Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
1.O’lkamizning eng qadimgi davri arxeologlar tomonidan qanday o’rganiladi?
2.O’lkamizda ona urug’i (matriarxat) davri qancha davom etgan?
3. Kaltaminoraliklar chaylasi haqida nima bilasiz?
4.O’lkamizda ota urug’i (patriarxat) davri qachon shakllangan?
5. Metallning ishlab chiqarishga joriy etilishi nimalarga olib keldi?
6. O’lkamizda kechgan o’rta asrlar davri hayotining xususiyatlari haqida so’zlang.
7. O’lkamizda yerga egalik munosabatlari qachondan va qanday shakllanib bordi?
8. Yangi davrdagi ilmiy tadqiqotlar haqida nima bilasiz?
9.O’lkamizning yangi davri haqida qanday ma’lumotlarga egasiz?
Glossariy: TAYANCH SO’ZLAR IZOHI:
Arxeologiya – lotincha “arxayos ”- qadimgi, “logos” – fan, qadimgi davrni o’rganuvchi fan yoki “qadimshunoslik” fani, degani.
Selung’ur – ilk tosh davriga oid Farg’ona vodiysidan topilgan qadimgi odamlar manzilgohi.
Teshiktosh – O’rta tosh davriga oid Surxondaryoning Boysun tog’laridan topilgan manzilgoh.
Zardusht - shu nomdagi din asoschisining nomi. NAUS – ostadonlar saqlanadigan joy – xona. OSTADON – odam suyaklari saqlanadigan idish. DEHQON – ilk o’rta asrlarda katta yer egasi (XI –XII asrlardan esa qishloqning oddiy jamoa a’zosi). DEGREZ – quyuvchilik kasbi.
Kalit so’zlar: Ibtidoiy jamoa davri, mustьe madaniyati, so’nggi paleolit, eniolit, bronza davrlarida o’lkamiz, Kaltaminorliklar chaylasi, Tozabog’yop madaniyati, Zamonbobo yodgorligi, Zardushtiylik dini yodgorliklari, Tuproqqal’a, Bolaliktepa, Varaxsha, Fayoztepa, Panjikent yodgorliklari, o’lkamiz yangi davrda, Toshkent – Islom madaniyati poytaxti, konfessiya, Respublika baynalmilal madaniyat markazi.
Ma’ruza -4 Mavzu: Mаmlаkаtimizdа o’lkа tаriхining o’rgаnilishi
O’lkamizning yangi davri.
Toshkent qadimdan tinchlik, do’stlik shahri degan ta’riflarga sazovor bo’lib kelgan.
Buyuk ipak yo’lining markazida joylashgan poytaxtimiz o’z sahovati, mehmondo’stligi, turli millat va elat vakillariga hurmat – e’tibori bilan nom chiqargan. Ko’hna tarixning guvohlik berishicha, bu hududda biron–bir millatlararo ixtiloflar ro’y bermagan, shahar fuqarolari o’rtasida hamisha totuvlik barqaror bo’lgan.
XX asrda esa jahon siyosati olamida “Toshkent ruhi” degan atama yuzaga keldi. Bu ruh qo’lda qurol bilan uzoq yillar davomida bir–birlariga qarshi murosasiz jang olib borgan davlatlar rahbarlarining bevosita Toshkent shahrida yarashib, sulhga imzo chekishlarida, turli qit’alar va mamlakatlar vakillari ishtirokida tinchlikni mustahkamlashga qaratilgan nufuzli uchrashuvlar, xalqaro san’at, turizm, adabiyot, kino festivallari o’tkazilib turilishida o’z ifodasini topgan edi. Mustaqillik davriga kelib bu an’ana nafaqat tadrijiy ravishda davom ettirilayapti, balki u yangicha tus olib, o’zining istiqbolli ko’rinishini namoyon etmoqda.Toshkent - yer sharining turli mintaqalari, ya’ni: Osiyo, Afrika, Lotin Amerikasidan keladigan sayyohlar, kino san’atkorlari, yozuvchilar muntazam uchrashib turadigan sayyohlik (turistik) shahriga aylanib bormoqda.
Mustaqillik yillarida shahrimizning xalqaro miqyosdagi nufuzi ortdi. Bugungi kunda poytaxtimiz Toshkentda BMTning, YuNESKO, YuNISEF kabi xalqaro tashkilotlarning vakolatxonalari, 40 dan ortiq davlat elchixonalari faoliyat ko’rsatmoqda. Yurtimiz turli hududlarida MDH, Markaziy Osiyo respublikalari, turkiy tillarda so’zlashuvchi davlatlar rahbarlarining oliy darajadagi uchrashuvlarini, turli xalqaro anjumanlarni o’tkazish an’anaga aylanib qolgan. Bu yerga kelgan mehmonlar, ular sayyoh bo’ladimi yoki davlat rahbarimi, vatanimizning Samarqand, Buxoro, Xiva kabi eng so’lim go’shalarini, tarixiy obidalarini ziyorat qilmay ketmaydilar.
Poytaxtimiz do’stlik va tinchlik shahri sifatida xalqaro va mintaqaviy muammolarni tinch yo’l bilan hal qilishga qaratilgan muzokaralarning muvaffaqiyatli o’tkazilishini ta’minlab kelmoqda. Ayniqsa, uzoq yillar davomida qirg’inbarot urushlar olib borilayotgan Afg’onistonda tinchlik o’rnatish masalasini hal etishda Prezidentimiz Islom Abdug’anievich Karimov tashabbusi bilan Toshkentda o’tkazilgan “6+2” guruhining oliy darajadagi uchrashuvi juda katta xalqaro ahamiyatga egadir. Buni shu uchrashuvda qabul qilingan “Toshkent deklaratsiyasi”ga BMT Bosh Assambleyasi tomonidan insoniyat taqdiri va kelajagiga daxldor bo’lgan muhim hujjat maqomi berilganligi ham tasdiqlab turibdi. SHu munosabat bilan BMT Toshkentga “Tinchlik elchisi” sharafli unvonini berdi.
Bugungi kunda jahonning ko’pgina yirik shaharlari yurtimiz shaharlari bilan birodarlashganlar. Birinchi marta 1973 yilda AQSHning Sietl shahri Toshkent bilan ana shunday do’stlik aloqasini o’rnatgan edi. SHahrimiz bugungi kunda Germaniyaning Berlin, Belgiyaning Kortreyk, Xitoyning SHanxay shaharlari bilan mustahkam aloqalarni o’rnatgan. Sietllik amerikaliklar “Toshkent” bog’ida sayr qilib, O’zbekiston poytaxtini yodga olsalar, Belgiyaliklar u yerda joylashgan Kortreyk shahridagi buyuk bobomiz - jahon tibbiyot ilmining asoschilaridan biri bo’lgan Abu Ali ibn Sinoning qad rostlab turgan haykalini tomosha qilib, xotirasiga hurmat bajo keltiradilar.
Germaniya poytaxti Berlinda O’zbekiston madaniyati kunlari o’tkazildi. Berlin bilan biz nafaqat madaniyat va sport sohalarida, balki turizm, kino, iqtisodiyot yo’nalishlarida ham yaqindan hamkorlik qilamiz.
Birodarlashgan shaharlar bilan muntazam davom etadigan bunday hamkorlik aloqalari dolzarb bo’lib, u nafaqat tomonlardagi shaharlar va ularning aholisi o’rtasida, balki, mazkur davlatlar bilan bo’ladigan o’zaro munosabatlarni manfaatli va istiqbolli rivojlantirilishida muhim ahamiyat kasb etadi.
2007 yil Toshkentga xalqaro Islom Konferentsiyasi tashkiloti AYSESKO qarori bilan Islom madaniyati poytaxti degan maqom berildi. Azim shahrimizning bunday yuksak darajaga sazovor bo’lishi bejiz emas albatta, chunki azaldan bu yerda islom qadriyatlari ulug’lab kelingan, hozirda ham yuqorida qayd etilganidek, boy madaniy an’analar bardavom o’z rivojini topayotgan markaz hisoblanadi.
Yurtimiz poytaxti Toshkent shahrida Gyote institutining, Konrad Adenauer jamg’armasining bo’limlari muvaffaqiyatli faoliyat ko’rsatishmoqda. Diniy bag’rikenglik yurtdoshlarimizning muhim fazilatlaridan biridir. Poytaxtimizda ota-bobolarimiz e’tiqodi - Islom dini bilan birgalikda boshqa ko’pgina diniy konfessiyalar ham o’z faoliyatlarini erkin davom ettirmoqda. Xususan, shaharda 5 ta rus Provaslav cherkovi, protestantlar, nasroniylar, katoliklar, yaxudiylar, lyuteranlar, umuman 17 ta konfessiya - diniy muassasalari ishlab turibdi. Bunday diniy bag’rikenglikka Toshkenttda bo’lgan Rossiya yepiskopi Aleksey II ham juda yuqori baho bergan edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |