Kategoriya: Milliy g‘oya va demokratiya Inson huquqlari



Download 67,5 Kb.
Sana23.01.2021
Hajmi67,5 Kb.
#56416
Bog'liq
Siyosiy huquq va erkinlik,-WPS Office


Siyosiy huquq, erkinlik va burchlar

Kategoriya: Milliy g‘oya va demokratiya – Inson huquqlari;

Muallif:

Siyosiy huquq va erkinliklar deyilganda insonlarning bevosita siyosiy manfaatlariga tegishli huquqlar tushuniladi. Siyosiy huquqlarning muhim xususiyati birinchidan, mamlakat hayotidagi siyosiy jarayonlar va davlat hokimiyatini amalga oshirishda, ishtirok etish imkoniyatlarini ifodalaydi.

Ikkinchidan siyosiy huquqlar bevosita fuqarolik bilan bog‘liq hisoblanadi.

Xorijiy mamlakatlar konstitusiyaviy huquqida siyosiy huquqlarga jumlasiga quyidagilar kiradi:

saylash huquqi, shu jumladan faol saylov huquqi, ya

i saylash huquqi, passiv saylov huquqi, ya

i saylanish huquqi, saylov organlarini shakllantirishda qatnashish huquqi.

birlashma, uyushma va assotsiatsiyaga kirish huquqi;

yig‘ilish va manifestatsiyada ishtirok etish.

Erkin xabar tarqatish, erkin fikrlash, so‘zlash, erkin matbuot va boshqa ommaviy axborot vositalari shular jumlasiga kiradi.

Petitsiya (arznoma) huquqi. Bu hokimiyatga ariza, shikoyat va takliflar bilan chiqishlarni o‘z ichiga oladi.

Jabr-zulmga qarshi kurash huquqi va boshqalar.

Fuqarolarning davlat ishlarini boshqarishda, davlat hokimiyati organlari va mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlarini saylov yo‘li bilan shakllantirishda ishtirok etish huquqi eng muhim siyosiy huquqlardan biri hisoblanadi, chunki ushbu huquq orqali fuqarolar davlat va jamiyat ishlarini boshqarishda ishtirok etadilar.

Ispaniya Konstitusiyasining 23-moddasida “Fuqarolar ommaviy ishlarda bevosita yoki saylovchi vakillar orqali qatnashish, shuningdek, qonunlarda ko‘rsatilgan talablarga muvofiq ommaviy funksiya va majburiyatlarga kirishda teng huquqqa egadirlar. Odatda, bu huquq konstitusiyalarda turli xil huquq va erkinliklar yig‘indisi sifatida berilib, gohida majburiyatlarga ilova qilinadi”[1]

Ozarbayjon Respublikasi Konstitusiyasining 55-moddasiga ko‘ra, fuqarolari davlatni boshqarishda ishtirok etish huquqiga egadirlar. Ular bu huquqni bevosita o‘zlari yoki vakillari orqali amalga oshirishlari mumkin.

Belarussiya Respublikasi Konstitusiyasining 37-moddasiga ko‘ra, fuqarolar davlat ishlirini hal qilishda ham bevosita, ham erkin saylab qo‘yiladigan vakillar orqali ishtirok etish huquqiga egadirlar.

Fuqarolarning jamiyat va davlatni boshqarishda bevosita ishtirok etishi referendumlar o‘tkazish, qonun loyihalarini hamda respublikaviy va mahalliy ahamiyatga ega bo‘lgan masalalarni muhokama qilish bilan, qonunda belgilangan boshqa usullar bilan taminlanadi.

Belarussiya Respublikasining fuqarolari qonunda belgilangan tartibda davlat va jamiyat hayotiga doir maslalarni respublikaviy va mahalliy yig‘ilishlarda muhokama qilishda ishtirok etadilar.

Umuman olganda, davlat va jamiyatni boshqarishda ishtirok etish huquqi fuqarolarga mamlakatdagi siyosiy jarayonlarda, davlat hokimiyati organlarini shakllantirishda qatnashish imkonini beradi.

2-§. Saylovhuquqi: aktiv, passiv saylovhuquqi

Saylov huquqi - bu inson va fuqarlarning muhim siyosiy huquqlaridan biri bo‘lib, uni biz ikkiga ajratamiz: obyektiv saylov huquqi va subyektiv saylov huquqi.

Obyektiv saylov huquqi deganda, saylov huquqi normalari tizimi, ya

i asosini tashkil qiluvchi prinsiplar, tizimlar, tartib, jarayon va saylovni tashkil qilish kafolatlari tushuniladi.

Subyektiv saylov huquqi deyilganda esa davlat tomonidan malum bir shaxsning saylovda qatnashishini (passiv saylov huquqi yoki aktiv saylov huquqi) taminlanishining kafolatlanishini tushunamiz.

Erkin saylov huquqining amalga oshirilishi, erkin hamda chinakamiga ifoda etiladigan xalq irodasi hokimiyat va har qanday hukumat qonuniyligining asosi ekanligi va har bir shaxsning o‘z davlatini boshqarishda bevosita yoki o‘z vakillari orqali qatnashish huquqi ko‘pgina xalqaro hujjatlarda , jumladan, YEXHTning Kopengagenda qabul qilingan hujjatida ham takidlangan. Ushbu hujjat talablariga ko‘ra «Ishtirok etuvchi davlatlar tegishincha o‘z fuqarolarining bevosita yoki haqiqiy saylov jarayonida o‘zlari erkin saylaydigan vakillar orqali mamlakatni boshqarishda qatna-shish huquqlarini hurmat qiladilar»[2] . Bu huquqning amalga oshi-rilishi uchun yaratilgan imkoniyatga qarab u yoki bu davlatning qay darajadagi demokratiya asosida yashayotganligiga baho berish mumkin.

Fuqarolarning saylov huquqlarini o‘z navbatida aktiv va passiv saylov huquqlariga bo‘lish mumkin.

Aktiv saylov huquqi – (a

i saylash huquqi) bevosita demokratiyaning ko‘rinishlaridan biri bo‘lib, u fuqarolarning davlat va jamiyat ishlarini boshqarishda, o‘z vakillarini saylash bilan ishtirok etishlarini ko‘zda tutadi. Bu huquqqa qonunda belgilangan malum yoshga yetgan, muomalaga layoqatli mamlakat fuqarolarigina ega bo‘ladilar.

Yosh senzi turli mamlakatlarda turlicha belgilanishi mumkin. Brazilii, Eron, Kubada fuqarolar 16 yoshdan, Indoneziyada 17 yoshdansaylashhuquqigaegabo‘lsa, ayrim mamlakatlarda saylash huquqini olishga bo‘lgan chegara ancha yuqori qo‘yilgan. Masalan, Malayziya, Marokash, Latviya,Boliviyadafuqarolar 21 yoshgato‘lgandan keyingina saylash huquqiga ega bo‘lishadi. Rossiyada 2002 yil 20 dekabrda qabulqilingan Qonunga ko‘ra saylov kunigacha 18 yosh gato‘lgan Rossiya fuqarosi saylash huquqiga ega. Fransiyada ham saylov huquqiga ega bo‘lish uchun belgilangan yosh 1974 yil 5 iyuldagi qonun bilan 18 yosh qilib belgilangan. Qirg‘izistonda ham saylov huquqiga ega bo‘lish uchun fuqarolarnig 18 yosh gato‘lgan bo‘lishi kerakligi 1999 yil 29 aprelda qabul qilingan Qirg‘iziston Respublikasidasaylovlar to‘g‘risidagi Kodeks bilan belgilab qo‘yilgan.

Fuqarolik senzi barcha davlatlarda odatiy shartga aylangan bo‘lsada, bazi hollarda bunday senzning yo‘qolib ketishini ham kuzatish mumkin. Masalan, o‘ziga xos tuzilma bo‘lgan Yevropa Ittifoqining Parlamentiga saylovlar paytida Fransiyada bo‘lgan Germaniya fuqarosi Fransiyaning Yevropa Ittifoqi Parlamentiga vakili uchun ovoz berish huquqiga ega. Buqoida Yevropa Ittifoqigaasossolgan 1992 yilgiMaastrixtShartnomasidako‘zdatutilgan.

Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilganlar, ozodlikdan mahrum qilish joylarida saqlanayotganlar saylash huquqidan foydalana olmaydilar, ya

i ozodlikdan mahrum qilish joylarida saqlanayotganlarning saylash huquqi vaqtincha to‘xtatiladi.

Passiv saylov huquqi – (a

i saylanish huquqi) davlat hokimiyati vakillik organlari yoki mahalliy boshqaruvi organlariga malum yoshga yetgan, muomalaga layoqatli fuqarolarning saylanish huquqidir.

Turli davlatlarda malum davlat organlariga saylanish uchun belgilangan yosh chegarasi turlicha bo‘lishi mumkin.

Aktiv saylov huquqidagi yosh senzi malum davlatlarda aholi-ning barcha qatlami uchun bir xil belgilansa, passiv saylov huquqida yosh senzi nomzodning qaysi organga saylanayotganligiga qarab turlicha belgilanishi mumkin. Masalan, Fransiyada Milliy Majlis deputatligiga, Respublika Prezidentligiga va Yevropa Parlamentiga nomzodi qo‘yilgan shaxs 23 yoshga to‘lgan bo‘lishi, Senatga saylanish uchun esa 35 yoshga to‘lgan bo‘lishi shart . Bundan tashqari, barcha nomzodlarning harbiy xizmatni to‘liq o‘tagan bo‘lishi ham talab qilinadi.

Saylovlar o‘tkazish jarayonida xorijiy hamda milliy kuzatuvchilarning hozir bo‘lishi saylov o‘tkaziladigan davlat uchun saylov jarayonining obro‘sini oshirishi mumkin ekanligi xalqaro hujjatlarda e irof etilgan . Bunday kuzatuvchilar saylov jarayoniga aralashmagan holda malum davlatda fuqarolar saylov huquqlarining amalga oshirishlari uchun qay darajada sharoit yaratilganligiga va shuning natijasi o‘laroq mamlakatdagi demokratik jarayonning qanday kechayotganligiga baho beradilar.

Xorijiy mamlakatlar konstitusiyaviy huquqida absenteizm deb ataladigan ibora mavjud bo‘lib, ushbu holat saylovlarda va referendumlarda ixtiyoriy ishtirok etish yoki ixtiyoriy qatnashmaslikni ifodalaydi. Bunda saylovchilar o‘z ixtiyorlari bilan saylovlarda qatnashmaydilar, chunki kim deputat bo‘lishi, kim davlat boshlig‘i bo‘lishi, qo‘yilgan masalaning qanday hal qilinishi ularni qiziqtirmaydi. Bu esa davlat barqarorligiga xavf soladigan darajadagi oqibatlarga olib kelishi mumkinki, buni 2002 yilda o‘tkazilgan Fransiya Prezidenti saylovlari misolida ko‘rish mumkin . Bunday holatni boshqa xorijiy mamlakatlar tajribasida ham uchratish mumkin.

3-§. Jamoat birlashmalariga uyushish huquqi

Jamoat birlashmalariga uyushish huquqi fuqarolarning eng muhim siyosiy huquqlaridan bo‘lib hisoblanadi.

Chunki, mazkur huquq fuqarolar siyosiy hayotining asosiy jihatini tashkil etadi. Uning asosiy maqsadi har bir fuqaroni siyosiy va ijtimoiy himoya bilan taminlashdan iborat. Xorijiy mamlakatlarda bu huquq Konstitusiyaviy jihatdan mustahkamlangan bo‘lib, bu o‘z navbatida uni amalga oshirilishini kafolatlaydi.

Masalan, Bolgariya Respublikasi Konstitusiyasining 44-modda-sida “fuqarolar erkin ravishda birlashishlari mumkin” deb belgi-lab qo‘yilgan.

Biz buni boshqa mamlakatlar Konstitusiyalarida ham ko‘rishi-miz mumkin. Rossiya Federatsiyasi Konstitusiyasining 30-moddasiga ko‘ra, Rossiya Federatsiyasining har bir fuqarosi birlashish huquqiga egadir.

Bunday Konstitusiyaviy qoida jahondagi ayrim davlatlar Konstitusiyasiga ham kiritilgan.

Ispaniya Konstitusiyasida jamoat birlashmalarini tashkil etilishi va faoliyati demokratik prinsiplarga bo‘ysundirilgan bulishi kerakligi takidlangan. Jamoat birlashmalariga litsenziya, faoliyat ko‘rsatish uchun ruxsatnoma olish talab etilmaydi. Ammo mavjud birlashma ustavi ruyxatidan o‘tkazilishi shart va registratorga odatda, Adliya Vazirligiga taqdim etilishi, o‘zining moliyaviy holati to‘g‘risida malumot berilishi zarur. Davlatning jamoat birlashmalari faoliyatiga aralashuvi man etiladi, ammo o‘z navbatida jamoat birlashmaga ham davlat organlari vakolatini o‘zlashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi. Jamoat birlashmalarini tugatish esa o‘zini o‘zi tarqatish yoki sudning qarori bilan amalga oshiriladi.

Demokratik davlatlarda birlashmalar erkin faoliyat yuritadi, lekin bazi istisnolar uchraydi. Jamoat birlashmalari foyda olish maqsadini ko‘zlamasligi, amaldagi Konstitusiyaviy tuzumga qarshi bo‘lmasligi, milliy, diniy, irqiy ruhda bo‘lmasligi talab etiladi.

Shuningdek, mahfiy jamoalar va shunday birlashmalar tuzishni, qisman harbiy xarakterdagi siyosiy maqsadlarni ko‘zlovchi birlashmalarni davlat taqib ostiga oladi. Masalan, Ozarbayjon Konstitusiyasining 58-moddasi 4-qismiga ko‘ra, butun Ozarbayjon Respublikasi hududida yoki uning biror-bir qismida qonuniy davlat hokimiyatini zo‘ravonlik bilan ag‘darib tashlash maqsadini khzlaydigan birlashmalar taqiqilanadi. Konstitusiya va qonunlarni buzuvchi birlashmalarning faoliyati faqat sud tartibida to‘xtatilishi mumkin.

Bolgariya Respublikasi Konstitusiyasining 44-moddasi ikkinchi qismida, “faoliyati mamlakat suvereniteti, hududiy birligi va millat birligiga, irqiy, milliy, etnik yoki diniy adovatni avj oldirishga, fuqarolar huquqlari va erkinliklariga qarshi qaratilgan tashkilotlar, shuningdek, yashirin yoki harbiylashtirilgan tuzilmalar tashkil etadigan yoxud o‘z maqsadlariga zo‘ravonlik bilan erishishga intiladigan tashkilotlar taqiqlanadi” deb qatiy belgilab qo‘yilgan.

Ko‘rinib turibdiki, fuqarolarning jamoat birlashmalariga uyushish huquq qonun doirasida amalga oshirilib, boshqa fuqarolar, davlat va jamiyat hayotiga zarar keltirmasligi lozim.

4-§. Manifestatsiya va yig‘ilish o‘tkazish erkinligi

Fuqarolarning eng muhim siyosiy huquqi erkin yig‘ilish va mitinglar, o‘tkazish ko‘chada namoyish o‘tkazishdan iboratdir.

Yig‘ilish huquqi cheklanmagan yopiq binolarda yoki ochiq havoda to‘planish imkoniyatini beruvchi fuqarolarning siyosiy huquqlaridan biri hisoblanadi.

Davlat fuqarolarning yig‘ilish o‘tkazish huquqlarini kafolatlaydi.

Manifestatsiya (ochiq ko‘rinish, elon qilish) “namoyish”, “tanatanali yurish” terminiga sinonim sifatida, ochiq havoda har qanday chiqishni bildiradi aniq aytganda, miting, namoyish, tantanali yurish demakdir.

Miting – bu ochiq havoda o‘tkaziladigan yig‘ilish turi bo‘lib, odatda, bunday ommaviy chiqishlarda tashkilotchilar va uning qatnashchilari tomonidan hukumatga chaqiriq qaratilgan mansabdor shaxs yoki fuqarolarga qandaydir talab ifodalangan rezolyutsiya yo‘llanadi.

Namoyish – bu odatda, ko‘cha va yo‘llarda odamlarning plakatlar va transportlar orqali harakatlanuvchi, odamlarning hukumatga qandaydir umumiy masala yoki talabini ifodalaydi.

Tantanali yurish – bu ko‘cha yo‘llar bo‘ylab harakatlanishdir. Tantanali yurishning turlaridan biri bu marshlar bo‘lib, aholi punktlari hattoki, butun mamlakat bo‘ylab yoki bir necha mamlakat bo‘ylab tantanali yurish demakdir.

Piket – bu odatda, ozchilik odamlarning to‘dasining (bazan bita odam) plakatlar trasparantlar bilan qandaydir obyekt atrofida o‘tirib, turib yoki aylanma harakatlanuvchi holatlardir.

Manifestatsiyalarda oddiy piketlardan tashqari, odatda, “xabar berish tartibi” o‘rnatiladi. Agar manifestatsiyalar o‘tkazish shahar transportining normal harakatlanishi uchun to‘sqinlik qilsa, ularni bu joylarda o‘tkazishni taqiqlab, boshqa joylarda o‘tkazishni taklif qiladi. Bu uchun bazi mamlakatlarda davlat hokimiyatining ruxsati ham talab etilishi mumkin. (Germaniyada 2-kungacha, Fransiyada 3-kungacha, Buyuk Britaniyada 6-kungacha)

Yig‘ilishlar berk binolarda o‘tkazilsa hokimiyat ruxsati talab etilmaydi. Agar yig‘ilish qatnashchilari tomonidan tartibsizlikka yo‘l qo‘yilishi ehtimoli bo‘lsa, politsiyaga bu haqda ogohlantiriladi.

Avtoritar rejimli davlatlarda manifestatsiyalar o‘tkazish uchun ruxsat berish tartibi o‘rnatilgan, bazan yig‘ilishlar o‘tkazish uchun hukumat tomonidan maxsus joy ajratiladi. UshbuerkinlikayrimmamlakatlarKonstitusiyalaribilantartibgasolinadi. Masalan, Germanii AsosiyQonunining 8-moddasiga ko‘ra,

Barcha nemislar ruxsatsiz yoki malum qilmasdan, qurolsiz va tinch yo‘l bilan to‘planish huquqiga egadirlar;

Ochiq havoda yig‘ilishlar o‘tkazish uchun bu huquq qonun bilan yoki qonun asosida cheklanishi mumkin.

Agar yig‘ilish ko‘chada, maydonda, parkda o‘tkazilsa, boshqa odamlarning erkinliklariga daxl qilmasligi kerak. Shuningdek ochiqda o‘tkazilgan yig‘ilishlardan hokimiyatni oldindan xabar qilib qo‘yish yoki hokimiyat ruxsatini olish kerak. Bulardan tashqari, Yevropa mamlakatlari ikki-uch oy davomida ochiq maydonda har qanday yig‘ilishlarni taqiqlab qo‘yishi mumkin. Agar bunday yig‘ilishlar etnik va diniy masalalarga bag‘ishlangan bo‘lsa, jamoat tartibsizliklarini keltirib chiqarishi mumkin.

Qonun chiqaruvchi organ majlis o‘tkazadigan, davlat rahbari rezidensiyasi joylashgan binolar yaqinida yig‘ilishlarga ruxsat etilmaydi. Ochiq maydonda o‘tkaziladigan yig‘ilishlarga ruxsat so‘rab murojaat qilinganda hokimiyatning mahalliy organi yoki politsiyaga uning tashkilotchilari, unda qatnashuvchilarning soni to‘g‘risidagi malumot berish kerak. Ko‘cha namoyishi o‘tkazilganda ham shunday malumot talab etiladi. Piket o‘tkazilganda bunday malumotlar talab etilmaydi.

Ko‘pgina mamlakatlar Konstitusiyasida osoyishta va qurol ishlatmasdan o‘tkazilishi takidlangan. Bazi davlatlarda manifestatsiya, namoyish, yurishlar, piketlar o‘tkazish uchun ruxsat so‘rash tartibi belgilangan. 1953 yilda Germaniya Federativ Respublikasida yig‘ilishlar, yurishlar to‘g‘risida qonun qabul qilingan.

Ko‘cha namoyishi o‘tkazishda qatiy talablar qo‘yiladi: mahalliy organ harakat yo‘nalishini tasdiqlab berishi va ularning sonini cheklashi mumkin. Agar rioya qilinmasa, politsiya aralashuviga yo‘l qo‘yiladi, ya

i politsiya kuch ishlatish orqali yurishga chiqqanlarni tarqatib yuborishi mumkin.

Rivojlanayotgan mamlakatlarda ruxsat etilmagan namoyishlarda politsiya ayrim hollarda qurol va boshqa texnik vositalarni qo‘llaydi, bunda qurbonlar ham bo‘lishi mumkin.

Piket o‘tkazish jamoat bo‘lib jamoaning yoki o‘zini fikrini oshkora ifoda etish demakdir, bunda namoyish qilish va ovoz ko‘chaytirgichlardan foydalanilmaydi, piket uyushtirganlar plakat va boshqa tasviriy vositalar bilan chiqadilar. Oliy davlat hokimiyati organlari yaqinida piket o‘tkazishga ruxsat etiladi, ammo malum masofaning saqlanishi talab etiladi.

5-§. Axborot erkinligi

Erkin fikrlash, so‘zlash va matbuot erkinligi siyosiy huquqning asosiy ko‘rinishlaridan biri bo‘lib, u xorijiy mamlakatlar Konstitusiyalarida o‘z ifodasini topgan.

Axborot erkinligi o‘z ichiga so‘z erkinligi, fikr bildirish erkinligi, matbuot erkinligi va boshqa ommaviy axborot erkinligini oladi. Ommaviy axborot vositalari faoliyatini siyosiy nazorat qilishga (senzuraga) yo‘l qo‘yilmaydi.

Erkin matbuot va informatsiya aslida demokratiyaning asosiy belgisi hisoblanadi. Shuning uchun jahondagi ko‘plab rivojlangan davlatlar konstitusiyalarida erkin matbuot masalalari to‘la o‘z ifodasini topgan.

Bolgariya Respublikasi Konstitusiyasining 40-moddasiga ko‘ra, matbuot va boshqa ommaviy axborot vositalari erkindir hamda ular senzuradan o‘tkazilmaydi.

Makedoniya Konstitusiyasi 16-moddasida quyidagilar kafolatlanadi:

A) Fikr, vijdon, e iqod va ommaviy fikr ifodasi erkinligi;

B) So‘z erkinligi, xalq oldida so‘zga chiqish, xalq oldida malumot berish;

V) Axborotlargaerkinkirish, axborotolishvatarqatisherkinligi;

G)Ommaviy axborot vositalariga javob berish huquqi;

D) Ommaviyaxborotvositalaridaaxborotmanbalarini himoya qilish huquqi;

Ye) Senzuraning cheklanganligi

Axborot erkinligi konstitusiyaviy ahamiyatga ega bo‘lib, hozirgi paytda, faqatgina siyosiy hayotga bog‘liq masalalar yuzasidan emas, ya

i faqat fikr ifodalashgina emas, balki qonuniy yo‘l bilan axborot izlash va foydalanish imkonini beradi. Davlat organlari va jamoat birlashmalari o‘zlarining faoliyatiga daxldor malumotlarning, agar ular konfedensial bo‘lmasa, bepul berishlari zarur.

Diqqatga sazovorligi shundaki, ommaviy axborot vositalari faqat davlat tasiridan emas, insonlarni ommaviy axborot vositalari tasiridan himoya qiladi. AQSH, Buyuk Britaniya, Avstraliyada matbuot erkinligi to‘g‘risidagi qonun hujjatini buzganlik uchun yuqori moddiy javobgarlik, hattoki, jinoiy javobgarlik belgilangan.

Albatta, axborot va matbuot erkinligi jamoatchilik tomonidan sir saqlanishi kerak bo‘lgan malumotlarga nisbatan qo‘llanilmaydi. Sirlar harbiy, davlat, diplomatik, kasb, tijorat, shaxsiy bo‘lishi mumkin. Demokratik davlatlarda davlat siri haqidagi malumotlarni oshkor qilgan shaxs javobgarlikka tortiladi. Odatda, sir saqlash uchun malum bir muddat o‘rnatiladi. Masalan, Buyuk Britaniyada arxiv hujjatlari tuzilganidan boshlab 30 yilgacha sir saqlanadi.

Axborotlarni olish va tarqatishda, malum cheklovlar qo‘yilishi mumkin. Masalan, Bolgariya Konstitusiyasining 41-moddasiga ko‘ra,

Har kim axborot to‘plash, olish va tarqatish huquqiga egadir. Bu huquqni amalga oshirish boshqa fuqarolarning huquqlari va pok nomiga qarshi, shuningdek, milliy xavfsizlikka, jamoat tartibiga, sog‘liq va axloqqa qarshi qaratilishi mumkin emas.

Fuqarolar davlat idorasi yoki muassasasidan o‘zlari uchun qonuniy qiziqish uyg‘otadigan masalalar bo‘yicha axborot olish huquqiga egadirlar (agar axborot davlat siri yoki qonun bilan himoya qilinadigan boshqa sir hisoblanmasa, yoki hech kimning huquqlarida daxl qilmasa).

Petitsiya (lot. petition) huquqi (murojaat qilish huquqi) – fuqarolarning malum bir qismi tomonidan yozma shaklda ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy hayotga oid bo‘lgan masalalar bo‘yicha davlatning oliy organlariga beriladigan so‘rovi. Petitsiya huquqi – parlamentga, prezidentga, mahalliy organlariga (Italiya) individual yoki kollektiv murojaat qilish ko‘rinishida bo‘ladi. Bu huquq ayrim Xorijiy mamlakatlar Konstitusiyalarida o‘z ifodasini topgan. Ispaniya Konstitusiyasining 29-moddasida quyidagicha belgilangan:

“Hamma ispanlar individual yoki kollektiv yozma petitsiya huquqiga ega”.

Qurolli kuchlar yoki harbiy intizom o‘rnatilgan muassasalarda ishlaydigan shaxs bu huquqdan maxsus qonunlarda o‘rnatilgan tartibda individual foydalanadi.

6-§. Vatan himoyasi huquq va majburiyat sifatida

Vatan himoyasi odatda, konstitusiyaviy majburiyat hisoblanadi, lekin ayrim xorijiy mamlakatlarda huquq sifatida ko‘riladi.

Majburiyat - ko‘pgina davlatlar inson va fuqarolar majburiyatlarini farqlaydilar, masalan, majburiy harbiy xizmat. Bazan ayrim huquqlar fanda pozitiv huquqlar deb hisoblanadi. (masalan, fuqaroning saylash huquqi yoki insonlarning qonun va konstitusiyaga rioya qilish majburiyatlari). Bu huquq va majburiyatlar davlat tomonidan, shu jumladan sud tartibida ham taminlanadi. Boshqa huquq va majburiyatlar, konstitusiyada yozilgan bo‘lsa-da, axloqiy hisoblanib, sud tomonidan bevosita himoya qilinadi.

Konstitusion normalar mudofaa, harbiy majburiyatlarni tartibga soladi.

Meksika Konstitusiyasisiyosiymajburiyatlar qatoriga:

Munitsipalitet fuqarolik va harbiy talimning yashash joyida harbiy intizom va quroldan foydalanish malakasiga egalik qilishni o‘rganishga kun va soatlarda o‘tish kursini belgilaydi;

Vatan tinchligi, hududi, mustaqilligi, shuningdek, ichki tinchligi va tartibni saqlash maqsadida, fuqarolar milliy gvardiya ro‘yxatida turadilar va xizmat qiladilar.

Germaniya Asosiy Qonunining 12-a moddasiga ko‘ra, 18 yoshga yetgan erkaklar qurolli kuchlarda, federal chegara soqchiligida yoki fuqaro mudofaasi korpusida xizmatni o‘tashga majbur etilishi mumkin.

Xorvatiya Konstitusiyasining 47-moddasidaga ko‘ra “Harbiy majburiyat va mamlakat mudofaasi – bunga qobiliyati bo‘lgan fuqaroning majburiyatidir.

Xitoy Konstitusiyasida harbiy majburiyat ma

aviy xarakter kasb etadi.

Belarussiya Respublikasi Konstitusiyasining 57-moddasiga ko‘ra, Belarussiya Respublikasini himoya qilish - Belarussiya Respublikasi fuqarosining vazifasi va muqaddas burchidir.

Harbiy xizmatni o‘tash tartibi, harbiy xizmatdan ozod qilinish yoki uni muqobil xizmat bilan almashtirish asoslari va sharoitlarni qonun bilan belgilanadi.

7-§. Jabr sitamga qarshi kurashish huquqi

Ko‘plab xorijiy mamlakatlarda jabr sitamga qarshi kurash huquqi bilan bog‘liq barcha masalalar konstitusiyaviy tartibga solingan. Bunga ko‘ra, davlat har bir alohida olingan inson (fuqaro) ga jabr zulmga qarshi kurash himoya qilish hamda saqlash majburiyatini oladi. Ayni vaqtda, Konstitusiya asosiyhuquqvaerkinliklarniinsonvafuqaromajburiyatlaribilanbog‘laydi. Chunki, insonhuquqi – butabiiyravishdavujudgakeladigan, insontug‘ilganidankeyinshaxssifatidaungategishlibo‘lganajralmashuquqhisoblanadi. Odamlarerkinvatenghuquqlibo‘libtug‘iladi. Har birdavlatningasosiymaqsadiinsonningtabiiyvaajralmashuquqinitaminlabberishdaniborat. Insonningajralmashuquqigaodatda,erkinvaxavfsizashashhuquqi, mulkkaegalikhuquqi, jismoniyvapsixologikdaxlsizlikhuquqivaboshqalarkiradi. Demakinsonhuquqiasosiyhuquqbo‘lib, u tug‘ilgandamuayandavlatningfuqarosimiyokiyo‘qmi, bundanqatinazar, barchagaxoshuquqsifatidafoydalaniladi. Shu jihatdan 1776 yil 4 iyuldaqabulqilingan AQSHMustaqilligiDeklaratsiyasidaaytilganlarnimisolqilibkeltirishmumkin. Deklaratsiyadatakidlanishicha “barchaodamlartengholatdayaratgantomonidanmuayanajralmashuquqbilandunyogakeladi. Yashashhuquqi, erkinlikvabaxt-saodat sari intilishhuquqianashularjumlasigakiradi. ...agarbirordavlattuzumibuhuquqnibuzsa, xalqunio‘zgartirishiyokibekorqilishivashundayangituzumbarpoqilishikerakki, u engaxshiholatdaxalqxavfsizligihamdauningtinch-osoyishtahayotitaminlanadiganprinsiplargaasoslansin”. Shu bois jabr sitamgaqarshikurashhuquqinikafolatlanishibuboradamuhimahamiyatgaegahisoblanadi.

Jabr-sitamgaqarshikurashhuquqiindividualva kollektiv xaraktergaegabo‘lib, konstitusion normalarda o‘z aksini topshi bilan kafolatlanadi. Jabr-zulmga qarshi kurash huquqi birinchi marta fransuzlarning inson va fuqarolar huquqi Deklaratsiyasida va AQSHning Mustaqillik Deklaratsiyasida (1776 y) mustahkamlab qo‘yilgan edi. Germaniya Federativ Respublikasi va Portugaliya Konstitusiyalarida ham jabr-zulmga qarshi kurash huquqi o‘z ifodasini topgan.

Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining 4-modasiga ko‘ra, hech kim qullikda yoki erksiz holatda saqlanishi mumkin emas; qullik va qul savdosining barcha ko‘rinishlari taqiqilanadi.

Ushbu deklaratsiyaning 5-moddasida “Hech kim qiynoqqa yoki shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni xo‘rlovchi muomala va jazoga duchor etilmasligi kerak” deb belgilangan.

Biz bunday normalarni Xorijiy mamlakatlar Kosntitusiyalarida ham ko‘rishimiz mumkin. Jumladan, Germaniya Asosiy Qonunining 1-moddasi 1-qismida shunday deyiladi: “Insoning qadr-qimmati daxlsizdir. Uni hurmat qilish va himoya etish, har qanday davlat hokimiyatining burchidir”.

Armaniston Respublikasi Konstitusiyasining 19-moddasiga ko‘ra, inson qiynoqqa solinishi, shafqatsiz yoki qadr-qimmatini kamsituvchi muomala va jazoga duchor qilinishi mumkin emas. Inson o‘z roziligisiz tibbiy yoki ilmiy tajribalarga duchor etilishi mumkin emas.

[1]Qarang: 1948 yilgi Umumjahon inson huquqlari deklaratsiyasining 21-moddasi, 1966 yilgi Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro paktning 25-moddasi.

[2]Qarang: YEXHKning insoniylik mezonlari bo‘yicha konferensiya Kopengagen kengashining hujjati. Kopengagen, 1990 yil 20 iyun //«YEXHTning insoniylik mezon lari bo‘yicha hujjatlari»A.Saidov muharrirligi ostida. –T.: Adolat, 2002,52-b.

Kiritildi: 2020-05-20 22:45:42; O‘qildi: 6336 marta;

©: 2012 – 2020. Самарқанд Давлат Университети.



Сайт материалларидан тўлиқ ёки қисман фойдаланилганда веб-сайт манзили кўрсатилиши шарт!
Download 67,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish