Jahon tarixi 11 1-§. "Sovuq urush"ning boshlanishi



Download 0,91 Mb.
bet34/112
Sana02.04.2022
Hajmi0,91 Mb.
#524737
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   112
Bog'liq
21 11-JAHON TARIXI

1953-yil may oyida Berlinda yoshlar, ishchi va xiz­matchilar ishtirokidagi tartibsizliklar boshlanib ketdi. Bu namoyishlar sovetlarning okkupatsiya qo’shinlari tomonidan bostirildi. 1956-yil oktyabrda Polshadagi Gdansk kemasozlik korxonasida norozilik chiqishlari boshlandi va bu Polsha birlashgan ishchilar partiyasi rahbariyatining almashuviga olib keldi. Shu paytgacha repressiya qilingan Y.Gomulka yangi rahbar etib say­landi. 1956-yil oktyabrda vengerlar g’alayoni ko’tarildi. Xalq inqilobi tufayli saylangan yangi rahbar Imre Nadem sovet qo’shinlarining Vengriyadan olib chiqib ketilishini talab qilib chiqdi. 3-4-noyabrda sovet tank­lari Budapeshtga kirib keldi va g’alayonni bostirdi. Hokimiyat tepasiga Yanosh Kadar rahbarligidagi huku­mat keldi. 1968-yili Chexoslovakiya kommunistik par­tiyasi xuddi shunday sovetlarning totalitar rejimi halqasini uzishga urinib ko’rdi. Bu mashhur "Praga bahori" edi. Brejnev doktri­nasi ishlab chiqildi. Unga ko’ra SSSR qar­doshlik baynalmilal yordam niqobi ostida butun sot­sialistik mamlakatlarning ichki ishlariga aralashish hamda shu orqali mazkur tizimdan chiqishga bo’lgan har qanday urinishni bostira boshladi. Demo­kratiyani mustahkamlash bahonasida, aslida sotsialis­tik lager mamlakatlarida totalitar rejimni kuchaytirish maqsadida rahbariyatni almashtirish jarayoni boshlandi. Ruminiyada hokimiyat tepasiga N.Chaushesku, GDRda Erix Xonekker keldi. Polshada general V.Yaruzelskiy prezident etib saylandi. Teodor Jivkov Bolgariya rahbari etib saylandi. Bu xildagi kadrlarni almashtirish nizolarning oldini olma­di, aksincha, Sharqiy Yevropa mamlakatlarida totalita­rizmning tugashini tezlashtirdi. Yangi rahbarlar tobora xalqdan uzoqlasha bordi, ushbu mamlakatlarda ter­roming yangi to’lqini boshlandi. Xalq xo’jaligi sama­radorligining pasayib ketishi ijtimoiy tanglikni kuchaytirib yubordi. Oziq-ovqat va sanoat mollari bahosi oshib ketdi. Byudjet taqchilligi kuchayib, u xorijiy valyuta hisobiga qoplanar edi. Sharqiy Yevropa mamlakatlari asta-sekin. G’arbiy Yevropa banklaridan yirik qarzdor bo’la bordi. Bir qator mamlakatlarda totalitar iqtisodiy va siyosiy tuzum qayta o’zgartirila boshlandi. 80-yillarda SSSRda boshlangan iqtisodiy va siyosiy tanglik sotsialistik lagerdagi ahvolni og’irlashtirib qo’ydi. 1981-yildan SSSR sanoat ishlab chiqarishi pasaya boshladi. shu yili birinchi marta butun iqtisod past ko’rsatkichlarga ega bo’ldi. Iqtisod va siyosatga Afg’onis­ton avantyurasi juda katta zarar keltirdi. Tizimni saqlab qolish, uni qayta o’zgartirishni talab qilar edi. 1985-yil aprelda SSSRda "qayta qurish" deb nom olgan jarayon boshlandi. O’zini qudratli, yorqin kelajak g’oyasi atrofida mustahkam jipslashgan, ezilgan xalqlarga ko’mak beruvchi deb e’lon qilgan SSSR qayta qurish va oshkoralik shamolining ilk nafasidanoq quladi. Birinchi bo’lib milliy respublikalar qo’zg’aldi. Almati, Boku, Tbilisi, Vilnyusdagi xalq namoyishlari sotsialistik lagerdagi boshqa mamlakatlarga ko’chdi. Sotsializm mamlakatlarida diktatorlik rejimini qachon­lardir uning o’zini hukumat tepasiga keltirgan va asosiy suyanch bo’lgan ishchilar va armiya ag’darib tashladi. Sotsializm g’oyasi bu mamlakatlarda to’liq rad etildi. 1989-yil 4-noyabrda Berlinda 500 ming kishilik namo­yish bo’lib o’tdi va u kommunistlar hokimiyatini tugat­di. Ruminiyada diktator Chaushesku va uning xotini otib tashlandi. Chexoslovakiya, Yugoslaviya, Polsha, Bolgariya, Albaniya, Vengriyada - sotsializmni tugatish jarayoni nisbatan yengil kechdi. Bu mamlakatlar ichida turmush tarzi yaxshiroq hisoblangan Chexoslovakiya ikkita ­Chexiya va Slovakiya davlatlariga bo’linib ketdi. Yugoslaviyada esa serb va xorvatlar, nasroniylar va musulmonlar o’rtasida eski adovat avj oldi. Bolgariyada sobiq diktator T. Jivkov davlat jinoyatchisi sifatida jazoga tortildi, antiturk millatchiligi kuchaydi. Polshada an’anaviy antirus, Vengriyada ruminlarga qarshi millatchilik harakati avj oldi. Sotsializm Sharqiy Yevropada yemirildi. Biroq bu mamlakatlarda amalga oshirilgan hamma ishlarni salbiy deb baholab bo’lmaydi. Ular moddiy jihatdan qo’llab-quvvatlanmagan bo’lsa-da, chuqur islo­hotlarni amalga oshirdi.

Download 0,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish