Javob : Abdulla Qahhor.
Izoh : Gap bu yerda saroblar haqida ketmoqda
Savol : 1853 yil tashkil etilgan ushbu kompaniyaning eng oxirgi ishlab chiqargan mahsulotidabalandlikni o‘lchash qurilmasi,kompas,barometr, termometr kabi qo‘shimcha qurilmalari bor.Uning asosiy qurilmasining vazifasi nima?
Javob : Vaqtni ko‘rsatish.
Izoh : Gap TISSOT kompaniyasi soatlari haqida ketmoqda
Savol : Britaniyalik haykaltarosh Entoni Gormli cho‘yandan inson figuralarini yasash bilanshug‘ullanadi.Uning eng yaxshi haykallari Britaniyaning ko‘pgina shaharlarini bezab turibdi.Uo‘zining cho‘yan figuralarini ko‘pincha bir insongdan andoza olib yasaydi.Siz menga buinsonning kim ekanligini emas,balki uning kasbi nima ekanligini ayting.
Javob : Haykaltarosh.
Izoh : U cho‘yan figuralarini o‘z gavdasidan andoza olib o‘ziga o‘hshatib yasaydi
Savol : Tailandning Sa Kaev provintsiyasida yashovchi pakana buqaning sohibi o‘zbuqasidan avlod olish niyatida huddi o‘sha zotdagi sigirni qidirishga tushdi.Qo‘shnixo‘jaliklardan birida u o‘z buqasining juftini topadi va uni sotib olmoqchi bo‘ladi,lekin sigir egasibunga rozi bo‘lmaydi. Shunda pakana buqa egasi bu vaziyatni o‘z foydasiga hal qilish yo‘linitopadi. Qanday qilib u o‘z maqsadiga erishadi?
Javob : U o‘z buqasiga o‘sha sigirni to‘y qilib olib beradi va «kelin»ni o‘zi bilan olib ketadi
Savol : Bartolomyu Gosnold 1606-1607 yil «Godspid»,otalar-asoschilar 1620 yil«Mayflauer»,Layf Erikson 1000 yil «Viking».Sizlar menga ushbu ro‘yxatni to‘ldiradigan va engmashhurini huddi shu tartibda ayting.
Javob : Xristofor Kolumb 1492 yil «Santa Mariya».
Izoh : Yuqoridagi ro‘yxatda Yevropadan Amerikaga turli yillarda uyushtirilgan ekspiditsiyalar keltirilgan.
Savol : Unga anchadan buyon haykal o‘rnatish niyatida edilar,lekin buning hech uddasidanchiqa olmayotgandilar.Lekin,1999 yil Yekaterinburgda nihoyat unga dunyodagi birinchiyodgorlik o‘rnatildi.Bronzadan quyilgan unchalik baland bo‘lmagan postamentda faqatgina birjuft yalang oyoqlarning izi turibdi.Bu haykal kimga o‘rnatilgan? Javob : Gerbert Uellsning «Ko‘rinmas odam»iga.
Savol : Qadimgi hind qo‘shiqlaridan birida «ko‘kdan ham ko‘kroq faqat u bo‘lishi mumkin»deyilgan.U nima? Javob : Indigo bo‘yog‘i.
Savol : Kataloniyaning O’rtaer dengizi qirg‘oqlarida barber qaroqchilari tomonidanispanlarning «El Sol»- «Quyosh» deb nomlangan kemasi bosib olinadi.U Neapoldan chiqib,Barselona tomon yo‘l olgan edi.Kemadagi bir necha yo‘lovchilar orasida besh yillik armiyaxizmatidan qaytayotgan 28 yoshli askar bor edi.U Jazoir podshosiga qullikka sotib yuboriladi.To‘rt marotaba qochishga uringach,nihoyat 1580 yilda 500 oltin eskudo evaziga qo‘yibyuboriladi.U inson kim edi?
Javob : Migel de Servantes Saavedra.
Savol : Dastlab Napoleon I o‘z jasoratini abadiylashtirish uchun Triumfal arkaniqurdirmoqchi emas edi.U o‘sha yerda bir hayvonning haykalini o‘rnatmoqchi bo‘lgan.Chunki buhayvonlarni ko‘rganida u hayratga tushar edi. Lekin ushbu maqsad amalga oshmadi,baribirTriumfal arka qurildi.U qaysi hayvonning haykalini o‘rnatmoqchi edi?
Javob : Fil.
Savol : Mashhur «Misr katta yodgorligi» da fir’avn Ramses II ning podshohligi haqidayozilgan va uning yoshi 3300 yil.Shundan 3130 yilini u o‘ziga qadrdon bo‘lgan Luqsordagi Nilqirg‘oqlarida turdi.Qolgan 170 yilini esa aynan mana shu o‘ziga begona bo‘lgan daryo bo‘yidao‘tkazmoqda.Bu qaysi daryo?