Javob : Qanot.
Izoh : Qushda-chi, sabot yo‘q, shuning-chun unga Qochib qolmoq uchun qanot berilgan.
Savol : Unga har qanday boylikning manbai, shon-sharafga olib boradigan yo‘l, chinakkamolijanoblikning yagona unvonidir deb ta’rif berishgan. U nima?
Javob : Mehnat.
Savol : Bu ro‘yxatda it birinchi o‘rinni egallaydi. Ot esa ushbu ro‘yxatda oxirgi o‘rinlardanbirida turadi. Bu qanday ro‘yxat bo‘lishi mumkin?
Javob : Xonakilashtirilgan hayvonlar ro‘yxati (Inson tomonidan it birinchi bo‘lib xonakilashtirilgan, ot esa deyarli oxirgi xonakilashtirilgan hayvon hisoblanadi).
Savol : Sherning ilonga aylanishi aql bovar qilmaydigan holat. Lekin bir asarda sherni ilondeb, o‘qilon deb atashadi. U qaysi asar?
Javob : «Shaytanat» (Asad-arabchada sher degani).
Savol : Bu qiymat suvda 225000, olmosda 124000, Kanada balzamida 198000, oltingugurtuglerodida 184000 ga teng. Bu qiymat havoda nechaga teng?
Javob : 300000 km/s (Gap yorug‘lik tezligining turli muhitlardagi qiymati haqida ketmoqda).
Savol : Ko‘pchilik fiziklar uni to‘g‘ri tartibda eslab qolish uchun quyidagi rus tilidagi iboraniyod olishni taklif etishadi: «Kajdiy oxotnik jelaet znat gde sidit fazan». Bu qanday ketma-ketlik?
Javob : Kamalakdagi ranglarning ketma-ketligi: krasniy (qizil), oranjeviy (olovrang), jeltiy (sariq), zeleniy (yashil), goluboy (xavorang), siniy (ko‘k) va fioletoviy (binafsharang).
Savol : U boshqalarga bu xaqda ma’lumot beradi, uning o‘zida esa bu ko‘rsatkich o‘rtacha 10ga, eng ko‘pi bilan 40 ga teng. U nima va u boshqalarga nima xaqida ma’lumot beradi.
Javob : Kakku qushi necha marta sayraganiga qarab insonlar qancha umr ko‘rishlarini bashorat qilish odati bor, kakkuning o‘zi esa 10 yil, eng ko‘pi bilan 40 yil yashashi mumkin.
Savol : Gyote shunday yozgan edi: «U hazillarni tan olmaydi, u doimo haqqoniy, doimojiddiy, doimo qattiqqo‘l, u doim haq, xatolar va yanglishishlar insonlar tomonidan kelib chiqadi».U nimaga shunday ta’rif bergan?
Javob : Tabiat.
Savol : Qadimgi yunonlar bu yerga kelganlarida bu yerda ozuqabop o‘t, o‘simlik va chorvamollari ko‘pligini ko‘rib hayratga tushganlar. Shuning uchun ular o‘sha yerni aynan shundayatagan ekanlar. Qanday ataganlar?
Javob : Buzoqlar mamlakati-ya’ni Italiya.
Savol : Etrusklar ularni muqaddas hayvon deb bilganlar. Ulardan faqat harbiymaqsadlardagina foydalanganlar. U qaysi hayvon?
Javob : Ot
Savol : Rimliklar gallarni masharalab, ularni bir nom bilan ataganlar, chunki gallardubulg‘alariga o‘sha narsani qadab yurar edilar. Ular nima qadab yurishgan?
Do'stlaringiz bilan baham: |