Georgiu-Dej George (1901-1965) - RXR Vazirlar Kengashi raisl (1952-1955), RXR Davlat kengashi ralsi (1961-1965). 1961-1965-yillarda - mamlakat prezidenti.
Qishloq xo’jaligini jamoalashtirish yo’lidan borish 81 foiz barcha dehqon xo’jaliklarini birlashtirdi. 1962-yilda jamoalashtirish tugadi, do’konlarda esa asosiy oziq-ovqat mahsulotlari yo’q bo’ldi. Biroq partiya maqsadiga yetdi: mamlakatda xalqning "metin birligi"ga erishildi. 1965 yilning martida mamlakatda bo’lib o’tgan navbatdagi saylovlarda qariyb 100 foiz saylovchilar RIP rahbarligidagi Xalq demokratiyasi fronti nomzodlatiga ovoz berdi. Shu yili partiya Ruminiya kommunistik partiyasi (RKP) deb qayta nomlandi. N.Chaushesku 1965-yili G.Georgiu-Dej va
Fot etgach, diktatorlik roli uning safdoshi Nikolaye Chausheskuga (1918-1989) o’tdi, u 1974-yili mamlakat prezidenti bo’lib va o’limigacha uni boshqardi. N.Chaushesku shaxsiga sig’inish tarixda o’xshashi yo’q. U hokimiyatga o’zining butun urug’-aymog’ini olib keldi: 40 nafar eng yaqin qarindoshlari rahbarlik lavozimlarida ishladi. Uni "boquvchilarning eng donosi", "kelajakni oldindan ko’ruvchi" deb atashdi. Ruminiyaning 1965-yildan keyingi tarixi "Chausheskuning oltin davri" deb nomlandi. U partiya, mamlakat va xalqni to’liq nazorat qildi. Mahalliy partiya tashkilotlari unga bevosita bo’ysundi, partiya va davlat lavozimlarini bir paytda egallash tamoyili RIP nomenklaturasining hokimiyatga monopoliyasini ta’minladi. N. Chausheskuning iqtisodiy rivojlanish strategiyasi qisqa muddatda mamlakatning sanoati rivojlangan davlatlardan ortda qolishini tugatishni ko’zda tutdi. Bu maqsadda tezkor industrializatsiyaga kirishildi: yirik neft-kimyo korxonalari barpo etildi, avtomobil va traktor ishlab chiqarish rivojlandi. Ruminiya xorijdan kreditga qurilma va texnologiyalar sotib oldi. Xalqaro banklar tomonidan mamlakat rivojlanishi uchun kreditga ajratgan qarzi 21 milliard dollarga yetdiki, Ruminiya buni to’lashga qurbi yetmay qoldi. N.Chaushesku 24 yil Ruminiya diktatori bo’ldi.Mamlakat vayrona bo lish holatiga kelib qoldi. 80-yillar boshlarida iqtisodiyot o’ta og’ir ahvolda qoldi. Neft qazib chiqaruvchi mamlakatda benzin, mazut, kerosin, mashina moyiga o’tkir yetishmovchilik yuzaga keldi. Qarzlarni to ‘lash hisobiga chetdan keltirilgan eksport sanoat va oziqovqat tovarlari ichki bozorni inqirozga olib keldi. Mamlakatda uy-joy yetishmasligi o’tkir sezildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |