AMIR TEMUR TOMONIDAN MOVOROUNNAXRDA TASHQARIDA OLIB BORILGAN BUNYODKORLIK FAOLIYATI
Reja:
I Kirish
II Asosiy qism
1. Amir Temur bunyodkorlik faoliyati
2. Amir Temur tarixi zamondoshlari nigohida
3. Rui Gonzales de Klavixoning” Samarqandga –Amir Temur saroyiga sayohat kundaligi” (1403 – 1406yillar) asarida Amir Temur talqini
III Xulosa
IV Foydalanilgan adabiyotlar
Amir Temur va Temuriylar davri epigrafikasi. O‘rta asrlar, ya’ni Temur va temuriylar davriga kelib epigrafik kompozitsiyalarning soni ham, sifati ham ortib bordi. Saroylar, majidlar va madrasalarning tashki va ichki bezaklarning katta qismini ana shunday kompozitsiyalar egalladi. Musavvir, xattot va ustalarga erkin ijod qilish imkoniyatlari yaratilgandan so‘ng, bu xat turlari safiga g‘ubor, rayhoniy, nash va ba’zi joylarda nasta’liq xatlari ham qo‘llanila boshlandi.
Oqsaroy meʼmoriy majmuasi
1380 – 1404 yilga tegishli Shahrisabzdagi meʼmoriy yodgorlik. Amir Temur qurdirgan. Shaharning shimoliy sharqidagi bosh maydonda joylashgan. Bir zamonlar muhtasham, xashamatli boʻlgan bu saroyning bizgacha yemirilib, haroba holga kelgan ulkan peshtogʻi, ikki chekkasidagi minorasi, saroy poydevorining bir qismigina saqlangan.
Oqsaroy meʼmoriy majmuasi - Oqsaroyning hozirgi koʻrinishi ham salobatli va goʻzaldir. Bu salobatlilik va goʻzallikka gʻishtlarning yaxlit boʻlib koʻrinishini taʼminlash — old va shimoliy devor yuzasini sirkor parchinlar bilan bir tekisda ishlash tufayli erishilgan. Peshtoq ravogʻining eni 22,5 m, balandligi 40 m, umumiy balandligi 50 m dan oshadi. Peshtoq minorasi ichidagi aylanma zina orqali yuqoriga chiqilgan.
Oqsaroyning avvalgi holati toʻgʻrisida faqat yozma manbalarga qarab fikr yuritish mumkin. 20 yil davomida qurilgan bu bino toʻgʻrisida Abdurazzoq Samarqandiy quyidagicha maʼlumot beradi: "Temur ishga yaroqli boʻlganlarning hammasini Xorazmdan Movarounnahrga koʻchirish uchun buyruq berdi... Xorazmlik ustalar baland va salobatli saroy qurishdi, hozir u Oqsaroy nomi bilan mashhur". 1404, 29 avgustta u hamon qurib bitkazilmagan, baʼzi joylarining koshinli naqshlari tugallanmagan edi. Shunga qaramay, juda hayratlanganligini, uning nihoyatda goʻzalligini yozadi. Saroy qurilishida xorazmlik ustalar qatori, mahalliy va boshqa davlatlardan kelgan ustalar ham qatnashgan. Peshtogʻidagi yozuvlar orasida eronlik Muhammad Yusuf Tabriziy nomi 2 marta takrorlangan.
Yozma manbalarga koʻra, Oqsaroy turar joy va jamoat binosi sifatida qurilib, xonalar hovli atrofida joylashgan. Bobur maʼlumotlariga koʻra, hovli oʻrtasida hovuz, toʻrida gumbazli katta xona — devonxona, yonlarida maslahatchilar uchun kichik xona, hashamatli ravoqli bostirmalar, ichki tomonida haram va amirning xonasi joylashgan. Devonxona peshtogʻida arslon va quyosh tasviri va Temur davlatining 3 halqa shaklidagi nishoni boʻlgan. Gumbaz ichi va yonlariga, burchaklardagi minoralarga koshin-gʻishtlardan qalqon shaklidagi girih naqshlar ishlangan. Bu naqshlar silliqlangan gʻisht va feruza rangli sirkor parchindan yozilgan kufiy xatlar zamini yoʻgʻon koʻk belboqqa oʻxshash mujassamotni tashkil etgan. Oqsaroy devorlaridagi ranglar jilosi, tarixiy, falsafiy va diniy mavzudagi, kufiy, suls yozuvlari, koshinkori bezaklar, islimiy, girih naqshlarning oʻzaro uygʻunligi binoga ajoyib va sehrli mazmun bagʻishlagan. Ranglarning oy yorugʻida jilolaniboqarib koʻrinishidan bino Oqsaroy deb nomlangan.
Saroyning oʻziga xos xususiyatlaridan biri — tom tepasiga ishlangan hovuzdir. Hovuzga suv Taxtaqoracha dovonidan qoʻrgʻoshin quvurlar orqali oqib kelib, undan sharshara hosil qilib pastga tushirilgan.
1707 yilda Buxoro xoni Ubaydullaxon Oqsaroy peshtogʻi ostida toj kiyib, taxtga oʻtirganligi peshtoqning oʻsha paytda butun ekanligidan darak beradi.
1973—1975 yillarda arxeologik tadqiqotlar, 1994—1996 yillarda konservatsiya ishlari olib borilgan.
Amir Temur va temuriylar davrida ayniqsa, o‘z davrida ulkan markazlashgan daqlatning poytaxti bo‘lgan Samarqand shahrida alohida yuqori bosqichga ko‘tarilgan. Aynan poytaxt maqomi musulmon olamining, asosan, o‘sha davrlardagi Xorazm, Buxoro, Kesh (Shahrisabz), Eron va Xurosonning mohir ustalarini o‘ziga jalb etgan. Turli joylardan kelgan ustalar o‘z san’atlarini namoyish etishgan. Binokorlikning misli ko‘rilmagan ko‘lami me’moriy epigrafikaning ham benazir taraqqiyotiga sabab bo‘lgan. Chunonchi Shohi Zinda me’moriy majmuasi Temur va temuriylar davridagi epigrafika va naqqoshlik san’ati taraqqiyotining yorqin namunasi hisoblanadi. Aynan shu davrda marmartoshga o‘yib yozish (sangtaroshlik) san’ati namunalarida namoyon bo‘lgan Samarqand epigrafikasi maktabiga asos solingan.
Amir Temur davrida qurilgan me’moriy obidalarning ko‘rinishi mazmuniga shu qadar katta ahamiyat qaratilganki, ularning har biri katta san’at asari bo‘lib, ko‘rgan kishining e’tibori va havasini o‘ziga tortmasdan qolmaydi. Ulug‘ bobosidagi xislatlar Mirzo Ulug‘bekka ham ko‘chib, uning qurdirgan Samarqanddagi madrasasi o‘zida uning samoviy qiziqishlarini aks ettiradi.
Samarqand epigrafikasining yana bir o‘ziga xos jihati, bu binolardagi ajib so‘zlar bitilgan kitobalaridir. Dastlab obidalardagi bitiklar imoratniing bosh bezaklaridan biri hisoblanib, diniy-axloqiy hamda estetik ahamiyatga ega bo‘lgan. Bitiklarda, obida qurilishi haqidagi ma’lumotlar, nasihat so‘zlari, ilohiy kitoblardan parchalar va mashhur adiblarning she’rlaridan parchalar keltirilgan. Demak, obidalar o‘sha davr kishilari, qaysidir ma’noda shu binolarda yashaganlarning axloqiy-ma’naviy qarashlarini zamon talablariga mos holda ifoda etgan.
Samarqand me’moriy yodgorliklari o‘zining rang-barang koshinlari, betakror bezaklari, naqshlari, ulkan gumbazlari bilan O‘rta Osiyo me’morchiligining noyob yodgorliklaridan bo‘lib, asrlar davomida insonlar ongi va qalbida madaniyat, ilm-ma’rifat va ma’naviyatni yuksaltiruvchi, tarbiyalovchi beshik vazifasini o‘tab kelgan.
Shohi Zinda Afrosiyob tepaligi janubida joylashgan qabristondagi maqbaralardan hamda masjid, minora va madrasadan iborat ansambl bo‘lib, ularning eng qadimiysi Qusam ibn Abbos maqbarasi, xalq orasida Shohi Zinda (tirik shoh) nomi bilan mashhur. Dastavval, bu erda faqatgina XI asrning 2-yarmida Samarqanddagi ilk qoraxoniylar davrida qurilgan «tirik shoh»ning maqbarasi bor edi. Bu joyga ilgari ham, tub aholi ziyoratlar uyushtirishgan. Keyinchalik xuddi shu erga 1066-yili Tamg‘ach Bo‘g‘roxon madrasasi qurilgan va unga tutash bir qator turkum majmua yuzaga kelgan. XI–XII asrlarda serhasham bezatilgan boshqa maqbaralar vujudga kela boshlagan. Arxeologlar ulardan bir nechtasini XIV asr inshootlarining g‘arb tomonidagi yo‘lakdan qazib topganlar. Ular bezaklari bilan Temur davri maqbaralaridan farq qilgan. O‘sha davrda ham, Qusam ibn Abbos maqbarasi «muqqadas» hisoblanib ziyorat qilingan. Ba’zi dahmalar, XI–XII asrlarga oid maqbaralarning xarobalari ustiga quriladi. XV asr boshlarida binolar Xo‘ja Ahmad maqbarasidan Hazrati Xizr masjidiga boradigan yo‘l bo‘ylab quriladi. Temur davri me’morchiligi, bezak berishning yangi texnikalari bilan ya’ni, qirqma koshinlar bilan yanada boyitilgan. Maqbaralar ikkitadan, tashqi va ichki gumbazli, baland silindr barabanli kilib quriladigan bo‘ldi.
Ansambl bir-biri bilan yo‘lak orqali bog‘langan 3 guruh binolardan iborat. Quyi guruhdagi inshootlar Ulug‘bekning o‘g‘li nomidan qurdirgan Abdulaziz chortog‘i (1434–1435), unga shimolidan Davlat qushbegi madrasasi (1812-1813) tutash, uning qarshisidagi ayvonli masjid naqshlar bilan nafis bezatilgan. XV asrda tik zinapoya (37ta) o‘rtalig‘ining chap tomonida ziyoratxona va go‘rxonadan iborat qo‘shgumbazli maqbara joylashgan.
Shohi Zinda me’moriy majmuasiga Asosiy kirish eshigining tepasida suls xatida tarix bitilgan. V.A. Shishkin maqolasi asosida aksariyat yozuvlari qisman tiklangan bu xatda: Binolarning xayrlisi va ziynatlisi bo‘lgan (bu bino) tartibli holda va diqqat bilan asl ma’no ko’rinishini jamlab “… Abdulaziz Bahodir Sul(ton ibn) Sulton ... Ulug‘bek Ko‘ragon tomonidan 838/1434-1435-yili qurildi”1.
Ulug‘bek norasida o‘g‘li Abdulaziz nomidan qurdirgan bu peshtoq Shohi Zindaning qariyb to‘rt asr davomidagi shakllanish tarixiga xotima bo‘ldi. Peshtoq nafis ishlangan. Sayqal berilgan oddiy g‘isht fonida terma rangli g‘ishtlar jilvalanadi. Yozuvlar koshin-burunj (mozayika) texnikasi asosida ishlangan. Harflar oq, havorang fon ustida yoxud havorang harflar sarg‘ish rang ustida bitilgan.
Peshtoqda kufiy va suls xatlarida tiklangan yozuvda Qur’oni karimdagi “Oli Imron” surasining 3:169-oyati aks etgan. Tepasida kufiy xatida sariq harflar bilan – “Allohni poklab yod qilaman”, “Allohga maqtovlar bo‘lsin”, “Alloh – buyuk”, – kalimalari takroriy tarzda bitilgan.
Bunday kalimalar barcha islomiy madaniyat ta’sirida bo‘lgan davlatlar mafkuraviy qarashlari asosi bo‘lib kelgan. Temuriylar davridagi barcha me’moriy inshootlarda bunday yozuvlarni ko‘plab uchratamiz.
Peshtoq frizida ham kufiy bannoiy xatida “Boqiylik Allohga xos”, “Allohga maqtovlar bo‘lsin”, –kalimalari takroriy tarzda bitilgan. Kitobaning ikki yon tomonida kvadrat ichida kufiy xatida “Ey, karamli zot”, “Ey juda rahmli zot”, – kalimalari keltirilgan va Allohning go‘zal ismlari (Al-Asma al-husna) bitilgan2.
Eshik ustidagi kitobada suls xatida hadis bitilgan. Ushbu hadis Qusam ibn Abbos go‘rxonasi majmuasidagi ziyoratxona darvozasi ustida va go‘rxona panjarasida ham uchraydi. Ammo Qusam ibn Abbos vafoti sanasida xatoga yo‘l qo‘yilgan. Payg‘ambar alayhissalom: “Insonlardan tuzilishi va xulqi jihatidan menga eng o‘xshashi – Qusam ibn Abbos”3, – dedilar.
Hammaga ma’lumki, arablardan bo‘lgan Qusam – payg‘ambar alayhissalomning amakivachchalari. U kishi Samarqandda bo‘lgani uchun Samarqanddagi bu mahalla uning ismi bilan yuritilgan. U sarkarda va fotih edi. Islom dinini yoyish maqsadida bizning hududlarda targ‘ibot ishlari bilan ham shug‘ullangan. Hijriy ellik oltinchi (56/675)19-yili vafot etgan.
Shohi Zindadagi ikki gumbazli maqbara ayvonli masjid shimoliy tomonida Afrosiyob qal’asining devor etagidan boshlanib qurilgan ulkan zina yonida. Ba’zi olimlarning taxminiga ko’ra, Mirzo Ulug‘bekning ustozi va safdoshi, taniqli munajjim Qozizoda Rumiy mozori ustiga XV asrda qurilgan. Mahalliy aholi o‘rtasida tarqalgan rivoyatlarga ko‘ra, bu erda Amir Temurni o‘z suti bilan boqqan enagasi O‘ljaxotun va uning qizi Bibi Senab dafn etilgan. Maqbara ikki xonadan, ya’ni ziyoratxona va go‘rxonadan iborat. Unga janub tomondagi peshtoqdan kirilgan. Ziyoratxona binosining devorlari – ravoqli. Ular baland gumbaz bilan yopilgan. Gumbaz toqi darchalaridan yorug‘ tushib turadigan devorlarda oq fonga ishlangan ko‘k rangli naqshlar qisman saqlanib qolgan. Sirli bezaklar bilan yo‘l-yo‘l qilib ishlangan olti qirrali sopol plitalardan iborat panellar qadimgi qoldiqlarga qarab ta’mirlandi. Ziyoratxona bilan bir qatorda bo‘lgan kichkina go‘rxona ichida sag‘ana mavjud. Go‘rxonaning g‘oyat baland gumbazi murakkab naqshli muqarnaslar bilan bezatilgan. Bu maqbara shakli va bezalishi jihatidan Shohi Zindaning kichik shinam maqbaralaridangina emas, balki boshqa mashhur me’moriy yodgorliklaridan ham alohida ajralib turadi. Bu maqbara Samarqandda Bibixonim masjidi, Go‘ri Amir maqbarasining ulug‘vor gumbazlari qad ko‘targanidan keyin qurilgan. Lekin bu inshootlarning hech birida Qozizoda Rumiy maqbarasidagidek baland gumbaz yo‘q. Bu yodgorlik tepalikning yon bag‘rida qad rostlagan. Biroq u shunday tarh bilan bunyod etilganki, ziyoratxonaning yuksak gumbazi shahar devorining eng baland eridagi maqbaralar gumbazlari bilan bir chiziqda turadi.
Xulosa
Ko’ksaroy qasri va undagi podshoga tegishli qurol ishlab chiqaruvchi ustaxona haqida : “ Shahar chetida bir qasr bo’lib … tevarak atrofi suv oqib turgan xandak bilan o’ralgan , qasr yo’l ab bo’lmaydigan istehkomga aylangan edi. Qasrda podshoning xazinasi saqlanar, shu sababdan qoziyu quzzot va uning mulozimlaridan boshqa hech kim kirolmas edi . Bu yerga podshoning farmoyishiga binoan ,bir mingga yaqin hunarmand asirlar joylashtirilgan . Ular saltanat uchun yil bo’yi sovut , dubulg’a , kamon , nayza yasaydilar”.
Amir Temurning o’zi bilan olib yuradigan ko’chma masjidi : “ Elchilarni … saroparda ichida o’rnatilgan yog’och uy oldiga boshlab kirdilar . Bu yuksak imoratga zinopaya orqali chiqiladi . Uning tevarak – atrofi yog’och dahliz va oynavand ayvon bilan o’ralgan edi . Boshdan – oyoq zarhal va havorang bo’yoqlar bilan naqshlangan , bino shunday qurilgan ediki , kerak bo’lganda , uni bo’lak – bo’laklarga ajratib taxlab qo’ysa (ham)”bo’ladi .Bu – podsho ibodat qiladigan machit bo’lib, uni (Amir Temur)safarda o’zi bilan birga olib yurgan .
Mahalliy xalqning ( uni Klavixo “ Chig’atoyilar ” deb ataydi – M.S.) turmush tarzi haqida : “ U – mehnatsevar , mohir chavandoz , kamon otuvchi mergan , umuman urushda sabot – matonatli xalq . U boriga qanoat qilib , nonsiz (birgina) sut va go’sht bilan kun kechiraveradigan , go’shtlik va go’shtsiz ovqat bilan ham tirikchilik qilishga o’rgangan xalq . Issiq va sovuqda , ochlik va tashnalikka jahondagi boshqa ellardan sabotliroq va chidamliroq xalq . Borida go’shtni haddan ortiq istemol qiladi , yo’g’ida suvga qatiq qo’shib qaynatib ichish bilan kifoyatlanadi”
Do'stlaringiz bilan baham: |