Jaxon tarixi


Mavzuni mustahkamlash uchun savollar



Download 0,64 Mb.
bet23/35
Sana06.07.2022
Hajmi0,64 Mb.
#745938
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   35
Bog'liq
Tar.O\'lk.va.Turizm.UMK.Sirtqi

Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
1.Arxivlar haqida qanday tushunchaga egasiz va ularning o’lkashunoslikdagi axamiyati qanday?
2.O’zbekiston Markaziy Davlat arxivi qanday fondlarga ega?
3.Mustaqil O’zbekistonda arxiv ishlari qanday yo’lga qo’yilgan?
4.Arxiv ishlarini tashkil etishga doir O’zbekistonda qanday qonunlar qabul qilingan?

Glossariy: Tayanch so’zlar izohi:
Fond – arxivlarda ma’lum yo’nalishdagi hujjatlar saqlanadigan joy, jamg’arma.
DAF – Davlat Arxiv Fondi.
Arxiv – (hujjat asrov) davlat ahamiyatiga molik hujjatlar saqlanadigan muassasa.
Kalit so’zlar: Arxiv hujjatlari, arxiv jamg’armasi (arxiv fondlari), xujjatlarning yagona saqlanmasi, arxiv ishlarining yo’lga qo’yilishi, arxiv ishlarining yo’lga qo’yilishi, arxiv ishlarini qayta qurish, kinofilь negativlari, fotosurat, xaritalar, plakat, hujjatlarni kompьyuterlashtirish, arxiv ishiga doir qonunlar.

Ma’ruza – 10

Mavzu: Tarixiy o’lkаshunoslikni o’rgаnishdа muzey eksponаtlаri vа o’lkаshunoslik to’gаrаklаri.


1960–1990 yillar muzeyshunoslikni mustaqil ilmiy fan sifatida tan olish masalasi bo’yicha xalqaro munozaralar davri bo’lib, ushbu yillarda muzeyshunoslikka mustaqil fan maqomi berildi. Muzeyshunoslik bo’yicha ilmiy ishlar maydonga keldi. Muzeyshunoslik bo’yicha lug’atlardan o’rin olgan, turli mamlakatlarda iste’molda bo’lgan, xalqaro miqyosda eng faol ishlatiladigan “ob’ekt”, “predmet”, “muzeyshunoslik metodi” kabi muhim tushunchalarga aniqlik kiritadigan maxsus til ishlab chiqildi. Muzeyshunoslik fanlararo ahamiyatga ega bo’lgan, rivojlanayotgan, fanning mustaqil sohasi, o’quv fani sifatida rasmiy e’tirof etildi1. Muzeyshunoslikni nazariy fan sifatida taqdim etilishida faol ishtirok etgan xorijiy muzeyshunoslar jumlasiga I.Benet, I.Neustupniy, A.Grigoriy, V.Xerbst, I.Ave, K.SHrayner, V. Gluzinskiy va boshqalarni kiritish mumkin.
Respublikamiz hududida uch turdagi muzeylar mavjud bo’lib, birinchi turdagi muzeylarga ilmiy–tadqiqot va madaniy – ma’rifiy ishlarni olib boradigan muzeylar kiradi. Ikkinchi turdagi muzeylarga faqat bir soha bo’yicha ilmiy–tadqiqot ishlar olib boradigan, muzey labaratoriyalarga ega bo’lgan maxsus muzeylar (masalan, O’zbekiston Fanlar akademiyasi qoshidagi bakteriologiya va mineralogiya muzeyi) kiradi va nihoyat, uchinchi turdagi muzeylarga faqat o’quv turidagi muzeylar kiradi. Bu muzeylarning asosiy maqsadi o’quv jarayonini zamon talablari darajasida yaxshilashdan iborat. Muzey turlari ko’p jihatdan unda saqlanayotgan kollektsiya jamg’armalarining tavsifiga, ular faoliyatining yo’nalishiga bog’liq. SHuningdek, turli fan sohalariga tegishli bo’lgan muzeylar ham bor. Bu muzeylar orasida ko’proq ma’lum bo’lganlari asosan tegishli soha mutaxassisliklariga oid tarmoq muzeylardir. Masalan, O’zbekiston tarixi Davlat muzeyi, Tasviriy san’at muzeyi, Alisher Navoiy nomli adabiyot muzeyi, Turkiston harbiy okrugi muzeyi, Termiz davlat arxeologiya muzeyi, Tabiatshunoslik muzeylarini aytish mumkin. Arxeologiya va etnografiya materiallari deyarli hamma muzeylarda keng ko’lamda o’z o’rnini topgan. Ammo harbiy-tarixiy, memorial, regional, san’atshunoslik, texnika muzeylarini ko’proq o’sha soha mutaxassislariga mosligi bilan cheklanib qolgan. O’quvchilarni ularni o’rganishga qiziqtirish davr talabidir.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, muzey materiallari asosida o’lkamiz eng qadimgi davriga oid noyob, yodgorliklarni, qadimgi va o’rta asrlarga oid ashyoviy materiallarni keyingi vaqtlarda, ayniqsa, mustaqillik yillarida yurtimizda erishilgan yutuqlar va ulkan bunyodkorlik ishlarini o’zida aks ettiruvchi eksponatlarni muzeylarda, shuningdek, maxsus ko’rgazmalarda namoyish qilib borish keng jamoatchilikni, shu jumladan, o’quvchi va talabalarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishiga xizmat qiladi. Muzeylarimizning ko’pchiligi tarixiy va madaniy yodgorliklarni tadqiq va targ’ib qiladigan qutlug’ maskanlarga, buyuk allomalarimiz - oqil va fozil kishilar asarlari, nodir qo’lyozmalarining hamda xalq ustalari yasagan buyumlar saqlanayotgan xazinalarga aylangan.
Bugungi kunda O’zbekistonda madaniyat va sport ishlari Vazirligi tasarrufidagi 82 ta muzey mavjud bo’lib, shulardan 39 tasi tarix, o’lkashunosik, turizm ixtisosligidagi muzeylardir. O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi tasarrufida esa uchta muzey bo’lib, O’zbekiston tarixi Davlat muzeyi, Temuriylar tarixi Davlat muzeyi, Alisher Navoiy nomidagi Adabiyot muzeylari shular jumlasidandir.
So’nggi yillarda mamlakatimizdagi bir qator qadimiy shaharlarning yubiley - tantanalari o’tkazildi. YuNESKO qarori bilan Xiva, Buxoro va Termizning 2500 yilligi, SHahrisabz, Qarshining 2700 yilligi, Samarqandning 2750 yilligi va Vatanimiz poytxti Toshkentning 2200 yilligini o’tkazilishi ushbu shaharlardagi tarixiy obidalarni tiklash, ta’mir qilinishiga, shuningdek, ulardagi muzeylar ishini tubdan yaxshilanishiga, kollektsiyalarni yangi arxeologik topilmalar bilan to’ldirilishiga imkon berdi. Ulardan biri Termiz arxeologiya muzeyi bo’lib, 2001 yilning 24 oktyabrida tashkil etildi. Muzey o’z faoliyatini 2002 yil 2 aprelidan boshlagan. Uning fondlarida viloyatning moddiy va ma’naviy madaniyatiga oid 27000 dan ortiq ashyolar saqlanadi. Bu yerda yig’ilgan va saqlanayotgan barcha materiallar muzeyning ilmiy bazasini tashkil etadi va uning faoliyatida asos bo’lib xizmat qiladi. Mana shu manbalar asosida muzeylar ilmiy tadqiqot hamda madaniy–ma’rifiy, ta’lim–tarbiyaviy ishlarni olib boradi.
Mustaqillik sharofati bilan Respublikamiz Prezidenti I.A.Karimov tashabbusi asosida mamlakatimizda qatag’on qurbonlari xotirasini abadiylashtirish maqsadida “SHahidlar xotirasi” yodgorlik majmuasini barpo etishga qaror qilindi va bu borada ulkan ishlar amalga oshirildi. Jumladan milliy mustaqillik, vatan ravnaqi, yurt ozodligi uchun jonini fido qilgan o’g’lonlarning qutlug’ xotirasiga poytaxtimizning Yunusobod tumanida tashkil etilgan “Qatag’on qurbonlari xotirasi ” muzeyi 2002 yil 1 avgustda ochildi. Muzeyning aynan shunday o’lchovdagi yonma-yon qurilgan II qismi 2008 yilda o’z foliyatini faoliyat boshladi.
Mustaqillik yillarida muzey–qo’riqxonalarga ham davlat tomonidan e’tibor kuchaytirildi. Masalan, Samarqand Davlat muzey – qo’riqxonasi o’zining 100 yildan ziyod davom etgan faoliyati natijasida Respublikamizning yirik muzey–qo’riqxonasiga aylandi. 1977 yilda u Xalqaro Muzeylar Kengashi (IKOM) ga a’zo bo’lgan. Muzey - qo’riqxona xodimlari Xalqaro Muzey Kengashi dasturi bo’yicha Frantsiya, Germaniya, Irlandiya, Rossiya, Ukraina, Latviya, Qozog’iston kabi mamlakatlarda bo’lib o’tgan anjumanlarda qatnashdilar. O’z navbatida 1981 yil Xalqaro muzeylar Kengashining mintaqaviy anjumani qatnashchilarini qabul qildi.
So’nggi yillarda tashkil etilgan muzeylardan biri - islom dini tasavvuf oqimi tarixi muzeyi bo’lib, u buyuk hamyurtimiz, O’rta Osiyodagi tasavvuf ilmining asoschilaridan biri Abduxoliq G’ijduvoniyning 900 yilligi va Bahovuddin Naqshbandiyning 685 yilligi yubileylari munosabati bilan ochildi. Undagi ekspozitsiya materiallari VII asrdan XXI asr boshlariga qadar bo’lgan davrga oiddir. Ekspozitsiya markazida “Qur’oni Karim”ning qo’lyozma nusxalaridan biri va uning atrofida “Hadislar” joylashtirilgan. Buning o’ziga xos ramziy ma’nosi bor. CHunki, tasavvuf ta’limoti negizida maqaddas sanaladigan Qur’oni Karim va Hadisi SHarif yotadi.
Nufuzli muzeylardan yana biri - O’zbekiston Respublikasi geologiya va mineral resurslar Davlat qo’mitasining geologiya muzeyi 1988 yili ochilgan. Muzeyda O’zbekiston geologiya muzeyi boshqarmasi tomonidan to’plangan kollektsiyalar hamda geologiya tashkilotlari, muassasalar, taniqli geolog olimlar tomonidan 75 yil davomida to’plangan kollektsiyalar jamlangan. Geologiya muzeyi qisqa vaqt ichida Davlat geologiya qo’mitasining tadqiqot ishlari hamda Respublikamizning turli hududlarida izlanishlar olib boradigan ilmiy-o’quv markaziga aylandi. Zero, u geologik ishlab chiqarish bilan shug’ullanadigan turli tashkilot va muassasalarning muzeylari ustidan uslubiy–boshqaruv markazi vazifasini ham amalga oshiradi. Aholi keng qatlamlari , oliy va o’rta maxsus ta’lim tizimida o’quv - ma’rifiy ishlarning olib borilishini ham geologiya muzeyi o’zining muhim vazifasi deb hisoblaydi. Muzey ekspozitsiyalari va saqlov xonalarida saqlanayotgan ashyolar soni 32 000 dan ortiqdir.
Muzeylar faqatgina dam olish, madaniy hordiq chiqarish maskani bo’libgina qolmay, balki ular dunyoqarashimizni kengaytirishda ham muhim ahamiyatga ega.
Taniqli olimlar va jamoat arboblari A.P. Fedchenko, V.F.Oshanin, N.A.Maev va boshqalarning tashabbusi bilan 1876 yilda ta’sis etilgan O’zbekiston xalqlari tarixi Davlat muzeyi haqida alohida to’xtalish lozim. U O’rta Osiyoda eng to’ng’ich muzey hisoblanadi. O’zining 135 yilga yaqin o’tgan faoliyati davrida muzey respublikaning eng yirik ilmiy-tadqiqot, madaniy–oqartuv dargohiga aylandi. Endilikda u O’zbekiston xalqining beqiyos ma’naviy–madaniy boyligi saqlanayotgan muborak xazina timsolida ardoqlidir. Uning fondida 250 mingdan ortiq turli eksponatlar mavjud bo’lib, ayni vaqtda ular jahonning ko’plab mamlakatlarida o’tadigan ko’rgazmalarning ko’rki hisoblanadi. Muzeylarimizga yuz minglab chet ellik sayyoh va mehmonlar hamda boshqa sayyohlar tomosha qilish uchun tashrif buyurmoqda yoki ziyorat qilishmoqda. Muzey ekspozitsiyalari Belьgiya, AQSH va Yaponiya singari chet el mamlakatlarida bir necha marta namoyish qilingan. Eksponatlar rang-barang bo’lib, eng qadimgi davrlardan tortib, hozirgi vaqtgacha bo’lgan yodgorlik namunalari, eksponatlarni o’z ichiga olgan. Uning birinchi bo’limida tosh (eramizdan oldingi 600–3 minginchi yillar) asri materiallari namoyish qilinadi. Bu yerda shuningdek, ko’chmanchilik davri madaniyati, Zamonbobo manzilgohidagi odamlarning dehqonchilik merosi sayyohlarning e’tiborini o’ziga jalb etadi.

Download 0,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish