BIOLOGIYA – 20
1. Ekologik tur paydo bo`lish yo`nalishida qaysi turlar kelib chiqqan?
1-bug`doyda 14, 28, 42 xromosomali turlar; 2-olxo`ri; 3-xrizantemani 18, 36, 90 xromosomali turlari;
4-yonsuzar; 5-g`o`za avlodi; 6-soxta kurakburun;
7-qirg`ovul kenja turlari
A) 1,5,6,7 B) 2,3,4,6 C) 1,2,5,7 D) 1,2,3,4
2. Tiroksin organizmda qanday xususiyatiga ega.
A) moddalar almashinuvini tezlashtirish va nerv qo‘zg‘alishlarini pasaytirish xususiyatiga
B) ovqat xazm bo’lishini tezlashtirish va nerv qo‘zg‘alishlarini kuchaytirish xususiyatiga
C) moddalar almashinuvini tezlashtirish va nerv qo‘zg‘alishlarini kuchaytirish xususiyatiga
D) tana muvozanatini saqlash va moddalar almashinuvini tezlashtirish
3. K.Belyayev sut emizuvchilar sinfining qaysi turkumi ustida tajriba olib borgan?
A) kemiruvchilar B) yirtqichlar
C) qo’lqanotlilar D) bo’risimonlar
4. Evglena va amyoba anabioz holatda nima hosil qiladi?
A) spora B) zigota C) sista D) tuxum hujayra
5. Oshqovoq mevasining og`irligi ikki juft kumulativ polimer genlar ta`sirida irsiylanadi. Agar 2 juft dominat gendan iborat bo`lsa 4,8kg, agar 2 juft retsissev gendan iborat bo`lsa 1,6kg bo`lsa, A1A1A2a2 va a1a1a2a2 chatishtirilganda olingan mevalar og`irliklari to`gri ko`rsatilgan javobni aniqlang.(gramm birlikda)
A) 2400;1600 B) 3200;2400
C) 3200;1200 D) 3600;2400
6. II qon guruhli rezus manfiy odamlarda eritrotsit tarkibida qanday moddalar bo‘ladi?
1) gemoglobin; 2) agglyutinogen A;
3) agglyutinogen B; 4) agglyutinin β; 5) rezus omil
A) 1, 3, 5 B) 2, 4, 5 C) 1, 2, 4 D) 1, 2, 5
7. O`sish konusida hujayralari tez bo`linadigan oddiy bargli o`simliklarni aniqlang?
A) gilos, terak, tok B) tol, yon`goq, chinor,
C) qatrong`i, nok, shamshod D) terak, tol, pista
8. Urg‘ochilari (I) va erkaklari (II) geterogametali organizmlarni juftlang.
1. chigirtka 2. drosofila 3.protenor 4.homo sapiens 5.qizilto‘sh 6.appolon 7.xasva 8.qirg‘iy 9.zorka
10. kobra
A) I-3, 8, 5, 7, 10, 9, 6 II-4, 2, 1
B) I-3, 8, 9, 10, 1, 7, 6 II-4, 2, 5
C) I-3, 8, 9, 10, 5, 4, 6 II-1, 2, 5
D) I-3, 8, 2, 10, 5, 7, 6 II-1, 9, 5
9. Quyidagi o'rgimchaksimonlar bilan ko'zlarining soni juftlab ko'rsatilgan to'g'ri javobni toping.
1) biy; 2) falanga; 3) chayon;a) 8; b) 12; c) 2
A) 1-a, 2-b, 3-c B) 1-a, 2-c, 3-b
C) 1-b, 2-a, 3-c D) l-b, 2-c, 3-a
10. Genetik kod qachon va kim tomonidan aniqlangan?
A) 1887-yil rus olimi S. N. Vinogradskiy
B) 1878-yillar J.B Lamark va G.R Trevinarus
C) 1838-1839 yillar,T.Shvann va M.Shleyden
D) 1962-yil M. Nirenberg va S. Ochaolar
11. Qaysi o`simliklarning urug`i asosan jamg`aruvchi (a) mehanik (b) to`qimasini hisobga olib ekiladi?
1) makkajo`xori; 2) o`rik; 3) bug`doy; 4) bodom; 5) g`o`za; 6) shaftoli.
A) a-1,2,3; b-4,5,6 B) a-2,3,6; b-1,4,5
C) a-2,4,5; b-1,3,6 D) a-1,3,5; b-2,4,6
12. DNK molekulasi nukleotidlari izchilligini kesib rekombinatsiya bo’la oladigan tuzilmalarni aniqlang.
A) bakteriofag, transpozaza, transmissibl plazmid
B) bakteriofag, avtonom plazmid, t-DNK, restriktaza
C) Retrotranspozon, transpozon, virus, revertaza,
D) transpozon, virus DNKsi, t-DNK
13. Toshbaqa kosasi qaysi suyaklar bilan birikkan?
A) qovurg’a, to’sh, umurtqa
B) umurtqa, o'mrov, qovurg’a
C) umurtqa, to’sh, o’mrov
D) qovurg’a, o’mrov, to’sh
14. O‘zbekistonda birinchi bo‘lib elektron mikroskopiya laboratoriyasini tashkil etgan olimni aniqlang.
A) Zufarov Komiljon B) Aripov O‘ktam
C) To‘raqulov Yolqin D) Vohidov Vosid
15. Geparin moddasiga o’xshash tasir ko’rsatuvchi moddani aniqlang.
A) leysin B) girudin C) Ca ionlari D) tromboplastin
16. Lixenalogiya o`rganadigan bo`limga xos bo`lgan javobni aniqlang.
1.tarkibida polisaxaridlardan lixenin uchraydi 2.avtotrof organizmmlar hisoblanadi 3.jinsiy bo`g`im ustunlik qiladi 4.anteridiysi ikki xivchinlik 5.sporasidan yashil iplar chiqadi 6.kosmetikada foydalaniladi
A) 2,3,4 B) 3,4,5 C) 1,2,6 D) 1,5,6
17. G'alvirsimon (a) va yassi (b) suyaklarni belgilang.
1) tepa; 2) yuqori jag'; 3) peshona; 4) ensa; 5) yuz
A) a-1, 2; b-3, 4, 5 B) a-2, 3; b-1, 4, 5
C) a-2, 3, 4; b-1, 5 D) a-1, 4, 5; b-2, 3
18. G`oza tolasining malla rangi, oq rang ustidan poyasining uzunligi kaltaligi ustidan dominatlik qilib birikkan holda irsiylanadi. Digeterozigota tolasi mallarang poya uzun g`oza bilan tolasi oq poyasi kalta g`oza chatishtirilganda 1200 ta avlodning 216 tasini genotipi ota-onasinikidan farq qilsa, hosil bo`lgan avlodning nechtasi 2 belgi bo`yicha retsessiv genga ega bo`ladi?
A) 492 B) 108 C) 246 D) 216
19. Kichik qon aylanish doirasi yurakning o`ng qorinchasidan boshlanadigan organizmlarni aniqlang.
a) itbaliq b) salamandra c) manta d) qizilto`sh f) gavial
g) turkiston agamasi
A) b.e.g B) a.b.e C) a.c D) d.f
20. AaBbddJjKkrr va AaBbDdjjKKRr quyidagi genotipli organizmlar chatishtirilganda 2ta organizm uchun umumiy bo`lgan gametalarni aniqlang.
1.abdjkr 2.abdjKr 3.ABdjKr 4.ABDjkR 5.aBdJKr
A) 2,3 B) 1,5 C) 2,4 D) 3,5
21. Hujayralar oralig’i moddasining holatiga ko‘ra tig’iz tolali biriktiruvchi to’qima hujayralarini belgilang
A) teriosti yog’ kletchatkasi, qon tomirlari devori, limfa
B) qon tomirlari devori, paylar, chin teri
C) teriosti yog’ kletchatkasi, yurak xaltasi
D) yurak xaltasi, qon tomirlari devori, paylar
22. Quyidagi reaksiya nimani izohlaydi.
12H2O + 24NADF + 18ADF + 18H3PO4= 6O2+ 24NADF·H + 18ATF
A) Fotosintezning umumiy reaksiyasi
B) Yorug‘lik bosqichi reaksiyalari
C) Qorong‘ilik bosqichi reaksiyalari
D) NADF·H ning hosil bo`lishi
23. Poyaning qaysi qavtida mehanik to`qima joylashgan?
A) po`stloq,o`zak B) kambiy,ksilema
C) lub, ksilema D) floema,o`zak
24. Tarkibida zahira oziq modda sifatida polifosfatlar to’playdigan organizmlarni hujayra qobig’i nimadan iborat?
A) pektin B) murein
C) xitin D) kletchatka
25. Bo‘shliq ichlialarning qaysi belgisi ularning kolloniya bo‘lib yashovchi xivchinlilardan kelib chiqannligiga dalil bo‘ladi?
A) tanasining ko‘p hujayralardan tuzilganligi
B) ektodermasida xivchinli hujayralarning bo‘lishi
C) ayrim hujayralarida xromotoforlarning bo‘lishi
D) entodermasida xivchinli hujayralarining bo‘lishi
26. Shimpanzeda blastamerlar soni, undagi xromasomalar sonidan 6016 martag farq qilsa, necha marta meridian(a) va necha marta ekvatrial(b) bo`linganligini aniqlang.
A) a-4 b-2 B) a-4 b-4 C) a-4 b-3 D) a-5 b-4
27. Quyidagi rasmda 8-raqamda turgan organizm nomini aniqlang.
A) qunduzsimon yerqazar B) oltin rangli krot
C) vixuxol D) kutora
28. Terak o`simligini qaysi organidagi epdermasi hech qachon po`kaklashmaydi?
A) poya B) barg C) novda D) ildiz
29. Qachon qonda kalsiy miqdori ortadi, suyaklar yumshab, deformatsiyaga uchraydi
A) qalqonoldi bezi funksiyasi pasayganida
C) paratgarmon kamayib ketsa
B) paratgormon ko‘p ishlab chiqarila boshlasa
D) qalqonsim bezi funksyasi kuchaysa
30. Sersut-go‘shtdor sigir zotlarini ko‘rsating?
1) Yaroslav 2) Simmental 3) Gereford 4) Shortgorn
5) Qizil dasht 6) Qora-ola xolmogor 7) Kostroma
A) 3, 4, 5 B) 1, 2, 7 C) 2, 7 D) 2, 4, 6
Do'stlaringiz bilan baham: |