Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
1.O’lkamizning eng qadimgi davri arxeologlar tomonidan qanday o’rganiladi?
2.O’lkamizda ona urug’i (matriarxat) davri qancha davom etgan?
3. Kaltaminoraliklar chaylasi haqida nima bilasiz?
4.O’lkamizda ota urug’i (patriarxat) davri qachon shakllangan?
5. Metallning ishlab chiqarishga joriy etilishi nimalarga olib keldi?
6. O’lkamizda kechgan o’rta asrlar davri hayotining xususiyatlari haqida so’zlang.
7. O’lkamizda yerga egalik munosabatlari qachondan va qanday shakllanib bordi?
8. Yangi davrdagi ilmiy tadqiqotlar haqida nima bilasiz?
9.O’lkamizning yangi davri haqida qanday ma’lumotlarga egasiz?
Glossariy: TAYANCH SO’ZLAR IZOHI:
Arxeologiya – lotincha “arxayos ”- qadimgi, “logos” – fan, qadimgi davrni o’rganuvchi fan yoki “qadimshunoslik” fani, degani.
Selung’ur – ilk tosh davriga oid Farg’ona vodiysidan topilgan qadimgi odamlar manzilgohi.
Teshiktosh – O’rta tosh davriga oid Surxondaryoning Boysun tog’laridan topilgan manzilgoh.
Zardusht - shu nomdagi din asoschisining nomi. NAUS – ostadonlar saqlanadigan joy – xona. egasi (XI –XII asrlardan esa qishloqning oddiy jamoa a’zosi). DEGREZ – quyuvchilik kasbi.
Kalit so’zlar: Ibtidoiy jamoa davri, mustьe madaniyati, so’nggi paleolit, eniolit, bronza davrlarida o’lkamiz, Kaltaminorliklar chaylasi, Tozabog’yop madaniyati, Zamonbobo yodgorligi, Zardushtiylik dini yodgorliklari, Tuproqqal’a, Bolaliktepa, Varaxsha, Fayoztepa, Panjikent yodgorliklari, o’lkamiz yangi davrda, Toshkent – Islom madaniyati poytaxti, konfessiya, Respublika baynalmilal madaniyat markazi.
Ma’ruza – 6
3-modul.
Mavzu: Yozuvlаr tаriхi
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning bevosita tashabbusi bilan xalqimizning yangi tarixini yaratishga kirishildi va bu borada bir qator ijobiy ishlar amalga oshirildi. So’nggi yillarda O’zbekiston arxeologlari tomonidan qator ilmiy kashfiyotlar qilindi. SHulardan biri, O’zbekiston hududida eng qadimgi yozuv nusxalarining topilishidir. Ushbu yangilik O’zbekiston hududini insoniyat tamaddunining ilk o’choqlaridan biri ekanligini ko’rsatuvchi o’ta muhim ashyoviy dalildir. Yozuvning paydo bo’lishi inson tafakkurining noyob mo’jizasi bo’lib, ular dastavval qoya toshlarda, sopol hamda metall parchalarida va nihoyat, qog’ozda ifodalanishi bilan bizgacha yetib kelgan.
Eng dastlabki yozuv usuli fanda piktografik belgilar deb ataladi. Uni SHumerliklar miloddan avvalgi IV ming yillikda ixtiro qilgan. SHummer piktografik yozuvi dastavval surat tariqasida vujudga kelgan. Insonlar tabiatda mavjud bo’lgan va uchraydigan narsalarning surati yordamida o’z fikrlarini ifodalashgan. Bunda hayvonot va o’simliklar dunyosi, tabiat jismlari, sayyoramiz yo’ldoshlari tasvirlarida eng ko’p foydalanganlar.
Piktografik belgili yozuvlar Qadimgi SHarqning ko’plab hududlarida, jumladan Qadimgi Hindiston, Eron, Xitoy va O’rta Osiyoning janubiy viloyatlarida topildi. Surxondaryo vohasining bronza va ilk temir davri yodgorliklari – Jarqo’ton, G’ozdan so’nggi yillarda sopollarga bitilgan belgilar topildiki, bu ashyoviy manbalarni ilk tamaddun o’choqlaridan topilgan piktografik belgili yozuvlarga taqqoslash natijasida shu fikrga kelindi.
Jarqo’ton sopollariga bitilgan belgilar o’tkir tig’li asbob bilan tirnab yozilgan. U oddiyligi, zoolatirik tavsifi bilan SHumer, Qadimgi Eron piktografik yozuvlarini takrorlaydi. O’zining shakli va yozilish uslubiga ko’ra Jarqo’ton yozuvlari SHahdod, To’g’aloq, Gonur piktografiya maktabiga juda yaqinligi kuzatiladi. Bu esa jarqo’tonliklarning bronza davrida Janubiy Turkmaniston va Eron aholisi bilan juda yaqin madaniy va iqtisodiy aloqada bo’lganligini tasdiqlaydi.
Jarqo’tonda piktografik yozuvlarning, Qoratepa hamda Fayoztepada qadimgi baqtriya, braxma va kxaroshtxi yozuvlarining topilishi, shubhasiz O’rta Osiyoni yozuv paydo bo’lgan mintaqalar qatoriga qo’shishga to’la imkon beradi. SHu tariqa O’rta Osiyo Mesopotamiya, Eron, Hindiston, Misr va Xitoydan keyin turadigan tamaddun o’chog’i sifatida jahon tarixiga kirdi.
Insoniyat tarixida shumerliklar miloddan avvalga IV ming yillikda - bugungi kundan olti ming yillar avval piktografik yozuv usulini ixtiro qilganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |