Jaxon tarixi


Mavzuni mustahkamlash uchun savollar



Download 0,64 Mb.
bet20/35
Sana06.07.2022
Hajmi0,64 Mb.
#745938
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   35
Bog'liq
Tar.O\'lk.va.Turizm.UMK.Sirtqi

Mavzuni mustahkamlash uchun savollar


  1. Mixxat yozuvlari haqida nimalar bilasiz?

  2. Sayyohlar mixxat yozuvlarini nima maqsadlarda to’plaganlar?

  3. Xitoy piktografik yozuvlari haqida nimalar bilasiz?

4. Jarqo’ton piktografik yozuvlarini aniqlashda tadqiqot ishlari olib borgan o’zbek olimlari faoliyati haqida so’zlang.
5. G’oz yodgorligi piktografik yozuvlari haqida nimalar bilasiz?

Glossariy: Tayanch so’zlar izohi:

Mixxat - Old Osiyoning eng qadimgi yozuv uslubi. Oromiy yozuvi – parfiya, baqtriya, so’g’d, xorazmlik amaldorlar asosan davlat va ma’muriy ishlarda foydalangan yozuv turi.
Kalit so’zlar: Dastlabki yozuvlar, Piktografik yozuv, Qadimgi sharq yozuvlari, Sopollitepa yozuvi, Jarqo’ton, G’oz yodgorligi piktografik yozuvlari, Oromiy, qadimgi Baqtriya yozuvlari, So’g’d yozuvi, qadimgi Xorazm yozuvi.


Ma’ruza - 7

Mavzu: Tarixiy o’lkаshunoslik va turizmda etnogrаfiyaning аhаmiyati


Etnografiya atamasi qadimgi yunoncha (etnos – xalq, grapxio – yozish) xalq haqidagi fan bo’lib, u xalqni o’rganuvchi, ta’riflovchi fan yoki xalqshunoslik fani deb yuritiladi. Etnografiya yer yuzida yashovchi barcha xalqlarning paydo bo’lishi davridan to hozirgacha bosib o’tgan tarixiy-madaniy taraqqiyotiga tayanib, ularning iqtisodiy, moddiy va ma’naviy, ijtimoiy va oilaviy hayoti, turmush tarzi, urf-odati va ijtimoiy ongi hamda etnik hususiyatlarini chuqur o’rganuvchi fandir. Etnografiya xalqlarning o’zaro tafovutlari, umumiyligi va o’xshashligini, ularning o’ziga xos jihatlarini tadqiq etadi va o’lka tarixini o’rganishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Etnografiyani ba’zi olimlar tomonidan «etnologiya» deb ham atamoqda. «Etnos» - yuqorida ta’kidlanganidek - «xalq», «logos» - «so’z» yoki «fan» degani bo’lib, xalq haqida fikrlovchi, so’zlovchi yoxud xalqni ta’riflovchi fan demakdir. Bu ikkala fan o’rtasida chegara bo’lmay, balki biri ikkinchisini to’ldiradi.
Demak, etnografiya - dunyo xalqlarining madaniyatini, maishiy hayotini, kelib chiqishi (etnogenezi)ni, joylashishini (etnik jo’g’rofiyasi), madaniyati tarixini hamda o’zaro aloqa va munosabatlarini o’rganuvchi tarixiy fan sifatida maydonga kelgan.
Etnografik bilimlar asrlar davomida to’planib kelgan nihoyatda boy va rang–barang ma’lumotlarni o’zlashtirib, ma’lum xulosa va nazariyalar, dunyoqarashlar tizimi va yo’nalishlarni hosil qildi.
Dastlab, etnografik ilmiy jamiyatlar, maxsus asarlar, to’plamlar paydo bo’ldi. Natijada XIX asr o’rtalariga kelib, mustaqil fan sohasi - etnografiyaning tug’ilishi uchun shart – sharoitlar yaratilgan edi.
Etnografiya so’zi ilgari ham ba’zan tilga olingan bo’lsa-da, lekin fanni ifodalamagan edi. Dastlab bu atamani XVII asr boshlarida olmon yozuvchisi CHogani Zummer ishlatgan, keyin esa XVIII asr oxiri – XIX asr boshlarida (1808 yilda) maxsus jurnallar shu nom bilan chiqa boshlagan.
«Etnografiya» so’zi mashhur frantsuz tabiatshunosi va fizigi Jan - Jak Amper tomonidan 1830 yilda taklif qilingan edi. Rossiyada «etnografiya» atamasi XIX asr boshlarida ba’zan uchrab turgan, keyin esa rasmiy ravishda fan deb tan olingan. 1845 yilda Rossiya jug’rofiya jamiyati etnografiya bo’limining tashkil etilishi buning yaqqol dalilidir.
Etnografik bilimlarning paydo bo’lishi, shunga doir zarur ma’lumotlarning to’planishi, dalillarning anglab olinishi aytarli bir vaqtda sodir bo’ladi. Masalan, ayrim qo’shni qabila, elat va xalqning maishiy turmushi, madaniyati, urf–odatlari, etnik xususiyatlarini o’rganish, ularni aniq turmushining amaliy ehtiyojlarini qondirish taqozosi bilan vujudga kelgan. Uzoq–yaqin qo’shnilar bilan savdo–sotiq munosabatlarini o’rnatish, shuningdek, maqsad yoki sharoit taqozosiga ko’ra ularga qarshi muvaffaqiyatli urushlar olib borish uchun ham, birinchi navbatda, etnografik bilimlarga ega bo’lish juda ham zarur bo’lgan. Mana shunday sabablar etnografik bilimlarning paydo bo’lishida muhim rolь o’ynagan.
Etnografiya fani turli xalqlarning hozirgi davrdagi hayotini o’rganishda sotsiologiya va geografiyaga murojaat etadi. SHuningdek, arxeologiya, antropologiya, folьklor, tilshunoslik, ruhshunoslik, paleografiya, numizmatika, toponimika, din tarixi bilan bevosita aloqadordir. So’nggi yillarda sohaga doir fanlarning yangi tarmoqlari – etnosotsiologiya, etnopsixologiya, etnolingvistika, etnik antropologiya, etnodemografiya kabilar paydo bo’ldi.
Bundan tashqari, etnografik tadqiqotlarda yozma manbalar, geografik hujjatlar, moddiy va maishiy materiallardan ham foydalanadi.
Jahondagi xalqlar muayyan hududlarda joylashgan. Ammo tili yoki maishiy – madaniy jihatdan yaqinligi bilan ajralib turadigan ayrim elatlarning o’zaro aralashishi jarayoni doimo sodir bo’lib turgan, etnik jihatidan chegaradosh xalqlar orasida esa, bu jarayon ayniqsa, kuchli bo’lgan.
Kishilar qaysi urug’, qabila, elat, xalq, millatga mansub ekanligi bilan ham bir–birlaridan ancha farq qiladilar. Kishilarning eng qadimiy birligi urug’ (qavm) dir. Bunday birlik asosan ibtidoiy jamoa davrida vujudga kelgan. Urug’chilik qon-qarindoshlikka asoslangan bo’lib, har bir urug’ odamlari bir - birlari bilan xo’jalik va ijtimoiy jihatdan o’zaro bog’langan. Barcha urug’ a’zolari birgalikda mehnat qiladilar. Ularning ijtimoiy hayoti, turmushi va shakllanayotgan o’ziga xos madaniyati ham bor.
Kishilarning urug’ (qavm)ga nisbatan yuqori birligi - qabiladir. Bu birlik bir qancha urug’ (qavm)larning birlashuvidan hosil bo’ladi. Bu birlikning asosi ham ibtidoiy davrga xosdir. Dastlabki qabilalar o’zaro dual ekzoganiya ya’ni, bir – biriga qiz berib, qiz olish asosida qon – qarindoshlik iplari bilan uzviy bog’langan bir necha juft “quda”lashgan urug’dan tashkil topgan.
Hozirgi davrda bir nechta elat yoki xalqning yaqinlashishi va uyushishi natijasida paydo bo’lgan etnik birliklar (amerika xalqi, afrika xalqi kabi) makroetnoslar deyiladi. Mahalliy xalq yoki millat ichida ba’zi xususiyatlari (shevasi, moddiy va ma’naviy madaniyati, diniy tasavvurlari) bilan ajralib turgan mayda etnografik guruhlar esa mikroetnoslar deyiladi.
Ba’zan xalqlar diniy e’tiqodi asosida o’ziga xos mikroetnoslar va makroetnoslar birligi bilan ham farqlanadilar. Masalan, butun Janubiy Osiyo xalqlari feodal davrida paydo bo’lgan xinduizm tevaragida turli tildagi xalqlarni birlashtirgan makroetnoslar bo’lsa, Fillipin xalqining bir qismi islom diniga e’tiqod qiluvchi maro nomli elatlardir. Erondagi gerblar (zaroastrizm) tarafdorlari yoki Xitoydagi musulmon (dungan) lar mikroetnos sifatida maxsus etnografik guruhlarini tashkil etadilar.
Etnografiyada jahon xalqlari quyidagicha tavsiflanadi:

        1. Etnografik.

        2. Antropologik.

        3. Lingvistik (til bo’yicha).

        4. Diniy.

        5. Xo’jalik madaniy tiplar yoki tarixiy–madaniy viloyatlar.

Jug’rofiy jihatdan tasniflash qoidasi jahondagi xalqlarni o’zining xududiy joylashishi, ayrim etnik guruhlarning turar joyiga qarab belgilanadi. Etnografiyada hozir quyidagicha jug’rofiy tasniflash mavjud:
1. Avstraliya va Okeaniya xalqlari.
2. Amerika xalqlari.
3.Afrika xalqlari.
4.Osiyo xalqlari.
5. Yevropa xalqlari.


Download 0,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish