12-laboratoriya mashg’uloti. Tеrminal оksidazalar faоlligini aniqlash



Download 20,24 Kb.
Sana09.07.2022
Hajmi20,24 Kb.
#759852
Bog'liq
Amaliy-12


12-laboratoriya mashg’uloti.
Tеrminal оksidazalar faоlligini aniqlash
Ko’pchilik tugallovchi oksidlanish jarayonlarining mohiyati ’lib sitoxromoksidaza hisoblanadi. Redoks-zanjir bo'ylab ko'chirilishi ATF molekulasida zaxiralangan yuqori energiyali bog'lar tufayli energiyaning ajralishi bilan birgalikda beradi. O'simliklar mitoxondriyalarida alternativ terminal oksidaza deb, ataluvchi yana bir oxirgi ferment faoliyat ko'rsatadi, U elektronlarni koenzim A birikmasidan oladi va uning faoliyati energiya zaxiralanishiga bog'liq emas. Ushbu tizimning faoliyati o'simlik nafas olish mitoxondriyalarning hayvon hujayralari o'xshash organoidlariga nisbatan sianid moddasiga kuchsiz sezuvchanligi bilan ifodalanadi.Terminal oksidazalarning tabiati haqidagi ma'lumotlar juda katta Terminal oksidazalaming kislorodga sezuvchanligi sitoxroinok-sidazalarga nisbatan ancha past, lekin faolligi yetarli darajada yuqori.
Shuni aytib o'tish lozimki, o'simlik mitoxondriyalardagi altemativ nafas olishning (sianidga chidamli) vazifasi noma'lum. Nafas olishning ushbu yo'li hujayrada ATF miqdori yuqori holatida va nafas olish faolligining asosiy ETZ bo'ylab pasayganida, ya'ni NADH birikmasining oksidlanishini yuzaga chiqaruvchi holatda ro'y beradi Ayrim o'simliklarning so’tasida ushbu tizim termogenezda ishtirok etishi va buning natijasida tc'qimalardagi harorat atmosfera havosi haroratiga nisbatan 10-20°C yuqori bo'lishi mumkin.
Hujayralar sitoplazmasida (tarkibida mis ionlarini saqlovchi askorbatoksidaza hamda polifenoloksidaza fermentlari faoliyati tufayli piridinnukleotidlarning oksidlanishli qaytaiilishini yuzaga chiqaruvchi tizim ham mavjud. Askorbatoksidazaning hujayra.dagi nafas olish jarayonidagi ahamiyatidan biri bu uning muhim qaytaruvchilardan ekanligi, ya'ni glutation va NAD(P)H tizimlaridan iborat bo'lib u gliitationning eng muhim qaytaruvchisi hisobianadi. Shuningdek, hujayra devorlarida ham askorbotoksidaza faolligi kuzatilgan. Ammo ushbu fermentning hujayra devoridagi vazifasi hozircha yaxshi o’rganilmagan.
Polifenoloksidazalar o-ikkifenollarni, p-ikkifenollarni, monofenollar va boshqalarni oksidlovchilardir. Fenollarning oksidlanishi NAD(P)H yoki askorbat kislotasining oksidlanishi bilan birga boradi. Shuningdek, Polifenoloksidazalar o'simliklardagi «jarohatlar»ning bitishida ham qatnashadi. Masalan, o'simliklar to'qimalar jarohatlanganda fenollarni xinonlarga aylanyiradi. Xinonlar esa o'simlikning jarohatlangan joylariga mikroorganizmlar qarshilik qiladi, ya'ni ular mikroorganizmlar uchun zaharli bo’lganligi uchun infeksiya tushishiga qarshilik qiladi. Buning natijasida kartoshka, olma va boshqa mevalarning kesilgan joylarida qo'ng'ir rang paydo bo'ladi. Polifenoloksidazalarni: faolligi .to'qimalarning qarish jarayoni mobaynida ko'payadi. Sitoplazmada flavoproteinli oksidazalar mavjud bo'lib, ular turli substratlarni oksidlashda qatnashadi. Yuqorida ko’rsatib o’tilgan oksidlanishning oxirgi oksidazalari, masalan, siloxromoksidaza, polifenoloksidaza, askorbatoksidaza va flavoproteinli oksidazalar kislorodning parsial bosimining va haroratning o'zgarishiga turlicha reaksiya ko'rsatadi. Masalan, sitoxromoksidaza kislorodga nisbatan yuqori moslanganganligi sababli uning faolligi amaliy jihatdan kislorodning parsial bosimiga bog'liq emas. Shuningdek, sitoxromoksidaza haroratning past ko'rsatkichlarida ham bemalol faoliyat ko'rsata oladi. Ammo uning fermentativ faoliyatiga haroratning Q10= 4-6°C ko'rsatkichi juda kuchli ta'sir qilishi mumkin.
Flavoproteinli oksidazalarning kislorodga nisbatan kam moslikga ega formalari haroratga (Q10~20C) ham unchalik bog'liq emas. Polifenoioksidazalar va askorbatoksidazalar ushbu ko'rsatkichlar bo'yicha oraliq holni egallaydi. Sitoplazmatik oksidazalar tomonidan faollashadigan oksidlanish jarayonlarida ATFhosil bo'lmaydi.
O'simlik hujayralaridagi nafas olish jarayonlarida oksidazalardan tashqari oksigenazalar ham ishtirok etadi. Masalan, endoplazmatik retikulumlar membranalarida ikkita redoks-zanjir joylashgandir. Ularning birida flavoprotein va sitoxrom b5 ishttrokida NADH birikmasining oksidianishi jarayonida oksigenaza reaksiyalari ro'y beradi va bu o'z navbatida yog' kislotatarida to'yinmagan vodorod bog'larning (denaturatsiya) vujudga kelishiga sabab bo'ladi. Ushbu redoks zanjirining ahamiyati kattadir, Masalan, u hayotiy muhim bir qancha birikmalarning sintezini faollashtirish bilan birga gidroksillanish mobaynida o'z faolligini yo'qotayotgan hamda hujayra uchun zaharli birikmalarni detoksikalsiyalashda, suvda erimaydigan birikmalarni suvda eruvchan holga o'tkazishga ham yordam beradi.

Download 20,24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish