Jaxon tarixi


Mavzuni mustahkamlash uchun savollar



Download 0,64 Mb.
bet21/35
Sana06.07.2022
Hajmi0,64 Mb.
#745938
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   35
Bog'liq
Tar.O\'lk.va.Turizm.UMK.Sirtqi

Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:

  1. Etnogrfiya fanining tatqiqot ob’ektiga nimalar kiradi?

  2. O’zbek xalqining kelib chiqishi xaqida etnograf olimlar qanday fikrga ega?

3.O’zbek etnografiyasi rivojiga katta hissa qo’shgan qaysi o’zbek olimlarini bilasiz?
4.O’zbeklarning moddiy madaniyati, urf-odati, an’analari hamda turmushi haqida nima bilasiz?
5.Etnogenez nima? U qanday kechadigan jarayon?
6.Etnik tarix nima?
7.O’zbeklar qachon xalq sifatida shakllandi?
8.O’zbeklarning millat bo’lib shakllanish jarayoni haqida nima bilasiz?
9.Turistik yo’nalishlarning shakllanish omillari nima?
10.Turistik yo’nalishlarning ijtimoiy va iqtisodiy o’sishiga ta’sir qiluvchi omillar nima?
11.Turistik yo’nalish motivatsiyalarini izoxlang?
12.Asosiy tur hujjatlarga nimalar kiradi?
13.Turistik yo’nalish turlarini izoxlang?
14.Turizmda aylanma yo’nalish nima?
15.Turizmda chiziqli yo’nalish nima?
16.Turizmda davomli yo’nalish nima?
17. Turizmda transport yo’nalishlari qanday tuziladi?
18.Turistik yo’nalishlarni tashkil etishda «Pekidj – tur» ning ahamiyati qanday?
Glossariy: Tayanch so’zlar izohi:
Etnografiya – xalqshunoslik fani.
Millat–arabcha “xalq”– kishilarning yagona tilda so’zlashishi, yaxlit hududda yashashi, umumiy madaniyat va ruhiyat birligi asosida tarixan tashkil topgan birligi.
Kalit so’zlar: An’ana, qadriyat, bayram, to’y, marosim, urug’-aymoq, xalq, elat, millat, etnik guruh, o’zbek xalqi, oziq-ovqat, moddiy yodgorlik, uy-joy, ma’naviy madaniyat, buyuk siymolar, kiyim-kechaklar, zeb-ziynat buyumlari, milliylik.


Ma’ruza – 8


4-modul.
Mavzu: Tarixiy o’lkаshunoslik аsosiy mаnbаlаridаn –toponimikа hаqidа
1917 yilga qadar toponimika musatqil fan sifatida o’rganilmay, uning vazifasini tarixiy geografiya fani bajarib keldi.
Toponimika geografik nomlar, kishi ismlarini o’rganadigan fan sifatida maydonga keldi. Toponimikani “Zamin tili”, ya’ni yer tili deb ham deb atashgan. Toponimika atamasi lotin tilidan olingan bo’lib, “topos” – joy, “onima” – nom, ya’ni, joy nomini o’rganadigan fan, - degan ma’noni bildiradi. Geografik nomlar va insonlarga qo’yilgan ismlar toponimikaning o’rganish manbai hisoblanadi. Toponimika 2 ob’ektdan: mikro va makro toponimlardan iborat bo’lib, mikrotoponimika – fanda o’rganilishi jihatidan mayda ob’ektlarni, makrotoponimika esa, atoqli otlar, ya’ni yirik ob’ektlarning nomlarini tatqiq qiladi.
Hozirga vaqtda toponimika faqat yirik ob’ektlarning: tog’lar, o’rmonlar, vodiylar, vohalar, shaharlarning nomlarinigina emas, balki, kichik ob’ektlarning – mahallalar, daralar, jarliklar, anhorlar va ko’llarning nomlarini ham o’rganmoqda.
Antroponim so’zi – lotin tilidan olingan bo’lib, “antropo” – odam, “onoma” – nom, kishi ismi, laqabi, familiyasi demakdir; antroponimika – kishi ismlarini o’rganadigan fan tarmog’idir.
Gidronim – grekcha - “gidro” - suv, “onoma” – nom, suv ob’ektlarining, masalan, kanal, ariq, anhor, daryo, soy, jilg’a, irmoq, buloq, quduq, dengiz, ko’l va qo’ltiq, bo’g’oz, shar- shara kabilarning nomlarini o’rganadi.
Diminutiv – lotin tilidan olingan so’z bo’lib, kichraytirilgan shakldan toponim yasash demakdir. O’zbekistonda – cha va – ak ba’zan – ik affikslari diminutiv shaklidagi toponimlarni yasaydi; bunday toponimlar otlardan (Xisorak, Xumdonak, Rudak), sifatlardan (Ko’kcha, Oqcha, Qoracha, Saricha), etnonimlardan (Do’rmoncha, Naymancha) yasalishi mumkin. Ba’zi hollarda esa (katta toponimga taqlid qilib) nom qo’yilganda ham diminutiv shakldan toponimlar yasaladi, chunonchi Buxorocha, Samarqandak, Bag’dodik, Registonak va boshqalar.
Metateza – lotin tilidan “metatesis” – joy almashtirish – so’zdagi tovushlarning o’rin almashishi (Beshog’och – Bechogosh, Sayram – Saryom).
Metafara – grekcha “ko’chirish” – so’zining ko’chma ma’noda ishlatilishi. Masalan, (Tuyatosh – kattaqoya, Mingbuloq – ko’p buloq), etak – daryoning, tog’ning, soyning yoki odamning etagi, Burun – odamniki, qayiqniki va boshqalar.
Metonimiya – grekcha “qayta nom qo’yish” – toponimikada joy nomining qo’shni ob’ekt nomiga o’tishi. Masalan, daryo nomining shahar nomiga aylanishi (Zarafshon daryosi – Zarafshon shahri, CHirchiq daryosi – CHirchiq shahri), daryo nomining tog’ nomiga ko’chishi (Ko’ksuv daryosi – Ko’ksuv tizmasi, Vaxsh daryosi – Vaxsh tizmasi). O’zbekistonda metonomiya hodisasi juda keng tarqalgan.
Mikrotoponimiya – grekcha “mikro” – kichkina, “onoma” – nom, kichik ob’ektlar: buloqlar, quduqlar, dalalar, o’tloqlar, jarlar, yo’llar, kichik tepalar, ko’chalar va hatto atoqli otga ega bo’lgan ayrim daraxtlarning nomlari; mikrotoponimiya va makrotoponimiya orasida muayyan chegara yo’q, masalan, ba’zi bir tatqiqotchilar ko’chalarni mikrotoponimlar desalar, boshqa birovlar makrotoponim deb hisoblaydilar.
Urbanonimiya so’zi ham lotin tilidan olingan bo’lib, “urbanus” – shahar, aholi punktlari; xutor, ovul, qishloq, shaharcha, stantsiya, shaharlarning nomlarini o’rgatadigan maxsus fandir.
Hozirgi vaqtda toponimistlar joy nomlarini faqat etimologiya va semantik jihatdangina emas, balki so’z yasalishi jihatidan ham tahlil qilmoqdalar. Antroponim - kishining ismi, familiyasi, laqabi (Mahmud Qoshg’ariy, Munis Xorazmiy), antroponimika - kishi ismi, familiyasi, laqabini (masalan, Toshkentboy, Qo’qonboy, Xo’jaqul), etnotoponimika esa qabila, urug’ – aymoq millat, xalq nomiga qo’yilgan nomlarni (Qozoqboy, Qirg’izboy, O’zbekxon) o’rganadigan fan tarmoqlaridir. Sabur (Saburov) – turkiy ”sabr”, arabcha “sobir” (chidamli) so’zlaridan olingan. Polvonov – turkiy tillarda “polvon”, forscha “Paxlavon” (botir, qahramon ma’nosida) so’zlaridan olingan, keyinchalik ruscha “ov” qo’shimchasi qo’shilib Polvonov familiyasi kelib chiqqan.
Dalvarzin, Qo’ng’irot, Nukus, Mitan va hakozolarni istisno qilganda, barcha toponimlar ikki va undan ortiq tarkibiy qismdan (komponentdan) iborat. Bunday qaraganda hech qanday qo’shimchasiz faqat bir so’zdan iboratday tuyuladigan Jizzax, Qo’qon, Yozyovon, G’alcha kabi toponimlar aslida ikki komponentdan tuzilgan.
Biroq, Qarshi (saroy, qasr), Hisor (qo’rg’on), Buxoro (Bixara-ibodatxona), CHim (qo’rg’on), Yon (bekat), Yop (kanal) kabi nomlar mustaqil toponimlar shaklida uchraydi. Ba’zan esa Qum, zax, supa kabi geografik atamalar ham hech qanday qo’shimchasiz toponimlar xosil qilgan. Biroq ana shunday birgina geografik atamadan tuzilgan nomlar ko’pincha shu toponimlarning xalq og’zida qisqartirilgan shakli bo’lib chiqadi. Masalan, Qumqishloq deyish o’rniga Qum; Zaxariq deyish o’rniga Zax; Supatepa deb qo’ya qolishadi. Biroq hech qanday qo’shimchasiz tol, Pidana (yalpiz), yantoq, tulki kabi nomlar ma’no jihatdan aslida bu o’simlik va hayvonlarga hech qanday aloqasi bo’lmasligi, ko’pincha tamomila boshqa so’zlarning fonetik jihatdan o’zgarishi natijasida shu shaklni olgan bo’lishi mumkin.
Yuqorida aytilganlardan shunday xulosaga kelish mumkin: toponimika uch printsipga asoslanadi: a) toponimlarning paydo bo’lish tarixini o’rganish; b) toponimlarning geografiyaga oid ma’lumotlarini aniqlash; v) asosiy qidirilayotgan toponimlarning barcha nomdagilarini ilmiy asosda alohida – alohida o’rganib, ulardan xulosa chiqarishdir.
Geografik nomlarni ularning kelib chiqishi va tarixi bilan bog’liq holda o’rganish, ularni klassifikatsiya qilish nisbatan yaqin vaqtlarda boshlangan. Bu sohada atoqli toponimist A.X.Vostokovning xizmati kattadir. U Rossiyadagi daryo nomlarini ularning oxirgi qo’shimachlariga qarab guruhlarga bo’ladi va bu qo’shimchalar hozir katta ma’noni anglatmasa ham qadimgi xalqlar tilida ma’lum ma’noni bildirgan bo’lsa kerak, degan xulosaga keladi. A.X.Vostokov fikri XIX asr oxiri - XX asr boshlaridagi ba’zi bir toponimistlarning asarlarida o’z rivojini topdi.
XX asr boshlarida toponimik tatqiqotlar ancha keng quloch yoydi. Ikkinchi jahon urushidan oldingi davrda olimlardan A.I. Sobolevskiy, N.Ya.Marr, S.V.Veselovskiy, V.V.Bartolьd, V.P.Semyonov – Tyanshanskiy, V.G. SHastakovich toponimika sohasida ayniqsa samarali ishlar qildilar.
O’rta Osiyo, jumladan O’zbekiston toponimikasini o’rganish sohasida V.V.Bartolьdning xizmatlarini alohida qayd qilib o’tish kerak. Urushdan keyingi yillarda toponimika rivojida katta bir o’sish davri bo’ldi. Endilikda toponimika sohasida ko’pgina olimlar jamoasi ish olib bormoqdalar. Ayniqsa keyingi davrlarda T.Nafasov “Qashqadaryo toponimikasi”, I.Qodirova “Toshkent mikrotoponimikasi”, O’.Begmatov esa Antrotoponimika – kishi nomlarini o’rganish sohasida ilmiy ishlar olib bordilar.
O’rta Osiyo, jumladan O’zbekiston toponimlarini o’rganish uzoq tarixga ega. O’zbekiston toponimikasini o’rganishda mashhur rus sharqshunos olimlari hamda tarixchilari: V.L.Vyatkin, N.F.Sityakovskiy, L.N.Sobolev, V.V. Bartolьd, S.P.Tolstov, P.P.Ivanov, M.E.Masson, O.A.Suxareva va boshqalar bu sohada katta ishlarni amalga oshirdilar.
Respublika joy nomlarining kelib chiqishi tarixini va millat, qabila, elat, urug’–aymoq nomlarining kelib chiqishi tarixini hamda geografiyaga oid atamalarini o’rganishda Ya.G’.G’ulomov, A.Asqarov, R.N.Nabiev, A.R.Muhammadjonov, F.Abdullaev, S.Ibrohimov O’zbekistonda birinchi toponimik kartateka tuzishda ishtirok etgan X.T.Zarifov: etnonimlar – O’.Fozilov, M.SHoabdurahmonov, X.Doniyorov, R.Qo’ng’irov, A.Ashirov; geograflardan X.Hasanov, S.Qoraev kabilarning ishlari diqqatga sazovordir.
Toponimlarni o’rganish ma’lumot to’plashdan boshlanadi. Bu ish odatda O’lkashunoslik bo’yicha tatqiqot olib borilayotgan mikrorayon, qishloq, ovul, keyinchalik ma’muriy tuman hamda viloyat va o’lka miqyosida amalga oshiriladi. Ish boshlash oldidan taxminiy ish reja va dastur ishlab chiqilishi zarur. SHu asosda tayyorgarlik ishlari olib boriladi, so’ng dala tatqiqot ishlariga o’quvchi va talabalar jalb etiladi.
O’lkashunoslik bilan shug’ullanuvchi o’qituvchilar toponimikaga doir adabiyotlar bilan yaxshi tanishib chiqashlari zarur. Bu borada ularda quyidagilarni taklif etish mumkin: V.A.Nikonovning “Vvedenie v toponimiku” va “Kartkiy toponimicheskiy slovarь” asarlari, X.Xasanovning “O’rta Osiyo joy nomlari tarixidan”, Xodi Zarifning “Lug’at va termin to’plovchilarga yordam”, Ye.M.Mirzaev va V.G.Mirzaevalarning “Slovarь mestnыx geograficheskix terminov” va S.Qoraevning “Geografik nomlar ma’nosini bilasizmi?”, “O’zbekiston viloyatlari toponimlari” kabi asarlaridir.



Download 0,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish