Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
1. Toponimika tushunchasi xaqida nima bilasiz?
2. Mikro va makro toponimlarning farqi?
3. Toponimik ma’lumotlar qanday to’planadi?
4. Toponimikaning o’lkashunoslikdagi ahamiyati qanday?
5. O’zbekistonda turizmning rivoji haqida qanday ma’lumotlarga egasiz?
Glossariy: Tayanch so’zlar izohi:
Toponimika – lotincha “topos –joy, “onima” - nom, umuman joy nomini o’rganuvchi fan.
Antrotoponimika – lotincha “antropo”- odam, “onima”- nom, kishi ismi, familiyasi, laqabini o’rganuvchi fan tarmog’i.
Vixara – sanskritcha “ibodatxona”.
Hadra – chegara, chekka.
Qo’yliq – pastlik, quyilik.
Toshkent – tosh shahri yoki tosh bilan o’ralgan joy, degan ma’nolarni bildiradi.
Oykonimlar - SHahar, qishloqlarning nomlari.
CHokardiza – qo’shni qal’a o’rdasi.
Kalit so’zlar: Joy nomlari, mikro va makro toponimlar, toponimika tarmoqlari, gidronim, dimunitiv, metofara, metonimiya, mustaqil (bir o’zakli) toponimlar, toponimistlar, etnotoponim, Toshkent darvozalari, shahar devori, tarixiy obidalar, madrasi, maqbara, masjid, xonaqoh, minora, peshtoq, koshin.
Ma’ruza - 9 Mavzu: O’lkа tаriхini o’gаnishdа аrхivlаrning o’rni
Arxiv so’zi lotin tilidan olingan bo’lib, «Arxivium» - “hukumat binosi”, degan ma’noni anglatadi. Arxivlarda tashkilot, muassada, korxona, jamoa va davlat xo’jaliklarining, ayrim shaxslarining ko’p yillik faoliyati haqidagi ma’lumotlar, hujjatlar saqlanadi. O’lka tarixini haqqoniy o’rganishda bu hujjatlarning ahamiyati juda katta. Arxiv hujjatlarini qidirib topish, ular ustida ishlash va olingan ma’lumotlarni hayotga tadbiq etish murakkab ish.
Hozirgi kunda O’zbekiston Respublikasi rahbariyati professor–o’qituvchilar zimmasiga ana shu hujjatlarni har tomonlama o’rganib, tarix, shaxs va jamiyatga doir darslarda keng foydalanish va yoshlarni shu yo’l bilan har tomonlama bilimli, barkamol shaxs qilib kamol toptirish vazifasini yuklamoqda.
Arxiv materiallari maktab va oliy o’quv yurtlarida o’lka tarixidan o’qilayotgan ma’ruza va amaliy mashg’ulotlarda yoshlarni o’tmishda kechgan ijtimoiy - siyosiy va madaniy jarayonlarning haqqoniy holati haqida aniqroq tasavvurga ega bo’lishida asosiy omil bo’lib xizmat qiladi hamda maktab o’lkashunoslik muzeyini tashkil qilishga yordam beradi.
Arxiv hujjatlari yozma va og’zaki shaklda bo’lishi mumkin. Og’zaki tarixiy hujjatlar har xil texnika vositalari bilan yozib yoki tasvirlab olinadi. Hujjatlar maxsus joylarda, ya’ni arxivlarda sohalarga ajratilib xronologik sanalariga, qimmati va ahamiyatiga qarab, tartibga solingan holda saqlanadi.
Bizgacha Qo’qon va Xiva xonliklaridagi va Buxoro amirligining Qushbegi arxivlari yetib kelgan. 1876 yil A.L.Troitskaya Qo’qon xonligi arxivi ustida tadqiqot olib bordi va «Katalog arxiva Kokandskix xanov XIX vekov» nomli risolasini yozdi.
O’zbekistonda arxivshunoslik ishlari faqat 1917 yildan keyin o’z ravnaqini topdi. XX asrning 20–yillardan boshlab arxiv ishlariga katta e’tibor berildi. Hujjatlarni saqlash va ulardan har tomonlama foydalanish maqsadida Xalq Komissarlari Sovetining 1918 yil 1 iyunda “Arxiv ishini qayta qurish va markazlashtirish haqida” deb nomlangan dekretiga asosan Moskvada Davlat arxiv fondi tashkil etildi.
