Kelt (irland) qissasi . Irlandiya qadimgi kelt madaniyatining markazi edi. Kelt qissalari syujetining xilma-xilligi, mazmundorligi, tilining rvonligi qahramonlar ruhiy holatining yorqin tasviri bilan ajralib turadi. Irland eposining eng qadimgi qismi ulad siklidagi qissalardir. Bu qissalar Shimoliy Irlandiyada yashagan ulad qabilalari o’rtasida yangi asrning boshlarida nasriy uslubda yuzaga keladi.
Qissalardagi voqea ulad qiroli Konboxar, uning jiyani paxlavon Kuxulinnng hayoti va sarguzashtlatiga bog’liq ravishda rivojlanib boradi. Irland eposida o’zaro qonli urushlar, qabila odatlari, ularning urug’chilik davri xudolariga e’tiqodi va boshqalar aks ettiriladi. Bu eposning dastlabki namunalaridan biri “Usnex o’g’illarining quvilishi”dir.
“Uspex o’g’illarining quvilishi”. “Uspex o’g’illarining quvilishi” juda keng tarqalngan irlan qissalaridan biri bo’lib, keltlar tomonidan yaratilgan ajoyib badiiy yodgorlikdir. Qissaning mazmuni “Tristan va Izolda” haqidagi hikoyaga yaqin turadi. Qissaning qadimiyligi shundan ham ma’lumki, hali hikoyada qahramon Kuxulinni tilga olinmaydi, butun voqea uning tog’asi qirol Konboxar haqida boradi. Bu qissaning asl nusxasi va og’zaki variantlari mavjuddir.
Kuxulin haqida qissalar. Kuxulin haqidagi sagalar Kuxulinning tug’ilishi haqidagi qissa bilan boshlanadi. Qissada tasvirlangan urf-odatlar uning juda qadimgi davrga xos ekanligidan dalolat beradi. Kuxulinning kelib chiqishi haqida turli afsonalar bor. Bir rivoyatda Kuxulin Konboxarning singlisi Dextri bilan Lug (qadimgi kelt afsonalarida nur xudosi)ning o’g’li deb ko’rsatiladi; unda Setanta ismli bu bolaning yoshligidanoq tengdoshlaridan kuchli v chaqqon bo’lganligi hikoya qilinadi.
Konboxar va uning jangchilari temirchi Kulannikiga ziyofatga boradilar. Bola ham Kulannikiga qarab yo’l oladi. Kulanning juda zo’r iti bolaga hujum qiladi. Olti yoshli Setana sopqondan tosh otib, itni o’ldiradi. Kulan itning o’rniga saroyni bir necha vaqt qo’riqlab berishni talab qiladi, bolaning Kuxulin(Kulan iti) nomini olishi shu vaqtdan boshlangan. Kuxulin zabardast, chaqqon va go’zal yigit bo’lib o’sadi. U irland ayollarining diqqatini o’ziga tortadi. Uladlar ygitga munosib qalliq axtaradilar. Munosib qiz topilmagach , Kuxulinning o’zi qiz axtarishga kirishadi. Qiz topish uning birinchi qahramonlik kurashi bilan bog’langan.
Kuxulin Lug bog’ida Emer ismli qizni uchratib, u bilan suhbatlashadi. Ular bir-birlarini sinash uchun savollar beradilar. Kuxulin go’zal, don ova chevar Emirni sevib qoladi. Biroq qizning otasi Forgal yigitni halok etish maqsadida unga xavfli va nihoyatda og’ir topshiriq beradi. (Shu o’rinda Kuxulinning harbiy jnglarda chiniqishi hikoya qilinadi.)
Kuxulin xatarli yo’ldan o’tib, ko’p to’siqlarni yengib, Skatax eliga boradi, u yerda qahramo ayol qo’lida jangovarlik mahoratini oshiradi. Bu elga hujum qilgan dushman askarlarig ham zarra beradi. Kuxulin ko’p dushmanlarni yengib, Emirga erishadi va uni Konboxar saroyiga olib borib, baxtli turmush kechiradi. Kuxulin 17 yoshga kirganida juda katta qahramonlik ko’rsatadi.
Konnaxt qirolichasi Medb uladlarning zo’r bir buqasini tortib olish bahonasida ularga hujum qiladi. Bu vaqtda butun ulad sehrli dardga chalingan edi. Faqat Kuxulin, go’yo ilohiy avlodga mansub bo’lganidan, kasal bo’lmaydi. Shuning uchun yolg’iz Kuxulinning o’zi butun Irlndiyani uch oy davomida dushman qamalidan himoya qiladi, daryo kechigida turib olib, sehrgarlik bilan dushman askarlarini yakkama-yakka kelishga majbur etadi va ularni birma-bir mag’lubiyatga uchratadi. Uladlar kasallikdan tuzalib, yordamga kelganlaridan keyin, dushman butunlar tor-mor etiladi.
Bu voqea aks etgan “Kualngedan buqa o’g’irlash” qissasida Kuxulinning matonati, aqli va qahramonligi to’la gavdalangan. Bu epos o’z mazmuni bilan grek eposi “Iliada”ga o’xshaydi. Lekin itilof ayol uchun emas, buqa tufayli yuzaga kelishi bilan farq qiladi.
“Kuxulinning Feriad bilan jangi”. “Kuxulinning Feriad bilan jangi” qissasi Kuxulinning qahramonligiga bag’ishlangan. Hayot yo olim uchun kurashgan Kuxulin zo’r paxlavongina emas, chinakam inson ham edi. Kuxulin Ferdiad mening qo’l va oyoqlarimni qirqib tashlaganda ham, uning tirik qolishini istar edim, deyishi uning do’stiga bo’lgan vafodorligiga ajoyib dalildir. Kuxulin Ferdiadning qirolicha Medb nyranglari qurboni bo’lganidan qattiq iztirob chekadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |