Jaxon tarixi


Mavzuni mustahkamlash uchun savollar



Download 0,64 Mb.
bet17/35
Sana06.07.2022
Hajmi0,64 Mb.
#745938
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   35
Bog'liq
Tar.O\'lk.va.Turizm.UMK.Sirtqi

Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
1.O’lkashunoslik qanday manbalarga asoslanadi?
2. O’lkashunoslikda arxeologiya faning ahamiyati qanday?
3.V.L.Vyatkinning arxeologiya sohasidagi tadqiqotlari haqida nima bilasiz?
4.O’zbekistonda arxeologiyaning rivojlanishiga doir qanday ma’lumotlarga egasiz?
5.O’zbek arxeologlaridan kimlarni bilasiz?
6. Akademik Ya.G’.G’ulomov ilmiy maktabi haqida nimalarni bilasiz?
Glossariy:
Tayanch so’zlar izohi:

Moddiy yodgorliklar - inson tomonidan yaratilib, bizgacha saqlangan bigiz, bolta, taqinchoq kabi ashyoviy narsa, buyumlar.
Madaniy qatlam - o’tmishning ma’lum bir davrlariga xoc odamlarning hayot tarzi kechgan joy.
Kalit so’zlar: O’lkashunoslik va turizmning asosiy manbalari, arxeologiyaning o’lkashunoslik va turizmdagi o’rni, qadimshunoslik, moddiy yodgorliklar, arxeologik topilma, moddiy jismlar, ashyo, ilmiy-madaniy muassasalarning shakllanishi, “Turkiston viloyatining gazeti”, “Turkiston to’plami”, ilmiy jamiyatlar, Ulug’bek rasadxonasi, arxeologik tadqiqotlar, arxeolog olimlar, o’zbek arxeologlari,


Ma’ruza -3


2-modul.

MAVZU: O’lkаshunoslikdа аrхeologiyaning roli.


Ibtidoiy jamoa davri ilk odam zotining paydo bo’lishidan to jamiyatining sinflarga ajralishigacha bo’lgan uzoq davrni o’z ichiga oladi.
Dastlab odamlar urug’-aymoq va oila degan narsani bilmasdan ibtidoiy (to’da) holda yashaganlar. Bu davr odamlari toshdan qurol yasab, uni ishlatib va qurollarni takomillashtira borgan sari, o’zlari ham rivojlanib borgan. Bu qurollar qo’lda qo’pol qilib, kertib ishlangan bir-ikki xildan oshmagan tosh qurollar bo’lgan. Ishlab chiqarish texnikasi jihatidan bu davr ilk paleolit (qadimgi tosh) (milloddan avvalgi 2 mln. 100 ming yilliklar (dunyo tarixida 3 mln. yillar oldin boshlangan)) davri deb atalib, mehnat qurollari taraqqiyot bosqichi jihatidan olduvay, shell, ashel va must’e davrlari deb ham ataladi; bu davr paleolit davrining quyi va o’rta bosqichini tashkil qiladi. Bu davrlarda yashagan zinjantrop (Afrika odami), pitekantrop (maymun odam), sinantrop (xitoy odami), geydelberg (germaniya odami), neandertalь tipidagi odamlar tuzilishi jihatidan odam bilan maymun o’rtasidagi holatda bo’lganlar. Ular to’da-to’da bo’lib yashab, mayda hayvonlar, hashorat, turli meva va o’simlik ildizlarini yeb kun kechirganlar. Ular so’zlashishni bilmaganlar. Sinantrop ashel texnikasidan foydalangan bo’lsa, neandertal odami mustьe davriga to’g’ri keladi.
Janubiy Turkmanistonda, Toshkent viloyatining Bo’stonliq tumanida va Farg’onada, Qoraqum cho’lida ham ashel davrining ba’zi qurollari topilgan. Demak, bundan taxminan 400 - 500 ming yillar ilgari O’rta Osiyo va O’zbekistonda ashel qurollarini ishlatgan ibtidoiy, to’da holatidagi odamlar yashagan.
Bu davrda tosh qurollarning turi va ishlanishi texnikasi ancha yaxshilanganligi sababli, odamlar yog’ochning uchini six qilib ishlash hamda suyakdan asbob yasashni o’rgandilar. Qo’l mehnatining nisbatan yuqoriroq shakllangan bu davri o’rta paleolit (miloddan avv. 100–40 ming yilliklar) da “must’e madaniyati“ davri, deb ataladi. Bu ashel davridan keyin keladi. Bu davrda neandertalь odami yashagan. Bular ibtidoiy to’da holidan urug’-aymoq munosabatlariga o’tishga yaqinlashib, bir oz so’zlashishni ham o’rgana boshlaganlar. Bu davr kishilari jamoa bo’lib, katta- katta hayvonlarni ovlash, bir joyda ko’plab yashash orqasidan to’da holatdan urug’ tartibiga ko’cha boshlaganlar.
1938 yili Surxondaryodagi Boysun tog’ida joylashgan “Teshiktosh g’ori” tekshirilganda bu joy must’e davrida yashagan odamlarning makoni bo’lib chiqdi.
1946 yilda Samarqand viloyati Urgut tumanidagi “Omonqo’ton g’ori” da o’sha davr odamlarining makoni va tosh qurollari topildi. 1954 yilda Farg’ona vodiysining Qayroqqum cho’lida ham bir necha yerda must’e davri mehnat qurollari topilgan.
Keyingi yillarda bir qancha yangi-yangi yodgorliklar topilib tekshirilishi tufayli, O’zbekiston paleoliti must’e davri sinchiklab o’rganildi. Must’e makonlari Surxondaryo viloyati Boysun tumanidagi “Teshiktosh” da, Samarqand viloyatidagi “Omonqo’ton g’ori” da, Toshkent viloyatining CHirchiq vodiysidagi “Xo’jakent va Obirahmat g’orlari”da, Ohangaron vodiysidagi “Ko’lbuloq”da, Buxoro viloyatidagi “Uchtut”da, Farg’ona vodiysining “Qal’a va So’x” atroflarida topib tekshirildi.
Must’e davrining oxirlariga kelib ov qilinadigan qurollarning ko’payishi, uzoq atrofdagi aholi bilan aloqa bog’lanishi natijasida ma’lum bir joyda muqim holda yashagan bir guruh kishilar o’rtasida qon-qarindoshlik munosabatlari boshlanadi.
Ishlab chiqarish imkoniyatlarining rivoji jihatidan bu davr must’e davrining oxiridan boshlanadi. Pitekantropdan to neandertalь odamigacha yarim million yildan ortiqroq o’tgan vaqt ichida o’zgarib kelgan odam tipi bu davrda hozirgi odam holatiga aylanadi. Olimlarning hisoblab chiqishiga qaraganda, bu davrning tugaganiga 40 ming yilcha bo’lgan, endi quyi va o’rta paleolit tamom bo’lib, yuqori paleolit boshlanadi.

Download 0,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish