BIOLOGIYA - 18
1. Qaysi oʻsimliklarni xiromosomalarining geksaploid (6n)
toʻplamli turlari bor?
A) xrizantema, bugʻdoy B) bugʻdoy, karam
C) bugʻdoy, tamaki D) tamaki, xrixaztema
2. Shakli o‘zgargan novdalarni aniqlang.
A) lolaning piyozboshi; lavlagining ildizpoyasi;
qirqquloqning ildizpoyasi
B) shirinmiyaning ildizpoyasi; yantoqning tikanlari;
kaktusning tikanlari
C) makkajuxorining so‘tasi; yantoqning tikanlari;
do‘lananing tikanlari
D) nargisning piyozi; qirqbo‘g‘imning ildizpoyasi;
kaktusning tikanlari
3. Iguanada tangachalarini tekis joylashuvi va
tangachalarining yirik bo‘lishi, notekis va mayda
tangachaga nisbatan dominantlik qiladi. Bu genlar bitta
X xromosomda birikkan xolda irsiylanadi. Erkak
iguananing onasi mayda tekis tangachali, otasi
gomozigota yirik, notekis tangachali bo‘lgan. Shu iguana
mayda notekis tangachali urg‘ochi iguana bilan
chatishishidan xosil bo‘lgan individlarning 6 tasi tekis,
mayda kangachali iguana bo‘lsa, shu iguana qo‘ygan
tuxumlarini nechtasidan yirik, tekis tangachali iguanalar
chiqadi? (krosingover 40% ga teng)
A) 6 tasidan B) 8 tasidan
C) 9 tasidan D) 4 tasidan
4. Bug‘u va losni xromosomalar ayirmasi 20 ga, yig‘indisi
140 ga teng ekanligi ma’lum. Bug‘uda zigotasida
bo‘linish anormal kechishi tufayli hujayralarning
3-bo‘linish natijasida xosil bo‘lgan blastomerlarni 37,5%
qismi, 6-bo‘linish natijasida hosil bo‘lgan blastomerlarni
25% qismi, 10-bo‘linish natijasida hosil bo‘lgan
blastomerlarni 40%i bo‘linmay qolgan bo‘lsa shu
zigotani 12-bo‘linishdan so‘ng hosil bo‘lgan
blastomerlardagi autosoma xromosomalari nechtaga
yetganini hisoblang.
A) 89856 B) 76880 C) 92160 D) 66816
5. Quyidagi hayvonlarning qon aylanish sistemasiga tegishli
ma'lumotlar to‘g‘ri keltirilgan javobni aniqlang.
a) jayra; b) jo‘rchi
A) a-o‘ng bo‘lmachasidagi qonda kislorodning
konsentratsiyasi karbonat angidridga nisbatan past
bo‘ladi; b-o‘ng qorinchadagi qonda karbonat
angidridning konsentratsiyasi kislorodga nisbatan past
bo‘ladi
B) a-chap bo‘lmachadagi qonda kislorodning
konsentratsiyasi karbonat angidridga nisbatan past
bo‘ladi; b-o‘ng qorinchadagi qonda karbonat
angidridning konsentratsiyasi kislorodga nisbatan past
bo‘ladi
C) a-o‘ng bo‘lmachadagi qonda kislorodning
konsentratsiyasi karbonat angidridga nisbatan past
bo‘ladi; b-chap qorinchadagi qonda karbonat
angidridning konsetratsiyasi kislorodga nisbatan past
bo‘ladi
D) a-chap bo‘lmachadagi qonda kislorodning
konsentratsiyasi karbonat angidridga nisbatan past
bo‘ladi; b-chap qorinchadagi qonda karbonat
angidridning konsentratsiyasi kislorodga nisbatan past
bo‘ladi
6. Quyida tip (a), sinf (b), turkum (c), oila (d) lar nechta
berilgan?
1) kiprikli yassi chuvalchanglar; 2) qarchig‘aysimonlar;
3) to‘garak juvalchanglar; 4) kam tukli chuvalchanglar;
5) yirtqichlar; 6) suvsarsimonlar; 7) xasharotxo‘rlar;
8) sporalilar; 9) lolasimonlar; 10) bo‘g‘imoyoqlilar;
11) gidroid poliplar; 12) zuluklar; 13) oz tishlilar;
14) o‘rminchaklar.
A) a - 3 ta; b - 6 ta; c - 3 ta; d - 3 ta
B) a - 3 ta; b - 5 ta; c - 4 ta; d - 4 ta
C) a - 2 ta; b - 5 ta; c - 4 ta; d - 2 ta
D) a - 2 ta; b - 6 ta; c - 4 ta; d - 2 ta
7. Molluskalarda so‘lak bezlari (a) va jigar yo‘li (b) qayerga
ochiladi?
1) og‘iz bo‘shlig‘iga; 2) halqumga; 3) oshqozonga;
4) ichakka
A) a- 2; b- 4 B) a- 2; b- 3
C) a- 1; b- 3 D) a- 1; b- 4
8. Lichinkasi suzgich pufakli hayvon terisida parazitlik
qiladigan hayvonning qon aylanish sistemasi to‘g‘ri
keltirilgan javobni aniqlang.
A) Yurak qorinchasi → arteriyalar → o‘pka xaltasi →
to‘qimalar → venalar → yurak oldi bo‘lmachasi
B) Yurak oldi bo‘lmachasi → venalar → o‘pka xaltasi →
to‘qimalar → yurak qorinchasi
C) Yurak qorinchasi → arteriyalar → to‘qimalar →
venalar → jabra → yurak oldi bo‘lmachasi
D) Yurak oldi bo‘lmachasi → arteriyalar → to‘qimalar
→ venalar → jabralar → yurak qorinchasi
9. Keltirilgan ma'lumotlardan qaysi javobda xatolikka yo‘l
qo‘yilgan?
A) Merinos,Romanov,Xisor,Qorako‘l-qo‘y zotlari
B) Qorabayir,Axaltaka,Laqay va Vladimir-ot zolari
C) Yaroslavl,Qizil dasht,Xisor,Kostroma-qoramol zotlari
D) Lekgorn,Pervomaysk,Rod-aylend-tovuq zotlari
10. Saur va sugʻur hujayrasi uchun qaysi jarayonlar
umumiy?
1) fotosintez; 2) dissimilatsiya; 3) gastrulatsiya;
4) sitokenez; 5) E.P.T tuzilishi; 6) gametogenez.
7) mitoz bosqichlari; 8) nafas olish
A) 2, 5, 7 B) 2, 7, 8 C) 1, 4, 5 D) 3, 4, 7
11. Otasi va onasidan har xil jinsiy xromosoma olgan
organizmlarni juftlang.
1) belyanka ♀; 2) sesarka ♂; 3) shinshila ♂;
4) vuyrok ♀; 5) lama ♀; 6) kanna ♂; 7) drozofilla ♂;
8) kallima ♂; 9) kulrang satir ♀.
A) 4, 6, 7, 8 B) 2, 5, 7, 4
C) 1, 3, 6, 9 D) 2, 4, 3, 5, 6
12. Tovuqlarda patining qora rangi chipor rangga niabatan
retsessiv boʻlib X xromosomaga bogʻliq xolda
irsiylanadi. Boʻynida pat boʻlmasligini dominant genlar
taminlaydi va ular autosomada joylashgan. Chatishtirish
uchun olingan xoʻrozni (otasi qora rangli, gomozigota
boʻynida pati yoʻq va onasi chipor, boʻyni patli) pati
qora, boʻyni patli tovuq bilan urchitilishi natijasida hosil
boʻlgan joʻjalar pat rangiga(a) va boʻynida pat bor
yoʻqligiga (b) koʻra qanday fenotipik nisbat xosil
boʻladi?
A) a-2:2; b-2:2 B) a-3:1; b-1:3
C) a-1:2; b-1:1 D) a-1:2; b-1:2
13. Qaysi javobda zaharsiz organizmlar to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
1) belyanka; 2) gelikonius; 3) korall aspidi;
4) ko‘rgalak;5) Amerika suviloni; 6) qalqontumshuq;
7) tikandum skat; 8) oynasimon kapalak
A) 5, 6, 7, 8 B) 1, 2, 3, 5
C) 1, 4, 5, 8 D) 2, 5, 6, 7
14. Energiya almashinuvining tayyorgarlik (a) va anaerob
(b) bosqichlariga xos xususiyatlarni belgilang. 1) yog‘lar
glitserin va yog‘ kislotalargacha parchalanadi;
2) glyukoza molekulasi ikki molekula sut kislotasigacha
parchalanadi; 3) ikki molekula sut kislotaning to‘liq
parchalanishidan 36 molekula ATF xosil bo‘ladi;
4) ajralib chiqqan energiyaning 60% i issiklik energiyasi
sifatida tarqab ketadi; 5) uglevodlar glukozagacha
parchalanadi
A) a-5; b-1,3 B) a-1,3; b-2,4
C) a-1,5; b-2,4 D) a-1; b-2,3
15. Quyida keltirilgan o‘simliklar nechta bo‘limga tegishli?
1) kordaitlar; 2) lupin; 3) porfira; 4) paparotnik;
5) yong‘ichqa; 6) parmeliya 7) tuxumak; 8) zuxrasoch
A) to‘rtta B) uchta C) beshta D) oltita
16. Quyidagilardan qaysi birining erkagi yirik bo‘ladi?
A) siklop B) askarida
C) vyurok D) butli o‘rgimchak
17. Quyida berilgan tushunchalarni ma’nolari to‘g‘ri
ko‘rsatilgan javobni aniqlang.
a) traxeid; b) sklereid; c) suberin; e) periderma
1) ikkilamchi qoplovchi to‘qima; 2) yog‘simon modda;
3) anorganik moddalar harakatida qatnashuvchi ksilema
naychasi; 4) sklerenximaning yumoloq hujayrasi;
5) qalin qobiqli xloroplastlarga ega bo‘lgan hujayra.
A) a - 3; b - 5; c - 4; e - 1 B) a - 4; b - 5; c - 2; e - 3
C) a - 5; b - 4; c - 2; e - 1 D) a - 3; b - 4; c - 2; e - 1
18. 450 ta nukleotidli DNK da guanin necha foiz bo‘lganda
timin soni 450 gr glukozaning sinteziga sarflangan
ATF lar sonidan 3 marta ko‘p bo‘ladi? (DNK + ATF)
A) 40% B) 20% C) 30% D) 10%
19. Bitta sinfga mansub organizmlar juftligi tug‘ri
ko‘rsatilgan javobni belgilang.
1) dengiz ko‘p tulkisi va nereyda; 2) bitiniya va
perlovitsa; 3) karakatitsa va osminog; 4) buzokboshi va
zaxkash; 5) dafniya va krab; 6) nozema va tripanasoma
A) 1, 5 B) 3, 4 C) 2, 6 D) 3, 6
20. Nuqtalar o‘rnini to‘ldiring. a) I qon guruxi uchun …. qon
guruxi donorlik qiladi; b) III qon guruxi uchun …qon
guruxi donorlik qiladi; c) IV qon guruxi …...qon guruxi
uchun donorlik qiladi; d) II qon guruxi….qon guruxi
uchun donorlik qiladi.
A) a - I; b - I, III; c - I, II, III, IV; d - II, IV
B) a - I, II, III, IV; b - I, III; c - IV; d - II, IV
C) a - I; b - I, III; c - IV; d - II, IV
D) a - I; b - I, III; c - IV; d - I, II
21. Faqat lichinkalik davrida dum paydo qiluvchi
organizmlarni aniqlang.
A) qurbaqa, chayon, assidiya
B) baqa, ninachi, triton
C) salamandra, gorilla, jigar qurti
D) jigar qurti, assidiya, baqa
22. Uch bargchali murakkab bargli, gullari to‘g‘ri bo‘lgan
ko‘p yillik o‘simlikni aniqlang?
A) mosh B) loviya C) qulupnay D) sebarga
23. Quyida keltirilgan qaysi jarayonlar issiq qonli va sovuq
qonli organizmlarda ham kuzatiladi?
1) siydik yo‘lining kloaka bo‘shlig‘iga ochilishi;
2) gastrulyatsiyaning qat-qat joylashuvi; 3) tana
haroratini tashqi muhit haroratiga bog‘liqligi; 4) tuxum
qo‘yib ko‘payish; 5) tanasining pat bilan qoplanishi;
6) birlamchi jinsiy hujayralarining mitoz usulida
bo‘linishi; 7) biogen migratsiyada qatnashishi.
A) 2, 3, 6 B) 1, 2, 7
C) 1, 5, 6 D) 4, 5, 7
24. Og‘iz organlari so‘ruvchi tipda tuzilgan chala o‘zgarish
bilan voyaga yetuvchi hasharotlarni aniqlang.
1) tovusko‘z; 2) to‘shak qandalasi; 3) chirildoq; 4) zorka;
5) apollon; 6) hasva qandalasi.
A) 2, 6 B) 2, 3 C) 1, 4 D) 4, 5
25. Kutoraga tegishli bo‘lgan ma'lumotlarni aniqlang.
1) oldngi oyog‘i o‘zgarib qanotga aylangan; 2) xorda
faqat embirionlik davrida mavjud bo‘ladi; 3) diafragmasi
mavjud; 4) bir necha suyaklar qo‘shilib bitta ilik
suyagini hosil qilgan; 5) bosh miya katta yarimsharlari
po‘stlog‘i burmalar xosil qiladi
A) 1, 3, 4 B) 2, 3, 5 C) 2, 4, 5 D) 1, 2, 5
26. Termitlar (a) va chumolilar (b) uchun xos xususiyatlar
to‘g‘ri juftlangan javobni belgilang.
1) g‘umbaklik davrida oziqlanmaydi va
harakatlanmaydi; 2) jamoa bo‘lib yashashi; 3) bir juft
murakkab ko‘zlari mavjud; 4) ayirish sistemasi malpigi
naylardan iborat; 5) pardaqanotlilar turkumi vakili;
6) chala o‘zgarish bilan rivojlanadi
A) a-1,4,5; b-2,3,6 B) a-2,3,6; b-1,3,4
C) a-1,3,6; b-2,4,5 D) a-1,2,3,5; b-4,6
27. Kapalak (a) uning qurti (b) va bronza qo‘ng‘izi (c),
uning qurti (d) nimalar bilan oziqlanadi?
1) gul nektari 2) o‘simlik barglari 3) chirindi 4) o‘simlik
to‘qimalari.
A) a-1, b-2,4, c-1, d-3 B) a-1, b-2,4, c-1, d-3,4
C) a-1, b-2,4, c-1, d-3,1 D) a-1, b-2,3,4, c-1, d-3
28. Yong‘oqcha (a) va pista (b) mevalari shamol yordamida
tarqaladigan o‘simliklarni aniqlang.
1) kungaboqar; 2) baliqko‘z; 3) cherkez; 4) qoqio‘t;
5) saksovul; 6) sachratqi.
A) a-2, 3; b-4, 6 B) a-2, 5; b-1, 4
C) a-5; b-4, 6 D) a-3, 5; b-4
29. Silovsin va sichqon uchun umumiy ma'lumotlarni
aniqlang.
1) xomilasi bachadonda rivojlanadi; 2) kurak tishlari
mavjud; 3) qizil kitobga kiritilgan; 4) kemiruvchilar
turkumiga mansub; 5) oldingi oyoqlari qushning oldingi
oyoqlari bilan o‘zaro gomologik organ; 6) birlamchi
konsument bo‘la olmaydi.
A) 1,3,6 B) 2,4,5 C) 3,4,6 D) 1,2,5
30. Qaysi o‘simliklar urug‘ xosil qilmaydi?
1) pixta; 2) gingko biloba; 3) porfira; 4) riniya;
5) ulva; 6) baobab; 7) suv qaroqchisi; 8) zuxrasoch
A) 1, 2, 3 B) 4,6,7 C) 3,5,8 D) 2,5,6
Do'stlaringiz bilan baham: |