Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
O’lkashunoslikning qanday turlarini bilasiz?
O’lka tarixi haqida ma’lumotlar qoldirgan qaysi mahalliy tatqiqotchilar va ularning asarlari xaqida bilasiz?
Turizm nima?
O’lkamiz tarixiga oid qanday sayohatnoma mazmunidagi asarlar yozilgan?
Tayanch so’zlar izohi:
Sfragistika - muhrlarni o’rganuvchi fan
Geralьdika - tamg’a (gerb) larni o’rganuvchi fan
Epigrafistlar - tosh, metall, sopol va yog’och kabi buyumlarning sirtidagi yozuvlarni o’rganuvchi tatqiqotchilar.
Kalit so’zlar: O’lkashunoslik turlari, o’lkashunoslikning rivojlanishi, mahalliy tadqiqotchilik, davlat o’lkashunosligi, maktab o’lkashunosligi, akademik-litsiy va kasb-hunar kollejlari o’lkashunosligi, o’lkaga oid materiallar, o’lka tarixi,
Glossariy:
Quldorlik jamiyati – insoniyat tarixida ibtidoiy jamiyat o’rniga kеlgan tuzim. Quldorlik jamiyatida – quldorlar va qullar bilan ayni paytda erkin dеhqonlar, hunarmandlar va boshqa ijtimoiy guruhlar ham mavjud bo’lgan. Davr o’tishi bilan bu jamiyat ishlab chikaruvchi kuchlar rivojlanishiga to’siq bo’la boshlagan. Qullar qo’zg’olonlari quldorlikning еmirilishini tеzlashtirgan.
O’rta asrlar tarixi – qadimgi dunyo tarixi bilan yangi tarix oralig’idagi davr V asr oxiridan XV asr oxirigacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi.
Fеod – еr; G’arbiy Yevropada fеodalizm davrida sеnor tomonidan harbiy xizmat evaziga, vassalga in'om qilingan еr-mulk.
Fеodal – yirik еr egasi, sеnor.
Fеodal rеntasi – fеodalizm davrida mavjud bo’lgan еr solig’i. Fеodal rеntasi uch bosqichni boshidan kеchirgan: dastlab ishlab bеrish rеntasi, barshchina, kеyinchalik oziq-ovqat rеntasi (natural) solig’i va nihoyat XV asrdan pul solig’iga o’tilgan.
Ma’ruza -2 MAVZU: Tarixiy o’lkаshunoslik va turizmning аsosiy mаnbаlаri.
O’lkashunoslik asosiy 5 ta manbadan iborat bo’lib, ular: arxeologiya, etnografiya, toponomika, arxivshunoslik va muzey eksponatlaridir. Ular o’zaro aloqador bo’lib, biri– ikkinchisini to’ldiradi. Yuqoridagi 5 asosiy manbasiz o’lka tarixini mukammal o’rganib bo’lmaydi.
“Tarixiy o’lkashunoslik va turizm fani”ning” asosiy manbalaridan biri bu “Arxeologiya” dir. “Arxeologiya” - so’zi lotin tilidan olingan bo’lib, “arxayos” - qadimgi, “logos” - fan, ya’ni qadimgi davrni o’rganuvchi fan degan ma’noni bildiradi yoki uni qadimshunoslik fani, deb ta’kidlash ham o’rinlidir.
Dunyo xalqlarining bir necha yuz ming yillardan beri davom etib kelayotgan tarixi bor. Lekin shu uzoq tarixiy taraqqiyotning eng keyingi 5-6 minginchi yillaridan boshlabgina yozma asarlari paydo bo’lib, undan avval xalqlarda yozuv va uning tarixi bo’lmagan.
Biroq, yozuv paydo bo’lgandan keyin ham ko’pgina voqealar batafsil yozilmay qolgan, podsholarning buyruqlari, ruhoniylarning diniy ta’limotlari, xazinalarning hisob-kitoblarida hamda, turli urushlar haqidagi yozma asarlar esa o’z zamonasining ishlab chiqarish usullari va vositalarini, xalqning maishiy hayotini yetarlicha aks ettira olmagan.
Demak, qadimgi qishloq va shaharlar qazib ko’rilganda, u yerlardan qadimgi xalqlarning uy-joy qoldiqlari, uy-ro’zg’or buyumlari, zeb-ziynat buyumlari, e’tiqot yodgorliklari topiladi. Bu narsalar esa yozma tarixdagi ma’lumotlarga qaraganda o’sha davr turmushini har yaqqol yoki aniqroq yoritib berishga yordam beradi. Yozma tarix paydo bo’lgungacha kechgan bir necha yuz ming yillik davr tarixi xamda yozma tarix paydo bo’lgandan keyingi davr hayotini to’laligicha o’rganish zaruriyati o’sha davr odamlarini yoxud xalqlaridan qolgan buyumlarni tekshirib ko’rishni taqozo etadi. Bunday yodgorlik buyumlarini tekshiruvchi fan esa arxeologiyadir. Arxeologiya ibtidoiy odamlar yashagan makonlarni, qadimgi davrdan qolgan shahar, qishloq va mozorlarni qazib ko’rib, tarixini aniqlaydi.
Arxeologlar qazishma usuli bilan ish ko’radilar. Yozuvlar paydo bo’lmasdan burungi davr tarixini arxeologiya qazishmalarida topilgan buyumlar to’ldiradi, arxeologiya qazishmalarining natijalari esa matbuotda keng yoritib boriladi.
Tarixiy ma’lumotlarga qaraganda tarixiy tadqiqotchilik O’rta Osiyoda juda ham qadimdan boshlangan. Xorazmlik mashhur olim Beruniyning yozishiga ko’ra, arab istilochilari O’rta Osiyodagi mahalliy olimlarni yo’qotibgina qolmay, mahalliy til va mahalliy yozuvdagi asarlarni ham yo’q qilib, yondirib yuborganlar. SHu sababli eng qadimgi zamonlarda yozilgan asarlar saqlanmagan. Ming yil davomida yozilib kelgan tarixiy asarlar esa juda ko’p. Muhammad Narshaxiyning “Buxoro tarixi”, Bal’amiyning “Tarixi Taboriy» asari yozilganiga ming yildan oshdi.
Lekin, O’rta Osiyoda arxeologiya, yuqorida aytilganidek juda yosh fan. Rossiyada bu fan XVIII asrning o’rtalarida paydo bo’lib, XIX asrda ancha rivojlangan. O’sha vaqtda olimlar Rossiya yerlarida ko’plab topilgan O’rta Osiyo qadimgi tanga pullarini to’plab, ularni tekshirib Rossiya bilan O’rta Osiyo xalqlarining qadimdan iqtisodiy aloqada bo’lib kelganini isbot etdilar. XIX asrning II yarmida, O’rta Osiyo CHor Rossiyasi tomonidan bosib olingandan keyin bu yerga kelgan har bir mutaxassis va savodxon kishi qal’alar va shaharlar xarobalarini, sun’iy tepalarni, qadimdan qolgan binolarning xarobalarini ko’rib, ularning tarixini surishtira boshladilar. Natijada, 1870 yillarda Toshkentda chiqa boshlagan gazeta va jurnallarda bu tarixiy yodgorliklar haqida turli ma’lumotlar e’lon qilina boshlandi. Bunday xarobalarni tekshirish jarayonida, hatto “xazina” izlab, ba’zi tepalarni buzib yuborishgacha bordilar.
Bir guruh taraqqiyparvar ziyolilar - arxeologiya havaskorlari hozirgi O’zbekiston tarixi Dpalt muzeyini tashkil etib, har joyda topilgan arxeologiyaga oid yodgorliklarni bu yerga to’plashga kirishdilar. SHarqshunoslar N.I. Veselovskiy, V.V.Grigorьev, V.V. Bartolьd, V.L.Vyatkin shuningdek, o’zbek arxeologlardan Akrom polvon Asqarov va boshqalar bu yodgorliklarni tarixshunoslik nuqtai nazardan o’rganish ishida tashabuskor bo’ldilar.
Hozir Toshkentdagi tarix, sana’at va tabiat muzeylarida to’plangan boy arxeologiyaga oid ashyolar to’plamining katta qismi o’sha havoskorlar tomonidan XIX asrda yig’ilgan.
Bundan tashqari, ular bir qancha muhim yodgorliklarda qazishma ishlari ham olib bordilar. Bu borada, ayniqsa, arxeolog - sharqshunos V.L.Vyatkinning xizmatari alohida tahsinga loyiqdir. SHarqshunoslar Ulug’bek rasadxonasining izlarini topish uchun ko’p urindilar, nihoyat, Samarqandda istiqomat qiluvchi V.L. Vyatkin qadimgi vasiqalarni o’rganish asosida rasadxonani o’rnini aniqladi. 1908-1909 yillarda bu joyda arxeologik qazish olib boradi va rasadxonaning sektanti - binoning buzilgan g’isht va naqshlarini umuman esa rasadxonaning 8 dan 1 qismi topildi. Bu ish tarix fani uchun katta kashfiyot bo’ldi. SHu bilan birga, arxeologiya havaskorlari qadimgi Samarqanddagi “Afrosiyob” tepaligida bir necha qazishma ishlari o’tkazdilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |