A) a-4, 5; b-1, 3 B) a-5, 6; b-2, 4
С) a-1, 5; b-2, 3 D) a-1, 3; b-4, 6
13. Ko’zi qo’yko’z bo’lib, uning genotipi AA bo’lgan odamning teri hujayrasidagi mitoz siklining G1 va anafazadagi ko’z rangini belgilovchi A geni allellari soni to’g’ri ko’rsatilgan jovobnibelgilang.
A) 2; 2 B) 2; 4 C) 1; 2 D) 4; 4
14. Qizil kitobga kiritilgan → dorivor → yovvoyi yem-xashak → istemol qilinadigan → poyasidan mebel olinadigan → noyob mevali o’simliklar.
Ushbu ketma-ketlik keltirilgan javobni ko’rsating?
A) safsan → cherkaz → javdar → shivit → jiyda → lipa B) oksiptroks → bo’znoch → saksovul → rovoch → tol → pista
C) xolmon → cherkaz → shuvoq → tut → zarang → safsan
D) shirach → isiriq → sallagul → malina → qayrag’och → bodom
15. Ekologik nisha nima? A) turning biotizim sifatida mavjudligini belgilab beruvchi barcha abiotik va biotik omillarning yig’indisi B) populyatsiyaning biotizim sifatida mavjudligini belgilab beruvchi faqat biotik omillar yig’indisi C) tur va urug’ning biotizim sifatida mavjudligini belgilab beruvchi barcha biotik omillarnigina yig’indisi
D) populyatsiyaning biotizim sifatida mavjudligini belgilab beruvchi barcha abiotik va biotik omillarning yig’indisi
16. Quyida keltirilgan hayvonlarning nechtasi Neotropik biogeografik viloyatda tarqalgan?
1) dengiz cho‘chqasi; 2) iguana; 3) bambuk ayig‘i; 4) agama; 5) opossum; 6) pampas mushugi; 7) kapachi qush; 8) gajak dumli ayiq; 9) tupay; 10) tasqara
A) 6 ta B) 7 ta C) 4 ta D) 5 ta
17. Tishlarning qoramtir rangi ikkita dominant gen ta'sirida rivojlanadi. Bu genlarning biri autosomada, ikkinchisi X xromosomada joylashgan. Bu belgining autosomada joylashgan turiga ega bo‘lgan erkak va jinsga birikkan turiga ega bo‘lgan ayol oilasida tishlari normal bo‘lgan qiz va o‘g‘il tug‘ildi. Ushbu oilada tug‘iladigan farzandlarning necha foizida belgining faqat X xromosoma orqali irsiylanadigan turi mavjud bo‘ladi?
A) 12,5 B) 50 C) 25 D) 75
18. Quyida berilgan o‘simliklarning gul formulalari bilan juftlang.
a) baobab; b) malina c) yasmiq
1) Gk5Gt5Ch∞U1; 2) Gk4-5Gt5,(5)Ch5U(2);
3) Gk(3)+(5)Gt5Ch(∞)U(∞); 4) Og0;5Ch2-5U2-5;
5) Gk4Gt4Ch4+2U(2); 6) Gk(5)Gt1+2+(2)Ch(9)+1U1;
7) Gk(5)Gt(5)Ch5U1; 8) Gk5Gt5Ch∞U∞
A) a - 7; b - 1; с - 6 B) a - 3; b - 8; с - 6
C) a - 3; b - 1; с - 7 D) a - 6; b - 8; с - 2
19. Qaysi javobda moskovka chittagi ozuqasi (a) va alohidalanish turi (b) to'g'ri ko'rsatilgan?
1) bog‘larda yirik hasharotlar; 2) hasharotlar tuxumlari va qurtlari; 3) daraxt, butalar po‘stlog‘i orasidagi mayda hasharotlar; 4) o‘simlik urug‘lari;
5) geografik alohidalanish; 6) ekologik alohidalanish
A) a - 4; b - 5 B) a - 3; b - 6
C) a - 1, 2; b - 5 D) a - 2; b – 6
20. Antropogenezda odam ajdodlarining kelib chiqish ketma-ketligi to‘g‘ri berilgan javobni toping.
А) "janubiy maymunlar" driopitek "uquvli odam" pitekantrop sinantrop neandertal kromanyon
B) driopitek "janubiy maymunlar" homo habilis sinantrop pitekantrop neandertal kromanyon
С) driopitek "janubiy maymunlar" homo habilis pitekantrop sinantrop neandertal kromanyon
D) "janubiy maymunlar" driopitek homo habilis pitekantrop neandertal kromanyon sinantrop
21. Ekosistemani “Yer yuzining asosiy birliklari” deb hisoblagan olim kim?
A) J.Kyuve B) A.Tensli
C) J.Tomson D) V.N.Sukechev
22. Organizm DNK molekulasining ma'lum fragmenti quyidagi ketma-ketlikka ega bo'lib:
3`-GGASTSTGAGGTTTGSGTTAGTTTSTSTGA-5`
5`-SSTGAGASTSSAAASGSAATSAAAGAGAST-3`
ko‘chib yuruvchi genetik element tufayli quyidagi o'zgarishga uchragan bo'lsa, ushbu jarayon qaysi regulyator gen faoliyati bilan bog'liq?
3`-GGATAGTTTSTSSTSTGAGGTTTGSGTTGA-5`
5`-SSTATSAAAGAGGAGASTSSAAASGSAAST-3`
A) Transpozonlar B) Retropozonlar
C) Retrotranspozonlar D) Avtonom plazmid
23. Nuqtalar o‘rniga to‘g‘ri javobni aniqlang.
Agar baqaning gastrulasida nerv sistemasi rivojlanadigan qismini boshqa baqa gastrulasining qorin ektodermasiga ko‘chirib o‘tkazsak….
A) o‘sha joyda qo‘shimcha nerv naychasi va xorda rivojlanib, qo‘shimcha homila hosil bo‘ladi.
B) neyrula bosqich kuzatilmaydi, embrion rivojlanishdan ortda qoladi.
C) nerv naychasi va xorda rivojlanmaganligi uchun qo‘shimcha homila hosil bo‘ladi.
D) qo‘shimcha ichak naychasi rivojlanadi, qo‘shimcha homila hosil bo‘lmaydi.
24. Quyidagi ta’riflarga mos keluvchi to‘g‘ri javobni aniqlang.
a) narsaning tasviri ikkala ko‘zning bir xil joyiga tushganida bitta bo‘lib ko‘rinishi; b) qon tomiri devorining qalinlashib, uning nayining torayib qolishi
A) a - konyunktivit; b - radikulit
B) a - akkomodatsiya; b - ateroskleroz
C) a - slereoskopik ko‘rish; b - ateroskleroz
D) a - akkomodatsiya; b – glaukoma
25. Sabzi o‘simligi megasporotsit hujayralari 18 ta xromosomaga ega bo‘lsa, uning murtak xaltasidagi jami xoromosomalar sonini aniqlang.
A) 36 B) 144 C) 54 D) 72
26. Quyida keltirilgan jarayonlar qaysi era va davrlarda kuzatilgan
"Sporali va ochiq urug‘li o‘simliklarning gurkirab rivojlanishi natijasida o‘txo‘r sudralib yuruvchi hayvonlar tanasi nihoyatda yiriklashgan.
Ba’zilarining tanasi 20–25 m ga yetgan"
A) Paleozoy erasining devon davrida
B) Mezozoy erasining bo'r davrida
C) Paleozoy erasining toshko‘mir davrida
D) Mezozoy erasining yura davrida
27. Qaysi o’simlik odatda o’z-o’zidan changlanadi, lekin chetdan changlanishi ham mumkin.
A) Pisum sativum B) Brasia oleraceae C) Raphanus satuvus D) Stafanus lupines
28. Fotositez jarayonida sodir bo`ladigan yorug`lik bosqichining reaksiyalari tog`ri berilgan javobni toping. ?.
A) 10 H2O + 24 NADF +18 ADF +10 H3PO4 = 6 O2 + 24 NADF H + ATF.
B) 12 H2O + 12 NADF +18 ADF +16 H3PO4 = 6 O2 + 24 NADF H + ATF.
C) 12 H2O + 48 NADF +18 ADF +18 H3PO4 = 12 O2 + 24 NADF H + ATF.
D) 12 H2O + 24 NADF +18 ADF +18 H3PO4 = 6 O2 + 24 NADF H + ATF.
29. UUU va UUC ushbu genetik kodlar qaysi aminokislotalarga to`g`ri keladi.
A) fenilalanin B) izoleysin C) serin D) leysin
30. Nukleotidlar o‘rtasidagi komplementarlik qoidasi noto‘g‘ri ifodalangan javobni aniqlang.
Do'stlaringiz bilan baham: |