15-§. TOTALlTAR TUZUMLARNING QAROR TOPISHI Sharqiy Yevropa va Bolqon yarim oroli mamlakatlari - Yevropadagi eng qoloq mamlakatlardan biri Albaniya dunyodagi eng rivojlangan mamlakatlardan biri – Chexoslovakiya. Ammo, bu mamlakatlarning barchasida "xalq demokratiyasi" nomli bir xildagi siyosiy tizim o’rnatilgandi. Hokimiyat tepasiga kommunistik partiya keldi va sotsializm g’alabasini o’z faoliyatining maqsadi deb belgiladi. Bular - Albaniya, Bolgariya, Ruminiya, Sharqiy Germaniya, Polsha, Chexoslovakiya, Yugoslaviya, Vengriya. Bu mamlakatlar o’zining yarim asrlik tarixi davomida xalq demokratiyasi tiklanishi, totalitar rejim o’rnatilishi, totalitarizmning yemirilishi va demokratiyaga o’tish bosqichlarini boshdan kechirdi. 1945-1948-yillarda ushbu mamlakatlarda ko’ppartiyali va siyosiy qarashlar plyuralizmiga ega xalq demokratik partiyasi boshchilik qildi. Kommunistlar sotsial-demokrat partiyalar, dehqonlar tashkilotlari bilan hokimiyatni bo’lib olishdi, o’zgacha qarashlarga chidash va demokratik tamoyillarga hurmat bilan ajralib turuvchi platformani yaratdi. Shakl va mazmun jihatidan bunday tizim Ispaniyadagi fuqarolar urushi davrida yuzaga kelgan Xalq fronti rejimini eslatar, Ispaniya respublikasini xalq demokratiyasi rejimining timsoli deb sanash mumkin bo’ldi. Kelajakda u dunyo hamjamiyatida o’z o’rniga ega yangi ijtimoiy-siyosiy tuzum uchun asos bo’lishi mumkin edi.. Biroq kommunistlar, avvalo sovetlar rahbariyati tazyiqi ostida totalitarizm yo’liga o’tib oldi. Turli bahonalar bilan diktatura sharoitida yashashni istamagan muxolifatdagi partiyalar, tashkilotlar va siyosiy arboblarni hukumatdan siqib chiqarishdi. Birbiriga o’xshash siyosiy nizolar kommunistik partiyalar g’alaba qozonishiga va totalitar rejim o’rnatilishiga olib keldi. Ushbu mamlakatning keyingi rivoji sovet sotsializmi modeli va SSSRning qattiq nazorati ostida bo’ldi. Bu yagona loyiha asosidagi namunaviy ishlab chiqarishni eslatar edi. Kommunistik partiyalar "rahbar va boshqaruvchi kuch" bo’lib qoldi hamda SSSR bosib o’tgan yo’lni ko’r-ko’rona takrorlay boshladi. Bunday qayta tashkil etish oqibatida sotsialistik lager deb nom olgan yagona blok yuzaga. keldl. Undagl davlatlar aholisi 400 million kishini tashkil qilar edi. 2-jahon urushigacha ushbu mamlakatlarning o’xshashligi - ko’p ukladli iqtisodga ega, xorijiy kapitalga bog’liq, pomeshchik yer egaligi bo’lgan va infrastrukturasi sust rivojlangan davlatlar edi. SSSR boshchiligida ushbu mamlakatlarning sotsialistik lagerga kirishi ularning jahon iqtisodi va siyosatidagi o’rnini keskin o’zgartirib yubordi.
1949-yilda O’zaro Iqtisodiy Yordam Kengasbitashkil etilib, u Sharqiy Yevropa va SSSRdagi integratsiyalashuv jarayonining asosiy boshqaruvchi organi bo’lib qoldi. Mazkur Kengash avvaliga savdo sohasida, so’ngra ishlab chiqarishda ko’p tomonlama harnkorlikka asos soldi. 50-yillar boshida SSSR va sotsialistik lagerga mansub mamlakatlar o’rtasida uzoq muddatli iqtisodiy kelishuv imzolandi. Aynan shu narsa g’arb mamlakatlari bilan iqtisodiy aloqalarning buzilishiga va SSSRning ushbu mamlakatlar iqtisodidan ustun bo’lishiga olib keldi. Ular o’rtasida iqtisodiy munosabatlar rivojlanishi va yaqinlashuvi harbiy:-siyosiy ittifoqning tashkil topishiga sabab bo’ldi. 1955-yil 14-mayda Varshavada SSSR, Polsha, Chexoslovakiya, GDR, Vengriya, Ruminiya, Bolgariya, Albaniya o’rtasida do’stlik, hamkorlik va o’zaro yordam to’g’risidagi Shartnoma imzolandi. Sotsialistik lager mamlakatlarining iqtisodiy hamkorligi ularning rivojlanishi uchun katta ahamiyatga ega bo’ldi. Ular o’z mahsulotlari uchun SSSR misolida katta bozorni topishdi. Bu yerda ularning deyarli barcha keng iste’mol mollari va qishloq xo’jalik mahsulotlari sotilar edi. Import hisobiga ular SSSRdan temir rudasi, neft, paxta, rangli metall, gaz va elektroenergiya orqali o’z ehtiyojini qondirdi. 1958-1962-yillarda sanoat ishlab chiqarishining yillik o’sishi 11,5 foizni, 1962-yildan boshlab esa 8 foizni tashkil etdi. Rivojlangan Yevropa mamlakatlarida esa bu ko’rsatkich 4-5 foizdan oshmagan edi. 1950-yildan 1962-yilgacha ushbu mamlakatlarda yalpi mahsulot 5-6 barobar ko’paydi. Ularning rivojlanish darajasi tenglasha bordi. Bolgariya, Ruminiya, Albaniya agrar holatdan industrial-agrar rivojlanish yo’liga o’tdi. 1971-yili O’IYK sotsialistik integratsiyalashuvni rivojlantirish va hamkorlikni takomillashtirishni yanada chuqurlashtirish bo’yicha kompleks dastur qabul qildi. Sotsialistik tuzum avtarkiya (zarur narsalarni chetdan olmasdan o’zi yetkazishga asoslangan milliy xo’jalik tizimi) tarafdori bo’lib, bunda xo’jalik yuritish tizimi biqiq holda qoladi va bozor iqtisodi uchun xos tabiiy integratsiya jarayonlarini bo’g’ib qo’yadi. Shu bois tez orada tizimning o’zi ishdan chiqdi va bu mamlakatlarning rivojlanishi sustlashib ketdi. 80-yillar boshlarida butun sotsialistik tizim iqtisodi inqirozga uchradi va qayta bu inqirozdan chiqib keta olmadi. Erkin fikrlovchilar mamlakatdan quvg’in qilindi, muxolifat chetga surib qo’yildi, norozilar tahqirlandi. Birinchi bo’lib yugoslavlar g’alayon ko’tardi va 1948-1949-yillarda Stalin bilan mojaroga borishdi. Yugoslaviya o’z yo’lidan borib kolxozlarni tarqatib yubordi, ma’muriy-buyruqbozlik tizimi tugatildi. Yugoslaviya keng huquqli federativ davlat bo’lib oldi. Yugoslaviyadan so’ng GDRda g’alayon ko’tarildi.