14-§. PORTUGALlYA: DEMOKRATIYAGA O’TISH Yevropa g’arbining chekkasidagi uncha katta bo’lmagan mamlakat-Portugaliyada 1926-yilgi davlat to’ntarishi oqibatida o’rnatilgan fashistlar diktaturasi eng ko’p - 48 yil hukm surdi. Diktator Antoniu Salazar (1889-1970) uning o’rniga kelgan M.Kaetanu kabi janubdagi yirik yer egalari, qo’shin va uning generalitetlariga, tarmoq otgan yashirin politsiya va katolik cherkovi ierarxlarga suyanardi. Portugaliya xalqi Yevropadagi turmush darajasi eng past mamlakatda yashar edi. Milliy ittifoq fashistlar partiyasidan boshqa barcha partiyalar faoliyati ta’qiqlandi. Davlat korporativ deb e’lon qilindi, bu bilan ishbilarmonlar va ishchilar go’yoki yagona, uyg’un butunlikni tashkil qilardi.
1- jahon urushidan so’ng boshqa Yevropa davlatlari jadal . rivojlanayotgan bir paytda Portugaliya yanada xarob bo’lib qoldi. Bu yerda sanoat asosini mayda va yarim kustar korxonalar tashkil qilar edi. Sanoat ishlab chiqarishi 10 yil davolnida (1947-1956yil) atigi 42 foizga o’sdi. Bu Yevropadagi eng past ko’rsatkich sanalardi. Mamlakat qishloq aholisining 70 foizi yerga ega bo’lmay, och-nahor kun ko’rib yashadi. Afrikada Portugaliyaning Angola, Mozambik, Gvineya-Bisau kabi mustamlakalari uzoq vaqt fashistik rejimni saqlab turishning asosiy negizi bo’lib keldi. Arzon xom-ashyo, mustamlaka oziq-ovqat tovarlari davlatga ancha-muncha daromad keltirar va shuning hisobiga qo’shin, amaldorlar, foyda keltirmaydigan xo’jaliklar kun ko’rar edi. Moliyaviy suyanchlardan biri - xorijiy kapital sanalardi. U asosan xalq xo’jaligi tarmoqlarida hukmronlik qilib, AQSH, Angliya va G’arbiy Germaniya kapitali ancha faollashdi. 1949-yll apreldaPortugaliya NATOga a’zo bo’lib kirdi, uning Afrikadagi mustamlakalari ushbu paktning baza va aloqa tizimiga bog’landi. Ushbu hol Salazarning ham mamlakat ichida, ham xalqaro munosabatlardagi mavqeini mustahkamladi. Salazar hukumati, shuningdek, Angliya va AQSHga urush davrida Azor orollaridagi harbiy bazalardan foydalanish huquqini tasdiqladi. NATO tarkibiga kirgach, mamlakatda repressiya boshlandi. Biroq ular qarshi harakatni kuchaytirdi va bu fashist diktaturasiga qarshi ommaviy harakatni yuzaga keltirdi. 50-yillar ikkinchi yalmida avj olgan antifashistik harakatda jamiyatning deyarli barcha qatlamlari ishtirok etdi. Armiya diktatura tayanchidan hukumatga qarshi kuchga aylandi. 1968-yil sentyabrdafalaj bo’lib qolgan Salazar hukumatni premer-ministr Marselo Kaetanuga topshirishga majbur bo’ldi. Biroq bu hol vaziyatni o’zgartira olmadi. O’rnatilgan tartib mamlakatni nazorat qila olmay qoldi. Qo’shinda ommaviy tartibsizlik boshlandi, bo’ysunmaslik, ish tashlash va xizmatdan qochish kuchaya bordi. 1974-yil 25-aprelda qurolli kuchlar harakati rahbarligidasi qo’shin Lissabonga kirib keldi va hukumatdan iste’foga chiqishni talab qildi. Xalq ularni qo’llab-quvvatladi. Hokimiyat taslim bo’ldi. G’alayonchilar va shaharliklar o’z qurollari" hamda kiyimlarini qizil chinnigullar bilan bezab oldilar. Qon to’kilmasdan yashin tezligidagi inqilob yuz berdi va u fashistlar diktaturasining mag’lubiyati bilan yakunlandi. Mazkur inqilob tarixga "chinnigullar inqilobi"nomi bilan kirdi. To’ntarishdan so’ng hokimiyat diktaturaga qarshi qo’zg’olonchilar tashabbuskorlaridan biri general Spinola rahbarligidagi "Milliy qutqarish xuntasi" qo’liga o’tdi. (1926-1974-y. – Portugaliyada fashistlar diktaturasi.)
U 1974-yil 15-maydan 30-sentyabrgacha mamlakat prezidenti bo’ldi. 1974-yil sentyabrda kichik to’ntarish oqibatida hokimiyat uning yaqin safdoshi general Kosta Gomesh qo’liga o’tdi. K.Gomesh 1974-yil sentyabrdan 1976-yil iyulgacha mamlakat prezidenti bo’lib qoldi. Harbiylar demokratik islohotlarni olib bordi. Mamlakatda asosiy siyosiy erkinliklar tiklandi, fashistlar hokimiyati atributlari tugatildi. Qamoqxonalardan siyosiy mahbuslar ozod qilindi. Barcha siyosiy partiyalar faoliyatiga ruxsat berildi. Mamlakatda fashizm tartibi ag’darilgach, sanoatning asosiy tarmoqlari davlat ixtiyoriga o’tkazildi. Portugaliya janubida agrar islohotlar boshlandi, bir qator korxonalarda ishchilar nazorati o’rnatildi, mehnatkashlar ko’pgina iqtisodiy va ijtimoiy talablarni qondirishga erishdi. Afrikadagi Portugaliyaning barcha mustamlakalariga (Gvineya-Bisau, Mozambik, Angola, Yashil Mis orollari) mustaqillik berildi. So’l kuchlarnig katta g’alabalaridan biri 1976-yil aprelda qabul qilirlgan respublika konstitutsiyasi bo’ldi. Mazkur konstitutsiya barcha portugaliyaliklarga fuqarolik huquqi va demokratik erkinligini kafolatladi hamda mehnatkashlarning ijtimoiy himoya huquqini tasdiqladi. Konstitutsiya mamlakat miqyosida korxonalar va kasaba uyushmalarida ishchi komissiyalari bo’lishining qonuniyligini tasdiqladi. Ommaviy tashkilotlarga mahalliy boshqaruvda ishtirok etish imkoniyati berildi. Respublika Majlisi deb yuritiluvchi bir palatali parlament tasdiqlandi.