Javob : Xo‘roz patini.
Izoh : Shuning uchun yunonlar gallarni «xo‘roz» deb masxaralashar edi
Savol : Miloddan avvalgi 279 yilda Epir podshosi Pirr qo‘shinlari Adriatika dengizi sohilidagiAuskul shahri yonida bo‘lgan jangda Rim qo‘shinlarini tor-mor etgan. Shunda Pirr: «Agar bizrimliklar ustidan yana bir marta shunday g‘alaba qilsak,…» - degan. Uning so‘zlarini davomettiring.
Javob : «…tamomila halok bo‘lamiz».
Izoh : Bu jangda Pirr o‘zining juda ko‘p jangchilaridan ayrilgan
Savol : Xitoyliklar undan juda ko‘p zarar ko‘rishgan. Shuning uchun ular uni «Tentak»,«Xitoyning sho‘ri», «Ming xil kulfat keltiruvchi» deb atashgan. U xozir qanday ataladi?
Javob : Xuanxe daryosi
Savol : Qadimgi Xitoyda istilochilik urushlari va b. harakatlari uchun juda katta mablag‘ talabetilgan Xan podsholigi bo‘lgan.Aynan o‘sha hokimiyat davrida qashshoq oilalarda yosh bolalar,keksa ota, ona, buvi va buvalarni o‘ldirish hollari ko‘payib ketgan. Bunga nima sabab bo‘lgan?
Javob : Saltanatda soliq haddan tashqari oshirilib, jon boshi solig‘i yosh go‘daklar va keksalardan ham olinar edi. Kamroq soliq to‘lash maqsadida shunday qilishga majbur bo‘lishgan.
Savol : O’tmishda ko‘chmanchilar ro‘zg‘orida u buyum eng qimmat, hatto muqaddashisoblanardi. Birov agar ko‘chmanchining o‘zini haqorat qilsa,u buni ko‘pincha esdan chiqaribyuborar, ammo o‘sha narsasini haqorat qilsa, bunga asli chiday olmas, urishib-janjallashar, hatto«to‘p»ga solib to‘qqiz ayb jarima soldirtirar edi. Ko‘chmanchilar ro‘zg‘orida bunchalike’zozlangan buyum nima?
Javob : Qozon.
Savol : Oskar Uayld shunday yozgan: «Jamiyatning pul haqida boylardan ham ko‘proqo‘ylaydigan faqat bitta sinfi bor, bu ulardair». Kimlar?
Javob : Kambag‘allar.
Savol : Hind faylasuflari Charvak degan ta’limot yaratganlar. Bu ta’limotga ko‘ra, ilm vabilimning bosh manbai - aynan udir. U nima?
Javob : Tajriba.
Savol : Xitoy tilida «samoviy tog‘lar» deb ayting.
Javob : Tyan-shan
Savol : «Alpomish» dostonida Alpomishning yoyi o‘n to‘rt botmon birichdan deb ta’rifberiladi. Botmon og‘irlik o‘lchov birligi ekanligini barchamiz yaxshi bilamiz. Birich nima?
Javob : Bronza.
Savol : XIX asrdan arifmometrlar keng qo‘llanila boshlandi. Hatto mahsus kasb mavjudbo‘lgan - ya’ni ma’lum tartibdagi instruktsiyalarni arifmometr yordamida tez va aniq bajaruvchiodam bo‘lgan. Bu odamni qanday atashgan?
Javob : Kalkulyator.
Savol : Antuan de Sent Ekzyuperi unga shunday ta’rif bergan: «Sening na ta’ming, naranging, na xiding bor, seni ta’riflash mumkin emas, sendan sening nima ekanligingni bilmaganholda lazzatlnishadi. Seni hayot uchun zarur deb bo‘lmaydi - sen hayotning o‘zisan. Sen biz o‘ztuyg‘ularimiz bilan tushuntirib bo‘lmaydigan quvonch bilan bizni to‘ldirasan. Sen dunyodagi engkatta boyliksan…». U nimaga ta’rif bergan?
Javob : Suvga.
Savol : Bu kitob 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va bu mualliflar turli jamiyatqatlamlaridan bo‘lishgan: davlat arbobi, baliqchi, cho‘pon, harbiy boshliq, vinochi, shifokor,shoh, soliqlar yig‘uvchi, shoir, faylasuf va b. Bu qaysi kitob?
Javob : Bibliya.
Savol : 1890 yilda Xosyu tomonidan chizilgan gravyurada bog‘ o‘rindig‘ida bir insono‘tiribdi. U boshiga shlyapa kiygan, egnida qora smoking va bo‘ynida kapalaknusxa bo‘yinbog‘ibor. Bu insonning tepasida «U - yangi fanning genial va kamtarin asoschisi» degan yozuv turibdi.Agar siz ushbu gravyurada kim tasvirlanganini topgan bo‘lsangiz, u o‘tirgan o‘rindiqning oldidaqanday daraxt o‘sib turganini ayting.
Javob : Olma daraxti (Gravyurada Isaak Nyuton tasvirlangan).
Savol : Hind matematigi, VI asrda yashagan Aryabxataning quyidagicha she’ri bor:Yuzga to‘rtni qo‘shib sakkizga ko‘paytir,Keyin yana oltmish ikki mingni qo‘sh. Natijani yigirma mingga bo‘lsang,Senga bir qiymat ma’lum bo‘ladi.Yuqoridagi to‘rtlikda qanday qiymat nazarda tutilgan?
Javob : Aylana uzunligining diametrga nisbati ya’ni Pi.
Savol : Ushbu tabiat hodisasi haqida hamma narsa ma’lum va hech narsa ma’lum emas.Optiklar tasvirlar va formulalar bilan bu hodisa haqida gapirib berishlari mumkin. Ularnio‘rganish deyarli mumkin emas, chunki ular buyurtma bo‘yicha paydo bo‘lmaydilar. Agar sizso‘z qaysi tabiat hodisasi haqida ketayotganligini topgan bo‘lsangiz, shu tabiat hodisasi nomibilan ataluvchi asar yozgan o‘zbek yozuvchisini ayting.
Do'stlaringiz bilan baham: |