiz, turmush tarzimizdagi o‘xshashliklarning mavjudligi, urf-odatlar, an’analar va diniy aqida- larimizning uyg‘unligi bunga guvoh. Biroq, tarixiy takdir ma’lum chegaralar tufayli bizni ajratib turib- di. Garchi har ikki davlat bir-birining suverenitetini, mustaqil taraqqiyot yo‘lini tan olib, uni chuqur hurmat qilsa-da, bir-birimizga befarq emasligimizni, bir- birimizning yutuqlarimizdan manfaatdor ekanligimiz- ni hayotning o‘zi ko‘rsatib turibdi. Buni O‘zbekiston Pre- zidenti Sh.M.Mirziyoev ko‘p marta ta’kidlamoqda. Jum- ladan, BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida ham: «Afg‘oniston masalasi global miqyosdagi masalalar markazida bo‘lishi lozim. Xalqaro hamjamiyatning sa’y-harakatlari, birinchi navbatda, Afg‘onistondagi
o‘tkir ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal qilishga qaratilmog‘i kerak», - dedi.
Xalqimizda «Qo‘shni tanlanmaydi, qo‘shnini Xudo bera- di», «Qo‘shning tinch - sen tinch» degan purhikmat maqollar bor. Bu hayotiy haqiqat asrlar mobaynida isbotini topgan. Bugun esa yana ham dolzarblik kasb etmokda.
Hozirgi zamon sivilizatsiyasitalablari nuqtai nazaridan qaraganda, Uzbekistonning tashqi-siyosiy faoliyati qo‘shni mamlakatlar bilan do‘stlik va hamkorlik munosabatlarini yanada rivojlantirish singari sof tinchliksevar siyosatga asoslanadi. Davlatimiz rahbari Sh.M.Mirziyoevning siyosiy qarashlarida bu masala alohida ahamiyat kasb etadi. Jum- ladan, Prezident tomonidan ishlab chiqilgan «2017-2021 yillarda Uzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishiga doir Harakatlar strategiyasi»da alohida qayd etilgan.
Aytish mumkinki, Afg‘onistondagi mavjud beqarorlik, qurolli to‘qnashuvlar va qon to‘kishlarning davom etayot- ganligi butun mintaqa uchun jiddiy taxdid tug‘dirmokda. Ayni paytda, turli terrorchilik harakatlarining kuchayib borishiga, islom radikalizmi ta’sirining oshib borishi- ga va u qaysidir darajada xalqaro terrorizmning muhim tayanchiga aylanishiga olib keladi. Zotan, bugun dunyoda 500 dan ortiq xalqaro terroristik tashkilotlar mavjud bo‘lgan bir paytda, Afg‘onistondagi hodisalar ularga saboq bo‘lishi va, hatto, zarur bo‘lib qolganda Afg‘oniston ularning taj- riba maydoniga aylanishi mumkin. Ana shu tarzda, birin- chidan, Afg‘onistondagi qurolli to‘qnashuvlar, toliblar- ning rasmiy hukumat bilan o‘zaro kelishmovchiligi butun insoniyat istiqbolini, XXI asrdagi takdirini xavf ostida qoldiradi. Tarixiy taraqqiyotni barbod etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |