SOVET ITTIFOQI DAVRIDA O‘ZBEKISTON SSRDA ARXIV ISHI (1925-1945)
Reja: 1. 1925-1941 yillarda O‘zbekiston SSRda arxiv ishining tashkil qilinishi. 2. Ikkinchi jahon urushi (1941-1945) yillarida O‘zbekistonda arxiv ishi.
TAYANCH SO‘ZLAR VA IBORALAR O‘zSSR MIK Prezidumi, SSSR Qizil Armiya Markaziy davlat arxivi, Markaziy harbiy davlat arxivi, NKVD, ko‘rsatgich (putevoditel), ro‘yxat, katalog, O‘zSSR Oktyabr inqilobi markaziy davlat arxivi, arxiv ro‘yxati (opis).
1. 1925-1941 yillarda O‘zbekiston SSRda arxiv ishining tashkil qilinishi. O‘rta Osiyoda milliy – hududiy chegaralanish o‘tkazilishi natijasida O‘zbekiston SSR va boshqa respublikalar vujudga kela boshlagan. 1924 yil 5 dekabrda O‘zSSRning Inqilobiy Komiteti O‘zbekiston SSR tashkil topganini e’lon qilgan. Buning natijasida O‘zbekiston SSRning o‘z arxiv tashkilotlari vujudga keldi. Mavjud bo‘lgan arxiv hujjatlari Yangi tuzilgan respublikalar o‘rtasida quyidagi tartibda bo‘linadigan bo‘ldi. O‘rta Osiyo va ittifoq ahamiyatiga ega bo‘lgan arxiv jamg‘armalari O‘rta Osiyo Markaziy arxivda – Toshkentda saqlanadigan bo‘ldi. Har bir respublikaga oid arxiv jamg‘armalari shu respublikalarga beriladigan bo‘ldi.
1924 yil 28 dekabrda maxsus qaror bilan O‘zSSR MIK huzurida O‘zSSR arxiv ishlari Markaziy boshqarmasi tashkil qilindi. O‘zbekiston hududida tashkil bo‘lgan barcha arxivlar, masalan, Farg‘ona, Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xorazm va boshqa viloyatlarda vujudga kelgan arxiv jamg‘armalari ham O‘rta Osiyo markaziy arxivi tuzilmaganligi uchun O‘zbekiston arxiv boshqarmasiga topshirildi. Chunki bu O‘rta Osiyo arxiv jamg‘armalari Toshkentda vujudga kelgan edi. Shunday qilib, O‘zSSR arxivida faqat respublika tarixiga oid hujjatlargina emas, balki butun O‘rta Osiyo tarixiga doir materiallar saqlana boshladi.
O‘zSSR MIK va XKSning 1925 yil 22 iyul qarori bilan “O‘zSSR arxiv ishlari Markaziy boshqarmasi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi. Bu nizomga ko‘ra respublikada Yagona davlat arxiv jamg‘armasi (YADAJ) tashkil qilindi. Bu jamg‘armaga hukmat, savdo, sanoat, kooperativ, kasaba uyushmalari tashkilotlari arxivlari, shuningdek, diniy va shaxsiy arxivlar kiritiladi, deb ko‘rsatildi.
1925-1930 yillarda arxivlarda ishlaydigan xodimlar soni qisqartirildi. Chunki bu yillarda SSSRda, shuningdek, O‘zSSRda ham industrlashtirish siyosati o‘tkazilib, butun mablag‘ qat’iy tejalgan holda industrlashtirishga sarflangan edi. Shu sababli Arxiv boshqarmasida 1924 yildagi 46 xodim o‘rniga 1925-1930 yillari bor-yo‘g‘i 17 kishi ishladi. Bu hol arxiv tashkilotlari faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Arxiv hujjatlarini tartibga solish ishlari, ulardan foydalanishni tashkil etish sur’ati ancha pasaydi.
Qiyinchiliklarga qaramay arxiv tashkilotlari xodimlari hujjatlarni saqlab qolishni o‘zlarining muhim vazifalari deb bildilar. Turkiston, Buxoro, Xorazm respublikalarining tugatilishi munosabati bilan bu respublikalar davlat idoralari arxiv materiallarini qabul qilish, ularni respublika poytaxti Samarqandga tashib borish ishlarini amalga oshirdilar. Faqat 1925 yil Yanvar oyining o‘zida Markaziy arxivga 50 mingga Yaqin saqlov birligidagi arxiv materiallari qabul qilindi.
Arxiv hujjatlarini Markaziy arxivga yig‘ish ishlari keyingi yillarda ham davom etdi. 1925-1929 yillarda 134 arxiv jamg‘armasi qabul qilindi. 1929 yili Markaziy arxivda 863 arxiv jamg‘armasi va 764 ming hujjat jamlangani edi. Viloyatlar arxivlarida 924 arxiv jamg‘armasi va 994 ming hujjat saqlanardi. Shuni ta’kidlash kerakki, arxiv xodimlari kam bo‘lganligi sababli davlat arxivlaridagi hujjatlarning Yarmidan ko‘pi tartibga solinmagan, bayon qilinmagan edi. Tabiyki, bunday holda ulardan foydalanishning ham imkoni bo‘lmagan. Shuning uchun davlat tashkilotlarining o‘z arxivlarini tartibga solib, ro‘yxat tuzib ularni davlat arxivlariga (Markaziy va viloyat arxivlariga) topshirish talabi qo‘yildi.
1929 yil may oyida O‘zSSR MIK Prezidumi O‘zSSR arxiv ishlari Markaziy boshqarmasi ma’ruzasini eshitdi. Qabul qilingan qarorda shu uqtirildiki, Markaziy arxiv tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar uning oldiga ilmiy tashkilot sifatida qo‘yilgan talablarga javob bermaydi. Ma’ruzada Markaziy arxiv o‘z faoliyatiga ilmiy-tadqiqot ishlariga, hujjatlarni e’lon qilishga, maxsus hujjatlar to‘plamlari tayyorlashga alohida e’tibor berishi kerak, deb ko‘rsatib o‘tildi.
1930 yil 9 aprelda O‘zSSR MIK Prezidumi qarori bilan O‘zSSR arxiv ishlari boshqarmasi O‘zSSR Markaziy arxiv boshqarmasi deb o‘zgartirildi.
Sovet davri arxivlarining ko‘payib borishi bilan SSSR MIK va XKS qarori bilan 1929 aprelda Davlat arxiv jamg‘armasi kelib chiqishi bo‘yicha inqilobgacha va sovet davri arxiv jamg‘armalariga hamda ahamiyati bo‘yicha markaziy, mahalliy arxiv jamg‘armalariga bo‘lindi.
1931 yil 20 mayda O‘zbekiston SSR MIK, O‘zSSR Markaziy arxiv boshqarmasi va uning mahalliy idoralari to‘g‘risidagi nizom haqida qaror qabul qilindi. Shu bilan birga O‘zbekiston SSR Markaziy arxiv boshqarmasi huzurida O‘zSSR Oktyabr inqilobi Markaziy davlat arxivi va O‘zSSR Markaziy tarix arxivi tashkil qilindi. Farg‘ona va Samarqand shaharlarida ularning bo‘limlari tashkil etildi. SHahar va tumanlarda zarur hollarda tuman va shahar davlat arxivlari tashkil qilishga qaror qilindi.
1934 yil iyulda SSSR MIK qarori bilan O‘zbekiston Markaziy Davlat arxiv boshqarmasi tarkibida O‘zbekiston harbiy arxivi tashkil qilindi. 1945 yil oxirlarida bu arxiv tugatildi va barcha arxiv jamg‘armalari Moskvadagi SSSR Qizil Armiya Markaziy davlat arxiviga topshirildi.
O‘zSSR tarkibida Qoraqalpog‘iston ASSRning tashkil bo‘lishi munosabati bilan 1934 yil 11 martda QQASSR Markaziy arxiv boshqarmasi tuzildi.
30-yillarda respublika arxiv tashkilotlari kadrlar bilan ham ancha mustahkamlandi. 1929 yili arxiv tashkilotlarida hammasi bo‘lib 34 ta xodim ishlagan bo‘lsa, 1941 yilga kelib ularning soni 111 taga etdi. Shuningdek, arxiv xodimlarining malakasini oshirishga ham e’tibor berildi. 1932-1941 yillarda Moskva davlat tarix-arxiv instituti qoshidagi malaka oshirish kursiga 18 kishi yuborildi. Toshkentda Markaziy arxiv boshqarmasi qoshidagi malaka oshirish kursida shahar, tuman, viloyat arxivlari xodimlari muttasil malakasini oshirib bordilar.
Arxiv xodimlarining asosiy vazifalaridan biri tashkilotlarda hujjatlarni davlat arxivlariga qabul qilish, ularni tartibga solish va ilm-fan uchun ulardan foydalanishni tashkil qilish edi. Bu sohada ancha ishlar qilindi. 1936 yili respublika arxivlarida 1534 ta arxiv fondlari va 1 mln 001 ming 680 saqlov birligida hujjatlar saqlanardi.
1941 yilga kelib fondlar soni 4116 taga etdi, hujjatlar esa, 1 mln 580 ming 450 saqlov birligidan oshib ketdi. Bu hujjatlarning yarmidan ko‘pi tartibga solingan bo‘lib, ulardan foydalanish mumkin edi.
Arxiv tashkilotlari XX asr 30-yillarida arxiv hujjatlaridan ilmiy maqsadda foydalanishga alohida e’tibor berdilar. 1935-1936-yillarda 200 dan ortiq maqola matbuotda e’lon qilindi. 1932 yili «O‘rta Osiyoda 1916 yil qo‘zg‘oloni» deb nomlangan hujjatlar to‘plami e’lon qilindi, 1933-1934 yillari «Toshkent Sovetining 1917 yilgi protokollari», «O‘rta Osiyoda milliy davlat chegaralanishi» nomli hujjatlar to‘plamlari tayyorlandi.
Arxiv hujjatlaridan boshqa maqsadlarda ham foydalanildi. Har yili arxiv hujjatlarining ko‘rgazmalari tashkil qilinib, namoyish etildi. Markaziy arxiv qiroatxonasida har yili yuzlab olimlar ilmiy ishlari uchun hujjatlardan keng foydalandilar.
XX asr 30-yillari ikkinchi yarmida SSSRda arxivlar Ichki ishlar xalq komissarligi tasarrufiga o‘tkazildi, shu bilan birga “xalq dushmanlarini” fosh etishda faol ishtirok etishi boshlandi. 1938 yil aprelda SSSR Oliy Soveti qarori asosida Markaziy arxiv boshqarmasining nomi SSSR NKVD Bosh arxiv boshqarmasi deb o‘zgartirildi. Xuddi shunaqa o‘zgarishlar hamma sovet respublikalarida amalga oshirildi. Masalan, O‘zbekiston SSR Oliy Sovet Prezidumining 30 dekabr 1938 yilgi qarori va O‘zSSR NKVD 17 Yanvar 1939 yilgi buyrug‘i bilan butun respublika arxiv tizimi 1iyun 1939 yildan boshlab O‘zSSR NKVD tasarrufiga o‘tdi. Bu jarayon o‘z o‘rnida mamlakatda keyinchalik ma’muriy-buyruqbozlikning kuchayishiga olib keldi.
Respublika arxiv tashkilotlarining O‘zSSR NKVD tizimiga muvofiqlashtirish keyinchalik ularning mavqeini tushirish va mustaqilligini yo‘qolishi bilan birgalikda olib borildi. Shuningdek, 1940 yil 21 iyulda O‘zSSR XKS qaroriga asosan, respublika arxivi O‘zSSR NKVD Arxiv bo‘limi, mahalliy arxiv boshqarmalari – ichki ishlar organlarining hududiy arxiv bo‘limlari sifatida qayta tashkil qilindi.
2002 yil 31 avgustda tashkil etilgan Qatag‘on qurbonlari memorial muzeyi arxiv materiallarini joylashtirilishi davrning olib borgan say harakatlarini ko‘rsatuvchi ko‘rgazma bo‘ldi. Toshkent shaxri markazida shahidlar yodgorligi majmuiga qo‘shimcha tarzda qurilgan muzeyni Prezident I. Karimovning rasmiy tashrifi ochib berdi. I. Karimov XIX asrning o‘rtalaridan beri to‘plangan Rossiya va Sovet hukmronligidagi ko‘rgazma ashyolarini ko‘zdan kechirdi. Markaziy Osiyodagi ko‘plab qo‘zg‘olonlarning chor hukmati tomonidan bostirilishi arxiv hujjatlari hamda rasmlarda yorqin aks yettirilgan. 1930 yillarda yuz minglab O‘rta Osiyoliklarning o‘limiga sabab bo‘lgan Stalin ta’qiblari asosan hujjatlarda ifodalangan. Davlat Xavfsizligi Komitetining arxividan olingan diagramalar quloq qilingan o‘zbek dehqonlaridan olinggan ot ulov va boshqa buyumlarning sonini batafsil aks yettiradi. 1930 yillar oxiridagi “tozalashlar” (chistka) davridagi xibsga olingan oila a’zolarining zid hukmiga noroziliklari, ijro farmonlari imzolangan tilxatlar ko‘rgazmaning Yana bir qismi hisoblanadi. Mustaqillikka o‘tishni ko‘rsatish uchun olib borilgan say-harakatlarga soxta qamoqxonada tinka madori qurigan o‘zbek yigitini so‘roq qilayotgan rus ofitserining maketlari ham ko‘rgazmaga kiritilgan. Ko‘rgazmani ko‘zdan kechirib chiqqan I. Karimov so‘zga chiqdi: Mustamlaka siyosati xo‘rlik va azob uqubat olib keldi. Bizning xo‘rligimiz ko‘plab yillar davomida og‘ir qiyinchiliklarni boshidan kechirdi. Xalqimiz o‘z millati tarixini hurmat qilib kelgan. Bu davrda xalqimizning minglab aybsiz o‘g‘lonlari qurbon bo‘ldilar. Bu esa xalq o‘zligini tan olishdagi asosiy sabablardan biridir.
1999 yil 2 martdagi Prezident qaroriga asosan tashkil etilgan “shahidlar yodgorligi majmuasi” va uning Islom Karimov tomonidan qo‘llab quvvatlanishi nafaqat mahalliy balki g‘arblik kuzatuvchilarni ham hayratga soldi. Mustaqillikkacha bo‘lgan bir necha yil mobaynida O‘zbek qaxramonlarida Rossiya afsonalariga (cho‘pchaklari) nisbatan shubha paydo bo‘ldi. I. Karimov Kommunistik G’oya a’zosidan 1986 yilda O‘zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasining 1-sekretari lavozimiga ko‘tarildi. 1991 yil avgust oyida Sovet Ittifoqi qulagandan so‘ng mustaqillikni e’lon qilgan liderlardan hisoblandi va Kommunistik g’oyani Xalq Demokratik g’oyasi deya qayta nomlab, millatparvar siyosatida hokimiyatni boshqarishni davom etdi. Shunga qaramasdan 1993 yilda u oldingi tuzumni ozgina bo‘lsada eslab shunday degan edi sovet tarixining etmish to‘rt yili izsiz yo‘q bo‘lib ketdi deyuvchilar xato qiladilar. Bu vaqt davomida qadriyatlar shakllandi1.