MAKS VANDENBURGNING SO‘NGGI SO‘ZLARI
Siz menga yetarlicha yordam berdingiz..
“Himmel” ko‘chasidagi 33-uy sukunat uyasiga aylanib qoldi va “Duden lug‘ati” mutlaqo noto‘g‘ri tuzilganligi aniq bo‘ Idi, ayniqsa gap bir- biriga ma’nodosh so‘zlar haqida ketganda bu yaqqol isbotini topdi. Sukunat na tinch va na sokin edi, va u tinchlikni ham anglatmasdi.
LVI BOB
UZUN PLASHLI AHMOQ KISHILAR
Yahudiylar to‘p-to‘p bo‘lib yo‘ldan o‘tgan o‘sha kecha tentak osh- xonada o‘tirib, Frau Xolsapfel bergan achchiq qahvani simirdi va juda chekkisi keldi. U o‘zini bunga to‘laqonli loyiqligini his qilgan holda, Gestapomi, askarlarmi yoki politsiyami, ishqilib, kimdir kelib olib keti- shini kutdi. Roza unga kelib yotishni maslahat berdi, Lizel esa eshik oldida ivirsigan bo‘lib uni kuzatdi.
U ikkalasini ham yotoqlariga jo‘natib yuborib, tong otishigacha qolgan bir necha soat mobaynida boshini kaftlariga orasiga qo‘yib kutdi.
Hech kim kelmadi.
O‘tgan har bir soniyada eshik taqillayotgandek va qo‘rqinchli soplar yangrayotgandek bo‘laverardi.
Ammo kelguvchilardan darak yo‘q edi.
Ovozlar faqat uning o‘zidan chiqayotgan edi.
— Nima qilib qo‘ydim? — u yana bir marotaba shu savolni o‘ziga berdi va javob ham qaytardi: — Ey Xudo, chekishni shunday xohla- yapmanki.
Uning tamakisi tugab qolgandi.
Lizel bu gaplaming bir necha bor takrorlaganini eshitdi va ostonada uzoq vaqt turdi. Lizel uni yupatishni juda xohlasa ham, lekin hech qachon bunchalik xarob bo‘lgan odamni ko‘rmagan edi. Bu kecha hech qanday ha- lovat yo‘q edi, chunki Maks ketib qolgan va bunda Hans Huberman aybdor edi.
Oshxonadagi javonlar ham aybdorlarcha tusga kirib mung‘ayib turar, Hansning kaftlari o‘zi qilib qo‘ygan ishi sababli yog‘langan edi. Lizel uning kaftlari aslida terlayotgan bo‘lishi kerakligini bilar edi, chunki o‘zining qo‘llari bilaklariga qadar nam edi.
Lizel xonasiga kirib, karavoti ustida ibodat qila boshladi.
— Ey Xudo, iltimos, Maksning jonini olma. Yalinib yolvoraman, Xudoyim, u tirik qolsin.
Uning tizzalari achishdi, oyoqlari zo‘riqib ketdi.
Xonaga ilk quyosh nurlari tushishi bilan Lizel uyg‘onib, oshxonaga bordi. Hans stolga boshini qo‘yib uxlayotgan edi, og‘zining burchagida ozgina so‘lak ham to‘planib qolgan edi. Hamma yoqni qahvaning hidi tutib ketgan, Hans Hubermanning ahmoqona mehribonligi manzarasi hali ham havoda xuddi bir necha marta takrorlasang esingda qoladigan raqam yoki manzil singari kezib yurar edi.
Lizelning Hansni uyg‘otishga bo‘lgan birinchi urinishi muvaf- faqiyatsiz bo‘ldi, animo yelkasini yana bir bor turtishi bilan Hans stoldan boshini ko‘tarib, hadiksiragan ko‘yi gap qotdi:
— Ular kelishdimi?
— Yo‘q, dada, bu menman.
Hans piyolada qolgan kechagidan qolgan qahvani ichib yubordi. Ko‘z qorachig‘i ko‘tarilib pastga tushdi.
— Ular hozirgacha kelishlari kerak edi-ku. Nega ular kelish- mayapti, Lizel?
Lizelning dili vayron bo‘Idi.
Ular allaqachon yahudiylarga tarafkashlik va buzg‘unchilikka oid dalillarini izlab topish uchun ulaming uylariga kelishlari va butun uyni ostin-ustun qilishlari kerak edi, ammo Maksning behuda ketib qolgani ma’lum bo‘ldi. Agar ketmaganida hozir bemalol yerto‘lada uxlab yotgan yoki kitobiga rasm chizayotgan bo‘lar edi.
— Dada, siz ulaming kelish-kelmasligini bilmas edingiz-ku.
— Men o‘sha odamga non berish mumkin emasligini bilishim kerak edi... Men o‘ylamay ish qildim.
— Dada, siz hech qanday noto‘g‘ri ish qilmadingiz.
— Ko‘nglimni ko‘tarish uchun shunday deyapsan.
Hans o‘midan turib, eshikni ochiq qoldirgancha oshxonadan chiqib ketdi. Hansning battar tashvishlanishi va azob chekishiga sabab bo‘lgan yana bir ulug‘vor tong otay deb qoldi.
To‘rt kun o‘tgach, u Amper daryosi bo‘yiga borib, bir parcha qo- g‘ozni bilan qaytib keldi va uni oshxona stoliga qo‘ydi.
Oradan bir hafta o‘tib ketgan bo‘lsa ham Hans Huberman hanuz o‘z jazosini kutmoqda edi. Orqasidagi qamchi jarohatlari chandiqlarga aylan- gan Hans ko‘pincha Molking atrofida aylanib yurardi. Frau Diller uning oyoqlariga qarata tupurdi.
Frau Xolsapfel o‘z so‘zida turib, Hubermanlar eshigiga tupurishni bas qildi, ammo uning o‘mini haqorat egalladi.
— Men sening yahudiylarga yon bosishingni oldin ham bilardim, — deya do'kondor uni la’natladi. — Sen iflos, yahudiylaming hamto- vog‘isan.
Hans unga e’tibor bermay yo‘lida davom etaverdi. Lizel uni tez-tez Amper daryosi bo‘ylaridan, ko‘prikdan topardi. U tirsaklarini panjara usti- ga qo‘yib, suv ustida osilgan holda turardi. Bolalar baqir-chaqir qilib velo- sipedlarini haydab uning yonidan o'tishayotganlarida oyoqlari bilan yo- g‘och ko‘prikni depsinib ketishardi. Lekin bulaming hech biri Hansga ta’sir qilmasdi.
“DUDEN LUG‘ATI”. SAKKIZINCHI IZOH
Do'stlaringiz bilan baham: |