SHu dekretga asosan tarqoq arxivlar markazlashdi. 1918 yil arxiv ishi bo’yicha «Yagona Davlat Arxivi Jamg’armasi»(YaDAJ) to’g’risida qaror qabul qilindi. SHu qarorga asosan tarqoq arxivlar markazlashdi.
1919 yil 15 - noyabrda «Arxiv ishlari Markaziy boshqarmasi» (AIMB) boshlig’i V.I.Kucherbaev Moskvadan Toshkentga keldi.U arxivshunos D.I.Nichkin bilan hamkorlikda Toshkentda arxiv ishlarini tartibga solish uchun tadqiqot ishlarini olib bordi.
Hozirgi vaqtda Davlat Arxiv Fondi (DAF) tarkibiga 1917 yilgacha va undan keyingi davrlar bo’yicha barcha tashkilotlarning faoliyati, muassasalar va ayrim shaxslar, shuningdek tarixiy yozma yodgorliklar, huquq, san’at, adabiyot va Hamdo’stlik davlatlari xalqlarining maishiy, ma’naviy madaniyati, kinofoto hujjat fondlari, kinofilьm negativlari, fotosuratlar, grammafon, patifon plastinkalari va yozib olingan ovoz materiallari, ilmiy-tarixiy va amaliy ahamiyatga ega bo’lgan boshqa narsalar: illyustratsiyalar, qo’lyozma negativlar, shuningdek, targ’ibot va tashviqot maqsadida nashr qilingan plakatlar, varaqalar, e’lonlar va boshqalar, mikrofoto hujjatlari kiritilgan.
Markaziy Davlat Arxiv Fondlari qat’iy ilmiy asosda tashkil qilingan bo’lib, ular bu yerda joylashgan xalq xo’jaligi, ilmiy tadqiqot va ilmiy ma’rifiy ishlarga doir hujjatlardan aniq va tez foydalanish imkonini beradi. Davlat Arxiv Fondini boshqarish Davlat Arxivi Bosh boshqarmasi (DABB) ga topshirilgan. DABB va uning joylardagi organlariga bir qator yirik Davlat tarixiy arxivlari qaraydi. Bular quyidagi Hamdo’stlik mamlakatlari miqyosidagi arxivlardir: Moskvadagi qadimgi hujjatlarni saqlaydigan Markaziy Davlat arxivi, Sankt–Peterburgdagi Markaziy tarix arxivi, Moskvadagi Markaziy harbiy–tarixiy arxiv, Sankt – Peterburgdagi Markaziy harbiy–dengiz floti Davlat arxivi, Oliy davlat organlari Bosh boshqarmasining arxivi, Moskvadagi Markaziy xalq xo’jaligi Davlat arxivi, Markaziy Armiya arxivi, Markaziy adabiyot va san’at arxivi, Markaziy davlat kinofoto hujjatlari arxivi va 50 ta Respublika Markaziy davlat arxivlari, 130 ta viloyat va o’lka Davlat arxivlari va 2000 ga yaqin shahar va tuman Davlat arxivlari ham Davlat arxivlari Bosh boshqarmasiga qaraydi. Bundan tashqari, har bir viloyat markazida o’sha viloyatning faoliyatiga oid tarixiy hujjatlarni saqlaydigan viloyat Davlat arxivlari bor.
Toshkentdagi O’zbekiston Respublikasi Markaziy Davlat arxivi (O’zRMDA) saqlanayotgan qimmatbaho hujjatlarning soni va mohiyati jihatidan O’rta Osiyo davlatlari Markaziy Davlat arxivlari ichida eng yirigidir. Unda asosan XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab, to hozirgi vaqtgacha bo’lgan juda ko’p sonli hujjatlar saqlanmoqda. Turkiston General gubernatorligiga qarashli, hozirgi O’zbekiston, Turkmaniston, Tojikiston, Qirg’iziston va qisman Qozog’iston Davlatlari hududlaridagi viloyat, uezd, volost, muassasa va korxona hamda tashkilotlarning tarixiy faoliyatiga doir bo’lgan muhim hujjatlar mana shu Markaziy arxivda saqlanmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |